O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/149
Sana21.06.2022
Hajmi3,91 Mb.
#689117
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149
Bog'liq
i4ucFmwV hVui-qLDImZJlmNlrfGcfGU (1)

3-topshiriq

Berilgan matnni o„qing, sohaviy terminlarni aniqlang, qaysi sohaga 
tegishliligini ayting va sohaviy terminlarning mazmun-mohyatini tushuntiring
 
Samoniylar tarixi 
X asr davomida siyosiy boshboshdoqlik avjga chiqib markaziy hokimiyat mavqeiga putur 
yetadi. «Daraxtning bо‗shini qurt yeydi» deganlaridek, somoniylar zarbining pasayishi mintaqaning 
Yettisuv va Koshg‗ar qismida boshqa bir siyosiy sulola — qoraxoniylarning kuchayib borishi bilan 
bir vaqgga tо‗g‗ri kelgandi. Natijada X asr oxirida hokimiyat ularning qо‗liga о‗tadi. Krraxoniylar 
mintaqaning Yettisuv, Koshg‗ar, Movarounnahr kabi qismlari ustidan hukm-ronlik qila 
boshlaydilar. Xuroson, G‗azna kabi viloyatlar esa xuddi shu davrdan boshlab mintaqada yetishib 
chiqqan yana bir siyosiy sulola — g‗aznaviylar tobeligiga о‗tgan edi. 


55 
 
Ta‘kidlaganimizdek, Ismoil о‗z davri uchun ilg‗or hisoblanmish markazlashgan boshqaruv 
tizimini jo-riy etishga muvaffaq bо‗lgan. Bu tizim asosini oliy hukmdor dargohi (saroyi) va 
devonlar (vazirliklar) majmui tashkil etgan. Oliy hukmdor amir unvoniga ega edi. Shuning uchun 
manbalarda Amir Ismoil, Amir Ahmad kabi ta‘kidlarni uchratish mumkin. Oliy hukmdor 
hukmlarining ijrosi horis amiriga yuklatilgan. Dargoh hamda boshqa qator muhim davlat 
idoralarining xavfsizligini amalga oshirish xizmatini bosh hojib va uning xodimlari olib borganlar. 
Dargohning xо‗jalik yumushlari bilan bog‗liq faoliyat vakil tomonidan boshqarilgan. Bundan 
tashqari dargohda dastur-xonchi, eshikog‗asi, sharbatdor kabi xizmatlar ham bо‗lgan. 
Devonlar (vazirliklar) boshqaruviga kelsak, ularning umumiy soni 10 ta bо‗lib, poytaxt 
Buxoroda har biri uchun alohida binolar qurib berilgandi. Quyida devonlar haqida batafsil 
ma‘lumotlar keltiriladi. 
1. Bosh vazir devoni. Butun ijroiya hokimiyati hamda qolgan tо‗qqiz devon ustidan 
rahbarlik va nazorat xuddi shu vazirlik tomonidan amalga oshirilgan. Somoniylar davrida ushbu 
lavozimga zamonaning atoqli xonadonlari namoyandalari tayinlangan. Chunonchi, bosh vazirlik 
jayhoniylar, bal‘amiylar, utbiylar sulolalari orasidan chiqqan shaxslarga nasib etgani ma‘lum. 
2. Moliya (kirim-chiqim) ishlari devoni. Davlatning moliyaviy ishlari, sarf-xarajatlariga oid 
hisob-kitob ishlari bilan shug‗ullangan. 
3. Davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish devoni. Bu maxsus devon sanalib, uning 
xizmatchilari davlat ahamiyatiga molik barcha hujjatlarni tayyorlab berganlar. Bundan tashqari 
mazkur devonga diplomatik tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish kabi vazifa ham yuklatib 
kelingan. 
4. Soqchilar boshlig‗i devoni. Ushbu muassasa maxsus saralangan harbiy qismlarga 
boshchilik qilib, ularning tayyorgarligi, tartib-intizomi, oziq-ovqati, umuman, xо‗jalik ta‘minoti, 
maoshi masalalari bilan shug‗ullanib kelgan. Masalan, maosh bir yilda tо‗rt marta — har uch oyda 
tо‗lab turilar ekan. 
5. Xat-xabarlar mutasaddisi devoni dargoh, hukumat, mahalliy hokimiyat bilan bog‗liq 
xabardorlik ishlari bilan mashg‗ul bо‗lib, poytaxtda qabul qilingan muhim qarorlar, hujjatlar va 
boshqa rasmiy kо‗rsatmalarni viloyatlar, shaharlarga yetkazish hamda joylardagi shu qabildagi 
ma‘lumotlarni markazga yetkazib berish kabi tadbirlar bilan band bо‗lgan. Shu bilan birga mazkur 
devonning joylardagi bо‗limlari mahalliy davlat idoralari, hokimlar faoliyati haqida haqqoniy 
ma‘lumotlarni tо‗plab, tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri dargohga yuborish imkoniga ham ega bо‗lganlar. Shu 
tariqa oliy hukmdor joylardagi bor ahvoldan voqif bо‗lib turgan va tegishli choralar kо‗rgan. 
6. Saroy ish boshqaruvchisi devoni. Dargoh ta‘minoti bilan bog‗liq sarf-xarajatlar ustidan 
nazorat olib borish shu devonga yuklatilgan. 
7. Davlat mulklari devoni hukmdor sulolaga tegishli mol-mulk boshqaruvi, nazorati, hisob-
kitobi bilan shug‗ullangan. 
8. Muxtasib devoni jamiyat va davlat hayotida muhim о‗rin egallab kelgan xizmatlar 
sirasiga kirgan. Uning xizmatchilari qiladigan asosiy ish shahar va qishloqlarda, kо‗cha va 
bozorlarda tartibni nazorat qilish, diniy marosimlarni amalga oshirishda chegaradan chiq-maslikni 
ta‘minlash, savdo-sotiq ishlarida xaridorlarga xiyonat qilmaslik, mahsulotlar sifatini qat‘iy 
kо‗rsatilgan darajada tutishni tekshirish, narx-navoni belgilangan miqdordan (ayniqsa gо‗sht, non 
kabi birlamchi ozuqalarga) oshirmaslikni nazorat qilishdan iborat bо‗lgan. Bunday mas‘uliyatli 
vazifaga kо‗pchilikning e‘tiborini qozongan, hammaga birday turadigan kishilar tayinlangan. 
9. Vaqflar devoni, ya‘ni turli yо‗llar bilan diniy muassasalar ixtiyoriga о‗tkazilgan mol-
mulk, yer-suv ishlari bilan shug‗ullanuvchi vazirlik. 
10. Qozilik ishlari devoniga qozilarning faoliya-tini nazorat qilish yuklatilgan. Ba‘zi 
hollarda, ya‘ni ishi qoziga oshirilganlar orasida yuqori lavozimda ishlaydiganlar bо‗lsa, qozilik 
qilishni oliy hukmdorning shaxsan о‗zi, yo uning tarafidan tayinlangan hukmdor sulola vakili 
amalga oshirgan. Bundan maqsad martabadorlarning qozilarga tazyiq qilishlariga yо‗l qо‗ymaslik 
bо‗lgan, albatta. 



Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish