105
Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib
yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi maqsadning tezroq amalga oshishiga xizmat
qiladi.
Ariza, asosan, qо‗lda yoziladi va mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga kо‗ra
arizalar bir xil emas: u bir necha sо‗zdan iborat bо‗lishi, masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar
bildirilgan xat tarzida bо‗lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab
turlarga ajratiladi. murakkab ariza matni katta bо‗lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin.
Aksar hollarda arizalar shaxsiy xususiyatga egadir. shuningdek, xizmat arizalari ham bо‗ladi.
Xizmat arizasi – fuqarolar yoki tashkilotlarningо‗z huquqlarini amalga oshirish yoki
manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir. Da‘vo arizalari ana shunday
arizalardandir. iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettiruvchi arizalarga
hamda da‘vo arizalariga nisbatan kо‗p qо‗llanadi.
Bayonnoma.
Turli yig‗ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis
qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy
hujjat. U voqelikning о‗rni, vaqti va holati haqida ma‘lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning
tо‗g‗ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Doimiy ish kо‗ruvchi organlar (ilmiy kengash, hayat va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish
kо‗ruvchi organlar (konferensiyalar, yig‗ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatlarida, albatta,
bayonnoma yozilishi kerak. Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan
biridir. bayonnoma turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Vaqtinchalik ish kо‗ruvchi organlar majlislarida esa yig‗ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu
ishni bajaradi. Bayonnomada о‗z aksini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun mas‘uliyat va
javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Bayonnoma yozib olinishiga kо‗ra, qisqa, tо‗liq, stenografik, fonografik, konspektiv
shakllarda bо‗lishi mumkin.
Qisqa bayonnomada faqatgina kun tartibi, ma‘ruzachi va muzokarada qatnashuvchilar
familiyasi va qabul qilingan qaror kо‗rsatiladi. Ularda ma‘ruzalar mazmuni batafsil bayon
qilinmaydi. Bunday bayonnomalar masalaning muhokama qilinishi haqida tо‗liq tasavvur bera
olmaydi. Shu nuqtai nazardan yig‗ilishda sо‗zga chiqqan barcha qatnashchilarning bayon qilgan fikr
va mulohazalarini qamrab olgan tо‗liq majlis bayonnomasi afzaldir. Majlis bayonnomasining tо‗liq
shakli faqat yig‗ilish xususida emas, balki о‗sha jamoaning faoliyati tо‗g‗risida ham fikr yuritishga
imkoniyat beradi.
Yig‗ilish stenografiya usulida (stenografik) yoki magnitofon yordamida yozib olinayotgan
(fonografik) bо‗lsa, qisqa bayonnoma tuzilib, stenogramma rais va kotib tomonidan imzolanadi va
asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
Muassasa nomi.
2. Sarlavha (bamaslahat ish kо‗ruvchi organ yoki yig‗ilishning nomi).
3. Hujjatning nomi (bayonnoma).
4. Yig‗ilish sanasi.
5. Shartli raqami.
6. Yig‗ilish joyi.
7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bо‗lsa).
8. Yig‗ilish raisi va kotibining familiyasi.
9. Matn:
a) qatnashuvchilar rо‗yxati yoki soni;
b) kun tartibi;
v) eshitildi;
g) sо‗zga chiqdilar;
d) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bо‗lsa).
11. Imzolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |