3-topshiriq
.
Berilgan matnni o„qing, sohaviy terminlarni aniqlang, qaysi sohaga
tegishliligini ayting va sohaviy terminlarning mazmun-mohyatini tushuntiring
Samoniylar tarixi
X asr davomida siyosiy boshboshdoqlik avjga chiqib markaziy hokimiyat mavqeiga putur
yetadi. «Daraxtning bо‗shini qurt yeydi» deganlaridek, somoniylar zarbining pasayishi mintaqaning
Yettisuv va Koshg‗ar qismida boshqa bir siyosiy sulola — qoraxoniylarning kuchayib borishi bilan
bir vaqgga tо‗g‗ri kelgandi. Natijada X asr oxirida hokimiyat ularning qо‗liga о‗tadi. Krraxoniylar
mintaqaning Yettisuv, Koshg‗ar, Movarounnahr kabi qismlari ustidan hukm-ronlik qila
boshlaydilar. Xuroson, G‗azna kabi viloyatlar esa xuddi shu davrdan boshlab mintaqada yetishib
chiqqan yana bir siyosiy sulola — g‗aznaviylar tobeligiga о‗tgan edi.
55
Ta‘kidlaganimizdek, Ismoil о‗z davri uchun ilg‗or hisoblanmish markazlashgan boshqaruv
tizimini jo-riy etishga muvaffaq bо‗lgan. Bu tizim asosini oliy hukmdor dargohi (saroyi) va
devonlar (vazirliklar) majmui tashkil etgan. Oliy hukmdor amir unvoniga ega edi. Shuning uchun
manbalarda Amir Ismoil, Amir Ahmad kabi ta‘kidlarni uchratish mumkin. Oliy hukmdor
hukmlarining ijrosi horis amiriga yuklatilgan. Dargoh hamda boshqa qator muhim davlat
idoralarining xavfsizligini amalga oshirish xizmatini bosh hojib va uning xodimlari olib borganlar.
Dargohning xо‗jalik yumushlari bilan bog‗liq faoliyat vakil tomonidan boshqarilgan. Bundan
tashqari dargohda dastur-xonchi, eshikog‗asi, sharbatdor kabi xizmatlar ham bо‗lgan.
Devonlar (vazirliklar) boshqaruviga kelsak, ularning umumiy soni 10 ta bо‗lib, poytaxt
Buxoroda har biri uchun alohida binolar qurib berilgandi. Quyida devonlar haqida batafsil
ma‘lumotlar keltiriladi.
1. Bosh vazir devoni. Butun ijroiya hokimiyati hamda qolgan tо‗qqiz devon ustidan
rahbarlik va nazorat xuddi shu vazirlik tomonidan amalga oshirilgan. Somoniylar davrida ushbu
lavozimga zamonaning atoqli xonadonlari namoyandalari tayinlangan. Chunonchi, bosh vazirlik
jayhoniylar, bal‘amiylar, utbiylar sulolalari orasidan chiqqan shaxslarga nasib etgani ma‘lum.
2. Moliya (kirim-chiqim) ishlari devoni. Davlatning moliyaviy ishlari, sarf-xarajatlariga oid
hisob-kitob ishlari bilan shug‗ullangan.
3. Davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish devoni. Bu maxsus devon sanalib, uning
xizmatchilari davlat ahamiyatiga molik barcha hujjatlarni tayyorlab berganlar. Bundan tashqari
mazkur devonga diplomatik tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish kabi vazifa ham yuklatib
kelingan.
4. Soqchilar boshlig‗i devoni. Ushbu muassasa maxsus saralangan harbiy qismlarga
boshchilik qilib, ularning tayyorgarligi, tartib-intizomi, oziq-ovqati, umuman, xо‗jalik ta‘minoti,
maoshi masalalari bilan shug‗ullanib kelgan. Masalan, maosh bir yilda tо‗rt marta — har uch oyda
tо‗lab turilar ekan.
5. Xat-xabarlar mutasaddisi devoni dargoh, hukumat, mahalliy hokimiyat bilan bog‗liq
xabardorlik ishlari bilan mashg‗ul bо‗lib, poytaxtda qabul qilingan muhim qarorlar, hujjatlar va
boshqa rasmiy kо‗rsatmalarni viloyatlar, shaharlarga yetkazish hamda joylardagi shu qabildagi
ma‘lumotlarni markazga yetkazib berish kabi tadbirlar bilan band bо‗lgan. Shu bilan birga mazkur
devonning joylardagi bо‗limlari mahalliy davlat idoralari, hokimlar faoliyati haqida haqqoniy
ma‘lumotlarni tо‗plab, tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri dargohga yuborish imkoniga ham ega bо‗lganlar. Shu
tariqa oliy hukmdor joylardagi bor ahvoldan voqif bо‗lib turgan va tegishli choralar kо‗rgan.
6. Saroy ish boshqaruvchisi devoni. Dargoh ta‘minoti bilan bog‗liq sarf-xarajatlar ustidan
nazorat olib borish shu devonga yuklatilgan.
7. Davlat mulklari devoni hukmdor sulolaga tegishli mol-mulk boshqaruvi, nazorati, hisob-
kitobi bilan shug‗ullangan.
8. Muxtasib devoni jamiyat va davlat hayotida muhim о‗rin egallab kelgan xizmatlar
sirasiga kirgan. Uning xizmatchilari qiladigan asosiy ish shahar va qishloqlarda, kо‗cha va
bozorlarda tartibni nazorat qilish, diniy marosimlarni amalga oshirishda chegaradan chiq-maslikni
ta‘minlash, savdo-sotiq ishlarida xaridorlarga xiyonat qilmaslik, mahsulotlar sifatini qat‘iy
kо‗rsatilgan darajada tutishni tekshirish, narx-navoni belgilangan miqdordan (ayniqsa gо‗sht, non
kabi birlamchi ozuqalarga) oshirmaslikni nazorat qilishdan iborat bо‗lgan. Bunday mas‘uliyatli
vazifaga kо‗pchilikning e‘tiborini qozongan, hammaga birday turadigan kishilar tayinlangan.
9. Vaqflar devoni, ya‘ni turli yо‗llar bilan diniy muassasalar ixtiyoriga о‗tkazilgan mol-
mulk, yer-suv ishlari bilan shug‗ullanuvchi vazirlik.
10. Qozilik ishlari devoniga qozilarning faoliya-tini nazorat qilish yuklatilgan. Ba‘zi
hollarda, ya‘ni ishi qoziga oshirilganlar orasida yuqori lavozimda ishlaydiganlar bо‗lsa, qozilik
qilishni oliy hukmdorning shaxsan о‗zi, yo uning tarafidan tayinlangan hukmdor sulola vakili
amalga oshirgan. Bundan maqsad martabadorlarning qozilarga tazyiq qilishlariga yо‗l qо‗ymaslik
bо‗lgan, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: |