Tadqiqot metodi va uslublari.
Qishloq
xo‘jaligi aylanmasidan u yoki bu sabab bilan
chiqib ketgan yer maydonlarini aniqlash, ekin
yerlarining holatini buzilish sabablarini o‘rganish,
bunday ishlarni bajarishga imkon beruvchi yer
tuzish tadbirlarini, xususan, yerlarni yoppasiga
inventarizatsiyalash ishlarini o‘tkazib turish
muhim masalalardan hisoblanadi. Bu tadbir,
odatda bir vaqtda o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib,
unda yerldarning miqdori va foydalanish holati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish maqsadida
qishloq xo‘jaligi va boshqa yer turlari bilan band
maydonlar joyda o‘rganiladi [6]. Shunday ekan,
holati buzilgan qishloq xo‘jaligi yerlarini qaytarish
va qayta tiklash maqsadlarida bunday maydonlarni
joylarda aniqlash bo‘yicha olib boriladigan
tadqiqotlarda qiyosiy tahlil va monografik
izlanishlar, usullaridan keng foydalanish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Tadqiqot natijalari va ularning
muhokamasi.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda,
2020 yilda qishloq xo‘jaligida 20761,6 ming
gektar, shu jumladan 3259,2 ming gektar
sug‘oriladigan ekin maydonlaridan foydalanib
[2], aholi uchun oziq˗ovqat mahsulotlari, sanoat
uchun xom˗ashyo yetishtiriladi. Sug‘oriladigan
maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ
holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida
davlat dasturlari doirasida katta hajmlardagi
irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga
oshirilmoqda. Xususan, 2008˗2017 yillar
davomida 1,7 mln gektardan ortiq sug‘oriladigan
maydonlarning suv ta’minoti hamda 2,5 mln gektar
maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi
[1]. Ammo global iqlim o‘zgarishi natijasida
so‘nggi yillarda davriy ravishda kuzatilayotgan
suv tanqisligi va ichki irrigatsiya tarmoqlarining
asosiy qismi yaroqsiz holga kelganligi, meliorativ
tarmoqlardagi nosozliklar natijasida respublika
bo‘yicha 2019 yilga kelib deyarli 268,0 ming
gektar sug‘oriladigan ekin yerlarining holati
buzilib, qishloq xo‘jalik aylanmasidan chiqib
ketgan [1]. Tadqiqotga tortilgan bitta, Bo‘ka
tumanida ham 2020 yilga kelib shunday
maydonlarning miqdori 3452,0 gektarni tashkil
etgan [3]. Butun respublika kabi Bo‘ka tumanida
ham yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya
holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan
chiqib ketgan yerlarni bosqichma˗bosqich
qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv
zaxiralaridan samarali foydalanish, suv tejamkor
texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya
tarmoqlarini qayta qurish orqali sug‘orish suvini
yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17˗iyundagi
PF˗5742˗sonli “Qishloq xo‘jaligida yer va suv
resurslaridan samarali foydalanish chora˗tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan qabul qilingan
“Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan
samarali foydalanish Konsepsiyasi”ga binoan
maxsus “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va unga
binoan tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, “Konsepsiya”ni tumanda amalga
oshirish
doirasida
irrigatsiya˗melioratsiya
tarmoqlarini tiklash, qayta qurish, suv tejamkor
texnologiyalarni joriy etish hamda suvsizlikka
chidamli ekinlarni ekish orqali ekin yerlarini
foydalanishga kiritish uchun investitsiyaviy
shartnoma asosida 50 yilgacha bo‘lgan muddatga
qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan
1800,0 gektar sug‘oriladigan yerlarni O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari va qishloq xo‘jaligi
korxonalariga berilishi belgilandi. Ularga qishloq
xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish, yerga
ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi
Do'stlaringiz bilan baham: |