O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov


 ISESCO tashkilotining musulmon mamlakatlari madaniy



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

 
6.2. ISESCO tashkilotining musulmon mamlakatlari madaniy 
aloqalarini rivojlantirishdagi o‘rni 
Fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo’yicha islom tashkiloti 
(ISESCO) – Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi mustaqil tashkilot. 
1979 yilda ta’sis etilgan, uning Nizomi 1982 yil Fas shahri (Marokash) 
Ta’sis Konferentsiyasida qabul qilingan. Mazkur Nizom 22 moddadan 
iborat bo’lib, unga Bosh Konferentsiyaning maxsus (1986 yil, Rabot), 
to’rtinchi (1991 yil, Rabot), beshinchi (1994 yil, Damashq), oltinchi (1997 
yil, ar-Riyod) hamda to’qqizinchi (2006 yil, ISESCOning doimiy shtab-
kvartirasi, Rabot) va Bokudagi (2015 yil 26 noyabr) sessiyalarida 
o’zgartirishlar kiritilgan. Hozirda Bosh qarorgohi Rabot (Marokash)da 
joylashgan. Tashkilot bosh direktori 1991 yildan beri 
Doktor Abdulaziz 
Usmon Atvayjiri
(Saudiya Arabistoni). 
ISESCO faoliyati quyidagilarga qaratilgan: 
- ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalarida tashkilotga 
a’zo mamlakatlar o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash va kuchaytirish, 
mazkur sohalarni islom tsivilizatsiyasi yutuqlari va islom qadriyatlari 
doirasida rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish; 
- insonlar o’rtasida o’zaro tushunmovchilikni bartaraf qilish, dunyoda 
tinchlik va barqarorlikka hissa qo’shish; 
- islom va islom madaniyati haqidagi to’g’ri tasavvurlarni 
shakllantirish, tsivilizatsiyalar, madaniyatlar va dinlararo muloqotni yo’lga 
qo’yish, shu bilan birga, islom tsivilizatsiyasi nuqtai nazariga mos ravishda 
inson huquqlari va erkinliklari bilan bog’liq adolat va tinchlik 
qadriyatlarini targ’ibot qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish; 
- tashkilotga a’zo davlatlarning ta’lim tizimlari o’rtasida aloqalarni 
tashkil etish ishlarini amalga oshirish va h.k. 
Tashkilotga 50 dan ziyod davlat a’zo bo’lgan. O’zbekiston 2018 
yilda qo’shilgan va 2018 yil 3 aprelda uning Nizomini ratifikatsiya qilgan. 


197 
ISESCOning 2 ta mintaqaviy ofisi, 2 ta delegatsiyasi, 4 ta o’quv 
markazlari va 3 ta audiovizual va multimediya mashg’ulotlari uchun 
mintaqaviy ofislari mavjud.
Tashilot qoshida Musulmon olami universitetlari federatsiyasi (Islom 
universitetlari jamiyati deb ham yuritiladi) faoliyat olib boradi. U ISESCO 
doirasida faoliyat yurituvchi va musulmon davlatlaridagi universitet va 
oliy talim muassasalari faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi tashkilot 
hisoblanadi. Markazi Marokash davlatining Rabot shahrida bo’lgan 
jamiyatga 1987 yil 1 dekabrda asos solingan. 2017 yilda Federatsiya 30 
yilligi bo’lgan va Bosh kotibga tabrik xati ham yuborilgan.
Doktor Abdulloh Jasbi Federatsiya ijroiya qo’mitasi raisi, Doktor 
Abdulaziz Atvayjiri esa Musulmon dunyosi universitetlari jamiyati bosh 
kotibi vazifasini bajaradi.
Musulmon davlatlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni mustahkamlash
talimning turli sohalari bo’yicha oliy talim muassasalari o’rtasida o’zaro 
hamkorlikni tashkil qilish va muvofiqlashtirish, barcha sohalarda ilmiy 
tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, erishilgan ilmiy yutuqlarni o’zaro 
almashish va ularni Islom tsivilizatsiyasi va taraqqiyoti bilan bog’lash, 
Islom tsivilizatsiyasiga hissa qo’shgan allomalarning azo davlatlarda 
saqlanayotgan ilmiy-madaniy merosini o’rganish, ularni boshqa tillarga 
tarjima qilish va keng jamoatchilikka tanishtirish kabi vazifalar ushbu 
tashkilotning asosiy maqsadlaridandir.
Federatsiyaga 322 ta universitet a’zo bo’lgan. O’zbekiston xalqaro 
islom akademiyasi ham a’zo (2017 yil).
Hozirda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshida “Islom 
tsivilizatsiyasini o’rganish ISESCO” kafedrasi faoliyat yurtimoqda. 
Bunday kafedralar soni dunyo bo’yicha 18 tani tashkil qiladi.
Tashkilot bosh direktori Abdulaziz at-Tuvayjriy 2017 yil 26 avgust 
kuni Toshkentda maxsus kafedra ochilishida ishtirok etdi. Tashrifi 
asnosida professor-o’qituvchi va talabalarga ma’ruza qildi va unda qadim 
Movarounnahr diyorining islom ilmlari rivoji yo’lida qo’shgan hissalarini 
yuqori baholadi. 
ISESCO 2007 yilda Toshkentni Osiyo mamlakatlari ichichda Islom 
madaniyati poytaxti, 
2020 yilda esa Buxoroni
Islom madaniyati poytaxti 
deb e’lon qilgan.
Bundan 
tashqari, 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoev 2017 yilning 9-10 oktyabr kunlari Ostona shahrida 
(Qozog’iston) o’tkazilgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va 


198 
texnologiyalar bo’yicha birinchi sammitida ishtirok etib, ma’ruza qildilar 
va unda bir nechta takliflarni ilgari surdilar.
Jumladan, IHTning Fan va texnologiyalar bo’yicha doimiy 
qo’mitaning sammitini har uch yilda tashkil qilish va ikkinchi sammitni 
2020 yilda
O’zbekistonda o’tkazish; Doimiy qo’mitaning a’zo davlatlar 
hududida tashkil etilayotgan Yuqori samarali kompyuter markazining 
bittasi O’zbekistonda tuzish; Musulmon olami yosh olimlari Markazini 
tuzish; Yosh olimlarni rag’batlantirish bo’yicha IHTning maxsus 
mukofotini ta’sis etish; Yosh matematiklar o’rtasida Al-Xorazmiy Xalqaro 
olimpiada o’tkazish. Hozirgi kunda ISESCO tashkiloti doirasida dunyo 
bo’yicha 18 ta ISESCO kafedrasi mavjud. Jumladan:

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish