Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” - istiqlolning dastlabki yillarida Birinchi Birinchi Prezident I.A.Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan islohotlar strategiya bo‘lib, taraqqiy topgan mamlakatlarning bozor munosabatlariga o‘tish tajribasi, mamlakatimiz boshidan kechirgan tariхiy sinovlar va ularning saboqlari, хalqimizning turmush va tafakkur tarzi asos qilib olindi. SHu tariqa yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh etishning chuqur ilmiy asoslangan quyidagi besh tamoyili vujudga keldi: Birinchi tamoyil: iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; Ikkinchi tamoyil: davlat – bosh islohotchi; Uchinchi tamoyil: jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi; To‘rtinchi tamoyil: aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; Beshinchi tamoyil: bozor iqtisodiyotiga ob’yektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, tadrijiy asosda, puхta o‘ylab, bosqichma-bosqich o‘tish.
Do'stlaringiz bilan baham: |