O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti



Download 1,63 Mb.
bet25/30
Sana20.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#152346
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Kurs ishi Odiljonov Hojiakbar

3.3-rasm. Zamonaviy ipak yoli belbog‘i64

9-rasmga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, zamonaviy ipak yo‘lining quruqlikdagi va suvdagi yo‘nalishlari berilgan. Bu yo‘nalishlar ushbu hududda joylashgan davlatlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, bu O‘zbekiston Respublikasi uchun ham ulkan transport yo‘nalishi va qo‘shni mamlakatlar bilan yaqin aloqalarni rivojlantirishning eng maqbul variantidir.

Mamlakatimizga kiritilgan investitsiyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlarni ushbu transport yo‘nalishi orqali xaridorlarga yetkazib berish qulaydir.

O‘zbekistonning YaIM tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, uning asosiy qismini ishlab chiqarish, so‘ngra xizmatlar va qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Yurtimiz esa ulkan qishloq xo‘jalik salohiyatiga ega davlat hisoblanganligi bois, ushbu ipak yo‘li koridori orqali yetishtirilgan mahsulotlarni chet davlatlariga eksport qilish juda qulaydir.

Bundan tashqari, hozirda yurtimizda chet el investitsiyasi asosidagi ishlab chiqarish korxonalari ko‘payib bormoqda. Ularda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ham chet davlatlariga eksport qilish uchun ushbu koridor o‘ta ahamiyatli hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi uchun ham “Bir makon – bir yo‘l” global strategik loyihasi muhim ahamiyat kasb etadi. Uning Respublikamizning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “Xarakatlar strategiyasi” bilan mos kelishi esa mintaqadagi mamlakatlar bilan maqsadlarimiz hamohang ekanligini namoyon qiladi va iqtisodiyotimizni rivojlantirish, jumladan unga chet el investitsiyalarini jalb etish va ushbu koridor orqali ishlab chiqarilgan mahsulot, xizmatlarni eksport qilish imkonini beradi.

Shuningdek, kelajakda tashkilot doirasida barcha a’zo mamlakatlar manfaatlarini inobatga olgan holda bir qancha loyihalarni moliyalashtirish, integratsion jarayonlarni tezlashtirish va investitsiyaviy hamkorlikning hajmini kengaytirish imkoniyatlari mavjud. Bu borada quyidagilarni keltirib o‘tishimiz mumkin:

Shanxay hamkorlik tashkilotini 2025-yilgacha rivojlantirishni o‘z ichiga olgan va Ostona deklaratsiyasi asnosida imzolangan “strategiyalar” dasturi doirasida investitsion hamkorlikni rivojlantirish, tashkilotga a’zo davlatlarning investitsion jozibadorligini oshirish va kiritilgan investitsiyalar portfelidan muqobil va samarali darajada foydalanishning yangi imkoniyatlarini yaratish;

tashkilot doirasida samarali savdo-iqtisodiy hamkorlikning o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va uni yanada yangi bosqichga olib chiqish, tashqi savdo hajmini oshirish va ushbu faoliyatda oz turdagi tovarlar va xizmatlar bilan cheklanib qolmasdan savdo sohasini ham diversifikatsiya qilish;

“Bir makon – bir yo‘l” global strategik tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, ushbu loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha turdagi hamkorlik dasturlarida faol ishtirok etish va keyinchalik yangi ipak yo‘li asnosida ShHTga a’zo davlatlarning barchasini bog‘lab turuvchi iqtisodiy koridorda erkin savdo-iqtisodiy, investitsion hamkorliklarni rivojlantirish;

tashkilotning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rnini yanada mustahkamlash, boshqa nufuzli tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ShHTni yanada kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va tashkilotga yangi a’zo davlatlarni qabul qilish;



keyinchalik mintaqadagi davlatlar o‘rtasida erkin savdo hududini yaratish va erkin investitsiyalar oqimining suzuvchanligiga to‘siq bo‘ladigan barcha turdagi masalalarning yechimini topish va muammolarni bartaraf etish;

O‘zbekistonning tashkilot doirasidagi ishtirokini mustahkamlash, tashkilotga a’zo davlatlar bilan ko‘p tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va investitsiyalar oqimini oshirish uchun mamlakat hududida keng ko‘lamli imkoniyatlarni yaratish.

XULOSA

Ushbu kurs ishini tahlil qilib o‘rganishda quyidagi xulosalarga kelindi:



  1. ShHT – ochiq turdagi xalqaro tashkilot bo'lib, u Yevroosiyoning uchdan ikki qismini egallagan. U o'z faoliyatini hududda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga, shuningdek keng ko‘lamdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratgan. Uning faoliyatidagi asosiy yo'nalishlar bular: xavsizlik, iqtisod, madaniy-gumanitar va harbiy-siyosiy sohalardir. Tashkilotda hamkorlikning turli yo'nalishlariga qaratilgan o'nlab asos bo'luvchi kelishuv-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. ShHT faollik bilan tashqi aloqalarni rivojlantirmoqda, uning xalqaro obro'yi tez sur’atlarda o'sib bormoqda. Xalqaro va hududiy tashkilotlar bilan rasmiy munosabatlar o'rnatilgan. Ko'plab davlatlar ShHT bilan aloqa o'rnatishga harakat qilmoqdalar. Hududdagi ro'y berishi mumkin bo'lgan iqtisodiy inqirozning rivojlanish xavfi va siyosiy qizg'inlik, shuningdek Afg'onistondagi holatning qaysi yo'nalishda rivojlanishining noaniqligini hisobga olgan holda ShHT hududda barqarorlikning ma’lum bir darajadagi kafili va hamkorlik instituti sifatida o'zini namoyish etmoqda.

  2. ShHTning 2017-yil Ostonada bo‘lib o‘tgan sammitida “Pokiston va Hindiston Respublikalarining unga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilganligi to‘g‘risida Ostona deklaratsiyasi” imzolandi. Ushbu ikki yirik mamlakatning qo‘shilishi tashkilot tarixidagi muhim voqea sifatida qayd etildi. ShHTga a’zo boshqa davlalar uchun esa ushbu ikki mamlakat investitsion jozibador va arzon ishchi kuchiga ega davlatlar hisoblanadi. Bu esa tashkilot doirasida investitsion hamkorlikning yanada ortib borishiga asos bo‘ladi va uni ta’minlaydi.

  3. So‘nggi yillarda tashkilotga a’zo davlatlar iqtisodiyotida yuqori darajadagi o‘sish ko‘rsatkichlari kuzatilmoqda. O‘zbekiston YaIMning so‘nggi o‘n yildagi o‘sish tendensiyasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, 7%dan past ko‘rsatkich qayd etilmagan. Boshqa mamlakatlar, xususan Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston iqtisodiyotlarida ham yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etib kelinmoqda. Xitoy esa, xalqaro iqtisodchilar ta’biri bilan aytganda, “Xitoy mo‘jizasi”ni ko’rsatmoqda.

Iqtisodiyotdagi o‘sish va davlatlarning tabiiy xom ashyo zahiralari, yoqilg‘i resurslari, qimmatbaho metallarga boy ekanligi, ularning investitsion jozibadorligini oshiradi. Bu esa, tashkilot doirasida investitsion hamkolikning yanada rivojlantirish uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

  1. Yurtimizda so‘nggi paytlarda chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha bir qancha dasturlar ishlab chiqildi. Alohida investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qo‘mita ham tuzildi. Ushbu sa’y-harakatlar o‘z natijasini bermay qolmadi. 2016-yilgi yurtimizga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular umumiy hajmining yarmidan ko‘prog‘i ShHTga a’zo davlatlar tomonidan yurtimizga kiritilgan investitsiyalardir. Bundan ko‘rishimiz mumkinki, O‘zbekiston ShHTga a’zo davlatlar uchun ko‘proq investitsion jozibador davlat hisoblanadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yilda amalga oshirilgan davlat va rasmiy tashriflar mobaynida Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Turkiya davlatlari bilan ko‘plab investitsiyaviy sharnomalar tuzildi. Ularning umumiy qiymati 32,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

  2. Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan ilgari surilgan “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi ham mintaqadagi davlatlarning integratsion faolligini oshirishga turtki bo‘ldi. Xitoyning sharqiy provinsiyasidan boshlanuvchi zamonaviy ipak yo‘lining Markaziy Osiyo orqali Yevropa qit’asiga yo‘nalishi shu mintaqadagi davlatlarni bog‘lovchi yagona xalqaro strategik koridorga aylandi. Ushbu hududdagi mamlakatlar o‘rtasida savdo munosabatlarini erkinlashtirish uchun katta ahamiyat kasb etuvchi bu yo‘l – o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining ortishiga xizmat qiladi va mamlakatlar iqtisodiyotida muhim strategik yo‘lga aylanib boradi.

Ushbu strategik loyihaning muhim jihatini yuqoridagi bobda aytib o‘tgan edik, ya’niki Xitoy tomonidan ilgari surilgan “Bir makon – bir yo‘l” loyihasi o‘z yo‘nalishidagi mamlakatlarning bir necha yillik rivojlanish strategiyalari bilan charchamchas bog‘liq va ularga deyarli to‘la mos tushadi. Bunga O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarga mo’ljalllangan “Xarakatlar strategiyasi”ni olaylik yoki Qozog‘istoning “Yorug‘ kelajak” rivojlanish istiqbolli rejalarini olaylik, yo‘qsa Rossiya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Yevroosiyo erkin savdo ittifoqining taraqqiyot strategiyasini olaylik, barchasi ushbu global loyihada o‘z o‘rniga ega va ular inkor etilmaydi. Bundan tashqari, ikki tomonlama strategik istiqbollarning bir-biriga mos tushishi, mintaqadagi mamlakatlar rivojlanishini ikki barobarga tezlashtirmoqda desak ham bo‘ladi.

Shuningdek, ShHTning 2016-yil Toshkent sammitida keng ko‘lamda muhokama qilingan va tashkilotga a’zo barcha davlatlar tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlangan “Shanxay hamkorlik tashkilotini 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantrish, va albatta, investitsion hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochishga xizmat qiladi. Ushbu qabul qilingan strategiya asosida a’zo davlatlar o‘rtasida bojxona tartibini yengillashtirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish va investitsion hamkorlikni kengaytirish belgilab qo‘yilgan. Tashkilotda barcha a’zo davlatlarning bir xil rivojlanishini ta’minlash tendensiyasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, ushbu rivojlanish stategiyasi ham O‘zbekiston uchun juda ahamiyatli hisoblanadi.

Yuqoridagi ma’lumotlarga tayangan holda, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari bilan investitsion hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekistonning tashqi investitsiya faoliyatida asosiy o‘rin tutadi. Shunday ekan, yangi tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlarga ushbu davlatlardan investitsiyalarni jalb qilish, ularning realizatsiyasini ta’minlash va bu orqali Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish O‘zbekiston uchun asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib ko‘p yillar qoladi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish