B)Savollar orqalli
1.So'z birikmasi tarkibida hokim so'z va tobe so'zning joylashuvi qanday? Misollar keltiring.
2.So 'z birikmasi tarkibidagi so 'zlar o 'zaro qanday usullar bilan birikadi ?
3.So'zlarning qanday birikuvi bitishuv deyiladi?
4.Boshqaruv munosabati qanday hosil qilinadi?
5.So'zlarning qanday birikuvini moslashuv deymiz?
6.So'zlarning o'zaro teng bog'lanishi tobe bog'lanishdan nimasi bilan farqlanadi?
III.YANGI MAVZU BAYONI
— Bilib oling. So'z birikmasida ham, qo'shma so'zda ham qismlar bir xildagi so'z turkumlariga oid bo'lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga ega bo'lishi mumkin. Masalan, oq qush — oqqush (har ikkisida ham sifat+ot), suv ilon — suvilon (har ikkisida ham ot+ot).
Bu ularning shakliy o'xshashligidir. Lekin so'z birikmasidagi qismlar ma'no mustaqilligini saqlagan bo'ladi. Qo'shma so'z tarkibidagi qism- larning ma'nosi esa saqlanmagan bo'lib, qo'shma so'zning umumiy ma'nosi orqali anglashiladi.
So'z birikmasidagi qismlar orasida grammatik aloqa sezilib turadi, qo'shma so'z qismlari orasidagi grammatik aloga esa yo'qolgan bo'ladi.
So'z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida- alohida so'roq berish mumkin: kitobni (nimani?) o 'qimoq, uydan (qayer- dan?) chiqmoq kabi. Qo'shma so'zlarga esa yaxlit bir savol berish mumkin: kungaboqar (nima?), kamquwat (qanday?).
So'z birikmasining qismlari o'z mustaqil so'z urg'usini saqlagan bo'ladi (uyning eshigi, xatni o'qidim, tez yugurdi), qo'shma so'z esa umumiy bir urg'uga ega bo'ladi (oqko'ngil, bilakuzuk, Yangiqo'rg'on).
Qo'shma so'zlarning ko'pchiligi tarixan so'z birikmalari asosida yuzaga kelgan.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
73- mashq. Berilgan gaplardagi ajratilgan birliklarni mashqdan so'ng berilgan (ma'nosiga ko'ra ularga teng keladigan) so'zlar bilan almashtiring. Bunday birikma va so'z orasidagi ma'noviy munosabatlar haqida xulosa chi- qaring.
1. Qanotli do'stlar haqida film yaratildi. 2. Yurtimiz zangori olov, qora oltin zaxiralariga juda ham boy. 3. Ko'rgazmada atoqli mo'yqalam ustalari yaratgan rasmlarni tomosha qildik. 4. Otamning akalari — haydovchi. 5. Echkining bolasi onasining atrofida sakrab o'ynardi. 6. Maktabimizda taniqli so'z san'atkori bilan uchrashuv bo'ldi. 7. Mam- lakatimizda juda katta miqdorda kumush tola yetishtiriladi. 8. Bu yil bahor elchilari erta uchib keldilar. 9. Vatanimizda ishlab chiqarilgan havo kemalari dunyo bo'ylab parvoz qilmoqda. 10. Dehqonlarimiz oq oltin yetishtirishning barcha sirlarini bilishadi.
yozuvchi, rassomlar, gaz, neft, qushlar, pilla, samolyotlar, pax-
ta, amakim, uloqcha, qaldirg'ochlar. Q
74- mashq. Quyidagi so'zlarga so'z birikmalari bilan ifodalangan ma'nodoshlar toping. Ular asosida gaplar tuzing.
Televizor, maktab, qo'zi, olqor, ayg'ir, kitob.
N a m u n a:
Olqor — yovvoyi tog' echkisi. Biz kecha tog'da olqorlarni ko'rdik. Kecha biz tog'da yovvoyi tog' echkilarini ko'rdik.
Bilib oling. So'z birikmalarida ma'no, tushuncha ancha aniq va ravshan bo'ladi.
Qiyoslang: nor — erkak tuya, g 'o 'nan — ikki yashar ot, ezma — sergap odam.
Shuning uchun lug'atlarda so'zning ma'nosini ochib berishda so'z birikmalaridan foydalaniladi.
Savol va topshiriqlar
So'z birikmasi va so'zning o'xshash va farqli xususiyatlari haqida gapiring.
Nega so'zga leksik hodisa sifatida, so'z birikmasiga grammatik hodisa sifatida qaraymiz? Fikringizni misollar asosida tushuntiring.
Ba'zi so'zlar (masalan, rassom so'zi) ifodalaydigan ma'noni nega so'z birikmasi holatidagi birliklar (masalan, mo'yqalam ustasi) asosida ifodalaymiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |