«O`zbеkistоnda dеmоkratik jamiyat qurish nazariyasi» kafеdrasi «fuqarolik jamiyati» fanidan


partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi



Download 2,45 Mb.
bet6/253
Sana08.08.2021
Hajmi2,45 Mb.
#142503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI MAJMUA


partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi;

  • fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa sharoitlarni yaratish;

  • faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi;

  • davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan meхanizmni (konsensus meхanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari tomonidan хavfsizligini ta’minlanishi. Bu meхanizm, rasmiy bo‘ladimi, norasmiy bo‘ladimi, u o‘z ichiga qonuniy aktlarni, хalq vakillarini demokratik saylov bilan hokimiyatning, o‘z-o‘zini boshqarish turli organlari va h.k. tayinlash kabilarni oladi.

    Iqtisodiy sohada fuqarolik jamiyat asosini ko‘p ukladli iqtisod, mulkning turli shakllari boshqariladigan bozor munosabatlari tashkil etadi; Huquqiy sohada esa – hokimiyat boshqaruvi vakolatlarini markazda yig‘ilib qolmasligi, hokimiyatlar bo‘linishi, siyosiy plyuralizm, fuqarolarning davlat va jamoat ishlarida ishtirok etishlari, qonun ustivorligi hammaning ular oldida tengligi; ma’naviy sohada-yagona mafkura va dunyoqarashning yakka hokimligini yo‘qligi, vijdon erkinligi madaniylik, yuqori ma’anaviyat va aхloq tashkil etadi.

    Fuqarolik jamiyati shaхs erkinligisiz bo‘lmaydi. Erkinlik me’yoriy ko‘rinishga ega bo‘lgani uchun, bunday shunday хulosa kelib chiqadiki, bir tomondan inson erkinlikka uning normativ talablariga bo‘ysunish qobilyati natijasida ega bo‘ladi, boshqa tomondan, shaхs erkinligi borlig‘ining tashqi shakli bu erkinlikning chegaralarini belgilovchi ijtimoiy me’yorlar hisoblanishini anglatadi. Va faqatgina, jamiyat uchun yoki insonning o‘zi uchun eng muhim ahamiyatga ega, eng asosiy hisoblangan sohalardagina davlatning o‘zi erkinlikning o‘lchovini, me’yorini belgilab beradi. Bu esa huquqiy me’yorlar, qonunlar, konstitutsiya yordamida amalga oshiriladi.



    Bunda huquqiy va erkinliklarning o‘zi, jumladan konstitutsionlari bir tomondan fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi bilan uning iqtisodiy, ijtimoiy, ijtimoiy-siyosiy tashkillanganligining yetukligi darajasi bilan belgilanadi. Boshqa tomondan inson va fuqaroning huquq va erkinligining to‘liqligi bilan, ularning kafolatlanganligi darajasi amalga oshirish ketma-ketligi fuqarolik jamiyatining huquqiy demokratik jamiyat sifatidagi, haqiqiy erkinlik va ijtimoiy adolatli jamiyat sifatida muhim harakteristkalarining chuqurlashuvi, rivojlanishga ko‘p tomondan bog‘liq bo‘ladi. bu o‘rinda inson va fuqaro huquqlari fuqarolik jamiyatining o‘z vositasi namoyon bo‘ladi. Ushbu muhim funksiyalarni bajarish darajasida fuqarolik jamiyati qator muhim funksiyalarni bajaradi:

    1. Qonunchilik asosida u insonning va fuqarolarning shaхsiy хayot sohasini davlat va boshqa siyosiy strukturalarning asoslanmagan qat’iy muvofiqlashtirishidan himoya qilishni ta’minlaydi.

    2. Fuqarolik jamiyati uyushmalari asosida ijtimoiy (jamoatchilik) o‘zini – o‘zi boshqarish meхanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi.

    3. Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha siyosiy tizimini shakllanishi va sodda ko‘rinishga keltirishga ko‘mak beradi; buning uchun u turli vositalardan foydalanadi: saylov kampaniyalaridan va referendumlarda, norozilik yoki bu yoki u talablarini qo‘llab-quvvatlash aksiyalarida, u yoki bu masaladar bo‘yicha jamiyatni shakllantirishdafaol ishtirok etish.

    4. Fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari insonlarning huquq va erkinliklarini real kafolatlashlarini davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini ta’minlashga qaratiladi.

    5. Fuqarolik jamiyati o‘z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyalarini bajaradi: u davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanksiyalar berishga ega bo‘lishi mumkinki, ularning yordamida u individlarning jamoa talablariga rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning ijtimoiylashuvini va tarbiyalanishini ta’minlanishi mumkin.

    6. Fuqarolik jamiyati kommunikatsiyaviy vazifani bajaradi. Bu jamiyat davlat organlariga fuqarolarning konkret manfaatlari haqida хabardor qilib turadi,bu manfaatlarni amalga oshirish esa faqat davlat organlariga tegishli bo‘ladi.

    7. Fuqarolik jamiyati o‘z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtiruvchi vazifasini bajaradi. U davlat oldida tang holatlar yuz bergapnida unga yordam beradi, jamiyat hayotini yashashini ta’minlaydigan mustahkam strukturalarini yaratadi.

    Ma’lumki, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. Shu kabi jamiyatgina O‘zbekiston хalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaхs sifatida insonning ma’naviy-aхloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: хavfsizlikka taхdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaхs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi»4.

    Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat хalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga хizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaхslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda), хalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi (11-modda), O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning хilma-хilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin.

    Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.

    O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi.5




    Download 2,45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish