O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/149
Sana21.06.2022
Hajmi3,91 Mb.
#689117
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149
Bog'liq
i4ucFmwV hVui-qLDImZJlmNlrfGcfGU (1)

Tayanch sо„zlar:

termin, soha terminlari, determinlashish, morfologik usul, sintaktik usul, 
semantik usul. 
Bilib oling! 
Sohaviy terminlarning qо„llanish xususiyatlari 
О‗zbek tilida hozirgi ilmiy-texnikaviy terminologiya keng qamrovda о‗z aksini topgan. 
О‗zbek adabiy tilining ajralmas bо‗lagi hisoblanmish terminologiya hozirgi о‗zbek tilshunosligi 
fanining о‗ta shahdam va dinamik tarzda taraqqiy etayotgan kategoriyalardan biri bо‗lib, til lug‗at 
boyligining muttasil о‗sib hamda kengayib borishida tuganmas manba rolini bajaradi. О‗zbek tili 
ilmiy terminologiyasida terminlarning uch turi farqlanadi (Begmatov 1988; 140): 1) tarixiy-


49 
 
an‘anaviy terminlar. Bu turga taalluqli sо‗zlar juda qadimdan termin vazifasida qо‗llanib keladi 
va о‗zbek terminologiyasining о‗zagini tashkil qiladi. Masalan, 
tо‗siq, yulduz, soliq, kirim, pul, 
oldi-sotti, sо‗roq, tomir, oqsillar, isitma
singari kо‗pgina terminlar shular sirasidandir; 2) 
terminologik tizimning boyishiga bois bо‗lgan nisbatan yangi termin-о‗zlashmalar: 
skaner, sayt, 
karate, Internet auksion, tomografiya, spektr, respirator, psixolingvistika, pragmatika, 
lingvokulturologiya, semema, parodontoz, bakteriya, videotelefon, katapulta, radiolokator, 
tatami, pley-off
va h.k.; 3) о‗zbek tili sо‗z yasovchi qoliplari negizida hosil qilingan terminlarni 
ikki guruhga taqsimlash mumkin: a) ona tili materiallari negizida paydo bо‗lgan terminlar: 
bog‗lovchi, tо‗ldiruvchi, kesim, tenglik, qayta saylov, tо‗lov, boshqaruv, bо‗g‗ilish, titrash, 
boshqarma, yasama, qо‗nish, qurilma, kо‗chish, ikkilamchi bozor, qо‗shimcha qiymat solig‗i
), 
terma jamoa
va h.k.; b) о‗zlashmalar ishtirokida yuzaga kelgan terminlar: 
raketaeltgich, 
avtomobilsozlik, 
eshelonlashtirish, 
shturmchi, 
shifrlash, 
fotohujjat, 
kompyutirlashtirish, kateterlash, bombaqidirgich, dzyudochi
va h.k. Shubhasiz, о‗zbek 
terminologiyasi ilmiy-texnikaviy inqilob davri deb nom olgan XX asrda ham miqdor, ham sifat 
tomondan jiddiy о‗zgarishlarni boshidan kechirdi. Bunday о‗zgarishlar intralingvistik va 
ekstralingvistik omillar ta‘siri ostida umumо‗zbek adabiy tilida sodir bо‗lgan jarayonlar 
yordamida aniqlanadi. Mubolag‗asiz ta‘kidlash lozimki, о‗zbek tiliga Davlat tili maqomining 
berilishi (1989) hamda О‗zbekiston Respublikasining Istiqlolni qо‗lga kiritishi (1991) ilm-fan 
tilining keng qamrovli taraqqiyotini ta‘minladi. О‗zbek tili terminologik leksikasining faollashish 
jarayoni respublikaning davlat qurilishi, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, madaniy va ma‘naviy 
taraqqiyoti, shuningdek, ijtimoiy turmushning turfa jabhalariga doir talaygina yangi hodisa va 
tushunchalarni ifodalash zaruriyati bilan chambarchas bog‗liqdir. Shu sababli hozirgi paytda о‗ta 
tezlik bilan tо‗lishib borayotgan qator terminologik tizimlarni yana ham takomillashtirish, yuqori 
bosqichga kо‗tarish о‗zbek terminologiyasi oldida turgan dolzarb, kechiktirib bо‗lmas 
masalalardan hisoblanadi. Sir emaski, har qanday tilning lug‗at tarkibi uch nisbatan mustaqil, 
ya‘ni noterminologik (mustaqil ma‘noli sо‗zlar va yordamchi sо‗zlar), umumilmiy (ilmiy soha 
vakillariga xos maxsus leksemalar) hamda terminologik (aniq terminologik tizimlarga oid maxsus 
leksemalar) qatlamdan tashkil topadi (Mol 1973; 41; Danilenko 1977; 27-20). Boshqa tillarda 
kuzatilgani kabi о‗zbek tili terminologik leksikasi asl о‗zbekcha (turkiycha), о‗zlashma 
(sug‗dcha, xitoycha, arabcha, forscha – 6 6 tojikcha, mо‗g‗ulcha, ruscha-baynalmilal), sodda, 
oddiy, barcha tomonidan kunda ishlatiladigan va azaldan qо‗llanishda bо‗lgan umum adabiy til 
sо‗z yasash modellari hamda termin yasash qoliplari asosida shakllangan. Shuni alohida urg‗ulash 
kerakki, о‗zbek tilining hozirgi soha terminologiyasi tizimida nisbatan ancha keyin yuzaga 
chiqqan terminlar safida qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski о‗zbek adabiy tilida qayd etilgan 
leksik birliklarning mavjudligi muhim ahamiyatga molikdir. Ijtimoiy-iqtisodiy va sotsial-siyosiy 
jabhalarga doir hodisa va tushunchalarni ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy 
terminologiya xalq kundalik hayotida sodir bо‗luvchi turfa voqealar bilan yaqindan bog‗langan. 
Davlatning siyosiy-ma‘muriy qurilishi, tashqi siyosiy faoliyati, ijtimoiy tuzilishi va sinfiy 
tabaqalanishi, jamiyat a‘zolariaro savdo moliyaviy munosabatlar bilan mustahkam aloqaga ega 
ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminologiya tizimidagi leksik-semantik guruhlarga kiruvchi 
termin hamda termin-birikmalar о‗zbek tili lug‗at tarkibini tо‗ldirigan va boyitgan. XI-XII 
asrlarga xos qoraxoniylar davri qо‗lyozma manbalari qarindosh turkiy tillar, chunonchi, о‗zbek, 
uyg‗ur, turkman, qozoq, qirg‗iz va h.k. tillar tarixi bilan bevosita bog‗liq. XII-XIV asrlarda 
Markaziy Osiyo va О‗rta Osiyo, Dashti Qipchoq, Volgabо‗yi, Qirim hamda mamlyuklar 
hukmronlik qilgan Misrning keng mintaqalarida turfa mazmundagi, rang-barang janrdagi 
dunyoviy va diniy turkiy yozma yodgorliklar yaratilgan va shuhrat topgan. Mazkur nodir yozma 
obidalarning tili ulkan hududa istiqomat qiluvchi turkiy xalq (о‗zbek, turkman, qozoq, qirg‗iz, 
tatar, turk, ozarbayjon va h.k.)lar adabiy tillarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etganligi 
turkologiyada isbotini topgan. Qoraxoniylar davlati, Jо‗ji ulusining sharqiy qismi, ya‘ni Xorazm 
va Chig‗atoy ulusi adabiy tillari zaminida shakllangan, hozirgi о‗zbek adabiy tilining 
о‗tmishdoshi hisoblanmish eski о‗zbek adabiy tili lisoniy xususiyatlari nuqtai nazaridan XI-XIV 
asr turkiy yozma manbalari tiliga juda yaqinligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi о‗zbek harbiy 



Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish