Asosiy qism
Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o’zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadi istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir. U xalqimizga bo’lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi. U do’stona munosabatlar ustun bo’lgan sharoitda ijtimoiy taraqqiyotning omili sifatida maydonga chiqadi. Respublika Prezidenti I.A.Karimov bu haqda shunday yozadi: "Jahon tajribasidan millatlar yoki etnik guruhlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda an’anaviy uyjunlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko’p elatlilik omili davlatlarning siyosiyiqtisodiy rivojlanishiga samarali, rag’batlantiruvchi ta’sir etishini ko’rsatuvchi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Bu mamlakatlarda etnik guruhlar va irqlar o’rtasida ma’lum muammolar mavjud. Shunga qaramay, ko’p elatlilik omili ularning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti yo’lidagi to’g’anoqqa aylanib qolmagan, aksincha, taraqqiyotning jadallashuviga yordam bergan millatlarning va madaniyatlarning birbiriga ta’sir ko’rsatishi bu davlatlarda yashayotgan xalqlarning ijtimoiyaqliy boyishi uchun yaxshi manbaga aylangan. Shunday qilib, bu mamlakatlarda ko’p millatlilik omili demokratik o’zgarishlarni jadallashtiriSh va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning, fuqarolar jamiyati qurilishiyushg ta’sirchan vasitasiga aylanib qolgan" O’zbekiston Prezidenti bu fikrlarni yanada chuqurlashtirib, ko’p millatlilik bizning bebaho boyligimiz ekanligini, hamma narsa undan foydalanishda ekanligini qaytaqayta ta’kidlaydi. Darhaqiqat, har bir millat o’zining betakror madaniyma’naviy qadriyatlariga ega. Bunday millatlar vakillarining bir mamlakat hududida yashashlari, birgalikda mehnat qilishlari, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o’zaro ta’sirda bo’lishlari xalqlarning har jihatdan taraqqiyotini tezlashtiradi. Deylik ayrim millatlar tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishning ma’lum sahasida yuksak layoqatni shakllantirgan tarbiya, tafakkurning ta’siri yo’nalishiga 1e’tibor beradi. Milliy xarakterida, hayotga, ijtimoiy hodisalarga munosabatida o’ziga xosliklari bor. Axloqiy, huquqiy, siyosiy madaniyat sohalaridagi xattiharakatlarda ham ma’lum ijobiy tafovutlar uchraydi. Bunga o’xshash rangbaranglik nafaqat boyligimiz, balki taraqqiyotimiz sur’atini tezlashtiruvchi omil bo’lishi mumkin, adolatli milliy siyosat olib borilganida ko’p millatlilik maqsadimiz yagonaligini, taqdirimiz birligini, hamjihatlik zarurligini tushunishta yordam beradi, umuminsoniy g’oyalarning ustuvor bo’lishini, shaxsiy manfaatlarni to’g’ri anglab olishni osonlashtiradi. Aksincha, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik umummilliy tamoyillarga biroz e’tiborsizlik ham tinchlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. I.A.Karimov o’z fikrini davom ettirib, shunday yozadi: "Ayni chog’da insoniyat tarixida buning aksini, ya’ni ko’p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda uyg’unlikning yo’qligi, butunbutun xalqlar va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiysiyosiy falokatlarga olib borganini ko’rsatuvchi misollar ham oz emas. Zero, ko’p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butunbutun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsizligiga putur yetkazuvchi bosh omilga aylangan"1. Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor Millatchilik va shovinizmning halokatli g’oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy istiqlol royasining amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar yetkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, xolisona hal qilinmoqda. Millatlar o’rtasida mojarolarga yo’l qo’ymaslik uchun: etnik siyosatda shaxs xukuqlari ximoya qilinishining ustuvor bo’lishini. mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda xal qiladigan usullarga asor.ttanittti bosh yo’limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kelishiga, har bir millat madaniyati, tili, urfodat va an’analari, madaniy merosini rivojalantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko’ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o’z milliy madaniy urfodatlari, an’analari, tiliga, konstitusiyaviy huquqiy tenglikka ega. O’zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliymadaniy markaz faoliyat ko’rsatmoqda. Shu yo’nalishda markazlar tuzish bo’yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O’zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. BuniNg ijobati maktablarimizda 9 ta milliy tilda o’qitish ipshari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko’rsatayotganlishda ko’rinmokda1. Turli millat vakillarining ijodiy tadbirlari, badiiy ko’rgazmalari, bir tomondan, ayni millatning O’zbekiston fuqarosi sifatida o’z o’rni borligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, shu zaminda yashovchi barcha millatlarning O’zbekiston xalqi o’zbekiston fuqarosi ekanligani namoyon etuvchi, mustahkamlovchi milliy g’oya atrofida birlashuviga olib boradi. Bashariyat tushunchasi rangorang millatlar va elatlar, shuningdek turli din va irqqa mansub insonlarni o’ziga qamrab oladi. Demak har bir inson bashariyat va ayni vaqtda o’z xalqi, o’z Vatanining farzandi hamdir. Har bir kishida o’z xalqining tili, ruhiyati, an’analari, qadriyatlari barQ urib turadi. Milliy istiqlol g’oyasi o’z mazmunmohiyatiga ko’ra barcha millatlarning umumiy manfaatlarini ro’yobga chiqaradi. Mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik hamda ijtimoiy barqarorlik muhitini ta’minlashga xizmat qiladi. Zotan, har qanday polietnik davlatda turli millatlar o’rtasidagi munosabatlar davlat va jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratuvchi omillardan hisoblanadi. Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikshshg asoslari jahon keng, dunyoda mamlakat ko’p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O’zbekistonimiz yakkayu yagonadir. O’zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, zahmatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzanlaridek yashashlarida namoyon bo’lmoqda. Bunday ahillik do’stlik va hamkorlik o’zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega, Bu asoslar mamlakatimiz Konstitusiyasida mustaxkamlab qo’yilgan. Xususan, uning 18moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir", degan qoida mustahkamlab qo’yilgan1. E’tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy histuygulariga daxldor muhym ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab qo’yilganiga ishonch hosil qilish mumkin.
Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat’iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan;
Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e’tiqodidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta’kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma’naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo’lsak mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.
Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilikdan g’ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariXimizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajovuzkor millatchilik g’oyalaRi bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidaparastlik va irqchilik qarashlaridan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak muayyan hollarda ular omuxtalashgan shaklda ham chiqishi mumkin. Axborot globallashuvi kuzatilayotgan bugungi kunda turli g’oyalar hyech qanday chegaralarni tan olmay kirib kelishini e’tiborga oladigan bo’lsak ushbu tamoyilning ahamiyati yanada yaqqol namoyon bo’ladi.
Tarixiy tajriba ko’p millatli davlatning barkarorligi millatlararo munosabatlarga daxldor huquq va erkinliklarni to’gri belgilab qo’yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga ham bog’liqligini ko’rsatadi. Ma’lumotlarga ko’ra, 2000 yilda 36 mamlakatda 40 ta, 2001 yilda esa 30 mamlakatda 36 harbiy nizo sodir bo’lgan Ularyugag 27 tasi, ya’ni 75 foizi bundan 10 yillar oldin boshlangan. Bu nizolarning aksariyati bir mamlakat ichida kechganini e’tiborga oladigan bo’lsak ularning milliy, diniy va irqiy asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari ekanini anglatadi. Bemalol aytish mumkinki, jahonning turli nuqtalarida alangalanib turgan bunday nizolar aksariyat hollarda millatlararo munosabatlarda millatlararo totuvlik bagrikenglikning yo’qligi ham sabab bo’lmoqda. Shu nuqtai nazardan, respublikamiz milliy siyosatining asosiy tamoyillari hayotda ham o’z ifodasini topayotganini ta’kidlash zarur. Xususan, millatlararo munosabatlar sohasidagi amaliyot haqida gap ketar ekan, istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o’zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar o’rnatishga imkon berganini qayd etish lozim. O’rnatilgan aloqalar ona tilini o’qitish va o’rganishni yo’lga qo’yish, turli qo’llanmalar va adabiyotlarni o’z vaqtida olish, yoshlarni ta’lim olish uchun rivojlangan mamlakatlar, ba’zan esa ularning tarixiy vataniga yuborish imkoniyatlarini yaratdi. Shuningdek keng qamrovli madaniyma’rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keldi. O’zbekiston hozir va bundan keyin ham o’z mustaqilligini himoya qila olishi uchun ko’p millatli o’zbekistonliklarning har bir avlodi milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalab borishi barqarorlik va umummilliy totuvlik va bag’rikevtlikni yanada mustaxdsamlab boradi. Zero, milliy g’oya — barcha o’zbekistonliklarning manfaatlarini ham ifodalovchi g’oyadir' Respublikada istiqomat qilib turgan 130 dan ortiq millat va elatning har biri o’ziga xos madaniyatga va ko’p asrlik an’analarga ega. O’zbekiston Respublikasi o’tkazayotgan milliy siyosatning eng muhim ustuvor yo’nalishi barcha millatlarning ravnaqi uchun tinch sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uygunlashtirishdan iborat. Bu sohada keyingi yillardagi eng katta yutug’imiz umumiy uyimizdagi tinchlik va barqarorlik millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o’zgarmas ahamiyati tushunchasi kun sayin oshib borayotganligidir deyish mumkin1. Dunyoning qariyb barcha mamlakatlari ko’p millatli. Respublikamiz ham ana shunday boy, turfa madaniyatlar gullabyashnayotgan mamlakatlardan biri ekani har bir o’zbekistonlikka iftixor baxsh etadi. O’zbekistonni o’z Vatani deb bilib, 2uning taraqqiyoti yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan turli millatga mansub yurtdoshlarimizdan har biri buni dildan teran his qshshoqdalar. Olib borilzyotgan oqilona milliy siyosat tufayli respublikamizda k;aror topgan tinchlik ijtimoiy totuvlik o’zaro hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. Respublika Baynalminal Madaniyat Markazi (RBMM) va milliy madaniyat markazlari (MMM)ning faoliyati bu yerda yashovchi xalqlarning milliy an’analari, urf odatlari va marosimlarini qayta tiklash, ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uygunlashtirishga qaratilgan. Turli millatlarga mansub fuqarolarimizning katta umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish, mamlakat madaniy turmushidagi shonli voqyealarni nishonlashda faol ishtirok etayotganliklari samimiy sahovat va mehr oqibat muhitini yaratmoqda. Bu muhit bizga yagona oila tuygusini qaytaqayta his etish "O’zbekiston umumiy uyimiz" degan so’zlar zamiridagi chuqur ma’noni anglab olish imkonini beradi, dastlabki milliy madaniyat markazlari koreyslar, Qozoqlar, yaxudiylar, armanlar tomonidan Respublika viloyatlarida 1989 yilda tuzildi. O’sha paytda ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turish maqsadida O’zbekiston Hukumatining qaroriga binoan Madaniyat ishlari vazirligi huzurida Respublika millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi. Ammo bu markazlarning chinakam rivojlanishs va ravnaq topishi 1991 yildan mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin botlandi. 1992 yilning yanvarida Prezident I.A.Karimovning tashabbusi bilan Respublika millatlararo Baynalmilal markazi qoshidagi Madaniyat ishlari vazirligi Respublika baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. Shu tariqa uning faoliyati negizida millatlar va elatlarni jipslashtirishga asosiy e’tibor qaratildi. RBMM to’g’risidagi nizomda uning mustaqil muassasa ekanligi byolgilab qo’yilgan. Markaz milliymadaniy markazlarning faoliyatiga raxbarlik qiladi. O’zbekistonda yashovchi milliy guruhlarning madaniy extiyojlarini qondirishda davlat idoralariga va jamoat tashkilotlariga ko’maklashadi. Respublika Baynalminal Madaniyat Markazining moddiy texnikaviy baza bilan ta’minlanishi RBMM va MMM ishlarini faollashtirdi, ularning birlashuvi va samarali hamkorlik qilishi uchun keng istiqbollar ochdi.3 Milliy-diniy bagrikenglik g’oyasi. Uning tarixiy va xuquqiy asoslari. "Dinlararo bagrikenglik yuyasi — xilmaxil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi"1. Din qadimqadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o’zida mujassam etib keladi. Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham ularni birbirlari bilan yaqin mushtarak maqsadlarga egaligidadir. Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik yuyalariga asoslanadi, yaxshilik tinchlik do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik mehrshafqat va barrikenglikka da’vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya ezgulik yo’lida, nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azalazaldan diyorimizda turli diniy ta’limotlar yonmayon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo’lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o’z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdishdir. Tariximizning eng murakkab, og’ir davrlarida ham ular o’rtasida diniy asosda mojarolar bo’lmagani xalqimizning dinlararo bag’rikenglik g’oyasiga amal qshgab yashab kelganlaridan dalolat beradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning o’z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun hamma shartsharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’grisida"gi qonunda o’z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo’lib, ulug va mushtarak g’oyalar yo’lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi. Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo’lib, ular aslida birbirlariga zid emas. Diniy bag’rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonmayon yashab kelganligiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik iudaizm kabi dinlar yonmayon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etib kelingan. O’sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar birbiridan o’rganganlar, ustozshogird bo’lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bermagan. Aytish mumkinki, diniy ong rivojlanib, dinning mohiyatini chuqurroq anglash bilan diniy bag’rikenglik ham rivojlana bordi. Bu hozirgi davrda diniy bagrikenglikni yanada kuchaytirmoqda. Hozirgi vaqtda O’zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar o’z faoliyatini o’zaro teng huquqlilik hamdo’stlik va hamkorlik asosida amalga °Shirmoqda. Diniy bag’rikenglik turli dinlarning, turli Dynlarga mansub kishilarning hamdo’stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e’tiqodidan qat’iy nazar barcha kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo’lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko’ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko’ra ham inson eng oliy mavjudotdir. U o’ziga berilgan umri davomida yashashga, ma’naviy aqliy jihatdan takomillashib, yerdagi hayot sharoitlarini yaxshilash uchun kurashishga, ijod qilishga haqli. Ma’naviy kamolotga eripshsh uchun inson yashashi, yaxshi sharoitlarga ega bo’lishi kerak. Demak yerdagi hayotni saqlab qolish, rivojlantirish barcha kishilaryushg umumiy maqsadlaridir. Diniylik dunyoviylikni inkor qilmaydi, u bilan ba’zan yonmayon yashasa, ayrim vaziyatlarda o’zaro yaqinlashadi, dunyoviylikning rivojiga xizmat qiladi. Dunyoviylik ya’ni shu moddiy hayotni rivojlantirishga yo’nalganlik diniylikning ham maqsadlari bilan mos tushadi. Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin deganda, dunyoqarashning ezgulik yaxshilik halollik tinchlik do’stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Xdqiqatan ham diniy ta’limotlar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo’lishga undaydi.Diniy bagrikenglikning qaror topishi, mustahkamlanishi, rivojlanishi barcha kishilarni e’tiqodidan qat’iy nazar milliy g’oya va mafkurani amalga oshirish yo’lida birlashtiradi. U mafkurani milliy bcheya va kishilar ongi hamda qalbiga joylashishiga yordam beradi. Aksincha, diniy batrikenglikni tor ma’noda tushunish, bir tomonlama talqin qilish umumiy maqsadlardan chalg’itib, kishilarni o’zaro guruhlarga bo’lib yuborishi mumkin. Shuningdek ayrim guruhlarning garazli manfaatlariga xizmat qiluvchi diniy niqobni yuzaga keltiradi. Bu haqida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov shunday yozadi: "Afsuski, insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o’ta ketgan mutassiblik) sifatida foydalanilganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. Fanatizmning o’ziga xos xususiyati va ko’rinishlari, avvalambor, o’z dinining haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabada bo’lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar"1.
O’zbekistonda yangi demokratik fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishga kirishilgan hozirgi o’tish davrida diniy bag’rikenglik qanchalik muhim bo’lsa, diniy bag’rikenglik uchun milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning yuksak g’oyalari, o’z navbatida, dinning haqiqiy mohiyatini jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini anglab olishga yordam beradi. Diniy bag’rikenglik g’oyasini to’g’ri tushunishga yordam berib, barcha kishilarni e’tiqodidan qat’iy nazar birlashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongi va qalbiga singganda diniy mutaasiblikka, ayirmachilikka hyech qanday o’rin qolmaydi. Respublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat Sharq emas, balki, Garb sivilizasiyasiga mos umuminsoniy tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga e’tiqod, an’ana va urfodatlar, rangbarang turmush tarzidan iborat ma’naviy mezonlarni o’zida aks ettiradi. Bunda yurtimizda yashayotgan xalqlarning o’tmishi, bugungi hayoti, kelajak bilan bogaiq orzu umidlari asrlar osha yonmayon3 yashash jarayonida shakllangan hamjihatlik barrikenglik qardoshlik tuyg’ulari uyg’unlashgan tarzda namoyon bo’ladi. Hozirgi kunga kelib respublikamiz bo’yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu jumladan, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovi, Toshkent va O’rta Osiyo yeparxiyasi, Yevangel xristian baptistlar cherkovlari Ittifoqi, Rimkatolik cherkovi, To’liq injil xristianlar markazi, O’zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yaxudiylar jamoasi, 7 ta bahoiylar jamoasi, 2 ta Krishnani anglash jamiyati va 13 ta diniy o’quv yurti (1 ta Islom masjidi, 10 madrasa va 1 ta pravoslav va 1 ta to’liq injil xristianlari seminariyasi) davlat ro’yxatidan o’tgan.O’zbekistonda dunyoviylik bilan diniylik o’rtasida andoza sifatida qo’llash mumkin bo’lgan yangi nisbatning shakllanishi natijasida dinlararo bagrikenglik va millatlararo totuvlikning ta’minlangani, qolaversa, tabarruk zaMinimizning azaldan umumjahon tamadduni markazlaridan biri bo’lgani barchaga ayon.Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik (tolerantlik) va doshlararo murosa borasida faqat MDX davlatlariga emas, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu haqda Moskva va Butunrus Patriarxi Aleksey II, AQSh senatori Xillari Klinton xonim, AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya qirolligi shahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o’tganlar. Albatta, xalqimizga azaldan xos bo’lgan bu xislat o’zining uzoq tarixiga ega. Tariximizning har qaysi davrida din doimo odamlarda yaxshi xislatlarni ko’paytirib, yomonlaridan xalos bo’lishga chorlagan, Yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. Bugungi kunda ma’naviy va diniy jabhalarda kechayotgan murakkab jarayonda barcha millat va din vakillari birbirlariga nisbatan hamjihatlik barrikenglik va o’zaro hurmat tamoyillariga amal qilishlari doimiy barqarorlikning muhim omillaridan biridir. Prezidentimiz I.A.Karimovning "Mustaqillik niholi ko’karishi uchun unga tinchlik osoyishtalik totuvlik millatlararo chidam va bardosh kabi kuchli ildizlar kerak. Shunda u har qanday shamol, dovul, bo’ronlarda egilmaydigan bo’lib ulg’ayadi", degan so’zlari hayotga izchillik bilan tadbiq etilmoqda. Ilgari surilgan mazkur g’oyani amalga oshirishda bugungi kunda ikki muxim masala, bir tomondan, tinchlik va ezgulik dini islomni "soxta islomchi"lardan, ya’ni ma’rifiy islomni siyosiylashgan jangari islomdan himoya qshgash, ikkinchi tomondan, ko’p millatli, ko’p dinli jamiyatimizda e’tiqod erkinligi kafolatlangan sharoitda ayrim jamoalarning missionerlik ruhida faoliyat yuritishlarining oldini olish muhim. Bu, o’z navbatida, yurtimizdagi millatlararo hamjihatlik va diniy bagrikenglikni yanada mustahkamlaydi. So’nggi yillarda butun dunyo, shu jumladan, mintaqamizda kuchayib borayotgan diniy aqidaparastlik va jangarilik islomning asl mohiyati bo’lgan bag’rikenglikka zid bo’lgaya harakatlarga sabab bo’lmoqsa. Bu harakat va garazli oqimlarning nomlari va shiorlari turlicha bo’lishiga qaramay, maqsadlari bir - dindan niqob sifatida foydalanib, davlat siyosatiga aralashish, hokimiyatni qo’lga kiritish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "O’zbekiston XXI asr bo’sagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida, jumladan, shunday deydi: "Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz. Lekin biz hyech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorliga uchun jiddiy xavfxatar deb hisoblaymiz". Hozirgi zamonda milliy va diniy bag’rikenglik dunyoda tinchlik va barqarorlikni asrash hamda diniy ekstremizm, fundamentalizm va aqidaparastlikka qarshi kurashni, butun jahon hamjamiyatining hamKorligini nazarda tutadi. Shu tamoyilga asoslangan O’zbekiston turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrabavaylash, barcha fuqarolar o’z e’tiqodini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlash, ular o’rtasidagi qadimiy mushtarak an’analarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, milliy bagrikenglik — turli milatga mansub kishilarning birbirlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urfodati va an’analarini, milliymadaniy merosini hurmat qilishni, ularning sha’ni, qadrqimmatini, ornomusini qadrlash orqali amalga oshadigan o’ziga xos ma’naviy kenglikni (bagrikenglikni) anglatadi. Milliy bagrikenglik bunga zid bo’lgan, milliy manfaatga ziyon yetkazish hisobiga ta’minlanmaydi. U turli millat manfaatlarini uygun ko’rish va ta’minlash asosida mustahkamlanib boradi. Diniy bagrikenglik ham dinlararo hamda har bir dinning ichidagi turli xil yo’nalishlar va mazhablarning ezgu g’oyalarini qadrlash, birbirlarini hurmat qilish asosida amalga oshadi. Bu milliy g’oya amal qiladigan ustuvor g’oyalar sifatida Milliy bag’rikenglik va dinlararo bag’rikenglikka asoslaVish turli xalqlar va millatlar o’rtasida o’zaro hamjiHatlik totuvlikni ta’minlash orqali erkin va farovon Hayot qurishga, insonlarning tub hayotiy maqsadlari bilan mushtarakdir.
Dinlararo bag'rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi.
Bugungi kunda dinlararo bag'rikenglikka erishish uchun ular o'rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo'lidagi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo'lgan sayyoramizni saqlab qolish yo'lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda. Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do'stlik va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini muloqotga, hamkorlikka da'vat etadigan umumiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda. Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi. Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlalarining barcha usullari majmuidir. Jamiyat paydo bo’lgan beri din eng muhim ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi. Dinning ijtimoiy fenomen sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi real vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishni anglatadi. Din ijtimoiy fenomen sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda kishilarga har qanday jamoatchilik instituti sifatida ta’sir o’tkazadi. Dinning jamiyatda bajaradigan bir qancha funksiyalar mavjud. Ba’zi mualliflar fikriga ko’ra dinning muhim funksiyalardan biri bu boshqaruv-nazorat funksiyadir1. Din ham jamoatchilik ongining boshqa shakli sifatida kishilar xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi. Din mazkur funksiyani muayyan qadriyat va me’yorlar tizimini yaratish asosida amalga oshiradi. Kishilar xulq-atvori boshqaruviga odat va an’analarni shakllantiruvchi diniy ibodatlar ham ta’sir ko’rsatadi. U ma’naviy va axloqiy qadriyat, marosim va udumlar tizimini o’z me’yoriga moslashtirib boradi. Boshqaruv-nazorat funksiyasining hayotiyligi muqarrardir. Mavjud funksiya doirasida asrlar davomida diniy axloq asoslari yaratilgan.
Dinning ikkinchi muhim funksiyasi bu jipslashtiruvchi (integrativ) funksiyasidir.
Dinning integrativ vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, millati kabi xususiyatlaridan qat’i nazar – birlashtiruvchi kuchekanligida namoyon bo‘ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va an’analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym, ayniqsa,diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, din sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi,an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil qiladi. Ushbu funksiyalarni to’liqligicha amalga oshirishi uchun jamiyatda birdamlik, hamjihatlik, o’zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlar shakllangan bo’lishi kerak. Bunday qadriyatlarni shakllantirishda esa diniy bag’rikenglik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, ko’p millatlik mamlakatlarda dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik jamiyat taraqqiyoti uchun birlamchi omillardan biri hisoblanadi. Diniy bag’rikenglik jamiyat hayotida rivojida betakror rol o’ynashi hech kimga sir emas. Bunga bir nechta sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch-totuv hayot ta’minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan birga mamlakat ichidagi etnik mojarolarni oldini olish uchun diniy bag’rikenglikka alohida e’tibor berishi zarurdir. Chunki mojarolarning eng xavfli va tez avj oladigan diniy va etnik mojarolar hisoblanadi. Ularning yechimi uzoq vaqt talab etishi mumkin. Ko’plab jamiyatlar bir nechta etnik guruhlarlardan, millatlardan tashkil topadi. Tabiiyki, ularning dinlari ham turlicha bo’ladi. Ana shunday jamiyatlarda eng ahamiyatli narsa shundan iboratki, insonlar bir-biriga nisbatan tolerantlik, diniy bag’rikenglikni namoyish etish, bir hududda yashab turgan boshqa xalqlarning urf-odatlarini, an’analarini hurmat qilishi ushbu jamiyat rivoji uchun asos bo’ladi. Aks holda shaxlarlar o’zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarga kirisha olmaydilar. Bu holat esa jamiyatning bir nuqtada qotib qolishga olib kelishi mumkin Dunyoning eng dolzarb muammolaridan biri bu xalqlar va dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasidir. Ushbu tushuncha atrofida yer kurrasining barcha xalqlari, elatlarining jipslashish zaruriyati tug‘ildi. Chunki, faqat bag‘rikenglikkina dunyoni halokatdan, bo‘lajak fojealardan asraydi. Shu boisdan, YUNESKO 1995 yili Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan esa 1996 yildan buyon har yilning 16 noyabr sanasi «Bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qilindi. Ushbu deklaratsiyada diniy bag’rikenglikning ijtimoiy jihatlariga alohida urg’u berilgan. Xususan, unda shunday deyilgan: “Bag’rikenglik bugungi kunda har doimgidan ham muhimroqdir. Biz iqtisodiy globallashuv jarayoni, aloqa vositalari tez rivojlanayotgan, integratsiya va o’zaro aloqadorlik, katta miqyosdagi migratsiya va aholining ko’chishi, urbanizatsiya va ijtimoiy tuzilmalar qayta shakllanayotgan asrda yashamoqdalar. Har bir mintaqa serqirradir va shuning uchun murosasizlik va nizolarning ko’payishi dunyoning barcha nuqtalariga tahdid qiladi. Bu tahdid global xarakterga ega bo’lgan sababli, uni milliy chegaralar doirasida cheklanib qolishi mumkin emas”3. Dinlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalar o’zaro uzviy bog’liqdir. Vijdon erkinligi masalasi ijtimiy hayotda har doim muhim va murakkab hodisa bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi.Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ochiga oladi. Xususan, ushbu normativ hujjatda: Har bir inson biror bir kamsitishlarsiz, irqi, tili, jinsi, dini, siyosiy qarashlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, moddiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar mazkur Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi bo’lishi kerak
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 31-moddasida "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hyech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi", deb yozib qo’yilgan. Demak, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har kimning shaxsiy ishidir. O’zbekiston hududi qadimdan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi ko’p millatli mamlakat sifatida ajralib turgan. Yurtimizda zardushtiylik, yahudiylik, xrisitianlik va islom diniga e’tiqod qiluvchi aholi emin erkin yashab kelgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, yurtimiz hududida diniy sabab bois birorta nizolar bo’lmaganligi xalqimizning diniy bag`rikenglik borasida katta tajriba to’plaganidan dalolat beradi. Tarixiy sharoit, jarayonlar bu zaminda tom ma’nodagi bag`rikenglik tamoyillarining barqaror shakllanganligi, uning natijasida tinch, osuda hayot, ilmiy ma’rifiy yuksalish, taraqqiyot ta’minlanganligini ko’rsatadi. Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag`rikenglik targ`ib qilingan g`oyalarni uchratamiz. Jumladan, alloma Abu Mansur al-Moturudiyning “Tilovat ahli sunna” asarida Qur’oni karim oyatlaridan birini tafsir etib, “Cherkov va sinogoglarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmon o’lkalarda shu davrgacha ular saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo’qdir”, degan fikrni bildirgan.
XV asr boshlarida Temur saroyida bo’lgan Kastiliya elchisining guvohlik berishicha, Temur Samarqandda turli din vakillarini yig`adi, ularga iltifot ko’rsatadi hamda xristian diniga e’tiqod qiluvchi mehmonlarning turli ehtiyojlarini bajarish uchun alohida mas’ul shaxs tayinlaydi. Ular bilan do’stona aloqalarni mustahkamlashni tayinlaydi. Qadim-qadimdan din aksariyat milliy qadriyatlarni o’zida mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar o’sha bezavol yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog`liq. Chunki, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g`oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag`rikenglikka chorlaydi.
Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O’zbekistonda turli din, millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo’lib, islom, xristianlik, yahudiylik, bahoi jamoalari va krishnani anglash jamiyati, bular bilan birgalikda ularning turli oqimlari va yo’nalishlari vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda. Mustaqillik sharoitida etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va qat’iy siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitustiyamizda «O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar», degan tamoyilning mustahkamlab qo’yilishi esa, bu boradagiishlarning qonuniy asosi bo’lib xizmat qilmoqda. Milliy qadriyatlar tolerantlikni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Tolerantlik – o’zligini anglagan millat vakillarining boshqa millat vakillari tomonidan kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik, ular bilan tinch, farovon hayot kechirishidir. Tolerantlik tuyg`usi insonning xulq atvori, odob axloqi, siyosiy – ma’naviy pokligi, o’z xalqi va milliy merosi boyligi hamda milliy qadriyatlarga bo’lgan munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag`rikenglik, baynalmilallik tuyg`ularini uyg`otadi. Bugungi kunda respublikamiz bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan 2224 ta diniy tashkilotdan 175 tasi noislomiy bo’lib, ulardan 159 tasi nasroniy, 8 tasi yahudiylar, 6 tasi bahoiy jamoasi, 1 tasi Krishnani anglash jamiyati va 1 tasi buddaviylikni tashkil etadi. Bulardan tashqari Respublikada Konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda. O’zbekistonda nasroniylikning uch yirik yo’nalishi pravoslav, katolik va protestantlik yo’nalishlariga oid diniy tashkilotlar mavjud. Shuningdek, nasroniylikda o’z yo’nalishiga ega bo’lgan Arman Apostollik cherkovi ham faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistonda tom ma’noda diniy bag`rikenglikning yuksak an’analariga amal qilinayotgani jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Bugun mana shunday xavfli – tahlikali, o’ta notinch bir davrda jahon moliyaviy inqirozi hali-beri davom etayotgan bir paytda el-yurtimiz nimaiki natijalarni qo’lga kiritmasin, bularning barchasi yurtimizda tobora mustahkam bo’lib borayotgan tinchlik va osudalik, millatlar, dinlar va fuqarolararo totuvlik va ahillik, bir-birimizga hurmat va ehtirom hisobidan desak, o’ylaymanki, hech qanday xato bo’lmaydi”. Darhaqiqat, har bir inson, jamiyat va millatlar bashariyatning turli tuman urf odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bag`rikenglik munosabatida bo’lishlari zarur. Zero, bu taraqqiyot garovidir. Dinlararo totuvlik millatlararo totuvlikni mavjud bo’lishiga ko’maklashadi. Millatlararo totuvlik g’oyasi – umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Dunyodagi barcha davlatlar aholisi milliy tarkibiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi. Birinchisi monoetnik (aholisi asosan bir millat vakillaridan iborat) va ikkinchisi polietnik (ko’pmillatli) davlatlardir. Hammamizga ma’lumki, O’zbekiston aholisi milliy tarkibiga ko’ra ikkinchi guruhga, aholisi ko’p millatli davlatlar qatoriga kiradi. Hozir O’zbekistonda 136 ta millat va elatlarning vakillari yashaydi. Respublikamiz aholisining 80 foizini o’zbeklar tashkil qiladi. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o’z qadriyatlari ham bor. O’zbekiston kabi ko’p millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg’unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab katta e’tibor berib kelinmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning bu boradagi o’ziga xos siyosatini bayon etib, quyidagicha ta’kidlagan: "Respublika aholisi o’rtasida ko’pchilikni tashkil qiladigan o’zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o’z milliy madaniyatini va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o’ziga xos madaniy-ma’naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o’zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas’ul bo’lishdan ham iboratdir". Bunday muhit millatlararo munosabatlarda turli muammolar tug’ilishiga aslo yo’l qo’ymaydi, jamiyat taraqqiyoti uchun imkon yaratadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 8-moddasida "O’zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi", deb aniq belgilab qo’yilgan. Konstitusiyasining 4-moddasida esa "O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi", deyilgan. Dinlararo totuvlik jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Diniy bag’rikenglik g’oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag’rikenglikka da’vat etadi. Azal-azaldan ona yurtimizda islom, xristian, hinduiylik, buddaviylik kabi din vakillari yonma-yon yashab kelgan. Asrlar mobaynida yirik shaharlarda masjid, cherkov va sinagogalarning mavjud bo’lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o’z diniy amallarni erkin ado etib kelayetgani buning tasdig’idir. Tariximizning eng murakkab, og’ir davrlarida ham ular orasida diniy asosda mojarolar bo’lmagani xalqimizning dinlararo bag’rikenglik masalasida ulkan tajriba to’plaganidan dalolat beradi. O’zbekistonda yashab faoliyat ko’rsatayotgan turli din vakillarining ma’naviy dunyosi, e’tiqod erkinligi uchun istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo’l ochildi. Yosh davlatimiz din ma’naviy-madaniy hayotning uzviy qismi ekanidan kelib chiqib, unga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirdi. Mamlakatimiz rahbari dinga bo’lgan yangicha munosabatni "dunyoviylik –dahriylik emas" degan tamoyil asosida aniq va ravon belgilab berdi. 1998 yilda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to’g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilinib, davlat va din munosabatlari qonuniy tartibga solindi. Mazkur qonunning maqsadi har bir shaxsning erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’iy nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat5. Bugungi kunda mamlakatimizda turli e’tiqodga mansub tashkilotlar o’rtasida o’zaro hurmat va bag’rikenglik muhiti o’rnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O’tgan 20 yil mobaynida bu yo’nalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi - bag’rikenglikning muhim omillaridan biri bo’lgan millatlararo va dinlararo totuvlik to’la ta’minlandi. Bugun mamlakatimizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2000 dan ortiq diniy tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda, Toshkent islom universitet, 9 ta o’rta maxsus islom bilim yurti ishlab turibdi. Hozirgi kunning eng asosiy vazifalaridan biri xalqimizning diniy e’tiqodiga zid bo’lgan zararli oqimlarning yurtimizga kirib kelishining oldini olish, an’anaviy, ma’rifiy, mo’tadil islomni yot g’oyalar ta’siridan saqlashdan iborat. Dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik ta’minlanishini belgilaydigan sohalar juda ko’p. Ta’lim-tarbiya sohasi, shubhasiz, ular orasida alohida ahamiyatga ega. Chunki millatimizning, xalqimizning ertangi kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bog’liqdir. Dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik, eng avvalo, boy tarixiy-ma’naviy meros, milliy qadriyat, urf-odat va an’analar asosida milliy o’zligini anglagan, milliy g’urur-iftixori yuksalgan, umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari asosida dunyoqarashi shakllangan barkamol avlodni tarbiyalashni ko’zda tutadi. 2007 yil 11 oktabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida tinchlik yo'lida dinlararo va madaniyatlararo o'zaro tushunish hamda hamkorlikni qo'llab-quvvatlash yuzasidan BMT Bosh assambleyasining yuqori darajadagi muloqoti doirasida «Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi» mavzuiga bag'ishlangan konferensiya bo'lib o'tdi.
Konferensiyaning ochilishida BMT Bosh assambleyasi 62-sessiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Hamid al-Bayotiy, Bosh kotib o'rinbosari – BMT yetakchisi ofisi rahbari V.Nambiar va BMTning boshqa yuqori martabali rasmiy vakillari, BMT huzuridagi a'zo-davlatlar diplomatiya missiyalarining rahbarlari, shuningdek, AQShning akademik, tahliliy va ijtimoiy-madaniy doiralari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi. Anjuman qatnashchilari e'tibori jamiyatda dinlararo va madaniyatlararo totuvlik, bag'rikenglik va sabr-toqat, ezgulik va mehribonlik kabi fazilatlarni mustahkamlash bo'yicha O'zbekiston olib borayotgan davlat siyosatining asosiy ustuvor jihatlari va tamoyillari haqidagi ma'lumotlarga qaratildi. Respublika rahbariyati mamlakat mustaqilligining ilk kunlaridanoq dinlararo va madaniyatlararo totuvlik masalasini davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida belgilab olgani ta'kidlandi. Ana shunday yondoshuv tufayli O'zbekiston jamiyati bugun madaniy xilma-xillik va bag'rikenglikning noyob namunasi hisoblanadi. Tinchlik va totuvlik, fuqarolar hamjihatligi, diniy sabr-toqat, jamiyat hayotida turli madaniyatlar vakillarining teng huquqli ishtiroki – zamonaviy O'zbekistonning ajralib turadigan o'ziga xos jihatlaridir. Mustaqillik yillarida shakllangan milliy siyosat asosida aynan ana shunday tamoyillar mujassam. Tadbir ishtirokchilari e'tibori O'zbekistonning islom madaniyati va ilm-fani oldidagi hamda yodgorliklarni saqlash va islom merosini boyitish borasidagi buyuk xizmatlari uchun 2007 yilda Fan, ta'lim va madaniyat masalalari bo'yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Toshkent shahrining jahon islom madaniyatining poytaxti, deb e'tirof etilganiga qaratildi. AQSh akademik va ijtimoiy-siyosiy doiralari vakillari o'z ma'ruzalarida Buyuk Ipak yo'lida joylashgan O'zbekiston ko'p asrlar davomida Sharq va G'arbni bir-biriga bog'lovchi ko'prik bo'lib xizmat qilgani xususida atroflicha fikr bildirishdi. O'zbek xalqining Ibn Sino, Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Al-Farg'oniy, Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Abduholiq G'ijduvoniy kabi butun dunyoga mashhur vakillari nafaqat jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga, balki sivilizasiyalararo muloqot va jahon xalqlari o'rtasida o'zaro tushunish kayfiyatlarini mustahkamlashga muhim hissa qo'shganlar. Amerikadagi Ratgers hamda Fordxam universitetlarining professori, «Global Scholarly Publications» xalqaro tashkiloti direktori, dinshunos olim va sharqshunos P.Morvidj o'z ma'ruzasida O'zbekiston hududida turli diniy va madaniy an'analarning bir-biriga uyg'un ravishdagi tinch-totuv hayotining ko'p asrlik tarixini aniq misollar asosida ochib berdi. U «Ko'hna O'zbekiston zamini jahon sivilizasiyasining beshiklaridan biri», deb ta'kidladi. Shuningdek, «Buyuk Ipak yo'lining chorrahasida joylashgan bu hududda noyob madaniy-diniy uyg'unlik yuz bergan. Zamonaviy O'zbekiston hududida bu an'ananing rivojlanishi davom etmoqda», deya qayd etdi u. Amerikalik olim respublika rahbariyatining mamlakatda dinlararo va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi siyosatini yuksak baholadi. Xulosa shuki, "O’zbekiston-umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir", "Bag’rikenglik - o’zbek xalqining buyuk fazilati","O’zbekiston -bag’rikeng diyor", "Diniy e’tiqodlar tinchlik xizmatida"kabi iboralar bejizga aytilmaydi. Bu g’oya xalqimizning, millati, dinidan qat’i nazar, shu yurtda yashayotgan har bir insonning hayotida mustahkam o’rin egallaydi. Tobora globallashib va murakkablashib borayotgan bugungi davrda hayotning o‘zi bizga turli millat, e’tiqod va din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan sharoitdagina umumiy bo‘lgan O’zbekiston har millatimizning kelajagini ta’minlashga erishish mumkinligini ko‘rsatib turibdi. O‘zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati yurtimizning ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g‘oyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat bo‘lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, dinlararo totuvlik, insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Mustaqillik bizga ana shu ezgu an’analarni izchil davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal bo‘lib o‘tishini ta’minlash imkonini beradi.
1. Ma`lumki O`rta Osiyo, xususan O`zbekiston hududi qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo`lgan, xilma-xil dinlarga e`tiqod qiluvchi, bir-biriga o`xshash bo`lmagan bir necha xalqlar yashagan o`lkadir. O`zbekistonning jo`g`rofiy nuqtai nazaridan muhim savdo yo`llari chorrahasida joylashgani, ko`plab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani turli xalqlarning diniy va ma`naviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o`zga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta`sir ko`rsatgan. Bu esa o`ziga xos millatlararo ham jihatlik va diniy bag`rikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilgan. Bu haqda Prezidentimiz o`zlarining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida: «Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi», deb qayd etganlari ham bejiz emas. Haqiqatan ham O`zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma`naviy yuksalishiga muayyan hissa qo`shdi.
2. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniyat markazlari faoliyat yurgazib kelmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida Angren shahar rus milliy-madaniyat markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy-madaniyat markazi, Oqqo`rg`on tumani koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyo`l shahar tatar milliy-madaniyat markazi kabilardir. O`zbekistonda barcha diniy tashkilotlarga qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularning qonunga mos istaklari ro`yobga chiqarilmoqda. Bundan tashqari, O`zbekistonda bugungi kunda musulmonlar uchun 2000 dan ziyod masjid va 10 ta o`quv yurtlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Toshkent viloyati hududida esa 200 ortiq masjid rasmiy ro`yxatdan o`tgan. Ilmiy manbalar O`zbekiston — ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o`lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. O`lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, budizm, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega bo`lgan dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar. VIII asrda Markaziy Osiyoga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlari islom diniga mahalliy diniy axloq g`oyalari, huquqiy me`yorlar va urf-odatlarni olib kirdilar. Prezidentimiz I. Karimov bu xususida shunday deganlar:
«Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma`naviy uyg`onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan, tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi. etnik sabr-toqat, bag`rikenglik hayot bo`ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me`yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an`analarini, shu hududda mavjud bo`lgan davlatchilik an`analarini avaylab qabul qilganlar. Ayni shu zaminda ko`p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda ko`chmanchi xalqlar o`troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar bilan, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bilan ko`p asrlar birga yashab kelganlar. So`nggi ikki asr davomida ham o`zlarini «madaniyatli» va «ma`rifatli» hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg`inlar va diniy ta`qiblar bilan o`zlariga dog` tushirgan bir paytda, O`zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch joylashgan bir joygina bo`lib qolmay, balki quvg`in qilingan xalqlarga boshpana ham berdi». Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turli dinlar va madaniyatlarga mansub davlatlar o`zaro yaqinlashmoqda. Bu hol ular orasidagi ijtimoiy, madaniy va diniy sohalardagi doimiy muloqotlarni taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqib 1945 yilda BMT ustavi «sabr-toqatli bo`lish va jahonda yaxshi qo`shnilar sifatida birgalikda yashash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash uchun sa`y harakatlarimizni birlashtirish»ni o`z maqsadlaridan biri deb e`lon qildi. 1981 yil 25 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 361 55-rezolyutsiyasi din yoki e`tiqodga asoslangan sabr-toqatsizlik va kamsitishning barcha shakllarini tugatish to`g`risidagi deklaratsiyani e`lon qildi. Bosh Assambleya a`zo davlatlarni din yoki e`tiqod erkinligiga rioya qilish va uni kafolatlashga, din yoki e`tiqod erkinligi masalalarida bir-birini tushunish, sabr-toqatli va o`zaro hurmat qilishga ko`maklashishga hamda din yoki e`tiqoddan BMT ustaviga va BMTning boshqa tegishli hujjatlariga xilof bo`lgan maqsadlarda foydalanilishiga yo`l qo`ymaslikka da`vat etadi.
«Tolerant» atamasining lug`aviy ma`nosi lotincha «tole gage» (chidamoq) so`zidan olingan. Tolerantlik biror narsani, o`zgacha fikr yoki qarashni, o`z shaxsiy tushunchalaridan qat`i nazar, imkon qadar bag`rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag`rikenglik vijdon erkinligi va ma`naviyat jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yo dinga hurmatni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |