O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/149
Sana21.06.2022
Hajmi3,91 Mb.
#689117
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149
Bog'liq
i4ucFmwV hVui-qLDImZJlmNlrfGcfGU (1)

52 
 
sergо‗sht (gо‗sht), seryomg‗ir (yomg‗ir), serdaromad (daromad), serildiz(ildiz), serkepak (kepak), 
sersut (sut), sertola (tola), serchiqit (chiqit), sermahsul (mahsul), serunum (unum ) va h.k. ser – 
prefiksli modelning nafaqat sof о‗zbekcha (turkiycha) shuningdek, forscha-tojikcha, arabcha va 
ruscha-baynalmilal leksik birliklardan ham sifat-terminlar yasashini alohida ta‘kidlash kerak 
bо‗ladi. kam - prefiksoidli sо‗z yasovchi model kam- о‗zbek tili grammatikasiga tegishli ba‘zi bir 
asarlarda qо‗shma sifatlarning birinchi komponenti tarzida baholansa, boshqa birlarida esa 
prefiksoid sifatida belgilanadi. Ilmiy terminologiyada ancha mahsuldor hamda faol hisoblanuvchi 
kam- prefiksoidi qatnashgan model boshlang‗ich asosdan anglashilgan miqdorning ozligi ma‘nosini 
ifodalovchi sifat-terminlarni yasaydi: kamqon (qon), kamsut (sut), kamsuv (suv), kamhosil (hosil), 
kamdaromad (daromad), kamxarj, kamxarajat (xarj, xarajat), kamquvvat (quvvat), kamchiqim 
(chiqim), kammahsul (mahsul ) va h.k. – (v) iy affiksli sо‗z yasovchi model Arab tilidan о‗zlashgan 
- (v) iy affiksli model ot turkumidan sifat-terminlarni yasash uchun xizmat qiladi. -(v) iy affiksli 
model unli fonemalar bilan tugagan otlardan tubandagi terminlarni hosil qiladi: konstitusiyaviy 
(konstitusiya), yadroviy (yadro), kimyoviy (kimyo), fizikaviy (fizika), ma‘noviy (ma‘no ), 
fuqaroviy (fuqaro ), samoviy (samo), kolliziyaviy (kolliziya) va h.k. Undosh fonema bilan tugagan 
otlardan nisbiy sifat-terminlar yasaydi: miqdoriy (miqdor), ma‘muriy (ma‘mur), harbiy (harb), 
tibbiy (tib(b), qonuniy (qonun), intizomiy (intizom), iqtisodiy (iqtisod ) va h.k. -(v)iy affiksi 
qо‗shilishi natijasida –a, -at bilan tugaydigan arabcha otlar ushbu qо‗shimchlarini tushirib qoldiradi: 
milliy (millat), siyosiy (siyosat), ijtimoiy (ijtimoiyot), moddiy (modda), ma‘naviy (ma‘naviyat), 
intizomiy (intizom), ma‘rifiy (ma‘rifat) va h.k. Yuqorida keltirilgan ashyoviy misollar о‗tgan 
asrning 60-yillarida kammahsul deb topilgan –(v)iy affiksining (Kononov 1960;152) hozirgi vaqtga 
kelib nisbatan unumli affiksga aylanganligidan dalolat beradi.
Shuningdek, terminologiyaning shakllanish va taraqqiy etish jarayoni tilga xos sо‗z yasalishi 
qonuniyatlari hamda tilning leksikasi asosida sodir bо‗ladi. Umumiste‘molga oid leksikaning 
terminlashuvi voqeasi tarixiy hisoblanadi. Bu hodisa til va terminologiya orasidagi ikki tomonlama 
munosabatni kо‗rsatadi. Mazkur jarayon shuningdek, umumadabiy leksika va terminologik leksika 
о‗rtasidagi jips aloqalarda yaqqol namoyon bо‗ladi. Umumadabiy sо‗zlar sо‗zlashuv tili, dialektlar, 
lahjalar va sotsial jargonlarning leksik boyligi va meyorini tashkil qiladi. Ayni zamonda, umumxalq 
sо‗zlari har qanday milliy til terminologiyasini hamisha tо‗ldirib, kengaytirib boruvchi manbalardan 
biri tarzida e‘tirof etiladi. Umumadabiy sо‗zlarning terminologik leksika tizimiga kо‗chishi 
(transterminlashuv)ning ikki turi mavjudligi aniqlangan. 1. Terminologiyaga kо‗chgan umumadabiy 
leksik birliklarning ma‘lum qismi о‗z ma‘nosini saqlab qolgan holda ishlatiladi: ildiz («koren»), suv 
(«voda»), shamol («veter»), dengiz («more»), daryo («reka»), oy («luna»), quyosh («solnse»), 
bug‗doy («pshenitsa»), tol («iva»), uzum («vinograd»), shimol («sever»), janub («yug»), yer 
(«zemlya»), ayg‗ir («jerebets»), baliq («riba») va h.k. Bu о‗ta keng qamrovli leksika qatlami bо‗lib, 
mavzu jihatdan jamiyat, inson, tabiat, hayvonot va о‗simlik dunyosi bilan mustahkam aloqaga 
kirgan. Qayd etilgan sо‗zlar keng umumadabiy hamda о‗z navbatida, tor maxsus sohaga 
taalluqlidir. Mazkur sо‗zlarning ifodalanuvchisi va ifodalovchisi turli sohalarda mos tushadi, ammo 
ular ma‘no obyekti, axborot kо‗lami, mazmunma‘no turi bilan farqlanadi. 2. Umumadabiy 
leksikaning boshqa bо‗lagi yuz bergan ma‘noviy о‗zgarish oqibatida terminlar safiga о‗tadi. 
Qoidaga kо‗ra umumadabiy tildan terminologik tizimga olingan sо‗zlar muayyan ilmiy tushunchani 
ifodalash uchun xoslanadi, ilmiy termin maqomiga ega bо‗ladi. Masalan, о‗zbek tili texnik 
terminologiyasi tizimida detallar, mexanizmlar, mashina qismlari hamda turli buyum-asboblarni 
anglatish uchun xoslangan 
kо‗z, oyoq, qadam, barmoq, qо‗ltiq, tо‗siq,qobirg‗a, og‗iz, tirnoq, quloq, 
pichoq, quti, taroq, qozon, qoshiq, barmoq, panja, musht
singari sо‗zlar talay miqdorni tashkil 
qiladi. Ilmiy matnlarda bu sо‗zlar о‗zlarining birlamchi (denotativ) ma‘nosini yо‗qotib, yakka 
ma‘noli ilmiy terminga aylanadi. Ushbu maxsus tushunchalarni atash usuli an‘anaviy, obyektiv 
hamda juda sermahsul hisoblanadi. Yangi terminlarni hosil qilish hisobiga mavjud ehtiyojlarni 
qondirish mushkul kechgan hollarda majburiy chora sifatida til lug‗at fondidagi sо‗zlarga murojaat 
etiladi. Mazkur guruhga tegishli sо‗z-ot va termin-otlar har xil denotatlarni ifodalashi bilan о‗zaro 
farq qiladi. Ba‘zi bir leksik birliklar misolida maxsus ma‘noning shakllanish jarayonini kuzatish 
mumkin. Mahmud Koshg‗ariyning ―Devonu lug‗otit turk‖ asarida chanaq sо‗zi 1) о‗yib yasalgan 



Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish