O‘zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Download 0,7 Mb.
bet36/146
Sana06.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#639981
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   146
Bog'liq
8 sinf ona tili dars konspektlar

III.YANGI MAVZU BAYONI

IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
69- mashq. Quyidagi insho mavzularini qiyoslang. Ularning qaysi biri voqeani kengroq tasvirlashi mumkin? Nima uchun? Ikkinchi mavzuga sarlavha toping va matn tuzing:
Yozgi ta'tilda.
Ta'til kunlarining birida.
Yozgi ta'tilning so'nggi kunlari.
70- mashq. 1- topshiriq. O'quvchi tuzgan ertakka sarlavha tanlang.
Bu matnni mazmun jihatdan uch qismga qanday bo'lish mumkin? Ertakda nimalar haqida kengroq, nimalar haqida qisqaroq to'xtalish kerak edi?
Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir Ozodbek degan bola bor ekan. U maktabda hamma fanlardan a'lo baholarga o'qir ekan.
Bir kuni darsda rasm o'qituvchisi shunday deb so'z boshlabdi:
— Bolalar, bugun «Kimning qushi chiroyli?» mavzusida rasm tanlovi o'tkazamiz. Har kim o'zi sevgan qushning rasmini chizsin. Qani, kimning qushi chiroyli ekan? — debdi.
Kimdir bulbulning, kimdir laylakning, yana kimdir to'tining rasmini o'rinlatib chizibdi. Ozodbek esa humo qushining rasmini chiza boshlabdi. U awallari ham bu qushning rasmini ko'p chizgan. U hamma qushlar ichida humoni yaxshi ko'rar ekan. Chunki humo qushi odam- larga baxt keltirar ekan.
Bu qush gerbimizdan joy olib, qanotlarini yozib, uchishga shay bo'lib turarkan.
Ozodbekning humo qushi tanlovda g'olib bo'libdi.
(G'ayrat Usmonov, Asaka shahridagi 9- maktab o'quvchisi)

2- topshiriq. Ertakni tuzatib, to'ldirib ko'chiring.
71- mashq.: 1- topshiriq. Matnga sarlavha tanlang. Unga «Doniyorlarning yangi uyi», «Baland uyda yashash zavqi», «Yana qo'shni bo'lib qolgani yaxshi bo'ldi» sarlavhalaridan qaysi biri ko'proq to'g'ri keladi? Birinchi va oxirg'i xatboshi- (abzas)lardagi gaplarni bog'layotgan vositalarni aniqlang.
Doniyor o'n ikkinchi qavatning ayvonida o'tirib atrofni tomosha qilardi. Balandda yashash qiziq bo'lar ekan. U yerdan shaharning talay qismi, hatto olisdagi oppoq tog' cho'qqilari ham ko'rinardi.
Doniyorlarning avvalgi uyi Eski shaharning qoq o'rtasida edi, desa bo'ladi. Torgina jin ko'chada turishardi. Shu paytgacha xuddi quduqqa tushib yashayotganligini sezmas ekan. Mana endi «osmon-u falak»ka chiqib oldi. Balkonda o'tirib, olis-olislarni tomosha qilish mumkin. Hov, ana savdo markazining muhtasham binosi, orqasida odamlar yashay- digan osmono'par uylar; yonida «Chorsu» mehmonxonasi. Eski sha- har bozorining qubbasi, «Ko'kaldosh» madrasasi...
Ha, yangi uy Doniyorga yoqdi. Yana bir yaxshi tomoni — mahallalaridan besh-olti xonadon shu uyga ko'chib kelgan. Ming qilsa ham eski qadrdonlar... Begonalarning orasiga tushib qolsang, til topishib olguncha ancha vaqt o'tadi. Ayniqsa, Ergashlarning ham shu ko'p qavatli uyga ko'chishgani zo'r bo'ldi.
Ergash — Doniyorning sinfdoshi, yoshlikdan birga o'sgan sodiq do'sti. Juda alomat bola, u bilan yurgan odam sira zerikmaydi...
(F. M.)
2- topshiriq. Matndan boshqaruv munosabatidagi so'z birikmalarini ajratib yozing va hokim so'zlarning turkumini ayting.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish