O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 236,5 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2022
Hajmi236,5 Kb.
#530163
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi lotin

Birinchi guruh – Qur’oni Karim va hadislar normalari. Ushbu guruhga mansub normalar eng ishonchli, haqiqiy normalar sifatida qaraladi.
Ikkinchi guruh – ijmo‘ hamda qiyos normalaridir.
Musulmon huquqida normalarning mazmuni, ya’ni ifodalanish shakliga ko‘ra insonning u yoki bu harakatini baholashga qaratilgan normalarni quyidagi beshta turga ajratish qabul qilingan: majburiy; tavsiya etuvchi; ruxsat beruvchi; tanbeh beruvchi; (biror hatti-harakatni qilishdan qaytaruvchi normalar); taqiqlovchi.
Arab xalifaligida aholi tabaqa mansubligiga qarab toifalarga ajratilmagan. Chunki shaxs huquqiy holati uning diniy e’tiqodiga qarab belgilangan. Shariat bo‘yicha faqat musulmonlargina to‘la fuqarolik huquqiy maqomiga ega bo‘lgan. Masixiy (xristian) yoki yaxudiy diniga e’tiqod qiluvchi shaxslar jamiyatda ancha past mavqega ega bo‘lib, ular davlatga og‘ir soliqlar to‘lashga majbur bo‘lganlar. Shariat normalari ularga nisbatan jinoyat sodir qilganda yoki musulmonlar bilan shartnoma (bitim) tuzgan hollardagina qo‘llanilgan. Feodal munosabatlarning rivojlanishi qullar huquqiy maqomiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ular shariat bo‘yicha huquq subyekti hisoblanmagan, ammo xo‘jalarning roziligi bilan ular mulk orttirishi va savdo faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan.
Musulmon huquqshunosligida fuqarolarning huquqiy layoqati, va rasmiy muomala huquqiga ega bo‘lish va o‘z xatti-harakati uchun qonun oldida javobgarlik masalasi mukammal ishlab chiqilgan. Balog‘at yoshiga yetgan va aqliy sog‘lom bo‘lgan shaxslarga to‘la ma’nodagi fuqarolik huquqi va muomala layoqati maqomi berilgan. Balog‘atga yetganlik to‘g‘risidagi xulosa chiqarish va belgilash har biri alohida hollarda qozilar ixtiyoriga berilgan. Balog‘at yoshiga yetmagan, aqlan zaif, mastlik holatida bo‘lgan shaxslar uchun huquqiy layoqatning cheklab qo‘yilishi tushunchasi ham aniq aks ettirilgan.
Shariatda ashyo va turli xildagi mulkiy munosabatlarga tegishli normalar ham muhim o‘rin tutadi. Musulmonlar alohida turdagi ba’zi narsalarga mulkiy egalik qilish huquqidan mahrum etilgan. Bular: havo, dengiz, sahro, masjid va shunga o‘xshashlar. Bundan tashqari, musulmonlar uchun harom hisoblangan may, cho‘chqa go‘shti, islom aqidalariga zid kelgan kitoblar va boshqalar ham taqiqlangan. Bunday harom narsalar zabt etish paytlarida tag tomiri bilan quritib yuborishga harakat qilingan.
Mulkchilikning yerga egalik qilishning munosabatlariga ham katta e’tibor berilgan. Davlat mulki alohida guruhlarga ajratilgan. Xususiy yerlar, tashlandiq yerlar, yaroqsiz maydonlar va boshqalar shular jumlasidandir.
Shariatda mulkchilik huquqi va uning vujudga kelishi usullari mukammal tarzda aks ettirilgan. Ammo, ularning ba’zilari haqida alohida mazhablarda turli fikrlar mavjud bo‘lgan. Zabt etilgan yerlar umumiy qoidaga muvofiq davlat mulki sifatida qaralib, xalifalar va amirlar ixtiyoriga o‘tgan. Dushman qo‘lidan kuch vositasida olib qo‘yilgan mulklar bir necha turlarga bo‘lingan. Birinchisi, qo‘lga kiritgan shaxslar mulkiga aylangan, ikkinchisi, davlat ixtiyoriga topshirilgan, uchinchi turi, masjidlar va shu qabilar ixtiyoriga berilgan. Mulkka egalik qilishning yana quyidagi turlari ham keng tarqalgan: vorislik; shartnoma va tanib olingan ashyolar.
Arab xalifaligida tarkib topgan mulkchilik munosabatlari izchil rejalashtirilgan va shariat normalari yordamida himoya qilingan. Xususiy mulkchilik huquqi Olloh tomonidan berilgan inoyat hisoblangan, unga doimiy va cheklanmagan, mutloq va mustahkam deb qaralgan. Arab xalifaligida feodal munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari yerga egalik qilishning mulkchilik huquqini tartibga soluvchi shariat normalarida o‘z aksini topgan. Ummaviylar (661–750-y.) sulolasi davrida yerning asosiy qismi davlat yoki boshqa jamoalar mulki xisoblangan. Shu bilan bir qatorda musulmon jamoalarining ilk hududlarini tashkil qiluvchi yerlar (Makka va unga tutash yerlar) – xijoz alohida huquqiy maqomga ega edi. Bu yerlarda faqat musulmonlar o‘rnashishi mumkin edi. Abbosiylar hukmronligi davrida yerga egalik qilishning harbiy va iqta shakllari ham tarqalgan. Iqta yer egalari o‘z qo‘li ostidagi yerlarda yashovchi aholidan o‘z hisobiga soliq undirgan. Vaqt o‘tishi bilan iqta yerlari nasldan naslga o‘ta boshladi. Natijada u o‘z xususiyati bilan mohiyat jihatidan xususiy mulkchilik huquqi asosida belgilangan yerlarga yaqinlashib qolgan.
Mulkiy munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan shariatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri vaqfdir. Bunday mulklar mulkdor tomonidan o‘z xohishi bilan biror diniy muassasaga yoki xayrehson tarzida berilgan. Vaqf yerlari har qanday davlat soliqlaridan ozod etilgan.
Shariatda rim huquqidan farqli o‘laroq majburiyatlar haqida umumiy ta’limot mavjud bo‘lmagan. Lekin shartnoma huquqining asosiy masalalari har tomonlama ishlab chiqildi. Majburiyatlar muddatli va muddatsiz, jazoli va jazosiz, ikki tomonlama va bir tomonlamaga bo‘lingan. Arab jamiyati uchun ayniqsa alohida xususiyatga ega bo‘lgan o‘ziga xos bir tomonlama majburiyatlar, nazr (ahd) keng tarqalgan. Shariat bo‘yicha shartnoma ikki tarafning o‘zaro roziligi natijasida vujudga keladigan aloqa hisoblanib, mulkchilikning tengsizlik sharoitlarida yaqqol rasmiy xususiyatga ega bo‘lgan. Bitim shartlari rasmiy va og‘zaki tarzda ifoda etilgan. Shartlar bajarilishi qat’iy belgilangan bo‘lib, o‘z navbatida muqaddas hisoblangan. Shariatda bitim va shartnomalarning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular: oldi-sotdi, ijara, qarz, tuhfa, yuk, hamkorlik, ittifoq va boshqalardan iborat bo‘lgan. Bularning hammasiga alohida-alohida tarzda o‘zaro yuridik munosabatlarning ko‘rinishi sifatida qaralgan.
Shariat va islom dini uylanmaslik, bo‘ydoqlikka salbiy holat sifatida qaraydi, nikoh esa diniy majburiyat hisoblanadi. Oila va nikoh masalasi nihoyatda mukammal ishlab chiqilgan. Majburiyatlar jiddiy va o‘ta mas’uliyat bilan izchil ifoda etilgan, uning juz’iy jihatlariga ham e’tibor bilan yondashilgan.
Shariatda nikohning bekor qilinishi sabablari va uning tartib-qoida hamda rasm-rusumlari mufassal ifoda etilgan. Shariatda o‘z tartibi va huquqiy oqibatlari jihatidan taloqning bir necha turlari mavjud bo‘lgan. Jumladan, uzil-kesil bo‘lmagan taloq turi ham bo‘lib, u o‘ziga xos sinov muddatini o‘tashi lozim bo‘lgan. Nikoh va nikohning bekor qilinishi «Hidoya» va boshqa musulmon huquqi manbalarida batafsil bayon etilgan. Bu murakkab va mufassal jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Qur’onda (2 bob, 237 oyat) erkak xotinini taloq qo‘ygan holda shariat taqozosi bo‘yicha unga muayyan mulk va ashyo ajratib berishi lozim bo‘lgan. Ayol eridan ajrashishi uchun asosli dalillar ko‘rsatishi va faqat qozi orqaligina bu ishni amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Ammo buning shartlari qat’iy belgilab qo‘yilgan, masalan: er jismoniy nuqsonga molik bo‘lsa, xotini bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lsa, yoki uning hayot kechirishi uchun yetarli sharoit yaratib bera olmasa va hokazo.
Vorislik huquqi nihoyatda murakkab va muammoli bo‘lib, alohida mazhablarda bir-biridan keskin farq qilgan. Vorislik asosan ikki yo‘l, qonuniy va vasiyat qilish yo‘llari bilan amalga oshirilgan.
Jinoyat va jazoga tegishli normalar musulmon huquqida eng sust ishlab chiqilgan holatlar hisoblanadi. Asosiy jinoyatlar va ularga mo‘ljallangan jazolar bevosita shariatning asosiy manbalariga taalluqli. Eng avvalo, Muhammad payg‘ambarimiz xatti-harakatlari va shakllaridan kelib chiqib jazo ko‘lami belgilangan va jinoyatning og‘ir-yengilligi aniqlangan.
Shariat qonunlarini mensimaslik davlat a’yonlari tomonidan o‘ta xavfli jinoyatlar hisoblanib, xudoga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar deb tan olingan va bu turdagi jinoyatlar afv etilmagan. Islom dinidan qaytganlar o‘lim jazosiga hukm qilingan va mol-mulki musodara etilgan. Davlat boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar, qo‘zg‘olonlar va hokimiyatga qarshilik ko‘rsatish harakatlari ham shafqatsiz jazolangan. Yana shunday jinoyatlar turkumiga, og‘ir diniy gunoh deb hisoblangan talonchilik (talonchilik maqsadida qilingan qurolli tajovuz), o‘g‘irlik, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, fahsh ishlari bilan shug‘ullanish ham kirgan.
Ayrim jinoyatlar turkumi uchun urug‘-qabila tuzumi urf-odatlaridan kelib chiqqan holda gunohkorni bevosita jabrlanuvchi tomonidan jazolashga yo‘l qo‘yilgan. Bunda qonli qasos kelib chiqqan, qotil tovon to‘lash evaziga qutulib qolish imkoniyati ham shariatda ko‘zda tutilgan.
O‘g‘irlik paytida qo‘lga tushgan o‘g‘rini o‘ldirish jinoyat hisoblanmagan. Agar aybdor bexosdan tan jarohati yetkazgan bo‘lsa, faqat tovon to‘lash bilangina cheklanilgan.
Shariat bo‘yicha qasos olish, qonga-qon, jonga-jon qonuni mustahkamlangan va unga yo‘l berilgan. Narsa yoki pul bilan bunday jazodan qutulish choralari ham belgilangan. Ushbu usul agar jabrlanuvchining qarindosh urug‘lari jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida rozi bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilgan (tovon miqdori 100 ta tuya yoki 1000 dinordan iborat bo‘lgan). Shariatda og‘ir jinoyatlar uchun shafqatsiz jazo turlari ham belgilangan.
Keyingi davrlarda sinfiy munosabatlarning taraqqiy topishi va feodal jamoat tartibini mustahkamlash uchun yengil tan jarohati, beboshlik, poraxo‘rlik, qimor o‘yinlari va shu qabilar jinoiy xatti-harakatlar sifatida qaralib, sud muhokamasi vositasida jazoga mahkum etila boshladi.
Qator jinoyatlar uchun belgilanadigan o‘lim jazosi osish yoki tanani nimtalash yo‘li bilan ommaviy ravishda, ya’ni omma ko‘z oldida amalga oshirilib, so‘ngra o‘lik tana xalqning ommaviy g‘azabiga havola qilingan. Suvda cho‘ktirish yoki tiriklayin ko‘mish jazo turlari ham mavjud bo‘lgan. Tana va tana a’zolariga jarohat yetkazish bilan jazolash usuli ham keng tarqalgan. Qo‘lni kesish, savalash, toshbo‘ron qilish, ko‘zga tortish va boshqalar shular jumlasidandir. Qamoqda saqlash Arab xalifaligida odatda sudgacha bo‘lgan vaqtda amal qilgan. Asta-sekin jazo shakliga kirib borgan va undan umrbod qamoq jazosiga hukm qilishda foydalanilgan.
Musulmon huquqida sharmanda qilish usuli bilan jazolash turlari ham mavjud bo‘lgan. Bularga: soqolini kesib qo‘yish, salla o‘rash huquqidan mahrum qilish, o‘lkamiz hududida mavjud bo‘lgan jazolash turlaridan biri eshakka teskari mindirish kabi boshqa tahqirlash tanbehlari ham mavjud bo‘lgan. Jamiyat uchun unchalik xavfli bo‘lmagan kichik jinoyatlar uchun badarg‘a qilish jazosi ham qo‘llangan.
Arab xalifaligi davlati va huquqini o‘rganish asnosida uning keyingi davrlardagi holatiga to‘xtalib o‘tish lozim. Musulmon huquqi o‘zining murakkabligi, serqirraligi, manbalari ko‘pligi, turli yo‘nalishdagi huquq maktablarining mavjudligi bilan boshqa huquqiy tizimlardan farq qiladi. Musulmon huquqining O‘zbekiston hududida yoyilishi, mamlakat hayotida mustahkam o‘rin egallashi xalifalikning mintaqada olib borgan siyosati, islom dinini yoyish borasidagi sa’yharakati bilan uzviy bog‘liq.
Movarounnahrdan yetishib chiqqan huquqshunos olimlar musulmon huquqi nazariyasi va amaliyoti rivojiga katta hissa qo‘shganlar. Ularning samarali faoliyati tufayli musulmon huquqining turli soha va institutlariga oid asarlarning yaratilishi uning nazariy zaminini mustahkamladi.

Xulosa
Aytish joizki, arab xalifaligining dastlabkli davrida “Roshid xalifalar” degan nomni olgan to‘rt sahoba - Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhular islom ummatining Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyingi eng yaxshi va afzal namoyandalaridir. Shuningdek, ular Nabiy sollallohu alayhi vasallamning eng yaqin sahobalaridir. Bu to‘rt buyuk sahobalar ismlari zikr qilingan tartibda musulmon ummatiga rahbarlik qilganlar.
Ushbu roshid xalifalar musulmon ummatiga rahbarlik qilgan muddat salkam o‘ttiz yilni o‘z ichiga oladi. Bu muddat xalifalarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yo‘llaridan adashmasdan, hech qayoqqa burilmasdan, izma-iz borishlari bilan ajralib turadi. Bu davrda musulmon olamida Alloh taolo O‘z bandalariga rozi bo‘lgan to‘g‘ri yo‘ldan yurildi. Ushbu muddatda Islom hukmining eng to‘g‘ri surati gavdalanib, u har bir hokimning ikki dunyo saodatini istagan kishilarga o‘rnak bo‘lishi uchun namoyon bo‘ldi.
Ana o‘shanda musulmonlarga mukammal saodat va baxtiyor hayot ta’minlanishi va’da qilindi. Ushbu muddatda Islom tamadduni o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Bunda aqidaga ergashuvchi insoniy tamaddun va insonning saodatini yuzaga chiqarish uchun harakat qiladigan tamaddun ko‘zda tutiladi. Ana shu muddatda kishilar tugal saodatga, tenglikka, adolatga, omonlikka, xotirjamlik va asosiy ehtiyojlarining qondirilishiga erishdilar.
Birinchi marta fitnachilar Hazrati Usmon roziyallohu anhuning qonlari va mollarini o’zlariga halol hisoblab, u kishini o’ldirib, mollarini talashdi. Ana shu nobakorlik oqibatida ishlar rivoj topib, “Tuya hodisasi”da, Siffinda bir necha o’n minglab kishi halok bo’ldi. Xorijiylar bilan bo’lgan alohida hodisalarni qo’shadigan bo’lsak, bu hisob yana ham ortadi. Bir tanu bir jon bo’lib, dunyo xalqlarini birin-ketin bandalarning bandalarga sig’inishidan Allohning ibodatiga, noto‘g‘ri dinlarning jabridan Islomning adolatiga, dunyo torligidan oxirat kengligiga, johiliyat zulmatlaridan Islom nuriga chiqarayotgan ummat bir-birini Robbiga ibodat qilishdan chiqarish, bir-biriga jabr qilish, Islomning kengligidan ixtilof torligiga, Islom nuridan jaholat zulmatiga o’ta boshladi. Ushbu hodisalar tufayli musulmon ummatining yetakchi kuchi bo’lmish sahobai kiromlarning ko’pchiligi nobud bo’ldilar. Ularning ma’naviy kuchlariga futur yetdi. Ushbu hodisalar tufayli musulmon ummati boshiga tushgan musibatlarni birma-bir sanab chiqish nihoyatda og’ir ish. Shuning uchun bu borada gapni qisqa qilganimiz ma’qul. Endi ijozatingiz bilan mazkur hodisalarga baho berish haqida bir necha og’iz so’z. Bu hodisalar bo’lib turgan vaqtlarning o’zidayoq ularga baxo berish boshlangan. Unda har bir tomon o’zini haq, o’zgani nohaq deb bilgan. Tarafkashlik bo’lib turgan joyda bundan boshqa narsa bo’lishi mumkin ham emas. Ammo mazkur hodisalarga baho berish ular bo’lib o’tganidan keyin nihoyatda avj olgani kutilmagan hol. Ushbu hodisalar bo’lib o’tgandan keyin turli sabablarga ko’ra ularni baholash, “Kim nima qilgan-u, kim nima qilmagan, aslida nima qilish kerak edi?” kabi mavzularda munozaralar qizib ketgan. Bu borada har kim o’sha to’palonlar yuz bergan vaqtdagi har bir harakat, har bir og’iz so’zdan o’z fikrini qo’llashga, o’zganing fikrini rad qilishga dalil izlagan. Tarafkashlik va nizo olovida qizib ketib, dalil topa olmay qolgan paytlarda o’zidan qo’shib yuborishlar bo’lmaganiga esa hech kim kafolat bera olmaydi. Tarafkashlik avj olgan joyda har kim o’zining haq ekanini isbot qilishga urinib, o’zida bo’lmagan yaxshi sifatlarni bemalol da’vo qilganidek, o’zida bo’lgan salbiy sifatlarni taraddudsiz inkor etadi. Shu bilan bir vaqtda, qarshi tarafning barcha yaxshiliklarini inkor etgan holda, barcha yomonliklarni unga ag’daradi. Mana shu jarayonda nima bo’lsa bo’ladi. Islom ummati yolg’on nima ekanini bilmas edi. Ammo fitnachilar o’z qilmishlarini xaspo’shlash, odamlarni ortlaridan ergashtirish maqsadida bu ummat ichiga “yolg’on” degan illatni olib kirishdi. Jumladan, ular: “Bizga Alidan xat keldi” “Bizga Oishadan xat keldi”, “Bizga falonchidan xabar keldi”, “U debdi”, “Bu debdi” degan yolg’onlarni ham tarqatishgan edi. Fitnachilar mazkur mash’um hodisalar o’tib ketganidan keyin ham o’z tarafini olib, o’zgani tanqid qilishda davom etaverishdi. Bu narsalar asta-sekin avj ola boshladi. Tarafkashlikda uchiga chiqqan tomonlar esa o’z gaplarini tasdiqlash uchun oyat va hadislarni nohaq ta’vil qilganlari yetmagandek, yolg’onlar to’qib, hatto ularga hadis sifatini berishgacha yetib borishdi.
Ammo mas’ul kishilar, ulamolar bu nobakorlikni darhol bo’g’ib tashlash yo’liga o’tdilar. Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamga oid barcha rivoyatlar yaxshilab himoya qilindi. Hadislarning darajalarini aniqlashning mustahkam qoidalari ishlab chiqildi. Bu borada fitnachilarning fitnasi o’tmadi. O’sha paytlarda bo’lib o’tgan hodisalar haqidagi rivoyatlar to’plandi. Ammo ularni saralash va yaroqsizini tashlab yuborish ishlari qilinmadi. Bu narsa ayniqsa hukmdorlik uchun o’zaro ko’rash olib borgan toifalarga qo’l keldi. Ulamolarimiz va musulmonlar jumhuri bu ishda g’oyatda talabchan bo’lgani sababli bu haqda har bir musulmon shaxs e’tiqod qilishi lozim bo’lgan narsani aqida kitoblarimizga bitib ham qo’yganlar. Jumladan, ahli sunna val jamoaning eng mashhur aqida kitoblaridan biri bo’lmish “Aqidatut-Taxoviya”da quyidagilar aytiladi: “Biz ularning hammalari haqida yaxshilik bilan: “Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o’tgan birodarlarimizni mag’firat qilgin, iymon keltirganlarga nisbatan qalbimizda g’ashlik qilmagin. Robbimiz, albatta, Sen shafqatlisan, raxmlisan”, deymiz (Hashr surasi, 10-oyat). Alloh taolo bizning qo’llarimizni o’z vaqtida bo’lib o’tgan fitnadan asragan. Biz Allohdan tillarimizni ham mazkur fitnadan saqlashini so’raymiz”.

Download 236,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish