O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/149
Sana21.06.2022
Hajmi3,91 Mb.
#689117
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149
Bog'liq
i4ucFmwV hVui-qLDImZJlmNlrfGcfGU (1)

67 
 
M.Muhitdinova, N.Abdullayevalarning «Rasmiy uslubning diplomatik yozishmalar turi»
deb nomlagan о‗quv qо‗llanmasida ham shunga yaqin tavsif keltirilgan: «Rasmiy uslub
jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, о‗zaro rasmiy aloqalar uchun xizmat qiluvchi
nutq uslubi bо‗lib, boshqa uslublardan hujjatchilik xususiyati bilan ajralib turadi».
Rasmiy uslubga berilgan ta‘rif va tavsiflarni shu tariqa davom ettiraverish mumkin. 
Ulardan ma‘lum bо‗ladiki, bu uslub, jamiyat a‘zolari faoliyat olib boruvchi qanday sohalar
bо‗lishidan qat‘iy nazar, ularning rasmiy doiradagi aloqa-munosabatlarini ifoda etishga xizmat
qiluvchi nutq uslubi sifatida xarakterlidir. Bu xususiyati rasmiy uslubning boshqa uslublarga 
nisbatan qо‗llanish sohalarini ancha kengaytiradi. Hatto ilmiy sohada, dissertatsiyalar himoyasi,
ilmiy anjuman, qurultoy ishlari kabilarda ham rasmiy munosabatlarning amal qilishi bu
uslubning qо‗llanish imkoniyatlari ancha yuqori ekanligini kо‗rsatadi.
Rasmiy uslub boshqa nutq uslublaridan individual va jamoaviy xarakterga egaligi
bilan ham ajralib turadi. Bu uslub nafaqat yakka shaxslarga xos individual nutq turlari (ariza, 
tilxat, vasiyatnoma, rasmiy og‗zaki nutq kabilar), balki jamoa nomidan ish kо‗ruvchi maxsus
nutq kо‗rinishlari (bayonot, diplomatik yozishmalar, shartnoma kabilar)ni ham qamrab oladi.
Rasmiy uslub ham og‗zaki, ham yozma shaklda namoyon bо‗luvchi nutq uslubidir.
Shunday bо‗lsa-da, rasmiy ish uslubi tushunchasi til egalariga kо‗proq yozma ish hujjatlarini
eslatadi. Bu holat kishilar hayotida yozma shakldagi ish hujjatlarining о‗rni alohida ekanligini 
kо‗rsatadi.
Ma‘lumki, kishilik jamiyatida yozuv shakllanishi bilanoq rasmiy doiradagi
munosabatlarni yozma tarzda hujjatlar orqali yо‗lga qо‗yish imkoniyati yuzaga kelgan.
Yozma hujjatlar nafaqat kishilar, davlatlar о‗rtasidagi aloqalarni tartibga solishga hamda
mustahkamlashga xizmat qilgan. Rasmiy uslub dastlab kishilarning rasmiy doiradagi og‗zaki 
muloqoti natijasida yuzaga kelgan bо‗lsa-da, yozma hujjatlarga bо‗lgan ehtiyoj uning yillar
davomida alohida nutq uslubi sifatida takomillashuviga yordam bergan.
Rasmiy uslub, xususan, idoraviy ish yuritish uslubining shakllanish ildizlari qadimgi
yozma yodgorliklar, tosh bitiklar, yorliqlar, ilk qonunlarga borib taqaladi. Rasmiy ish
hujjatlarining yuzaga kelishi tarixi haqida fikr yuritar ekan, prof. N.Mahmudov quyidagilarni 
yozadi: «Zero, hujjatlar kechagina paydo bо‗lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi 
bilanoq bu jamiyat a‘zolari о‗zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va 
qat‘iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy 
hujjatlar yuzaga kelgan. Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi 
Hammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan
avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi «hujjatlar» deb
ataladigan tartibot vositalarning nechog‗li olis va murakkab tarixga ega ekanligini kо‗rsatadi».
Prof. Q.Sodiqov ham rasmiy uslubning shakllanishiga turtki bergan omillardan biri sifatida
yozuvni kо‗rsatgan. Uning fikricha, «Rasmiy uslubning kelib chiqish tarixi yozuvning
yaratilishi, shuningdek, jamiyat
о‗rtasida rasmiy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, davlatchilik tarixi bilan
bog‗liqdir. Davlat tashkil topgandan keyin ish yuritish va rasmiy hujjatchilik sohasi ham 
yuzaga kelgan». 
Darhaqiqat, yozuv har bir nutq uslubining shakllanishi va sayqal topishida muhim rol 
о‗ynagan. Ayniqsa, kо‗proq yozma shaklda ish yurituvchi rasmiy uslubda uning ahamiyati
beqiyos. Biroq rasmiy uslubning yuzaga kelishini dastavval kishilar о‗rtasida rasmiy
munosabatlarning qaror topishi bilan bog‗lash haqiqatga yaqin.
Rasmiy uslubga xos xususiyatlardan yana biri uning janr jihatdan rang-barangligidir. 
Tilning funksional uslublari tizimida faqat rasmiy uslub janr xususiyatiga kо‗ra xilma-xilligi bilan 
ajralib turadi. Rasmiy uslub idoraviy ish yuritish, diplomatik aloqalar hamda qonunchilikka oid 
rasmiy hujjatlarni qamrab oladi. Shu bois manbalarda bu uslubga nisbatan rasmiy ish
uslubi, rasmiy-idoraviy nutq uslubi, ish yuritish uslubi, rasmiy hujjatlar uslubi, hujjatlar
uslubi, ish qog‗ozlari uslubi, epistolyar uslub, qonunlar uslubi kabi nomlarning qо‗llanilishi 
kuzatiladi. D.Babaxanova bu uslubga nisbatan turli nomlarning qо‗llanilishi xususida fikr



Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish