4.15. NISHOLDA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Nisholda milliy shirinlik bo’lib, odatda to’ylarda, tantanalarda, hayit kunlarida, ro’za vaqtlarida tayyorlanadi (67-rasm).
Nisholda – shirinmiya ildizi va etmak eritmasining qaynatmasi, tuxum oqsillaridan olingan, savalangan ko’piksimon massani karamel sharbati bilan aralashtirish yo’li bilan tayyorlangan oq tusdagi yarim suyuq shakar mahsulotidir.
Kerakli masalliqlar: 1 kg nisholdani tayyorlash uchun 900 gr shakar, 10-12 tuxum oqsili, 1 gr limon kislotasi, 10 gr shirinmiya ildizining qaynatmasi, 0,5 gr jelatin, 0,1 gr vanilin zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |