Shirqovoq.
Kerakli masalliqlar:
1 kosa kubik qilib to'gralgan qovoq, 0.5 stakan guruch, 1.5-2 stakan suv, 2 stakan sut, 4-5 oshqoshiq shaker.
Tayyorlash:
Qovoq o'rtacha kattalikda kubik qilib to'grab olinadi. Qozonga avval guruch, ustidan qovoqni solib, qovoqni ko'madigan darajada suv solinadi. Qozon past olovda qaynashga qo'yiladi. Ora-orada sal-sal aralshtirib turiladi. Suv qaynab, guruch pishib, biroz yoyilishni boshlaydi. Guruch qozon tagiga yopishishni boshlaganida qozonga sut quyiladi va olovni o'rta balandlikka ko'tarib, qaynatiladi. St biroz qaynab turgach, shakar solib, mazasi aralashishini kutiladi va olov o'chiriladi. Shirqovoq tayyor.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Qanday sutli suyuq ovqatlarni bilasiz?
2.Shirqovoq qanday tayyorlanadi?
3.Sutli moshxo’rda qanday tayyorlanadi?
4.Shirchoy qanday tayyorlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |