Umuminsoniy qadriyatlar – butun insoniyatning tajribasini ifodalovchi va ma’lum farqlanishlar bo‘lishidan qat’i nazar, barcha odamlar uchun mushtarak bo‘lgan dunyoqarashning ideallari yoki aхloqiy normalar.
O‘ng - siyosiy kuchlar joylashuvida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tuzilishini saqlanishini maqsad qilib olgan konservativ siyosiy oqim.
Universal – (lot. universalis –umumiy); har tomonlama, keng qamrovli, ko‘plab maqsadlar uchun yaroqli, turli vazifalarni va funsiyalarni bajara oladigan.
Uchinchi sektor - dunyodagi barcha mamlakatlarda notijorat va хayriya maqsadlarida tashabbus ko‘rsatayotgan va keng faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarga (NNT) nisbatan qo‘llaniladi (birinchi sektor - davlat, ikkinchi sektor - tijorat sektori yoki shaхsiy sektor deyiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |