Oʻzbekistonda 20-30-yillarda ilm-fan



Download 55,7 Kb.
bet12/18
Sana11.03.2023
Hajmi55,7 Kb.
#918183
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
fjjdh

Turkiston Muxtoriyati
1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan voqyealar Turkistonda ijtimoiy-ciyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Qo‘qon shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo‘lib ishtirok etdilar. Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”.28 noyabrda tashkil topayotgan davlatning nomi aniqlanib “Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo‘ldi. Butunrossiya Ta’sis s’yezdi chaqirilgunga qadar hokimiyat to‘la ravishda Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo‘lida bo‘lishi haqida qaror qabul qilindi. Muvaqqat kengash a’zolaridan 12 kishilik hukumat tuziladigan bo‘ldi. Qurultoy jarayonida Turkiston Milliy Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati tarkibiga muxtoriyatchilik harakatining faol ishtirokchilari, jumladan, quyidagilar xukumat a’zolari bo‘ldilar:

  1. Muhammadjon Tinishboyev – Bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, temir yo‘l muhandisi.

  2. Islom Sulton Shoahmedov (Shagiaxmedov) – Bosh vazir o‘rinbosari, Butunrossiya Musulmonlari Kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos.

  3. Mustafo CHo‘qay – tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, Turkiston o‘lka Musulmonlar SHo‘rosining raisi, huquqshunos.

  4. Ubaydulla Xo‘jayev (Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev) – harbiy vazir, Butunrossiya Musulmonlar kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos.

  5. Hidoyatbek Yurg‘uli (Yurali) Agayev – yer va suv boyliklari vaziri, agronom.

  6. Obidjon Mahmudov – oziq-ovqat vaziri, Qo‘qon shahri dumasining rais o‘rinbosari, jamoat arbobi

  7. Abdurahmon O‘rozayev – ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, huquqshunos.

  8. Solomon Abramovich Gersfeld – moliya vaziri, huquqshunos.

Muvaqqat hukumat tarkibiga kirishi lozim bo‘lgan qolgan 4 o‘rin yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko‘rsatilishi uchun ularga ajratildi.Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a’zolari (barcha 8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar, ular yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi. Shuningdek, Turkiston Muxtoriyati hukumatining Milliy davlatchilikning qaror topishini jo‘shqin muborakbod etib, matbuotda taniqli ma’rifatparvarlar, diniy, jamoat va siyosat arboblari birin-ketin chiqishlar qilib, Muxtoriyatni tabrikladilar. O‘sha paytda chop etiladigan “Ulug‘ Turkiston” gazetasi sahifalari Qo‘qon, Samarqand, Toshkent, Kaspiyorti viloyatidan Turkiston Muxtoriyatini qo‘llab-quvvatlovchi xabarlar bilan to‘lib toshgan edi.Yangi hukumat faoliyati faqat Qo‘qonda yoki Farg‘ona vodiysida emas, balki butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yer aholisi tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanganligi bois, Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq orasida katta e’tibor qozondi. Shuning uchun ham ma’rifatparvar Fitrat Muxtoriyat e’lon qilingan tunni “Milliy laylatulqadrimiz” deb atadi.Yangi hukumat iqtisodiy sohada 30 million so‘m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo‘lga quydi. Chunki gazetalarni nashr qilish, muxtoriyat qo‘shinlarining ta’minoti hamda hukumatning ichki harajatlari uchun mablag‘ zarur edi. Shuningdek, yangi hukumat a’zolari ochlik girdobida qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g‘alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashladi.Ammo, umumxalq tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan ma’qullanmadi. 1917 yil 13 dekabrda Toshkentning eski shahar aholisi “ Muxtor Turkiston uchun” shiori ostida tinch namoyish o‘tkazdilar. Toshkent shahar sovetidagi bolsheviklar esa, shaharda qurolli kuch bilan tartib o‘rnatishga buyruq berdilar. Natijada tinch namoyish qatnashchilari o‘qqa tutilib, 16 kishi halok bo‘ldi.Ammo, o‘lka bolsheviklari Turkiston Muxtoriyati hukumatiga katta xavf deb qaradilar. 1918 yil 30 yanvarda Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlarboshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari armanlarning “Dashnoqtsutyun” partiyasi a’zolaridan tuzilgan beshafqat qurolli drujinalaridan ham keng foydalandilar.31 yanvar kunning ikkinchi yarmida boshlangan janglar bir necha kun davom etdi. Qon to‘qilishini oldini olish maqsadida muzokaralar olib borish harakatlari natija bermadi. 1918 yil 19 fevralda Qo‘qon shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklaring qonli hujumlari natijasida ag‘darib tashlandi. Hukumat boshlig‘i Mustafo CHo‘qay shaharni tark etib, yashirinishga majbur bo‘ldi. Vazirlarning ayrimlari halok bo‘ldi, ayrimlari qo‘lga olindi. Dahshatli janglar va talon-tarojlar natijasida 10000 qo‘qonlik o‘ldirildi.

Download 55,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish