Liberallashtirish – ijtimoiy hayotning barcha sohalarida erkinlik ustuvor bo‘lishini, jamiyatning evolyusion rivojlanish yo‘lini e’tirof etuvchi va asoslovchi nazariya, amaliyot.
Liga - lot. ligare-bog‘lamoq; ijtimoiy-siyosiy birlashma; davlatlar, tashkilotlar, alohida shaхslar ittifoqi.
Lobbi - lot. lobyy-kuluar; jamiyatdagi ma’lum bir siyosiy doiralar, kuchli iqtisodiy tizilmalar manfaatlarini ifodalovchi, ana shu manfaatlarni amalga oshirish parlament va mansabdorshaхslarga bosim o‘tkazishga intilayotgan guruhlar.
Madaniyat – kishilarning tabiatni, borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma’naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo‘llari va uslublari majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |