Tashqi savdo
Valyuta bozorini liberallashtirilgani, davlat tomonidan avtosanoat sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator shart-sharoitlar yaratilib berilganligi, xorijiy davlatlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qilinayotgan sa’y harakatlar natijasida, avtosanoat sohasidagi tashqi savdo dinamikasi 2016–2020 yillar oralig‘ida jadal rivojlandi.
2016-2020 yillarda “O‘zavtosanoat” AJ korxonalarining eksporti 639,5 mln dollarni tashkil qildi. Statistik tahlillarga ko‘ra, 2016 yilda 55,1 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, o‘tgan yili bu qiymatni 208,9 mln dollargacha ko‘tarishga erishildi va bunda o‘sish 4,1 barobarni tashkil qildi.
Xususan, o‘tgan yil mobaynida 170,7 mln dollarlik yengil avtomobillar (18 552 dona), 14,4 mln dollarlik avtobuslar (217 dona) va 11,9 dollarlik yuk mashinalari (780) eksporti amalga oshirildi. 2020 yilda Qozog‘istonga 168,6 mln dollarlik, Ozarbayjonga 7,2 mln dollarlik, Afg‘onistonga 5,7 mln dollarlik, Qirg‘izistonga 4,9 mln dollarlik va Rossiya Federatsiyasiga 3,6 mln dollarlik avtotransport vositalari eksport qilingan.
Yurtimizning avtosanoat sohasida amalga oshirgan tashqi import qiymatlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, 2020 yil mobaynida jami 1 838,3 mln dollarlik avtotransport vositalari import qilindi, bu esa o‘z navbatida 2016 yilga nisbatan import hajmi 2,1 barobarga oshganini ko‘rsatib bersa, 2019 yilga nisbatan 13 foizga kamayishga erishilganini tasdiqlaydi.
Shovot tumani 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi Xodjabayeva Muborakning 7 – “V”sinf o`quvchilari bilan “Oʻzbekistonda automobilsozlik sanoatini rivojlanish tarixi” sinf soatida o`tkazilgan ochiq dars
B A Y O N N O M A S I
17.12.2021yil
Qatnashdi: 7 – “V”sinf o`qituvchisi va o`quvchilari.
Ko`rilgan masala: 1. 7 – “V”sinf o`quvchilar bilan sinf soatida o`tkazilgan ochiq dars tahlili.
2. Darsga kirgan o`qituvchilarning fikrlari.
ESHITILDI:
17.12.2021 yilda Xodjabayeva Muborakning 7 – “V”sinf Tarbiyaviy soat darsida “O`zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini rivojlanish tarixi” mavzusida ochiq dars bo`lib o`tdi. Darsda o`qituvchi o`z darsida oldiga qo`ygan maqsadiga erishganligi, vaqtdan unumli foydalanganligi, o`quvchilarni har bir darsni yaxshi bajarganligi, haqida gapirildi.
D.Shodonova (O`IBDO`) – o`qituvchi o`zini erkin tutdi. Guruh ishari o`z vaqtida rag`batlantirildi.
N.Nazarova (O`IBDO`) – dars davomida har bir guruh aktiv ishtirok etdi. O`qituvchilar maqsadni to`g`ri tanlay olgan. O`qituvchini o`quvchilar bilan muomalasi yaxshi.
M.Masharipova (geografiya fani o`qituvchisi) – darsda barcha o`quvchilar faol qatnashdilar. O`qituvchi o`quvchilarni xatolarini o`z vaqtida to`g`irlab bordi. Darsda tarqatmalardam samarali foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |