III.YANGI MAVZU BAYONI
Bilib oling. Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hik- matli so'z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi.
Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifa- ning o'ng chekkasida yoziladi. Epigraf bo'lgan matndan so'ng (so'roq yoki undov gap bo'lmasa) nuqta qo'yiladi, muallifi qavs ichida yoziladi.
Inshoda epigraf bo'lishini qat'iy talab deb tushunmaslik kerak, u tamoman ixtiyoriydir. Lekin mavzuga va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf tanlansa, inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho mualhfining mahoratini ko'rsatadi.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
51- mashq. Jadvalni kuzating. Uning 1-ustunida insho mavzulari, 2- ustunida muayyan mavzularning mazmunini ochib beruvchi fikr (maqol, mashhur bayt) keltirildi. Insho mavzulariga mos keluvchi fikr (epigraf)larni tanlang va bir-biriga bog'lang.
T./r.
|
Insho mavzusi
|
T./r.
|
Epigraf
|
1.
|
Alisher Navoiy — she'riyat quyoshi.
|
1.
|
Vatan, ona so'zi naqadar laziz, Sensan har narsadan mo'tabar, aziz.
(Uyg'un)
|
2.
|
O'zbekiston — Vatanim
|
2.
|
Besh asrkim nazmiy saroyni
|
|
manim.
|
|
Titratadi zanjirband bir sher.
|
|
|
|
(A. Oripov)
|
3.
|
Mehnat baxt keltirar.
|
3.
|
Suv — zar, suvchi — zargar.
|
|
|
|
(Maqol)
|
4.
|
Suv — hayot manbayi.
|
4.
|
Mehnat, mehnatning tagi rohat.
|
|
|
|
(Maqol)
|
52- mashq. Quyidagi insho mavzulariga mos keluvchi epigraflar toping.
Alisher Navoiyning «Topmadim» g'azali tahlili.
Muqimiy satirasida mahalliy amaldorlarning fosh qilinishi.
A. Qodiriy — tarixiy romanlar ustasi.
Zaynab obraziga tavsif.
mashq. «0'zbekistonimning ertasi», «Yangi asr orzulari», «0'. Ho- shimov asarlarini sevib o'qiyman», «Men sevgan adabiy qahramon» mavzularining biriga reja tuzing va epigraf tanlang.
B)savollar orqali
Epigraf nima? Inshoga epigraf qanday tanlanadi?
Barcha insholarda epigraf bo'lishi shartmi?
Epigraf inshoning qaysi qismida joylashadi, unda qanday finish belgilari qo'yiladi?
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
mashq. Uyga vazifa. «Ma'naviyat — qalbim quyoshi», «Men ozod
Vatan farzandiman», «Onajonim — mehribonim» mav- zularidan birini tanlab uy inshosi yozing. Insho mazmuniga mos keluvchi epigraf qo'yishga harakat qiling.
Ona tili
MAVZU 16- dars SINTAKSIS HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
mashq. «Ma'naviyat — qalbim quyoshi», «Men ozod
Vatan farzandiman», «Onajonim — mehribonim» mav- zularidan birini tanlab uy inshosi yozing. Insho mazmuniga mos keluvchi epigraf qo'yishga harakat qiling.
Savollar orqalli
1.Epigraf nima? Inshoga epigraf qanday tanlanadi?
2.Barcha insholarda epigraf bo'lishi shartmi?
3.Epigraf inshoning qaysi qismida joylashadi, unda qanday finish belgilari qo'yiladi?
III.YANGI MAVZU BAYONI
Bilib oling. Biz foydalanayotgan til turli birliklardan, vosita- lardan iborat. Ularning har biri tilda o'zining muhim vazifasini bajara- di. Tahlil qilganda til birliklari ajratiladi, aniqlanadi va izohlanadi. Bilib oling. So'zlarning tildagi muayyan qonun-qoidalar asosida o'zaro birikuvidan so'z birikmalari va gaplar hosil bo'ladi. So'z birikmalari va gaplar o'z qurilishi va ifoda mazmuniga ko'ra farqlanadi.
So'z birikmalari va gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi sintaksis deyiladi.
Sintaksis so'zlarning bir-biri bilan boqlanishi hamda gap tuzilishi qonun-qoidalarini o'rganganligi uchun unda: 1) so'z birikmasi sin- taksisi; 2) gap sintaksisi kabi bo'limlar mavjuddir.
Gap og'zaki nutqda ma'lum bir ohang bilan aytiladi. Bu ohang yozuvda tinish belgilari bilan ifoda etiladi. Tinish belgilari qo'llanishi haqidagi qoidalar yig'indisi punktuatsiya deyiladi.
Har qanday til o'zining nutq tovushlari, so'zlari (iboralari) va qo'shimchalaridagi imkoniyatlarini sintaksisda, ya'ni gap qurilishida namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |