IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
B)savollar orqali
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
Ona tili
MAVZU 1- nazorat ishi tahlili
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilar yol qo’ygan hatolar ustida cshlash
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
B)Savollar orqalli
III.YANGI MAVZU BAYONI
O’quvchilar yol qo’ygan hatolar ustida ishlayman
IV.MUSTAHKAMLASH
Izohlash orqali
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
takrorlash
Ona tili
MAVZU So’z birikmasi va turg’un bog’lama
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali. 79- mashq. «Adabiyot» darsligingizdagi biror badiiy parchadan qo'shma so'zlar qatnashgan 3 ta gap topib ko'chiring. Ulardagi so'z birikmalarini guruhlab yozing
B)Savollar orqalli
1.So'z birikmasi va qo'shma so'zning o'zaro o'xshash jihatlarini misollar asosida tushuntiring.
2.So'z birikmasi va qo'shma so'zning farqli xususiyatlarini sharhlab be ring.
3.So'z birikmasi va qo'shma so'z qishmlarida urg'uning o'rni qanday?
III.YANGI MAVZU BAYONI
So'z birikmasida so'zlar o'zaro erkin bog'langan bo'ladi: tushuncha anglatadi, turg'un bog'lanma (ibora)larda esa so'zlar ma'noviy butunlik uchun birlashgan — yaxlitlangan bo'ladi va bir lek- sik ma'no anglatadi.
Turg'un bog'lanma (ibora)ga bir so'z sifatida qaraladi, lug'atlarda so'zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so'zlar kabi ma'no ifodalaydi. Masalan, ko'zini yog' bosgan iborasi — «mag'rurlangan», yog' tushsa yalaguday iborasi — «toza», to'nini teskari kiyib olmoq iborasi — «qaysarlik qilmoq» ma'nosini beradi, ammo bu ma'nolarni oddiy emas, obrazli tarzda ifodalaydi.
So'z birikmalaridagi so'zlarni, erkin bog'langani uchun, almash- tirish mumkin, turg'un bog'lanma (ibora)lardagi so'zlarni almashtirib bo'lmaydi, ular bir ma'no ifodalash qonuniyati asosida turg'unlashgan, yaxlitlangan bo'ladi: bo'yniga qo'ymoq (iqror qilmoq), ko'nglidan o'tkazmoq (o'ylamoq), o'pkasi yo'q (hovliqma) kabi.
So'z birikmasi va turg'un bog'lanma gapda o'xshash shaklda uchrashi mumkin, lekin biri tushuncha, biri leksik ma'no ifodalaydi. Qiyoslaymiz: Bu yuk hozircha omborning ichiga sig'maydi. — Shu kunlarda Feruzaning sevinchi ichiga sig'maydi.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
80- mashq. 1- topshiriq. Juft holda berilgan gaplar tarkibida ajratib ko'rsatilgan til birliklarining ma'noviy jihatini qiyoslab, ularni so'z birikmasi yoki turg'un bog'lanma (ibora)larga ajrating.
1. Yigit oqimga qarshi suzib, ariqning boshiga yetdi. — Qo'rsligi, bema'ni gaplari, axir uning boshiga yetdi. 2. Shifokor dorini bolaning
qulog'iga quydi. — Ota-bobolar nomini doim esda tutish kerakligini
o'g'lining qulog'iga quydi. 3. Semiz qo'y go'shti o'z yog'ida qovu- rildi. — Yakka qolgan Hasanboy vijdon azobida o'z yog'ida qovurildi.
4. «Qizingizning ko'zlari yaxshi ko'radi», — dedi hakim. — «Shahzoda falon mahallada yashovchi kosibning qizini yaxshi ko'radi», — dedi tabib. (M.O.)
2- topshiriq. Turg'un bog'lanma (ibora) va so'z birikmasi orasidagi o'xshashlik va farqni tushuntiring 81-mashq. Berilgan birliklarning har birini so'z birikmasi va ibora
sifatida qo'llab, ikkitadan gap tuzing.
1) bo'yniga ilmoq; 2) ko'zi ochilmoq; 3) to'nini teskari kiymoq; 4) ustidan chiqmoq; 5) tosh otmoq.
mashq. Gaplardagi so'z birikmalarini aniqlang. (Bunda turg'un
bog'lanmalarning so'z birikmasida bir so'z (bo'lak) sifatida kelayotganiga ahamiyat bering).
1. Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. 2. Choi asta cho'kkaladi-da, sharti ketib, parti qolgan itning boshini siladi. 3. Shu payt ko'cha darvoza taraqlab ochildi, tarvuzi qo'ltig'idan tushib Alijon kirib keldi. 4. Kim u? Joyimda qoqqan qoziqdek qotib qoldim. 5. Mehmon joyiga o'tirdi-yu, ammo ko'ngli joyiga tushmadi. 6. Og'ziga tolqon solganday jim o'tirdi. 7. Mana shu tirranchalarni deb boya rosa po'stagimni qoqishgandi. (M. Niyozov)
82-mashq. Berilgan birliklarning har birini so'z birikmasi va ibora
sifatida qo'llab, ikkitadan gap tuzing.
1) bo'yniga ilmoq; 2) ko'zi ochilmoq; 3) to'nini teskari kiymoq; 4) ustidan chiqmoq; 5) tosh otmoq.
83-mashq. Gaplardagi so'z birikmalarini aniqlang. (Bunda turg'un
bog'lanmalarning so'z birikmasida bir so'z (bo'lak) sifatida kelayotganiga ahamiyat bering).
1. Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. 2. Choi asta cho'kkaladi-da, sharti ketib, parti qolgan itning boshini siladi. 3. Shu payt ko'cha darvoza taraqlab ochildi, tarvuzi qo'ltig'idan tushib Alijon kirib keldi. 4. Kim u? Joyimda qoqqan qoziqdek qotib qoldim. 5. Mehmon joyiga o'tirdi-yu, ammo ko'ngli joyiga tushmadi. 6. Og'ziga tolqon solganday jim o'tirdi. 7. Mana shu tirranchalarni deb boya rosa po'stagimni qoqishgandi. (M. Niyozov)
Do'stlaringiz bilan baham: |