O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi


Arab xalifaligining vujudga kelishi



Download 236,5 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2022
Hajmi236,5 Kb.
#530163
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi lotin

Arab xalifaligining vujudga kelishi

1.1 Arab diyorida Islom xalifaligi tashkil topishi
Roshid xalifalar - Abu Bakr Siddiq, Umar al-Foruq;, Usmon Zunnurayn va Ali Murtazo roziyallohu anhumning davrlarida Islom tamadduni o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Ko’pchilik bu qatorga imom Hasan roziyallohu anhuning olti oylik xalifalik davrlarini ham qo’shadilar. Boshqacha qilib aytganda, hijriy 40 yilda musulmonlar tamadduni o’zining eng oliy nuqtasini zabt etgan. Ushbu gapni deyarli barcha musulmon ulamolar tasdiqlaydilar.Shayx Abul Hasan Nadaviy raxmatullohi alayh roshid xalifalar davri haqida quyidagilarni yozadi: «Islom jamiyatiga va bilvosita olamga yo’lboshchilik qilish iymon, e’tiqod, amal, axloq, tarbiya, tartib, nafs pokligi, xayot tarzining yuksakligi, komillik va mo’tadillik jihatidan har birlari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yuksak «mo’jiza»lari bo’lgan shaxslarning qo’llarida turgan edi. Ularni Nabiy sollallohu alayhi vasallam shakllantirgan va Islomning qolipiga solib qo’ygan edilar. Shuning uchun ham ularning jismlari, ko’ngil istaklari, harakatlari, rag’batlari va xoyu havaslari mutlaqo o’zlarinikiga o’xshamaydigan bo’lib qolgandi. Agar birorta odam diqqat bilan nazar solganida ham, ularning siyratlari va axloqlari orasida Islomning ruxiyatiga hamda islomiy hayotga zid keladigan hech bir kamchilikni ko’rmagan bo’lar edi. Farazan, Islom bashar timsolida namoyon bo’lganida, ularning birortalari kabi bo’lishdan nariga o’tmagan bo’lardi.
Ular yuqorida aytib o’tganimizdek, din va dunyoning hamda u ikkisining o’rtasini jamlashnin mukammal timsollari va yetuk namunalari edilar. Shu sababli ular odamlar bilan namoz o’qiydigan imomlar, ularning muammolarini yechib beradigan, ularning o’rtalarida adolat va ilm bilan hukm chiqaradigan qozilar, musulmonlarning mollari va xazinalari uchun ishonchli kishilar, mamlakatning ishlarini nazorat qiladigan va Allohning hududlarini qoim qiladigan shaxslar bo’lganlar. Ularning birlari bir paytning o’zida taqvodor shaxs va qaxramon jangchi, tushunchasi o’tkir ko’zi, mujtaxid faqih,, tadbirkor amir, usta siyosatdon edi. Bitta shaxsda ham dinu diyonat, ham siyosat o’z ifodasini topar edi. U ham bo’lsa xalifa va mo’minlarning amiri bo’lib, uning atrofida, agar ta’bir joiz bo’lsa, ana shu maktab – Payg’ambar maktabining yoki Masjidi Nabiyning bitiruvchilari bor edi. Ular bir tanu bir jon, bitta tarbiyani olgan odamlar bo’lib, xalifa ularning fikrlari bilan hisoblashar, ular bilan maslahatlashar, muhim sanalgan hech bir ishni ularning ishtirokisiz hal qilmas edi. Hatto ulardagi ruhiyat madaniyatga, hukumatdagi tuzumga, odamlarning hayoti, jamiyati va axloqlariga singib ketgan edi. Shuning uchun ruh bilan tana o’rtasida adovat, din bilan siyosat o’rtasida ko’rash, din bilan dunyo o’rtasida tafovut, prinsiplar bilan manfaatlar o’rtasida tortishuv, g’arazlar bilan axloqlar orasida chiqishmovchilik, tabaqalar orasida o’zaro qirg’inbarotlar va shaxvatlar yo’lida musobaqalashishlar yo’q edi». Shuning uchun ham ular “Roshid xalifalar” - Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning to‘g‘ri yo’ldagi o’rinbosarlari deb nomlanganlar. Ularning har birlari yer yuzida ikki oyog’i bilan yuradigan Qur’on bo’lganlar. Ularning har birlari musulmon ummatiga jonli ibrat edilar. Roshid xalifalarning asosiy qilgan ishlari - ixlos bilan insoniyatning insoniyligini ro’yobga chiqarish bo’lgan. Ularda insoniyatga yetakchilik qilish shartlari mujassam bo’lgan. Roshid xalifalar davridagi taraqqiyotning bosh omillari ro’yxati quyidagicha:
- Iymonda sodiqlik.
- Qur’oni Karim va Sunnati mutohharani jiddiyat bilan tutish va ularga ixlos bilan amal qilish.
- Alloh taoloning yo’lida sodiqdik va ixlos bilan harakat qilish.
- Ummat ma’nosini haqiqiy suratda yuzaga chiqarish.
- Rabboniy adolatni vsщelikda tatbik qilish.
- “Laa ilaaha illalloh” aqidasiga, Islom axloqiga amal qilish.
- Axdnomalarga amal qilish.
- Islomiy ilmiy harakat.
- Islomiy tamaddun harakati.
Insoniyat tarixida hech bir tamaddun Islom tamadduni kabi tez rivojlanmagan. Hech bir tamaddun atigi qirq yil ichida butun insoniyatni taajjubga soladigan darajada yutuqlarga erishmagan. Misol uchun, dunyodagi eng mashhur tamaddun hisoblangan Rum va Fors tamaddunini olib ko’raylik. Ularning rivojlanish tarixi, mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, ikki ming yil davom etgan. Oradagi farqning sababi - Islom tamadduni Xolik taoloning ta’limotlariga, mazkur ikki tamaddun esa maxluqning (bandalarning, ojiz insonning) harakatlariga asoslanganidir. Xoliq taoloning ta’limotiga asoslangan Islom tamadduni qirq yil to’xtovsiz rivojlanib, so’ng rivojlanishdan to’xtagan bo’lsa ham, u hozirgacha davom etib kelmoqda. Maxluqning harakatiga asoslangan Rum va Fors tamaddunlari esa ikki ming yil atrofida rivojlangan bo’lsa ham, zavol etganda ozgina muddatda tugab, tarix sahifasiga aylandi. Islom ummatida tamaddun cho’qqisiga tarixda misli ko’rilmagan oz muddatda - qirq yilda chiqilgan bo’lsa ham, pasayish holati sezilar-sezilmas tarzda boshlandi.
Arab xalifaligining ijtimoiy tuzumi muslimlar, zimmiylar, shaharliklar, savdogarlar, feodallar, dehqonlar, hunarmandlar, qullardan iborat bo‘lgan. Feodallar orasida aslzoda musulmon zodagonlari, ya’ni Muhammad payg‘ambar xonadoniga mansub shaxslar hamda uning izdoshlari nufuzli obro‘ga ega edilar. IX asrga kelib uning sahobalari, qarindosh-urug‘lari bir necha ming kishini tashkil etgan.
1.2 “Xulofai roshidinlar” davri xususiyatlari
Shaharlar va boshqa aholi istiqomat qiluvchi hududlar hokimlar tomonidan boshqarilgan. Ular lavozimiga noib tomonidan tayinlangan va lavozimidan ozod etilgan. Mahalliy hokimlarning bosh vazifalari soliq yig‘ish va joylarda tartibni ushlab turishdan iborat bo‘lgan. Katta shaharlarda arab harbiy qismlari joylashgan.
Markaziy boshqaruvni maxsus hukumat idoralari – devonlar amalga oshirardi. Bular orasida doimiy ravishda soni o‘sib borgan quyidagi devonlarni qayd etib o‘tish mumkin:

  • devon ul-jund (harbiy ishlar devoni) – qo‘shinni qurol-aslaha va jihozlar bilan ta’minlagan. U xalq lashkari va yollanma askarlar ro‘yxatini tuzuvchi amaldorlar hamda harbiy xizmatlar uchun belgilangan maosh hamda yer taqsimotini yuritgan va nazarot qilgan;

  • devon ul-xaraj (markaziy moliya devoni) – turli soliqlar va pul, hamda natural holda xazinaga tushadigan to‘lovlar hisobini yuritish bilan shug‘ullangan;

  • devon ul-barid (yo‘l va pochta xizmati devoni). U pochta va davlat yuklarini yetkazib berish, yo‘llar, karvon-saroylar, sardoba va quduqlar qurilishi hamda ta’mirlanishini, shuningdek ishlashini nazorat etish bilan shug‘ullangan.

Bu boshqarma markazdan joylarga va aksincha, ma’lumotlar yetkazib turishning eng tezkor va yagona tashkiloti hisoblangan. Pochta muassasasi aholi va mahalliy hokimiyatning siyosiy kayfiyati va faoliyati ustidan yashirincha nazorat olib borgan. Bu uning ahamiyatini oshirgan. Shuning uchun ham pochta amaldorlari viloyatlardagi mansabdorlarga bo‘ysunmaganlar. Maxfiy kuzatuvni nafaqat pochta xizmatchilari, balki maxsus vakolatga ega savdogarlar ham amalga oshirgan. Ba’zi manbalarda keltirilishicha, irrigatsiya qurilishlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus mahkama ham faoliyat ko‘rsatgan1.
Mahalliy boshqaruv sohasi ham ilgarigi holatida deyarli o‘zgarishsiz qoldiriladi (masalan, sobiq Vizantiya va Eron viloyatlarining mahalliy ma’muriy moliya muassasalari). Quyi boshqaruv tizimida dehqonchilik va sug‘orish ishlari umumiy tartib asosida boshqarilgan.
Xalifalik ma’muriy-hududiy jihatdan dastlab noibliklarga bo‘lingan. Abbosiylar hukmronligi davriga kelib deyarli mustaqil boshqariluvchi viloyatlarga taqsimlangan. Noibliklar xalifa oldida hisobdor bo‘lgan harbiy noib – amirlar tomonidan, viloyatlar o‘z navbatida amirlar tomonidan boshqarilgan.
Roshid xalifalar davridagi eng muhim hodisalar:
-Hijriy 11-yilda Hazrati Rasululloh, sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar.
-Hijriy 12-yilda Ridda urushlari bo’ldi.
-Hijriy 13-yilda Yarmuk jangi bo’ldi.
-Jumodul oxir oyida Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu vafot etdilar.
-Hijriy 14-yilda Damashq fath bo’ldi.
-Hijriy 15-yilda Qodisiya jangi bo’ldi.
-Hijriy 16-19-yillarda Fors yerlari fath qilindi.
-Hijriy 20-yilda Misr fath qilindi.
-Hijriy 21-yilda Naxovand jangi bo’ldi.
-Hijriy 22-23-yillarda Xuroson fath qilindi.
-Zulhijja oyida Umar ibn Xattob roziyallohu anhu shahid bo’ldilar.
-Hazrati Usmon roziyallohu anhu xalifa bo’ldilar.
-Hijriy 27-yilda Taroblus fath qilindi.
-Hijriy 28-yilda Kipr fath qilindi.
-Hijriy 31-yilda Zotus-savoriy jangi bo’lib o’tdi.
-Hijriy 32-yilda Xuroson qayta fath qilindi.
-Hijriy 36-yil zulhijja oyida Hazrati Usmon roziyallohu anhu shahid bo’ldilar.
-Hazrati Ali ibn Abu Tolib xalifa bo’ldilar.
-Tuya jangi bo’ldi.
-Hijriy 37-yilda Siffin jangi bo’lib, hakamlik ishga tushdi.
-Hijriy 38-yilda Naxravon jangi bo’ldi.
-Hijriy 40-yil Ramazon oyida Ali roziyallohu anhu shahid bo’ldilar.
Xalifa saroyida sharq despatiyasining ko‘p asrlik an’analarini o‘zida aks ettirgan mumtoz va muhtasham taomillar hukm sura boshladi. Xalifa hokimiyati (diniy – imomat va dunyoviy – amirlik) cheklanmagan. Aslida esa saroy to‘ntarishlarini amalga oshiruvchi yirik feodallar bilan hisoblashishga majbur bo‘lgan.
Yuqori mansabdor shaxslar xalifa tomonidan tayinlangan va bevosita uning oldida hisobot bergan. Xalifa huzurida vazir – bosh maslahatchi va yuqori mansabdor shaxs maqomiga ega bo‘lgan. Ular davlat boshqaruvidagi mansabdor shaxslar ichida eng ulug‘i hisoblangan. Islom huquqiga muvofiq vazirlar ikki xil bo‘lgan. Ulardan biri keng hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lsa, ikkinchisiga cheklangan vakolatlar berilgan, ya’ni faqat xalifa buyruqlarini bajargan. Zodagonlar himoyasiga tayanib vazirlar asta-sekin bevosita boshqaruvni o‘z qo‘llariga oldilar va shuning bilan birga xalifalarning mavjud hokimiyatini ma’lum darajada cheklab qo‘ydilar.
Xususiy yerlar toifasiga zodagonlarning yirik mulk yerlari, o‘rta hol va mayda feodallarning yerlari ham kirgan. Feodallarga davlat oldidagi xizmatlari uchun beriladigan (iqta – benefitsiyani eslatadi) yerlari miqdori ko‘payib borgan. Yer egalari davlat boshlig‘idan maosh, tuhfalar va nafaqalar olib turgan.
Dehqonlarni ekspluatatsiya qilish tarzi asosan xalifa foydasiga soliq undirish vositasida amalga oshirilgan. Soliqlar daromad bilan muvofiq bo‘lgan. Ba’zan xalifalar o‘z yaqinlariga mamlakatning ma’lum mintaqalaridan o‘z foydalariga soliq undirish huquqini ham bergan.
Dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan aholi ko‘pgina etnik guruhlarga ajralib ketdilar. Tub arablar yangi joylarda mas’ul harbiy lashkarlar himoyasida o‘rnashib oldilar. Ular ba’zi soliqlardan ozod bo‘lib, alohida ustunlik va imtiyozga ega edi.
Xalifalikda shahar aholisi alohida o‘rin egallaganlar. Ularning orasida shahar aholisining katta imtiyozga ega bo‘lgan tabaqasi badavlat savdogarlar, hunarmandlar, mayda tijoratchilar hisoblangan. Shaharlar mamlakatning alohida mintaqalari o‘rtasidagi barqaror iqtisodiy siyosatini yuritishda markaziy hokimiyatni qo‘llab quvvatlardi.
Xalifalikning davlat apparati markazlashtirilgan bo‘lgan. Sababi mamlakatdagi yer maydonlarining ko‘p qismi davlat boshlig‘ining qo‘lida edi. Bog‘dod xalifaligi davriga kelib mamlakatda feodalizm to‘la qaror topgan. Iqtisodiy jihatdan muhim hisoblangan mintaqalarda sug‘oriladigan yerlardan foydalanilgan. Bu esa suvning markazdan taqsimlanishini taqozo qilgan.
Oliy hokimiyat ruhoniy imomat va dunyoviy amirlikdan iborat bo‘lib xalifaga bo‘yso’ngan. Birinchi xalifalarni musulmon zodagonlari o‘z oralaridan saylaganlar. Bu davrda davlat harbiy-demokratik markazlashgan teokratik respublika shaklida bo‘lgan.


  1. Xulofai roshidinlar” davri boshqaruvi va amalga oshirilgan fathlar

2.1 Abu Bakr Siddiq (r.a.) davri
Abu Bakr Siddiq Roziyallohu Anhu (xalifalik davri: hijriy 11-yil 13-rabi’ul avvaldan 13-yil 21-jumodul oxirgacha; milodiy 632-yil 7-iyundan 634-yil 21-avgustgacha). Abu Bakr roziyallohu anhuning qilgan ishlari va fathlari: Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhuning xalifalik davrlari juda ham qisqa - ikki yil uch oy-u bir hafta bo‘ldi. O‘zi qisqa bo‘lishiga qaramay, bu davr buyuk ishlarga to‘la kechdi. O‘sha ishlardan eng muhimlarini aytib o‘tamiz.
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhuning lashkarini Nabiy sollallohu alayhi vasallam kuzlagan tarafga yuborishni amalga oshirish. Ko pchilik bu lashkarni yuborishga qarshi chiqib, «yubormaslik kerak» deb turib olishdi, chunki Arabiston yarimorolining ko‘pchilik aholisi murtad bo‘lib ketgan, Madinai munavvarani xavf-xatar o’rab olgan edi. Shunga qaramasdan, Abu Bakr roziyallohu anhu natijalar nima bo’lishidan qat’i nazar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amrlariga binoan Usomaning lashkarini yuborishga qaror qildilar. Bunda musulmonlarning qay darajada moddiy-ma’naviy quvvatga ega ekanligini hammaga ayon qilish ham bor edi. Mazkur lashkar g’alaba bilan qaytib keldi. Bu ish ko’pchilikning Islomda sobit qolishiga sabab bo’ldi.
Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob roziyallohu anhumo va boshqalar Qur’oni Karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu buyuk ishning mustahkam, ishonchli bo’lishini ko’zlab, masjidi Nabaviyda: «Kimning qo’lida yozilgan Qur’on bo’lsa va uning Payg’ambarimiz huzurlarida yozilganiga ikkita guvohi bo’lsa, bizga olib kelsin. Qur’onni jam qilishga xalifaning buyrug’i bo’ldi», deb e’lon qilishdi.Ikkovlari masjidda o’irib, guvohlarni tekshirib,nihoyatda aniqlik bilan bir yildan ortik vaqt davomida Qur’onni jamlab berishdi. Shuni ko’pchilikka ko’rsatishdi, hamma rozi bo’ldi. Agar biror harfi o’z o’rnida bo’lmasa, minglab yod biladiganlar qarshi chiqqan bo’lar edi. Shunday qilib, Zayd va Umar roziyallohu anhumo mashaqqatli mehnatlardan so’ng Qur’onni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib tugatishdi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu o’sha sahifalarni «Mus’haf» deb nomladilar. Mus’hafni belidan bog’lab, Abu Bakrning uylariga qo’yib qo’yishdi.Bu Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida amalga oshirgan eng ulug’ ishlardan biri bo’ldi. Alloh taolo o’zining «Zikrni Biz nozil qildik va siz unga muhofazachimiz» degan va’dasining bir karra amalga oshishiga Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni sababchi qildi.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Ridda urushlari tamom bo’lganidan keyin Islomning tinchlik, omonlik dini ekani, uning adolati, fazilati, karomati va nurini olamga tarqatish tashvishiga tushdilar. U kishi o’zlarining Yamomada turgan muzaffar sarkardalari bo’lmish Xolid ibnValid roziyallohu anhu boshliq lashkarga fath ishlarini boshlash haqida amr qildilar. Ushbu lashkar ayni paytdagi dunyoning eng katta ikki imperiyasidan biri bo’lgan Fors imperiyasiga qarashli Iroq yerlarini fath qilish uchun yurishi bilan Islomning shonli fathlar davri boshlandi.Muzaffar fotih Xolid ibn Valid roziyallohu anhu xalifa Abu Bakr Siddiq; roziyallohu anhuning ko’rsatmalariga amal qilib, ishni Ubulla degan joyni fath qilishdan boshladilar. Keyin esa Siyn, Valaja va Ullays degan joylarda dushman bilan to‘qnashib, g’olib keldilar. So’ng Xiyra, Anbor, Aynut-tamr, Davmatul jandal degan joylarni islom tarixida birinchi marta fath qildilar. Undan so’ng Xodsiyd, Xanofis va Firoz degan yerlarda ham raqiblarni mag’lub etdilar.Shunda Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Xolid ibn Valid roziyallohu anhuni Shom tomonga o’tishga amr qildilar.Iroqda esa Musanno ibn Xorisa Shayboniyni tayinladilar. Xolid ibn Valid roziyallohu anhu Shomga ketgach, Fors podshohi Musanno ibn Xorisa Shayboniyga qarshi kata lashkar yubordi. Bobilda ikki taraf to’qnashdi va musulmonlar g’olib bo’ldilar.Fors imperiyasi tanazzulga yuz tutdi.Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu murtadlarni dinga qaytardilar. Arablarni Islomda qayta birlashtirdilar.O’sha paytdagi ikki ulkan imperiyani fath qilishni boshladilar. Qur’oni Karimni bir Mus’hafga jamladilar va boshqa ko’plab ulkan ishlarni amalga oshirdilar.Umar ibn Xattob roziyallohu anhu U kishining qozilari, Abu Ubayda roziyallohu anhu devonbegilari, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib va Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu esa u kishining mirza-kotiblari edilar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning davrlarida Islom jamiyati viloyatlarida quyidagi voliylar ish yuritar edilar:
1. Makkai mukarramada Attob ibn Usayd.
2. Toifda Usmon ibn Abul Os Saqafiy.
3. Sanozda Muhojir ibn Abu Umayya.
4. Xazramavtda Ziyod ibn Labid.
5. Xavlonda (Yamandagi mashxur qabila) Ya’lo ibn Abu Umayya
6. Zubayd va Adanda Abu Muso Ash’ariy.
7. Najronda Jarir ibn Abdulloh, BajAli.
8. Baxraynda Alo ibn Xazramiy.
9. Jurashda Abdulloh ibn Savr.
10. Davmatul jandalda Iyoz ibn Ganm.\
11. Iroqdagi lashkar amiri - Musanno ibn Xorisa.
12. Shomdagi lashkar amiri - Xolid ibn Valid.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning oxirgi so’zlari «Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qo’shgin» (Yusuf surasi, 101-oyat) oyati bo’lgan ekan («Tarixi Tabariy»). O’shanda hijriy 13 yil jumodul oxir oyining 21-kuni (milodiy 634 yilning 21 avgust) edi.
2.2 Umar ibn Xattob (r.a.) davri
Umar Ibn Xattob Roziyallohu Anhu (xalifalik davri hijriy 13-yil 21-jumodul oxirdan 23-yil 26-zulhijjagacha; milodiy 634-yil 21-avgustdan 644-yil 2-noyabrgacha) Hazrati Umarning nasablari va hayotlari U kishining to’liq ismlari Umar ibn Xattob ibn Nufayl ibn Abdul’uzzo ibn Riyoh ibn Abdulloh ibn Kurt ibn Razox ibn Adiy ibn Ka’b ibn Luay Ko’rashiy Adaviydir. U kishi o’zlarining sakkizinchi bobolarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nasablari ila tutashadilar.
Hazrati Umar roziyallohu anhuning davrlarida butun asrlarga tatigulik katta islomiy fathlar bo’ldi. Bu davrda rumliklar Shomdan quvib chiqarildi.
So’ng Fors imperiyasi butunlay ag’darildi. So’ngra ko’rash Misr, shimoliy Afrika va O’rta yer dengizi orollari tomon ko’chdi.
Baytul maqdis fathi So’ng Islom lashkarlari Baytul makdisni qamal qildilar. U yerning hokimlari oldilariga Umar roziyallohu anhuning o’zlari kelishlari, shundagina taslim bo’lishlarining habarini berishdi.Hazrati Umar Shomga keldilar.Shundan keyin ular Baytul maqdisning kalitlarini u zotga topshirishdi.Hazrati Umar roziyallohu anhu ular bilan jizyaga sulh tuzdilar. Musulmonlar bilan Masjidul Aqsoda namoyish qildilar.So’ng Halab fath etildi. Keyinroq, Manbij, Antokiya,Xarron, Ruxo va boshqa shaharlar ham urush bilan emas,sulh bilan fath qilindi.
Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhulardan keyin Umar ibn Xattob roziyallohu anhu boshsa sohalar qatori ilm sohasida ham o’zlariga yuklatilgan mas’uliyatni sharaf ila ado etganlar desak, zarracha mubolag’a bo’lmaydi. O’sha davrda Umar roziyallohu anhu ijtimoiy ta’minot ishlarini eng go’zal tarzda yo’lga ko’yganlar va bu ishga asos solganlar desak aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz.Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Islom jamiyatining xazinasiga yetarli mol tushganda, fuqarolarga maosh tayin qilishni tashkil qildilar. Quyidagicha ijtimoiy himoya ishlarini amalga oshirdilar:

  • Kambag’al Oilalarning Ijtimoiy Ta’minoti

  • Yosh bolalarning ijtimoiy ta’minoti

  • Qarilik nafakasini joriy qilish

  • Ofatga uchraganlarga yordam uyushtirish

  • Insonparvarlik yordamini tashkil qilish

  • Hijriy yil xisoblash boshlanishi

  • Obodonchilik ishlarini yo’lga qo’yish

  • Kufa shahrini qurish

  • Basra shahrining qurilishi

  • Masjidi Nabaviyning isloh qilinishi

  • Devonning tashkil qilinishi

  • Aholining holidan habar olish

Shuaro (kengash) majlisi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu faqat fath ishlari bilangina mashg’ul bo’lib boshqa ishlarga qo‘llari tegmay qolgani yo’q, balki u kishi rahbar sifatida hamma ishlarini qoyillatib bajarmoqda edilar. Har bir soha ishlar nihoyatda ildam sur’atda ketmoqda edi.Hazrati Umar jamiyat ishlarini boshqarishda xalqchillikni yo’lga qo’ygan edilar. Alloh taoloning mo’minlar vasfida aytgan «ularning ishi o’zaro shuaro bilan bo’lur»oyati karimasiga amal qilib, o’ziga xos parlament shuaro majlisi tuzgan edilar. Bu majlisga a’zo bo‘luvchi kishi ma’lum talablarga javob berishi lozim edi. Eng bosh talab bilimli bo‘lish. Imom Buxoriy Abdullox ibn Abbos roziyallohu anhumodan quyidagilarni rivoyat qildilar. «Umar meni Badr shayxlariga qo‘shar edi. Bu ba’zilarga yoqmasdi. Ular: «Nima uchun bolamiz tengi odamni bizga qo‘shasan?!» deyishdi. U esa: «O‘zingiz bilgan odam!» dedi.Bir kuni u meni chaqirib, ularga qo‘shdi. Ularga mening kimligimni bildirib qo‘yish uchun qo‘shganini sezib turardim.Keyin Umar: «Alloh taoloning «Agar Allohning nusrati va fath kelsa» degan oyatiga nima deysizlar?» dedi.Ulardan ba’zilar: «Qachon bizga nusrat yoki fath bersa«Allohga hamd va istig’for aytishga amr qilindik», deymiz», dedilar.Ba’zilar esa sukut saqlab, biror narsa demadilar. Shunda u menga: «Sen ham shunday deysanmi, ey Ibn Abbos?!» dedi. Men: «Yo‘q», dedim. U: «Nima deysan?» dedi. Men:«Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ajallaridir. Alloh buni u zotga bildirdi. «Agar Allohning nusrati va fath kelsa» o‘sha ajalning alomatidir. «Robbingni poklab yod et va Unga istig‘for ayt. U tavbalarni ko‘plab qabul qiluvchidir», dedi», dedim. Shunda Umar: «Allohga qasamki, men ham bu borada sen aytgan narsanigina bilaman, holos», dedi». U kishi tuzgan shuaro majlisi jamiyatning deyarli har bir sohadagi ishlarini erkin bahslashuv orqali hal qilar edi.Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘limlaridan oldin sahobalarning jannat bashorati berilgan zotlardan oltita nafarini xalifa saylash uchun ixtiyor qildilar. Ular Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Talxa ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom, Abdurrahmon ibn Avf va Sa’d ibn AbuVaqqoslardan iborat edi. U kishi o’sha olti kishiga o’z oralaridan birlarini xalifalikka ixtiyor qilishni topshirib, vasiyat qildilar.Hazrati Umar roziyallohu anhu hijriy 23-yil 26-zulhijja (milodiy 644-yil 2-noyabr) kuni shahid bo’ldilar. U kishining xalifaliklari o’n yarim yil davom etdi.
Hazrati Umar roziyallohu anhuning ijtimoiy-madaniy soxada qilgan buyuk ishlari
1. Xalifa Umar roziyallohu anhu «mo’minlar amiri» degan nomga musharraf bo’lgan birinchi shaxsdirlar.
2. U kishi devonni tashkil qilgan birinchi shaxsdirlar.Askar devoni, Ato devoni, Vazirlar devoni va boshqalar.
3. Shuningdek, u kishi pochta xizmatini yo‘lga qo‘ydilar.
4. Pul zarb etishni yo‘lga qo‘ydilar.
5. Musulmonlar taqvimini - yil xisobini yo‘lga qo‘ydilar. Buning uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hijratlarini asos qilib oldilar va xisobni shu yildanboshladilar.
6.Harami sharif masjidini kengaytirdilar va boshqa ko‘plab buyuk ishlarni amalga oshirdilar.
Umar roziyallohu anhu tarix to qiyomatgacha faxr bilan eslab yuradigan buyuk siyrat qoldirdilar.

2.3 Hazrati Usmon (r.a.) davri


Usmon ibn Affon roziyallohu anhu (xalifalik davri:hijriy 23-yil zulhijja oyining oxirgi kunidan 35-yil 18-zulhijjagacha; milodiy 644-yil 6-noyabrdan 656-yil 16-iyungacha) U kishi - Usmon ibn Affon ibn Abul Os ibn Umayya ibn Abdushshams ibn Abdumannof ibn Qusay. U kishining onalari - Arvo bint Kariyz ibn Robi’a ibn Xabib ibn Abdushshams ibn Abdumannof ibn Qusay. U kishining onalarining onasi Payg‘ambar sollallohu alayhi vassallamning ammalari Bayzo bint Abdulmuttalibdir.Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning nasablari Payg‘ambar sollallohu alayhi vassallamning nasablari bilan ham ota tarafdan, ham ona tarafdan birlashadi.Usmon ibn Affon roziyallohu anhu mashhur «Fil hodisasi»dan olti yil keyin, sahih qavlga ko‘ra Makkada tavallud topganlar. Demak, u kishi Paygambar sollallohu alayhi vasallamdan olti yosh kichik bo‘ladilar.
Hazrati Usmon davrlaridagi fathlar Hazrati Usmon roziyallohu anhuning davrlari fathdarga to‘la bo‘ldi. U kishi Umar roziyallohu anhu davrlaridagi fathlarni tugatish bo‘yicha muhim ishlarni olib bordilar.Hazrati Usmon roziyallohu anhuning fathlari ham quruqlikda, ham dengizda davom etib turdi. U kishi bu borada hazrati Umar roziyallohu anhuning siyosatini oxiriga yetkazdilar.
G‘arbiy jabha Xijjriy 25 -(milodiy 646) yilda Iskandariya ahdni buzdi.Amr ibn Os roziyallohu anhu ularni qaytadan bo‘ysundirdi.Hazrati Usmon roziyallohu anhu Afrikaning ichkarilariga kirib borishga ruhsat berdilar. Abdulloh ibn Sa’d ibn Abu Sarx hijjriy 27-(milodiy 647) yilda Taroblusdan o‘tib, Vizantiyaning askarlari bilan Subaytilada to‘qnashdi va katta g‘alaba qozondi. Shunday qilib Barka, Taroblus, Misrning g‘arbiy o‘lkalari va Nuba yurtining ba’zi joylari Islom davlatiga qo‘shildi.Muoviya ibn Abu Sufyon hijjriy 28-(milodiy 649) yilda Kaibriz (Kipr) orollarini fath qildi. Umar roziyallohu anhu musulmonlarning dengiz orqali yurishlarini man qilgan edilar, Hazrati Usmon roziyallohu anhu bu ishga ruhsat berdilar.
Hazrati Usmon roziyallohu anhuning davrlarida tashqi jabhalarda olib borilgan ishlar juda ham ko‘p. Fathdar haqidagi kitoblarda ular hususidagi ma’lumotlar to‘lib yotibdi. Biz esa ichki jabhada olib borilgan ahamiyatli ishlardan ba’zilarini eslab o‘tishni lozim deb topdik.Usmon ibn Affon roziyallohu anhu xalifaliklari davomida o‘zlaridan avvalgi xalifalarning ishlarini davom ettirib, musulmonlar ommasi uchun foydali bo‘lgan katta ishlarni amalga oshirishda ijtihodlar qildilar. Keling hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning ijtihodlari ila u zot tomonlaridan joriy qilingan, musulmon ummatiga katta foydalar keltirgan ba’zi ishlarni eslab o‘taylik:

  • Qur’onning jamlanishi

  • Masjidi Nabaviyni kengaytirish

  • Juma namozida birinchi azonning ziyoda qilinishi

  • Qo‘riqxonalar tashkil qilish

  • Masjidlarni hushbo‘y qilish

  • Muazzinlarga maosh belgilash

  • Mirshablikni joriy qilish

  • Masjidda boshliqqa alohida joy qilish

Fitnachilarning xuruji. Fitnaboshilar Madinadan qaytib borishlari bilan xalifaga qarshi chiqishga mahfiy ravishda tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Ular o‘zaro maktub yozishib, o‘zlarini hajga borayotgan qilib ko‘rsatib, Madinada uchrashishga va o‘sha yerda rejalarini amalga oshirishga kelishib olishdi. Misrliklar to‘rt guruh bo‘lib chiqishdi. Ularning to‘rt amiri bor, sonlari esa ming kishi atrofida edi. Ularning bosh amiri Gofikiy ibn Harb edi. Ular odamlarga urushga ketayotganlarini aytishga jur’at qilolmay, o‘zlarini hajga ketayotgan qilib ko‘rsatishdi. Fitnaboshi yahudiy Abdulloh ibn Saba’ ham ular bilan birga edi.Fitnachilar o‘z ishlarining nozik ekanini bilishadi. Niyatlarini xalq ommasi bilib qolsa, ularning nafratiga uchrashlarini ham yahshi bilishadi. Shuning uchun asl maqsadlarini yashirib, savobli ishlarni niqob qilib olishadi.Tajribalarning ko‘rsatishicha, hatto o‘zlari bilan ketayotgan kishilarga ham asl niyatni emas, nikob qilib olingan shiorni aytishadi. Ularga odam kerak. Agar asl niyatni bilsa, odamlar aynib qolishlari mumkin. Shuning uchun olib borayotgan odamlariga nisbatan ham aldamchilik qilishadi.Kufalik fitnachilar ham to‘rt guruh bo‘lib, to‘rt amir bilan yo‘lga chiqishdi. Ularning adadlari ham misrliklarning adadicha bor edi. Kufaliklarning bosh amiri Amr ibn Asam ismli odam edi. Basralik fitnachilar ham to‘rt guruh, bo‘lib, to‘rt amir bilan yo‘lga chiqishdi. Ularning adadlari ham misrliklarning adadicha bor edi. Basraliklarning bosh amiri Hurqus ibn Zudayr Sa’diy ismli odam edi.Ular hijjriy 35-yil shavvol oyida uch tomondan Madinai munavvaraga yaqinlashib kelib, uch joyga basralik fitnachilar Zuxushubga, kufaliklar A’vasga va misrliklar Zulmarvaga tushishdi. Ularning niyatlari turlicha edi.Misrliklar: «Ali ibn Abu Tolibni xalifa qilamiz», deyishardi. Basralik fitnachilar Talhani va kufaliklar esa Zubayrni xalifa qilish niyatida edilar.Ularning niyatlari turli kishilarni xalifa qilish bo‘lsa ham, hammalari baravariga hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhuga qarshi edilar.Ulamolar ularning kimligini ilmiy asosda juda sinchiklab o‘rganib chiqqanlar. Ana shunday ulamolardan eng mashhuri Abu Bakr ibn Arabiy rahmatullohi alayh«Alavosim minal kavosim» nomli kitobida quyidagilarni yozadilar: «Yavmud-dor kuni Islomga qarshi jinoyatda ishtirok etganlar bir necha darajadagi toifalardir:
1. Dinda g‘uluvga ketganlar, ya’ni haddidan oshganlar. Ular arzimagan narsalarni birovga katta ayb qilib qo ‘yishdi. O‘zlari esa ularni inkor qilaman deb, halokatga olib boruvchi gunohdarni qilishdi.
2. Qurayshlik katta sahobiylarga qarshi yamanliklarga tarafkashlik qilib, mutaassiblik qilganlar. Bundaylarning Islomda erishgan hech bir muvaffakiyati yo‘q edi.Shuning uchun Islomda peshqadam bo‘lib, qilgan hizmatlari va fathlari uchun mukofot olgan qurayshliklarga hasad qilishdi. O‘zlarining hech qanday hizmati, erishgan muvaffaqiyati bo‘lmasa ham, ular sazovor bo‘lgan martabalarga yetishishni xohlashdi.
3. O‘zlarining ba’zi qarindoshlariga shar’iy jazo qo‘llanganidan darg‘azab bo‘lganlar. Ana shu sababdan ularning qalblari fisqu hasadga to‘lgan edi.
4. Saba’chilar aqllarining pastligidan foydalanib,fisqu-fasod, fitna va buzuq e’tiqodlarni boshlagan ahmoqlar edi.
5. Hazrati Usmonning yahshiligini, odamgarchiligini bilmay, hovliqqan kimsalar edi. Ular o‘zlarining xaqlari bo‘lmagan rahbarlik lavozimlarga ta’ma qilib, Usmon roziyallohu anhuning yahshiliklariga nonko‘rlik qilishdi.
6. Islom odoblariga qarshi ishlar sodir etishgani uchun hazrati Usmon tomonidan ta’ziri berilganlar edi. Usmon roziyallohu anhu joriy etgan shar’iy tazir ularning g‘azabini qo‘zg‘atdi. Ular hazrati Umardan undan ko‘ra shiddatliroq ta’zir yeganlarida ham, jimgina bo‘yinlarini egib yurishgan edi.
7. O‘zlari munosib bo‘lmay turib, rahbarlik lavozimlariga erishishga shoshilganlar. Hikmatlari bo‘lmasa ham,zehnlarining o‘tkirligi va fasohatlari ularni g‘ururga ketkazgan edi.
Alloma Ibn Kasir «Al-Bidoya van-nidoya»da Islom va musulmonlarning bu ulkan fojiasi qanday sodir bo‘lganini quyidagicha yozadilar: «G‘ofidiy ibn Harb u kishiga hamla qilib, temir (qilich) ila urdi va o‘qib o‘tirgan mushaflarini tepib yubordi.U kishining qonlari mushafning ustiga to‘qildi. Savdod ibn Humron qilichini ko‘tarib, hamla qilib kelgan edi,xalifaning xotini yo‘lini to‘sdi. U ayolning panjalarini kesib yubordi. Jinoyatchilar hazrati Usmonni o‘ldirishganidan keyin boshini kesmoqchi bo‘lishgan edi, qizlari va xotinlari Noila va Ummul Baniynlar to‘sib qolishdi.Fitnachilardan biri: «Biz uchun uning moli dam huddi qoni kabi haloldir!» deb qichqirdi. U kishining uylarini talon qilib, keyin Baytulmolga qarab yurishdi. Qorovullar bilan jang qilib, uni ham talashdi. Bu ish hijriy 35-yil 18-zulhijja, juma kuni sodir bo‘ldi». U kishining xalifaliklari o’n ikki yil-u o’n sakkiz kun davom etdi.



  1. Xulofai roshidinlar” davri oxiri

3.1 Hazrati (r.a.) Ali xalifaligi
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu (xalifalik davri: hijjriy 35-yil zulhijja oyidan 40-yil 21-Ramazongacha; milodiy 656-661 yillar). Nasablari: Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim ibn Abdumannof ibn Qusay.U kishining onalari: Fotima bintu Asad ibn Hoshim ibn Abdumannof ibn Qusay roziyallohu anho.Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu tavallud topgan yillari Nabiy sollallohu alayhi vasallam o’ttiz yoshga kirgan edilar.U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilarining o’g’illari, qizlari Fotimaning umr yo’ldoshlari va jannat bashorati berilgan o’n kishining biri edilar. Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu yoshliklarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylarida tarbiya topdilar. O’n yoshlarida musulmon bo’ldilar. U kishi yosh bolalardan birinchi Islomga kirgan zotdirlar.Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu Islom ta’limotlari asosida o’sib-ulg’aydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hijratlari davrida o’limdan qo’rqmasdan u zot sollallohu alayhi vasallamning xonalariga kirib to’shaklarida yotdilar. Shu bilan birga, u kishi Islomda birinchi fidoyi inson sifatida, Alloh yo’lida o’zini fido qilishga tayyor shaxs sifatida tanildilar.
Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhuning davrlarida u kishi bilan birga bo’ldilar. Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu u kishidan rozi holda vafot etdilar. Hazrati Umar roziyallohu anhuning xalifalik davrida Hazrati Ali roziyallohu anhu har doim u kishi bilan birga bo’ldilar. Hazrati Umar roziyallohu anhu har bir ishda u kishi bilan maslahatlashar edilar. Hazrati Umar roziyallohu anhu pichoqlanganlaridan keyin o’zlari aytgan olti kishilik maslahat kengashining ichida Hazrati Ali roziyallohu anhu ham bor edilar. Ular Umar roziyallohu anhudan keyin musulmonlarga kim xalifa bo’lishini hal qilishlari kerak edi. Shunda Hazrati Usmon roziyallohu anhu xalifa etib saylandilar. Hazrati Ali roziyallohu anhu esa u kishining yonlarida davlat ishlarini yuritishda yordamchi bo’ldilar. Hazrati Usmon roziyallohu anhu qamal qilinganlarida Hazrati Ali roziyallohu anhuning o’g’illari u kishining mudofaachilaridan bo’lishdi. Hazrati Usmon roziyallohu anhu o’ldirilganlaridan keyin musulmonlar Hazrati Ali roziyallohu anhuni o’zlariga rahbar qilib sayladilar. U kishi buni rad etdilar, lekin sahobalar mahkam turib olishdi. Ular o’zlari kirib qolgan boshi berk ko’chadan chiqishlari uchun Ali roziyallohu anhuning rahbarligi zarurligini yaxshi bilishar edi. Madinai munavvaradagi ahvol juda ham og’irlashgan, yo’ldan ozganlar ushbu shaharga ega chiqib olishgan edi. Hazrati Ali roziyallohu anhu o’zlari qiziqmasalar ham xalifalikni qabul qilib oldilar. Imom Tabariy Muhammad ibn Danafiyyadan rivoyat qilishadilar: “Usmon roziyallohu anhu o’ldirilganida, otam bilan birga uyda edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari kelib, Hazrati Ali roziyallohu anhuga: “Bu kishi (ya’ni Usmon roziyallohu anhu) o’ldirildi. Odamlarga imom (rahbar) lozim. Bugungi kunda bu ishga sizdan ko’ra haqli odam yo’q. Sizdan avval Islomga kirgan ham, sizdan ko’ra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqin ham yo’q”, dedilar. Hazrati Ali: “Unday qilmanglar. Men uchun vazir bo’lganim amir bo’lganimdan yaxshidir”, dedi.Odamlar: “Allohga qasamki, sizga bay’at qilmasdan qo’ymaymiz”, deyishdi. Hazrati Ali: “Unday bo’lsa, masjidda. menga bay’at maxfiy bo’lmasligi, faqat musulmonlarning roziligi bilan bo’lishi kerak”, dedi. U kishi masjidga kirganida muxojirlar kirib bay’at qilishdi. So’ng boshqalar bay’at qilishdi”. Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga xalifa sifatida hijriy 35-yil 25-zulhijja, juma kuni bay’at qilindi. Bu vaqtda Islom olamida fitna dengiz to’lqinidek mavj urib turar edi.
Hazrati Ali roziyallohu anhuning siyosatlari. Hazrati Ali roziyallohu anhu juda ham qat’iyat va jazm bilan ish tutadigan, salobatli va haq yo’lda shiddatli zot edilar. U kishi o’zlariga bay’at qilinganidan keyin darhol ikkita farmon chiqardilar. Bu farmonlarning ikkovi ham juda qat’iyat bilan chiqarilgan farmonlar edi. Hazrati Usmon roziyallohu anhu qo’ygan ayrim voliylarni ishdan olish. Ularning ko’pchiligi Banu Umayyadan edilar. Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu quyidagi voliylarni tayin qildilar:

  • Usmon ibn Xunaynni Basraga;

  • Umora ibn Shixobni Kufaga;

  • Ubaydullox, ibn Mas’udni Yamanga;

  • Qays ibn Sa’d ibn Ubodani Misrga;

  • Sahl ibn Xunaynni Shomga.

Tayin qilingan mazkur voliylarning ishlari turlicha bo’lib chiqdi. Bundan ixtilof kuchayib borayotgani ko’rinardi.
Ikkinchi farmon Hazrati Usmon roziyallohu anhu o’z yaqinlariga Baytulmoldan bergan sovg’alar va suyurg’ollarni qaytarib olish haqida edi. U zotning bu tasarruflaridan so’ng Banu Umayya qabilasi a’zolari u kishiga qarshi bosh ko’tarib, bay’at qilmaslikka o’tishdi. Bu ishning boshida Shomning voliysi Muoviya ibn Abu Sufyon turar edi. Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhu Hazrati Umar roziyallohu anhuning davridan buyon Shomning voliysi bo’lib kelar edi. U kishi o’z ishini a’lo darajada bajarar, o’z axolisi ichida juda katta obro’ga ega edi. Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhuga Hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning o’ldirilganlari va Hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuning xalifa bo’lganlari haqidagi xabar yetganda, u kishi yangi xalifaga bay’at qilmadi. Buning bir necha sababi bor edi:
1. Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhu Hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning o’limlarida Hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuning ham ayblari bor deb tushunar edi.
2. U kishi Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuning lashkari ichida fitnachilarning borligini ham ayb hisoblar edi.
3. Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhu bu ishlarni bir yoqlik qilib, orani ochib olmay turib toatni vojib qiluvchi bay’at qilishga qo’l urmadi. Boshqa Islom yurtlarining barcha axolisi Hazrati Ali roziyallohu anhuga bay’at qildilar va u yerlarda ish o’z maromida ketdi.
Hazrati Ali roziyallohu anhuning o’ldirilishlari Hazrati Ali roziyallohu anhu bomdod namoziga chiqayotganlarida, xorijiylardan bo’lgan Abdurrahmon ibn Muljam Murodiy degan odam u kishini zaharlangan qilich bilan jarohatladi. Bu mudhish hodisa hijriy 40-yil Ramazon oyining o’n sakkizinchi kunida (milodiy 660-yilda) sodir bo’ldi. Hazrati Ali roziyallohu anhu uch kundan keyin vafot etdilar. U zotning xalifaliklari to’rt yilu to’qqiz oy davom etdi.
Hazrati Ali roziyallohu anhu o’ldirilganlaridan keyin odamlar u kishining o’g’illari imom Hasanga bay’at qilishdi. U kishi 6 oy davomida xalifalik qildilar. Ana shu olti oy mobaynida imom Hasan roziyallohu anhu o’z ashoblarining notavonliklarini, ummatni birlashtirish zarurligini sezdilar va sulxni afzal ko’rdilar. Xalifalikdan voz kechib, Muoviyaga “Siz xalifa bo’lavering” degan ma’noda gap aytdilar. Bu voqea hijriy 40-yil rabi’ul avval oyida (milodiy 661-yilda) bo’lib o’tdi. Islom ummati bir xalifa rahbarligi ostida qayta birlashgan ushbu yil “Jamoat yili” degan nomni oldi. Hazrati Ali roziyallohu anhuning o’ldirilishlari bilan roshid xalifalik ham barham topgan, endi Alloh taoloning yo’lida to’liq yurish ham nihoyasiga yetgan edi. Mana shu yerdan asta-sekin noto‘g‘ri holatga burilish boshlandi.
Hech shubha yo’qki, xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning o’limlariga sabab bo’lgan hodisalardan tortib Hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuning o’limlarigacha bo’lgan davrda bo’lib o’tgan hodisalar Islom uchun, musulmon ummati uchun misli ko’rilmagan musibat bo’ldi. Ushbu hodisalar tufayli musulmon ummati o’rtasida bo’linish yuz berdi. Usha paytgacha bir tanu bir jon bo’lib, butun dunyoga Islom nurini taratib kelayotgan, butun insoniyatga xayru barakani ulashib kelgan dunyo tarixidagi eng yaxshi ummat ichida darz paydo bo’ldi. Avvallari bu ummat vakillari ixtilof nimaligini bilmas edilar. Vaqti kelib ular avval ikkiga, keyinroq uchga bo’linib ixtilof qildilar. Huddi o’sha mash’um hodisalar tufayli boshlangan bu bo’linishlar sekin-asta davom etib, musulmon ummatining sog’lom tanasi ichidan turli-tuman toifalar chiqdi. Shi’a, rofiza, xavorij va shunga o’xshash boshqa har xil toifalarning kelib chiqishi aynan ana shu hodisalardan boshlangan edi. Mazkur hodisalar tufayli musulmon ummati avval hokim shaxs haqidagi ba’zi mulohazalar bilan baxs boshlagan bo’lsa, oxiri kelib iymon va kufr borasida baxs qiladigan, bir-birini kufrga ketganlikda ayblaydigan darajaga yetdi. Ushbu hodisalar, avvalo, fitnachilarning Hazrati Usmonga u kishi ishga qo’ygan ba’zi voliylar haqida shikoyat qilishlari bilan boshlangan edi. Oxiri kelib xorijiylar o’zlariga muxolif bo’lganlarni, hatto Hazrati Alidek zotni kofirlikda ayblay boshlashdi. Tabiiyki, qarshi tomondan ham o’ziga yarasha javob bo’ldi. Ushbu hodisalar tufayli musulmon ummati ichida bir-birining qonini o’zi uchun halol bilish va bir-birini o’ldirishni ravo ko’rish boshlandi.

3.2 “Xulofai roshidinlar” davrida shar’iy-huquqiy ahkomlar


Odil sudlov faoliyatida ruhoniylarning imtiyozlari yuqori bo‘lgan. Amirlar va ularning amaldorlari dunyoviy hokimiyat namoyandalari bo‘lsalarda, rasman sud faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmaganlar.
Davlat boshlig‘i bo‘lgan Xalifa oliy sud hisoblangan (Qozi ulquzzot). U har qanday ishni ko‘rib chiqish va hukm chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan. Ammo, amalda bu holat juda kam uchraydi. Taniqli ilohiyot namoyandalari hay’ati haqiqiy oliy sud hisoblanib, ayni paytda, huquqshunoslar sifatida tan olinganlar. Ular Xalif nomidan ish ko‘rib, qozilarni va maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan mansabdorlarni tayinlaganlar. Maxsus vazifadorlar joylardagi qozilar faoliyatini nazorat qilganlar. Qayd etilgan har ikkala amaldorlar ham ruhoniy namoyandalaridan tayinlangan.
Qozilarning vakolatlari nihoyatda keng bo‘lib, ular barcha turdagi sud ishlarini muhokama qilganlar, sud hukmlarining ijrosini nazorat qilganlar, mahkum etilganlarning jazo o‘tash joylari ustidan kuzatuv o‘rnatganlar, vasiyatnomalarni tasdiqlaganlar va yerdan foydalanishning qonunga muvofiqligini tekshirganlar.
Sud qarorlari va qozining hukmlari asosan qat’iy bo‘lib, shikoyatga o‘rin qoldirmagan. Xalifaning o‘zi yoki uning vakolati vakillarigina istisno ravishda qozining qarorini o‘zgartira olganlar. G‘ayrimusulmon aholi odatda o‘zlarining ruhoniylari tomonidan muhokama qilinganlar.
Dastlabki davrlarda harbiy kuchlar musulmon jamoalari guruhlari va ularga qo‘shilgan ko‘ngilli qabilalar vakillaridan tashkil topgan. Shu davrdanoq yengil otliqlar qo‘shinning asosiy turini tashkil etgan. Ular nihoyatda tezlik bilan uzoq masofalarni bosib o‘tgan va qo‘qqisdan zarbalar berishga qodir bo‘lgan. Asta-sekin ko‘ngillilar qo‘shini o‘rnini yollanma qo‘shin egallagan. Yollanma qo‘shindan ommaviy harakatlarni bostirishda foydalanilgan. Yurish vaqtida u qo‘shinning o‘zagini tashkil etgan. Janglarda qo‘shin asosan ko‘ngilli arablar va musulmonlar hisobiga to‘ldirilgan.
Arab xalifaligida O‘rta asr Sharqining eng muhim huquqiy tizimlaridan biri hisoblangan musulmon huquqi (shariat) vujudga keldi va shakllandi. Shariatning ta’siri va faoliyat doirasi faqat Arabiston hududida cheklanib qolmasdan, balki undan tashqari mintaqalarda ham keng quloch yoydi. Islom dini bilan birga shariat normalari Old va O‘rta Osiyoda, Shimoliy Kavkaz va Kavkazorti, Sharqiy va G‘arbiy Afrika hamda
Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning qator mamlakatlarida keng tarqaldi. Uning barcha tarmoqlari va muassasalari Arab xalifaligining barcha mintaqalaridagi singari amalga kiritildi va shariat asosiy huquqiy norma tusini oldi.
Islom huquqi o‘zidan oldingi Sharq mamlakatlari huquqining ko‘pgina unsur va jihatlarini, jumladan islomgacha bo‘lgan Arabiston va bosib olingan hududlarda mavjud huquqiy odat va an’analarni o‘zida mujassamlashtirdi. Arab xalifaligining dastlabki o‘n yilligida, ya’ni shakllanish davrida shariat qabila va davlatning o‘ziga xos jihatlarini, mazmun va mohiyat jihatidan qator odatlar va huquqiy normalarni o‘zida aks ettirgan.
Shariat – to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilik ma’nolarini anglatib, islom diniy huquq tizimidir. Unda sof huquqiy masalalardan tashqari, axloqiy normalar va amAli diniy talablarga ham qonuniy ruh singdirilgan. Shariat bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish Qur’on asosida amalga oshirilgan.
VIII asrdan e’tiboran turli musulmon huquqiy maktablari shakllana boshlagan. XII asrga kelib musulmon huquqi nazariyasining to‘la shakllanishi ushbu huquq tizimini tarkibiy qismlarga bo‘lish, uning normalarini tasniflash masalalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. AmAliotda u yoki bu masalani hal qilishda asosiy manbalarda tegishli qoida bo‘lmasa, masala hal qilinayotgan hududda hukmronlik qilayotgan musulmon huquqi maktabi ta’limotiga, yirik huquqshunos olimlarning asarlariga shu mintaqada keng tarqalgan tayanib hukm yoki qaror chiqarish qoidaga aylandi.
Musulmon huquqi tuzilishini tavsiflashda uning normalarini tahlil etish muhim ahamiyatga ega. Musulmon huquqshunoslari musulmon huquqi normalariga shunday ta’rif beradilar, ya’ni musulmon huquqi normasi bu e’tiqod etuvchilar uchun bevosita Olloh tomonidan vahiy yuborish yo‘li bilan, yoki Olloh irodasini yirik shariat peshvolari tomonidan sharhlash orqali chiqarilgan xulosadan iborat. Har qanday norma ko‘rsatib o‘tilgan manbalardan biriga asoslanishi lozim.
Musulmon huquqining boshqa huquqiy tizimlardan, jumladan romangerman huquqiy tizimidan muhim farqi shundaki, uni sohalarga bo‘lish manbalarga bog‘liq emas. Bitta manba musulmon huquqining bir necha sohasi uchun asos, zamin sifatida xizmat qilishi mumkin. Musulmon huquqining shakllanish davrida uni sohalarga bo‘lish masalasi ko‘tarilmagan. Dastlab huquq normalarini mazmuniga qarab guruhlashga harakat qilingan. Musulmon huquqi nazariyasining to‘la shakllanishi davriga kelib uning normalarini sohalarga bo‘lish boshlandi. Lekin musulmon huquqi normalarini alohida sohalarga taqsimlash borasida yakdillik bo‘lmagan. Bu hol hozirgacha saqlanib qolmoqda. Bir qator tadqiqotchilar musulmon huquqi normalarini uchta katta guruhga bo‘ladilar, yoki musulmon huquq tizimi o‘z ichiga musulmonlarning uch asosiy hayot tarzini tartibga soladigan norma va tamoyillarni qamrab oladi: 1) musulmonlar bilan Olloh o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar; 2) kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi normalar; 3) davlatlar yoki dinlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar.
Musulmon huquqining manbalarini Qur’oni karim, sunnat, ijmo‘ hamda qiyos tashkil etadi. Qur’ondagi 6200 ta oyatning aksariyati diniyaxloqiy masalalarga taalluqli, ma’lumotlarga ko‘ra 300 dan ortiqrog‘i huquqiy xarakterga ega. Musulmon faqihlari huquq sohasidagi bahslar yuzasidan kelishilgan fikr (oldin Qur’onga tavsir beriladi, so‘ng esa ijmo)ni bera boshlaganlar. Qiyos yoki taqqoslash bo‘yicha xulosa chiqarish usuli ma’lum me’yorni, agar taqqoslashning maqsadi va asosi mazkur me’yor maqsadi va asosiga mos tushsa, o‘zi bevosita nazarda tutgan hodisaga nisbatan qo‘llash imkonini beradi.
Musulmon huquqining Sunniylik mazhabi va uning maktablari quyidagicha: xanafiylik, molikiy, shofi’iylar, xanbAlilar. Shia mazhabi va maktablari esa imomat, ismoiliylar va zaydiylardan iborat.
Musulmon huquqi maktablarining dastlabki soni besh yuzga yaqin bo‘lib, ular huquqiy manbadan foydalanish darajasi, shart-sharoit va sharhlanishi hamda joylardagi urf-odatlarning hisobga olinishiga ko‘ra bo‘lingan.
Musulmon huquqi normalarini turlash, sohalarga bo‘lish eng muammoli masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ushbu masalalarga yondashish va hal qilish turli davrlarda har xil oqimga mansub olimlar tomonidan turlicha bo‘lgan.
Musulmon huquqshunoslari huquq normalarini manbalariga qarab ikkita katta guruhga bo‘ladilar.

Download 236,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish