Ключевые слова: Родина, страна, соотечественник, верность, любовь к Родине, процветание страны, чувство гордости, развитие, наука, история, великие ученые, молодое поколение, деструктивные и деструктивные идеи, терроризм, религиозный экстремизм, массовая культура, правильный путь
O’zbekiston - naqadar buyuk va juda juda tarixiy o’lka. Qanchadan –qancha shaxslar,turli xildagi asrlar,zamonlarni ko’rdi bu diyor. Ne-ne tarixiy va buyuk shaxslarni, olimlarni ,zamonasining eng ilg’or insonlarini butun yer yuziga tanitdi bizning yurt.Tarixan juda ko’p jarayonlarni boshdan kechirgan bu o’lkada hozirga kelib ham hayot shiddat bilan davom etmoqda.Insonlari juda sofdil ,mehmondo’st ,mehnatsevar, ilmga chanqoq va o’z yurtiga juda ham muhabbatli bo’lganligi taraflama boshqa mamlakat odamlari orasida o’tmishdan ham yaqqol ajralib turishgan va hozirga kelib ham shunday bo’lib qolmoqda.
Hozirda tinchlik hukm surayotgan mamlakatimiz tarixan juda ham og’ir yo’lni bosib o’tganligi hech kimga sir emas .Zero,ko’p yillar va asrlar davomida ajdodlarimiz tarqoq va hokisor holda hayot kechirishdi.
Tinchlik eng buyuk ne’matdir, osoyishta va farovon hayot kechirish tiriklikning eng asosiy sharti hisoblanadi, chunki barcha ezgu orzu-niyatlarning ro’yobi, eng birinchi navbatda, shu oliy ne’matga bog’liq. Shu sababli ham insoniyat yaralgandan buyon tinchlik va uni asrash uchun bor vujudi, jon-jahdi bilan kurashib keladi. Ammo bugungi globallashuv zamonida yuzlab mamlakatlar uchun hali hanuz bu bebaho ne’mat orzu bo’lib qolmoqda.Mutaxassislar tinchlikka raxna soluvchi omillarni har xil sanaydilar- mamlakatlar orasidagi nifoqli vaziyatlar, fuqarolik urushlari, milliy nizolar, tabiatdagi tabiiy ofatlar va boshqalar. Lekin bularning ichida eng jiddiy xafv solayotgan, juda katta vayronkorliklarga sababchi bo’layotgan omil bu- diniy ekstremizm va terrorizmdir. Buni har bir ma’naviyatli, sog’lom fikrli inson anglab yetmoqda.
Inson o'ylaydigan,fikr qiladigan voqea-hodisalar asosida xulosa chiqaradigan ongli mavjudotdir. U aqli bilan olam sirlarini kashf qiladi, qalbi vositasida uning go'zalligini his etadi, voqealikdan hayratlanib, uning qonunlariga moslashib yashashga intiladi. Dunyo sezgilar orqali insoning qalbi va ongida o'ziga xos timsol va tasavvurlar uyg'otadi,unda orzu -intilish,maqsad muddaolalarini vujudga keltiradi.Ana shu intilish va maqsadlar insonning faoliyati orqali amalga oshadi, ya'ni hayotga, voqealikka qaytadi, unga ta’sir qiladi va uni o'zgartiradi.
Odam zotini hayotni, o'zini o'rab turgan tashqi muhitni o'zgartirishga majbur qiladigan ma'naviy omillar orasida fikr, g'oya maqsad nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bunda biz, eng avvalo, g'oya nima ekanligiga alohida to'xtalib o'tishimiz maqsadga muvofiqdir.
Xo'sh g'oya nima? Nega unga katta ahamiyat va katta e'tibor beriladi?! Ma'lumki, har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o'z manfaatlari, maqsad -muddaolari , orzu -intillishlarini ko'zlab harakat qiladi. G'oya- insonning borliqqa, o'z hayotiga bo'lgan munosabati, oldiga qo'ygan maqsadlari asosida shakllanadi va o'ziga xos tarzda namoyon bo’ladi.G'oya- alohida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli qatlamilarga tarqaladi.
Mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g'oyalar tasirida tarbiyalanadi; muayyam qarashlar va g'oyalarni o'z e'tiqodiga singdiradi, o'z navbatida yangi g'oyalarni yaratadi va targ'ib etadi. G'oyaning eng muhim xususiyati -insonni va jamiyatni ma'lum maqsad sari yetaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanligidadir. Oldimizga qo'ygan har qanday maqsad va vazifalarimizni bajarishimizda, qarshimizda paydo bo'ladigan muommolarni hal qilishda, ularni yengib o'tishimizda, bizga dalda kuch berib turadi.
Ezgu g'oya insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo’lida e'tiqod bilan kurashishga o'rgatadi. Ezgu va yuksak g'oyalar odamlarni hamisha olijanob maqsadlar sari yetaklayveradi. Milliy g'oyaning ajdodlardan avlodlarga,asrlar davomida e'zozlanib kelinayotgani va har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otiib borayotgani, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgani hech kimga sir emas ,albatta.
Insoniyatning ko'p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o'zining milliy davlatini qurishga azm-u qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo'lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg'otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o'tishda o'ziga qo'shimcha kuch -quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu -intilish ifodasi bo'lgan milliy g'oyani tayanch va suyanch deb biladi. Milliy va ezgu g'oyalar yurtni obod,xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlari bilan ajralib turadi .
Hayot inson uchun berilgan eng buyuk ne’matdir. Bu ne’matning qadriga yetish, har bir daqiqasini mazmunli o‘tkazish, odamlarga mehrmuruvvat ko‘rsatish, o‘zidan yaxshi nom qoldirish esa barcha insonlarning vazifasidir. Bu vazifani ado etishdagi eng muhim vosita, ta’bir joiz bo‘lsa, ezgulik sari boshlovchi mayoq, nurli kelajak sari boshlovchi mashalma’rifat. Bugun biz tez suratlar bilan o‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashayapmiz. Hozirgi paytda yer yuzida qanday voqealar yuz bermasin, odamzod bu haqda zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas. Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotgan bir paytda mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik hukm surmoqda.Buzg`unchi g`oyalar xalqlar boshiga so`ngsiz kulfatlar kеltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko`plab misollar kеltirish mumkin. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g`oyalarning ziddi bo`lgan zulm va zo`ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo`lishga urinadi. Lеkin ular odamzotning adolat, tinchlik va birodarlik, taraqqiyot va farovonlik g`oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishlarini aslo to`xtata olmaydi.
«Tarix tajribasi shundan dalolat bеradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko`ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya'ni xatti-harakatlarini qo`zg`atib yuborish osonroq» (I.A.Karimov).
Do'stlaringiz bilan baham: |