O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi


Onlayn ta’limning kamchiliklari



Download 47,04 Kb.
bet10/12
Sana31.12.2021
Hajmi47,04 Kb.
#271788
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
metodika. Kurs ishi

2.2 Onlayn ta’limning kamchiliklari

Ta’lim sohasida masofadan ishlash shakli keyingi oylar ichida texnik va texnologik jihatdan keskin takomillashganini sezish qiyin emas. Oliy ta’lim muassasasining o‘quvchisi sifatida shuni aytishim mumkinki, universitet modul platformasi, Telegram tarmog‘i, ZOOM platformasi talabalarga dars mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida yetkazishda, uy vazifalarni qabul qilish, imtihon va nazorat ishlarini o‘tkazishda, hatto bitiruvchi talabalarning diplom himoyasida o‘z samarasini ko‘rsatdi. Lekin ushbu platformalarning o‘ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari yo‘q emas. Masalan, Telegram tarmog‘ida barcha turdagi va formatdagi hujjatlarni uzatish va joylashtirish mumkin. Interaktivlik borasida ham bu tarmoq ahamiyatlidir. Maktab o‘qituvchilari aynan shu tarmoqda fanlar doirasida guruhlar tuzib, masofadan ish olib bordilar. O‘quvchilarning uy vazifalarini bajarishi ham tarmoq orqali tekshirib borildi (o‘quvchilar bajarilgan uy vazifalarini suratga olib guruhga yoki o‘qituvchining shaxsan o‘ziga yuborib turishdi). Ammo hammaning ham bunga imkoniyati bo‘ldimi? Chunki bu jarayon texnik (kamida, android versiyali qo‘l telefoni), texnologik (mobil aloqa, Wi-Fi) vositasiz amalga oshmaydi.

ZOOM platformasi – video-mashg‘ulotlar, ta’limning bu shakliga “xozir va shu yerda”, deb ta’rif bersa bo‘ladi. Platformaning boshqa tarmoqlardan qulayligi “ko‘z-ko‘zga tushib”, tinglovchi va ma’ruzachi o‘rtasida virtual bo‘lsada aloqani o‘rnata olish imkoniyatidir. O‘qituvchi ma’ruza davomida ekranda taqdimotlar, video-keyslar, jadval va suratlarni namoyish etishi, interaktiv muloqot o‘rnatishi mumkin. Bundan tashqari, shu vaqtning o‘zida CHAT orqali yozishmali muloqot olib borish, havolalar yuborish imkoniyatlari mavjud. Ammo bu platforma ham o‘ziga yarasha kamchiliklardan xoli emas: texnikaga butunlay bog‘liq jarayon. Internet va elektr toki uzluksiz ishlashi lozim. Ushbu platformada to‘lovsiz 40 daqiqalik aloqa imkoniyati yaratilgan. Lekin mashg‘ulot davomida vaqtga qarab turish, ma’ruza yoki dars jarayonini roppa-rosa 40 daqiqaga “sig‘dirish” kerak. Aks holda, mashg‘ulot belgilangan vaqtda butunlay o‘chadi. Qayta ulanish uchun biroz vaqtni talab qiladi. Auditoriyani yana yig‘ib olish esa o‘qituvchining muammosiga aylanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan platformalar faoliyatini kuzatganimizda shunga amin bo‘ldikki, ularning kamchiligi texnik va texnologik unsurlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, dasturchilar oldida hal etilishi zarur bo‘lgan dolzarb masala ko‘ndalang turibdi. Buning uchun esa ta’lim yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan vazirliklar, idoralarni kommunikatsiya aloqa vositalari, IT mutaxassislari bilan ta’minlash, shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi kichik bir armiya (bo‘lim, boshqarma, idora zimmasidan yuqori va imkoniyati, vakolati, majburiyati keng) tashkil etilishini vaqt taqazo etmoqda.



Download 47,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish