Internet jurnalistika – bu internet makonida aхborot shakllar dolzarbligini shakllantirish va taqdim qilish bo‘yicha faoliyatni kasb etuvchi sifat jihatidan yangi va sivilizatsiyali fenomendir, bunda bunday shakllar tashuvchisiga nafaqat so‘z, balki rasm, fotosurat, kino, video, tovush, veb-sahifa – keng ma’noda aхborot yoki matn tashuvchisi sifatida namoyon bo‘lishga qodir har qaysi ob’yekt aylanishi mumkin.
Interpellyasiya - fr. interpellation < lat. interpellātio < interpellāre – munosabat, aloqa, suhbat va boshqa shu kabilarni bo‘lib qo‘yish, qarshi chiqish.
Interfaol muloqot – real vaqt rejimida turli OAV (asosan Internet) vositasida “jonli” muloqot qilish. SHartli ravishda bunday muloqotning bir necha shaklini belgilash mumkin:
Informatsiya – lot. informatio – хabardor qilish, tushuntirish, bayon qilish ma’nolarini beradi. SHuningdek, lot. informare- shakl berish qabilida ham ishlatiladi.
Irratsional – (lot.irrationalis) bilishning asosiy vositasi sifatida his-tuyg‘u, instinkt va e’tiqodni tan oluvchi falsafiy qarash.
Do'stlaringiz bilan baham: |