Ma’naviy jasorat – er yuzida barcha o‘lmas obidalarni, insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirib yuborgan jamiki ulug‘ kashfiyot va iхtirolarni, mumtoz san’at va adabiyot durdonalari hamda mardlik va qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan insonlarning mislsiz aql-zakovati vayuksak ma’naviy salohiyatini ifodalaydi.
Ma’naviy tahdid – tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion hurujlarni nazarda tutadi.
Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |