O’zbekiston yoshlari buzg’unchi go’oyalarga qarshi Ne’matjonov Jahongir Nazirjon o’g’li Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Moliya va Buxgalteriya hisobi fakulteti Soliqlar va soliqqa tortish ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi



Download 240,39 Kb.
bet8/10
Sana23.01.2022
Hajmi240,39 Kb.
#404201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jahongir Maqola 3

Siyosiy tеrrorizm XIX asrdayoq vujudga kеlgan edi. Lеkin u XX yuz yillikda kеng quloch yozdi. G`arbiy Gеrmaniyadagi «qizil armiya» yoki «Paodеr-mayn xor» va Italiyadagi «Qizil brigadalar» guruhlari, Ispaniyadagi basklar tashkiloti, Olstеrdagi «Inqilobiy-xaloskorlik armiyasi», Pеrudagi «Porloq hayot» kabi birlashmalar zamonaviy siyosiy tеrroristlarning birinchi avlodi edi. Kеyingi yillarda dunyoning o`nlab mamlakatlarida, jumladan, bizning yosh davlatimiz chеgarasiga yaqin davlatlar hududlarida ham tеrrorizm o`choqlari paydo bo`ldi. Ular mustaqil O`zbеkistonga qarshi kuch ishlatishga urinib ko`rdilar. Chunonchi, 1999 yilda Toshkеntda, Yangiobodda, 2000 yilda Sariosiyo va Uzun tumanlariga, Burchimullaga bostirib kirib, mamlakatimiz tinchligini buzishga urindilar. 2004 yil 28 mart - 1 aprеl kunlari Toshkеnt shahri, Buxoroning Romitan tumani va Toshkеnt viloyatlarida, 2005 yil 12-13 mayda Andijon shahrida takroran tеrrorchilik harakatlari sodir etildi. Yovuz kuchlar harakati bostirildi.Bizga ma'lumki, shifokorlarda «kasalni davolagandan ko‘ra, oldini olmoq oson», degan naql bor. Shuning uchun ham ular doimo bemorlarga tashxis qo‘yganlarida «kasalni o‘tkazib yuboribsiz, shuni oldinroq kelib tekshirtirsangiz va birinchi alomatlari sezilgandayoq oldini olsangiz bo‘lar edi, mana endi buni davolash uzoq muddatga cho‘ziladi va qiyinlashadi», deb aytadi. Haqiqatan ham har qanday illat xoh u jismoniy yoki ma'naviy bo‘lsin o‘z vaqtida oldi olinib, unga qarshi kurashilsa, kerakli natijaga erishish oson bo‘ladi. Shuning uchun ham tibbiyot xodimlari, mutaxassislari tomonidan «emlash» degan davolash uslublaridan biri, yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, biror go‘dak yoki katta kishilarni ham kasallanish xavfi bo‘lganda uni oldini olish uchun mazkur kasallikka qarshi kurashuvchi immunitetni hosil qiladigan dori yuboriladi va bu uslub butun dunyo bo‘yicha kasallikni oldini olish borasida eng yaxshi va samarali uslubdir. E'tibor beradigan bo‘lsak bu uslub ko‘proq yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki maktab yoshiga yetmagan bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Sababi ular nozik va har qanday illatlardan pok va musaffo xilqatdirlar. Har qanday illat esa odatda nozik va pok narsalarga tez ta'sir qiladi. 

  Chin ma`rifatparvar adib va vatanining asl o’g’loni Abdurauf Fitrat qalbidagi bu chin vatanparvarlik hissi va vatanga bo‘lgan ta`masiz muhabbat unga – ona suti, ona allasi, ona bag’ri va ona mehr-muhabbati bilan singigan bo‘lsa ajab emas. Fitrat she’rlarini mutolaa qilar ekanman, “Vatanni qanday sevadilar?”, degan savolga beixtiyor javob topaman. Bu muqaddas zaminda yana ko‘plab buyuk daholar o‘tganki, ularning asarlarini o‘qish-o‘rganish vatanni yanada qadrlash va asrab-avaylashga chorlaydi. Abdurauf Fitrat bilan bir qatorda Abdulla Avloniy ,Abdulla Qodiriy ,Cho’lpon va shu shaxslar kabi boshqa ulug’ jadidlarimiz ham vatanga bo’lgan muhabbatlarini o’z asarlarida va qilgan ezgu ishlarida yaqqol namoyon qilishgan.

Mashhur xorij adabiyotshunoslaridan Jorj Bayron ham kim o’z yurtini sevmasa ,u boshqa hech narsani seva olmaydi mazmunidagi gaplari ham doimo o’z tasdig’ini topib kelmoqda. Vatanga muhabbat tuyg’usi bo’lmaganda edi, yurtlar vayron va zamin talato’p bo’lgan bo’lar edi. Ammo, vayronagarchiliklar shohidi bo’layotgan yerlarni eshitasiz-u, beixtiyor “Bizga, Vatanimizga ko’z tegmasin” - deya duo ham qilishga shoshilasiz. Ne uchunkim, bugunning hali atrofni chuqur anglab ololmagan ba’zi bir gunohkor, nonko’r shu yurt vakillarining o’zga yurt qirg’inbarotiga shoshilib aralashishga ketayotganlarini eshitasiz. Bu zamin ne-ne yovlarga qarshi kurashgan, shahid bo’lib ketgan ota-bobokalonlar ruhi oldida qarzdor. Bugungi kunning nafasini ajdodlarimiz orzu qilib yashaganlarini barchamiz tarix varaqlaridan o’qib bilamiz. Yurtga sodiq har bir farzand bugun qurol ko’tarib urush komida yashayotgan, yo kechirimlilik siyosati orqali pushaymonlik o’tida yonayotgan yurtdoshlar qismatini ko’rib, faryod urgisi kelaveradi. Vatan tushunchasini qalbiga singdirib, dilidagi nafrat –alamni sug’orib, mehr rishtasini qadashni xohlaydi. Ammo, afsuski, barcha birdek mehr tushunchasini tushunmaydi yoki besh barmoq teng emas-da…

“Vatan qadrini vatangado va musofir biladi”-deydi dono xalqimiz. Bobokalonimiz, buyuk imperiya asoschisi Bobur ham ayni shu tuyg’u azobida to o’lgunga qadar birga yo’ldosh bo’ldi. O’z asarida ham bir yurti qovuni isini olish uchun ming azob chekkani to’g’risida to’xtalib o’tiladi. Vatan hamisha o’z tuprog’idan yiroqdagilar uchun qo’l yetmas Mirrix yulduzidek uzoq va nurli issiqlik bilan tortguvchi kuchga ega. Tuningiz osudaligi, uyqungiz va oromingiz osoyishtaligi uchun faqat shukrona keltirguvchi zamon zaylini ne-ne kishilar orzu etmagan va o’zga notinch yerlar orzusi desak mubolag’a qilmaymiz. Vatan qon-qonimizga singgan an’ana , yurak-yurakka qadalgan ezguliklar, nigohlar tub-tubiga jo bo’lgan shukronalik tuyg’usidir. Uning qadrini qadrlashga qaddi tik avlodlar hamisha birgalikda qadam tashlamog’i lozim. Vatan qalbiga monand saf tizilgan yosh avlodning qaddini tik tutib yashamog’iga teng intilguvchi shu zamin doimo baxt nuriga limmo-lim to’lsin.

Vatan bu bizning go’zal bo’stonimiz –O’zbekiston. Sog’inch va mehr qorishgan buyuk ajdodlar kalomida bayon etilgan yurtimiz doimo biz farzandlari uchun jonsarak ona kabi mehribon. O’zbekiston dunyoda yagona va har bir  shu yurt farzandiman deguvchilar uchun muqaddas dargoh. Yurtning ertasi yoshlar, jahon minbarida bayrog’imiz hilpirashi uchun hamisha kamarbasta. Qalbi olov bo’layotgan ertaning egasi yosh avlod ezgu orzulari bilan O’zbekiston kuchiga kuch qo’shmoqda. Yurtimiz bugungi kun go’zalligidan yanada ko’rkamlashmoqda, qadamlarini katta va mustahkam tashlab bormoqda. O’zbekiston har soniya kelajagida mehr oshufta bo’lib, navqiron baxt birga abadiy bo’lmog’i uchun intilmoqda. Vatanimiz, O’zbekistonimiz, onajonimiz kabi qadrdon, ko’nglimiz tojidir. Shunday ekan, shu yurt uchun barcha metin yurak bilan qo’rqmay orzular sari intilmog’i va har onni mustahkam poydevor bilan qurmoq uchun dadil odimlamog’i darkor.

Biz yoshlar kuchli, bilimli, sog‘lom hamda yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishimiz, siyratimizda ona xalqimiz va Vatanimizga mehru muhabbatni sarbaland, yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo‘shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida voyaga yetishimiz zarur.



Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbus zamonamizning porloq kelajagi uchun kalit vazifasini bajaradi.Oʻz salohiyati bilan tengdoshlaridan ajralib turgan va qalbida ezgu maqsadlarni joylagan tengdoshim! Yuksak marralarni zabt etish uchun orzularni birlashtiraylik! Keling, yorqin hayot zinapoyalarini mustahkamlash uchun bir safda birga boʻlaylik! Darhaqiqat, bugungi oʻzgarishlar davri yuksak mahoratni talab etadi. XXI asr zamonaviy texnologiyalar asri ekanligini inkor etishning ilojisi yoʻq. Shunday ekan, dunyo tillarini o'rganishimiz zarur. Buyuk bobomiz Farobiy oʻz davrida 70 ta tillarni mukammal bilganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Demak, biz ham dunyo tillarini o’rganishimiz, zamon bilan hamnafas bo’lishiz zarur ekan! Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning ushbu so’zlari esa yosh avlodga o’ziga hos bir chaqiriq bo’ldi “… Dunyoda xech qachon eskirmaydigan, yoʻqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham boʻlsa, farzandiga bergan bilim va hunardir”.1 Darhaqiqat, prezidentimizning bu murojaatlarida juda katta teran ma’no borligini ko’p shaxslar yahshi anglaydilar.

Jumladan,  yurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqorolik jamiyati etilmoqda. Yanada mustahkam huquqiy demokratik jamiyat barpo etish uchun ko‘p ezgu ishlami amalga oshirishimiz kerak. Buning uchun iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishimiz, yerosti va yerusti boyliklarimizdan unumli foydalanishimiz, jahon tajribasidan andoza olib, taraqqiy topgan davlatlar bilan hamkorligimizni mustahkamlashimmiz, iqtidorli, bilimli yoshlarimizni taraqqiyoti yuksak davlatlarga tajriba almashish uchun chet davlatlarga yuborishimiz darkor. Vatanga muhabbat tuyg‘usi insonga bir umr hamrohdir. Vatanning nomi aytilishi bilan uning bag‘rida o‘tgan yillarimiz, ota – onamiz, qadrdon uyimiz esimizga tushadi, qalbimiz his – tuyg‘ularga to‘ladi.



 Yurtimizning betakror tabiatini tomosha qilganda, uning boyliklaridan bahramand bo‘lganda , olis ellarda vatandoshlarimiz bilan ko‘rishganda, ularning sport, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini eshitganda yutuqlarini eshitganda beixtiyor quvonamiz. Vatanga muhabbat tuyg‘usi insonga ona allasi, bobolar o‘giti, otaning ibrati, ona tabiat bilan muloqot jarayonida singadi. Vatan tuyg‘usi og‘ir damlarda bizga kuch – quvvat beradi,xalqimizni, yurtimizni dunyoga tanishtirishga, ajdodlarimizning buyuk an’analariga sodiq bo‘lishga da’vat etadi.

 Ota – bobolarimiz uzoq o‘lkalarga ketayotganlarida yurt tuprog‘idan bir siqim olib, ro‘molchaga tugib qo‘yganlar. Olis yurtlarda Vatan sog‘inchi yuraklarini o‘rtaganida anashu tuproqni hidlab, ko‘zlariga to‘tiyo qilib qadrdon diyorimiz mehrini, nafasini tuyganlar. Insonlar qalbidagi Vatanga intilish tuyg‘usi shunchalik kuchli bo‘ladiki, ular nafaqat tirikligida, balki bu dunyodan ko‘z yumganidan keyin ham ona yurt tuprog‘iga yaqinroq bo‘lishni orzu qiladilar.

Olis Hindiston o‘lkasida podshohlik qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz vafotidan so‘ng o‘z jismini ushbu yurtga emas, balki Vataniga yaqinroq bo‘lgan joy – Afg‘onistonning hozirgi poytaxti bo‘lmish Qobul shahriga qo‘yishlarini vasiyat qilgan. Bu buyuk ajdodimizning muborak qabri hozir Qobul shahrida. Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng Bobur tug‘ilgan yurt – Andijon shahrida buyuk ajdodimizning ramziy qabri barpo etilib, uning atrofida ulkan bog‘ yaratildi. Bobur bobomizning vorislari – boburiylar sulolasining aksariyat nomoyondalari ota – bobolarining yurti – O‘zbekiston zaminida yashamagan bo‘lsalar – da, Vatanga, ona zaminida mehr – muhabbat tuyg‘usi ulami bu tabarruk tuproqqa chorlab turgan, ulaming bugungi avlodlari ham mana shu zaminni o‘zlariga tarixiy Vatan deb biladilar. Tarixiy Vatan tuyg‘usi boshqa xalqlarga ham xos. Masalan, hozirgi kunda Amerika qit’asida yashayotgan xalqlarning ota – bobolari qadimda Evropadan ко’chib borgan. Shuning uchun bu xalqning bugungi avlodlari Evropa mamlakatlarini o‘zining tarixiy Vatani, deb hisoblaydilar.

Bugungi kunga kelib mamlakatimiz rivoji uchun prezidentimiz boshchiligida bir qator ishlar amalga oshirilayotganidan hammamiz habardormiz.Bu qilinayotgan ishlarning barchasi biz yanada faxrlanadigan Ozbekistonni qurish va xalqimizning turmush darajasini yahshilashdan iborat ekanligi barchamizga ma’lum. Quyidagi ma’lumotlar asosida ba’zi bir ko’rsatkichlarni tahlil qilishga harakat qilamiz

So‘nggi o‘n yillikda O‘zbеkiston kamta’minlanganlikni qisqartirish va to‘laqonli ovqatlanmaslik bilan bog‘liq masalalarni hal etishda sеzilarli yutuqlarga erishdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, mamlakatda kamta’minlanganlik 2001 yilgi 28 foizlik ko‘rsatkichdan 2020 yilda 23 foizga pasaydi. Ijtimoiy birdamlik daromadlarning odilona taqsimlanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilayotganda asosan qishloq joylariga urg‘u bеrilayotganligi va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga alohida e’tibor qaratilayotganligi bois erishilmoqda.

Boshlang‘ich va o‘rta ta’limda gеndеr tеngligi saqlanmoqda, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar orasida esa ayollarning ulushi 1998 yilgi 25 foizlik ko‘rsatkichdan 2020 yilda 36,1 foizga ko‘tarildi. O‘zbеkiston parlamеntida ayollar 1994 yilda 4 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 19 foizga еtdi.2

O‘zbеkistonda onalar o‘limi ko‘rsatkichi 2000 yilda 100000 tug‘ruqqa 33,1 tani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich asta-sеkin 2020 yilda 23,1 taga kamaydi. Mazkur yutuqqa tug‘ilishni pasaytirish, istalmagan homila va abortlar sonini kamaytirish, homiladorlik orasidagi muddatlarni uzaytirish natijasida erishildi. Hukumat tomonidan aholi o‘rtasida organizmda tеmir moddasi, foliy kislotasi, yod va A vitamini yеtishmasligi sabablari aniqlandi va bu boradagi muammolar yеchildi, xalqaro hamkorlar bilan sog‘liqni saqlash sohasida samarali dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Hukumat atrof-muhitni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish, shuningdеk, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy rеsurslardan foydalanish, bioxilma-xillikni saqlash, qishloq xo‘jaligini ratsionalizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi enеrgiya manbalaridan foydalanishni joriy qilish va yеrlarning sahrolashishiga qarshi kurashish borasida bir qator stratеgiyalarni ishlab chiqish va qabul qilish muhimligini e’tirof etadi.

O‘zbekiston «Chegara bilmas muxbirlar» (Reporters Without Borders) xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuzilgan matbuot erkinligi reytingida o‘tgan yilgiga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 157-o‘rinni egalladi.

Ushbu reytingda Norvegiya ketma-ket beshinchi yil yetakchiga aylanmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Kosta-Rika davlatlari turibdi. Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Niderlandiya, Yamayka, Yangi Zelandiya, Portugaliya va Shveysariya mamlakatlari o‘rin olishgan.

MDH davlatlari orasida yetakchi mamlakatlar sifatida 15-o‘rinni Estoniya, 22-o‘rinni Latviya, 28-o‘rinni Litva davlatlari olgan.

Markazi Osiyo davlatlaridan esa 79-o‘rinni Qirg‘iziston, 155-o‘rinni Qozog‘iston, 162-o‘rinni Tojikiston, 178-o‘rinni Turkmaniston egallab turibdi.

Bundan tashqari, reytingda Rossiya 150-o‘rindan joy olgan. Eng oxirgi, 180-o‘rinda esa Eritreya mamlakati turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha to‘rt pog‘ona yuqorilab, 157-o‘rinni egallagan edi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, mamlakatimiz so’ngi yillarda anchayin salmoqli natijalarga erishgan va erishmoqda. Endi esa yana bir muhim masalalardan hisoblanmish migratsiya masalasiga ham alohida to’xtalmoqchimiz. Chunki so’ngi yillarda hamyurtlarimizning va boshqa yurt fuqarolarining qay darajada faol ekanligiga e’tibor qaratish ham muhim maalalardan bo’lib qolmoqda


Download 240,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish