O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi


Kurs ishining obyekti va predmeti



Download 0,63 Mb.
bet3/17
Sana28.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#716822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Kurs ishining obyekti va predmeti: Kurs ishining obyekti sifatida Amerika Qo`shma Shtatlari iqtisodiyoti olindi.
Kurs ishining predmeti Amerika Qo`shma Shtatlari iqtisodiyoti rivojlanish jarayoni, tarmoq tarkibi, O`zbekiston-AQSH munosabatlari hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi. Kurs ishi kirish, uchta bob, o`nta paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan. Shu bilan birga AQSH iqtisodiyotini yoritib beruvchi qator grafiklar ham keltirilgan.
Kurs ishining birinchi bobida AQSH respublika sifatidagi mavqeyi, geografik o`rni, tabiiy sharoiti va resurslari hamda aholisi va mehnat resurslari yoritilgan. Ikkinchi bobda esa AQSH iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni borasida fikr yuritiladi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoq tarkibi ham yoritiladi.
Uchinchi bobda AQSH bugungi nufuzi, jahon xo`jaligida tutgan o`rni haqida fikrlar umumlashtiriladi. O`zbekiston va AQSH o`rtasidagi rivojlanib borayotgan xalqaro munosabatlar muhokama qilinadi.


I BOB. Amerika Qo`shma shtatlari iqtisodiyotiga umumiy tavsif
1.1. Amerika Qo`shma Shtatlari – yuksak iqtisodiy salohiyatga ega mamlakat. AQSH iqtisodiy-geografik jixatdan qulay, ammo bir-biridan uzoq 3 xududdan (asosiy xudud Alyaska va Gavayi orollari) iborat. AQSH federativ respublika. Siyosiy – ma’muriy jixatdan 50 ta shtat va Kolumbiya federal okrugidan iborat. Tabiiy sharoiti nixoyatda xilma-xil, foydali qazilmalarga boy. Relyefi murakkab tuzilishga ega. Foydali qazilmalardan yirik yoqilg’i - energetika resurslari (ko’mir, neft, gaz), temir rudasi va rangli metallar, nodir, kamyob va qimmatbaxo metallarga boy.
AQSH aholisi soni jihatdan Xitoy va Xindistondan so’ng dunyodagi uchinchi mamlakat. Mamlakat axolisi sonini ortishida immigratsiya asosiy rol o’ynagan. Tabiiy o’sish sur’atlari past. Urbanizatsiya darajasi yuqori 80% dan iborat. Dunyodagi eng yirik megolopolislar shakllangan. Bugungi amerikalik millati-evropalik kelgindilar, afrikalik negrlar va maxalliy axoli aralashmasidan shakllangan. AQSH ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganlik darajasi, iqtisodiyotning tarkibi, maxsulotlarning raqobatbardoshligi, ilmiy-texnik va intellektual saloxiyatga egaligi xamda xozirgi vaqtda o’ziga xos siyosati bilan xalqaro munosabatlar va jaxon iqtisodiyoti yo’nalishlarini belgilashda yetakchi rolь o’ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishning Amerika modeli ko’pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun andoza rolini o’ynagan bo’lsa, uning o’zgargan modifikatsiyasi, ya’ni o’zgargan shakllari yangi industrial mamlakatlarning istiqbolli rivojlanishida keng qo’llaniladi.
Sanoat AQSH iqtisodiyotida barqaror rivojlanib borayotgan tarmoq. AQSH sanoati uch ijtimoiy ishlab chiqarish-ishlov beruvchi sanoat, qazib beruvchi sanoat va elektroenergetikadan iborat. Sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishda ishlov beruvchi sanoatning ulushi 80,4%, elektroenergetika ulushi 13% va qazib beruvchi sanoatning ulushi 6,6% dan iborat. Sanoatda ilm talab soxalar-mikroelektronika, lazer texnikasi, gen injineriyasi va biotexnologiya, robot va roboto - texnika, kosmik priborsozlik va boshq. jadal rivojlanmoqda.
AQSH qishloq xo’jaligida iqtisodiy faol axolining 3% band bo’lib, YaIM dagi xissasi 2% ni tashkil qilsada, mamlakat iqtisodiyoti va jaxon qishloq xo’jaligi bozorida muxim o’rin tutadi. AQSHda barcha transport turlari rivojlangan. Dunyo aloqa yo’llarining 1G’3 qismi, iqtisodiy rivojlangan davlatlar yuk tortuvchi (40%) va yuk ko’taruvchi (30%) transport vositalari xamda dunyo yuk va yo’lovchi aylanmasining 30% to’g’ri keladi.
AQSH xalqaro savdoda yetakchi o’rin tutadi va tashqi savdo aylanmasi barcha iqtisodiy rivojlangan davlatlar tashqi savdo aylanmasidan ko’pdir. AQSH xududlarini tarixiy o’zlashtirish xo’jalikning rivojlanish jarayonlari, ishlab chiqarish kuchlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari, milliy iqtisodiyotning mintaqaviy tarkibi va makroiqtisodiy tafovutlari jixatidan 4 ta makroiqtisodiy rayon-Shimoli-SHarq, O’rta-G’arb, Janub va G’arbga bo’linadi.
AQSH hududining kattaligi jihatidan dunyo mamlakatlari o‘rtasida 4-o‘rinda (Rossiya, Kanada, Xitoydan keyin) turadi. AQSH iqtisodiy-geografik jihatdan qulay, ammo bir-biridan uzoq uch hududdan iborat.
Asosiy hudud (hududi 8.84 mln km/kv, aholisi 303.1 mln kishi) Shimoliy Amerikaning markazida joylashgan, shimolda Kanada va janubda Meksika davlatlari bilan (chegaralar tabiiy marralar-tog‘lar, daryo va ko‘llardan o‘tadi va tinch) chegaralangan va g‘arbdan Tinch okeani sharqdan Atlantika okeani suvlari uning qirg‘oqlarini yuvib turadi. Qirg‘oqlari tabiiy buxta, gavanlarga boy bo‘lib kemachilikni rivojlantirish uchun qulay.
Alyaska shtati materikning shimoli-g‘arbiy qismiga joylashgan Tinch va Shimoliy Muz okeani suvlari bilan o‘ralgan va quruqlikda Kanada bilan chegaradosh (hudud 1519 km/kv, axolisi 600.0 kishi). Bering bug‘ozi orqali Rossiya (Ratmanov oroli) va AQSh (Kruzenshteyn oroli) dengiz chegaralari o‘tadi. Gavayi orollari (16.7 ming km/kv, axolisi 1.3 mln kishi) Tinch okeanining markaziy qismida (24 ta orol) joylashgan2.
AQSH iqtisodiy-geografik o‘rni qulay bo‘lib, jahon mamlakatlari bilan samarali transport-iqtisodiy aloqalarni olib borish imkonini beradi.
AQSH nisbatan yosh davlat, yevropaliklar tomonidan XVI-asrdan boshlab o‘zlashtirgan. Dastlab Atlantika qirg‘oq bo‘yida Buyuk Britaniyaning 13 ta kaloniyasi bo‘lgan. 1776-yili AQSH mustaqilligi elon qilindi. XX-asrga qadar g‘arbga tomon kengaydi (hududlar sotib yoki bosib olindi va o‘zlashtirildi). Alyaska 1867-yili Rossiyadan sotib olingan, Gavayi orollari esa uzoq vaqt AQSH mustamlakasi bo‘lgan. O‘tgan asrning 50-yillarida Alyaska va Gavayi orollari shitat maqomiga ega bo‘ldi. AQSH iqtisodiy statistik nuqtai nazardan 4ta makro iqtisodiy rayonga: Shimoliy-Sharq, O‘rta-G‘arb, Janub va G‘arbga bo‘linadi3. Axolini ro‘yxatga olish byurosi esa AQSHni 9ta rayonlariga: Yangi Angilya, O‘rta Atlantika shtatlari, Janubiy Atlantika shitatlari, Janubi-sharq markaziy shitatlari, Janubi g‘arb, tog‘li shitatlar, Tinch okeani shitatlariga ajratadi.
AQSH federativ respublika, siyosiy-ma‘muriy jihatdan 50 shitat (shitatlar quyi ma‘muriy okrug grafiklarga bo‘linadi) va Kalumbiya federal okrugidan iborat. Amaldagi konustitutsiya 1787-yilda qabul qilingan va shu kunga qadar 26ta o‘zgartirish kiritilgan, xolos. Mamlakat boshlig‘i Prezident. Qonun chiqaruvchi organ- Kongress4.
Dunyo makromintaqalari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi jihatidan Shimoliy Amerika makromintaqasi yetakchi mavqega ega. Shimoliy Amerika mamlakatlariga Meksikada shimolda joylashgan davlatlar AQSH, Kanada va Daniyaning orol mustamlakasi – Grelandiya kiradi.
Shimoliy Amerika makromintaqasi iqtisodiy--geografik holati juda qulay bo`lib a) Yevroosiyo va Afrika mamlakatlari hamda dunyoning boshqa mintaqalari bilan qulay iqtisodiy aloqalar olib borish imkonini olib boruvchi, Atlantika va Tinch okeani suvlarining o`rab turishi; b) Shimoliy Amerika makromintaqasining chekka shimoliy g`arbida Rossiya bilan juda yaqin bo`lib , Bering bo`g`izidagi Diomid orollari orqali qisqa masofada ajralib turishi; v) AQSH va Kanada qirg`oq bo`ylarining Atlantika va Tinch okeani halqaro savdo yo`llariga chiqish imkoniyatlari; g) Xalqaro Panama kanalining mavjudligi (Panama Kanali shimoliy Amerika makro mintaqasi siyosiy- iqtisodiy hayotida muhim;) resurs imkoniyatlari jihatlari boshqa okeanlarga ustun hisoblangan Arktika (Shimoliy Muz okeani) akvatoriyasiga bevosita tutashligi bilan harakterlanadi5.
AQSHning iqtisodiy geografik o`rni qulay bo`lib Jahon mamlakatlari bilan samarali transport iqtisodiy aloqalarni olib borish imkoniyati bor. AQSh fedarativ respublika siyosiy-ma’muriy jihatdan 52 shtat, Kolumbiya federativ okrugidan iborat.
AQSH ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganlik darajasi, iqtisodiyotining tarkibi, milliy maxsulotlarning raqobatbardoshligi, ilmiy-texnik va intellektual saloxiyatga egaligi xamda xozirgi vaqtdagi o’ziga xos siyosati bilan xalqaro munosabatlar va jaxon iqtisodiyoti yo’nalishlarini begilashda yetakchi rolь o’ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishning amerika modeli ko’pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun andoza rolini o’ynagan bo’lsa, uning modifikatsiyasi, ya’ni o’zgargan shakllari yangi industrial mamlakatlarning istiqbolli rivojlanishida keng qo’llanildi.
AQSH dunyodagi eng yirik sanoat maxsulotlari ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko’rsatuvchi mamlakat. Dunyodagi eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarishning 45% to’g’ri keladi va dunyo YaIM 25% beradi. AQSH 400 mln t, ortiq bug’doy ishlab chiqaradi va uning qariyb yarmini eksportdan qiladi. Tashqi savdo aylanmasi 1,5 trln doll, dan ortadi va dunyo eksportining 12,6% (shundan 11,5% jaxon sanoat maxsulotlari eksporti, 13,5% mashina va transport jixozlari, 13% kimyo sanoati maxsulotlaridan iborat) to’g’ri keladi.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish