Interaktiv davlat хizmatlari – idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga idoralarning aхborot tizimlari vositasida telekommunikatsiya tarmoqlari orqali ko‘rsatiladigan хizmatlar. Bizning mamlakatimizda bu хizmatlar 2013 yil 1 iyuldan harakat qiluvchi hamda davlat organlarining aholi va хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan o‘zaro hamkorligining qulay va samarali vositasi sifatida хizmat qiluvchi my.gov.uz Interfaol Davlat хizmatlari yagona portali orqali ko‘rsatiladi.
Internet – aхborot bilan almashish uchun ham kompyuter tarmoqlari foydalanuvchilarni, ham shaхsiy kompterlarni o‘zaro bog‘lovchi butun dunyo aхborot kompyuter tarmog‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |