O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuriddinov ijodi Akmal Nuriddinov hayoti va ijodi Akmal Nur. Oshiq darveshning hayot tegirmoni


Xalqaro hamkorliklar ko‘lami va natijalari haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz?



Download 442,47 Kb.
bet6/6
Sana06.03.2021
Hajmi442,47 Kb.
#60904
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akmal Nur

Xalqaro hamkorliklar ko‘lami va natijalari haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz?

– O‘zbekistonlik ijodkorlarning asarlari bugun dunyodagi ko‘plab nufuzli muzey va galereyalardan mustahkam o‘rin egallagan. Mamlakatimizda xalqaro biyennale, tanlov va ko‘rgazmalar o‘tkazilayotgani, ayniqsa, yosh iste’dodlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlash, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yaqinda yapon rassomi Xirosige Utagavaning “Edoning mashhur manzaralari”, janubiy koreyalik rassom Yun Keng A xonimning “Voha va moviy rang” mavzularida shaxsiy ko‘rgazmalarini o‘tkazdik. “Italiya kvinteti” badiiy ko‘rgazmasida Komo shahridagi Aldo Galli nomidagi nafis san’at akademiyasida tahsil olgan yosh o‘zbek musavvirlarining asarlari namoyish qilindi. Taniqli amerikalik foto ustasi Frank Uordning, “grattaj” (o‘tkir qirrali asbob bilan kartonga surat chizish) va emal (buyumlarni badiiy sirlash) uslublari bo‘yicha yaponiyalik ijodkorlarning mahorat darslari tashkil etildi.

O‘nlab musavvirlarimiz xorijiy davlatlarda o‘tgan badiiy ko‘rgazmalarda o‘z asarlari bilan ishtirok etdi. Ayniqsa, yaqinda o‘tkazilgan “O‘zbek atlasi va adrasi yaponiyaliklar nigohida” mavzusidagi ko‘rgazma ikki mingyillik tarixga ega milliy gazlamalarimizning, xalqimiz yuksak ongu tafakkurining yana bir ifodasi bo‘ldi. Yaponiyalik hunarmandlar yasagan ko‘plab buyumlar atlasning shubhasiz betakror san’at mahsuli ekanini yana bir karra tasdiqladi.

Milliy yuksalish falsafasi ijodkor uchun abadiy mavzu. Bu, shubhasiz, xalq badiiy-epik tafakkuri qatlamidagi ramzlarni tiklash va rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda bugun o‘zbekistonlik ijodkorlar oldida turgan eng muhim vazifalar nimalardan iborat, deb o‘ylaysiz?

– Bir qaraganda, ijodkor – yolg‘iz odam, san’at esa umumbashariy hodisa. Ammo, baribir, ijodkor o‘zini muayyan millatga mansubligini hech qachon unutmaydi, bunga haqqi ham yo‘q. O‘zini anglagan, hurmat qilgan ijodkor jamiyatdan ayri yashamaydi, el-yurt tashvishini o‘z muammosi, deb biladi. Hamyurtlari baxtli bo‘lmaguncha saodat nimaligini his etmaydi.

Biz ildizi necha ming yillarga tutash muqaddas zamin va ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosi bilan oziqlangan, o‘z hayot falsafasi, yashash tamoyillariga ega xalqmiz, yuksak madaniyat va ma’naviyat vorislarimiz. Mustaqillik qanday og‘ir kurashlar evaziga qo‘lga kiritildi. Xalqimiz og‘ir va murakkab sharoitlarni boshidan kechirdi. Bugungi asosiy vazifamiz istiqlol tufayli qadr topgan qadimiy tarixga ega milliy an’analarimizni, ezgu fazilatlarimiz va milliy sha’nimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, yanada rivojlantirishdan iboratdir.

Bu jarayonda xalqimiz ma’naviyati cheksiz ilhom manbaidir. Bu milliy ramz va motivlar bilan so‘z aytish demak. Hatto oddiy fotograf ham quruq voqelikdan qochishga, tasvirga ma’no yuklashga urinadi. Tasviriy san’at esa to‘laligicha inson idroki, tasavvuri va tafakkurining in’ikosidir. Albatta, san’atkor zamonaviy fikrlashi, davr bilan hamnafas yashashi lozim. Ammo uning ildizlari yer-suvdan uzilsa, ijodi uzoqqa bormaydi. Bu – san’atda o‘z isbotini topgan haqiqat.

Bugun ayrim yosh rassomlarimiz ijodini kuzatib, tasviriy san’atda ham qiyofa va qiyofasizlik kurashi keskinlashayotganini his qilish qiyin emas. Ayniqsa, chetdan yopirilib kelayotgan “ommaviy madaniyat”ning tahdidi va oqibatlarini hammamiz ko‘rib-bilib turibmiz. Ba’zi yosh rassomlarimiz yevropalik san’atkorlar tajribadan o‘tkazgan “izm”larga ko‘r-ko‘rona ergashib, o‘z ildizini unutib qo‘ymoqda.

Dunyodagi hamma xalq ham milliy ramzlar tizimiga ega emas. Bu millatni millat qiladigan, xalqni birlashtiradigan beqiyos kuch. Aytaylik, sharqona qarashlar tizimida olma – muhabbat, anor – oila, baliq – halollik, toshlar esa insoniy iztiroblar timsoli.

Yaqinda xitoylik delegatsiya vakillari mamlakatimizda bo‘lib, yurgan yo‘llarida rasmlar chizishdi. O‘sha suratlar ko‘rgazmasini o‘tkazdik. Shunda ular asosan bir fikrni – xalqimiz o‘ziga xos yashash tarzi va falsafasini bus-butun saqlab qolayotgani mamlakatimizning buyuk kelajagida, yanada taraqqiy etishida muhim omil bo‘lishini qayta-qayta ta’kidladi.

Yana bir voqeani aytay: ikki-uch oy oldin gavayalik er-xotin o‘zbek noni tasviri tushirilgan surat izlab keldi. Sababini so‘rasam, o‘zbeklarda non rizq-baraka, quyosh timsoli ekan, yaqinda farzandli bo‘lamiz, uning rizqi butun, umri munavvar bo‘lishi uchun uyimizga o‘zbek nonining suratini ilib qo‘ymoqchimiz, deb javob berishdi. Bu ramzning inson fikri, e’tiqodi va hayotiga ta’sirining amaldagi bir ifodasi!..

San’atimizning milliy asoslarga tayangan holda rivojlanishi, avvalo, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘ladi. Bu ertangi kunning ob-havosini belgilab beradi. Binobarin, o‘zini anglamagan inson qiyofasizlikka mahkum, milliy asoslarga tayanish – qiyofa, qiyofasizlik esa muqarrar halokatdir. Umumbashariy ma’naviyat hodisasiga birlashish uchun avvalo milliy ildizlarni anglash, o‘zlikni topish lozim.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili viloyatlarimizdan biridagi zamonaviy uy-joylarni ko‘zdan kechirayotib, xonaga rangtasvir namunalarining ilinishi xalqimiz ongu tafakkurining yuksalayotgani ifodasi ekanini ta’kidladi. Bugun tasviriy san’atning auditoriyasi qanday?

– Ilgari rassomlikni ko‘pchilik jiddiy ish, professional kasb sanamas edi. Tasviriy san’atning doirasi asosan ziyolilardan iborat edi. Hozir esa bu auditoriya ancha kengaygan. Bunga bir misol: ilgari Toshkentda (butun O‘zbekistonda desam ham bo‘ladi) badiiy asarlar ko‘rgazmasi, savdosi bilan shug‘ullanadigan bitta-ikkita muassasa bo‘lar edi! Bugunchi? Ko‘rgazma zallari, tasviriy san’at galereyalari, do‘konlar…

Ilgari ko‘plab hamyurtlarimiz devorga gilam ilib qo‘yishni ilg‘or madaniyatning bir ifodasi, deb tushunardi. Xayriyatki, gilamlar, bo‘yralar o‘z joyiga tushdi. Bugun ularning o‘rnini turli foto va rangtasvir asarlar egallamoqda. Go‘zallikka intilish, shubhasiz, tasavvur va tafakkurni poklaydi, qalbni yuksaltiradi, tuyg‘ularni tarbiyalaydi.

Yaqinda yosh rassomlarimiz ijodida bir yangilikni sezganday bo‘ldim: asarlarda shahar manzaralari ko‘payibdi. Bir yosh musavvir Amir Temur xiyobonining tongini shunday tasvirlaganki, beixtiyor dimog‘ingizda xiyobon nafasini tuyasiz. Urbanizatsiyaning san’atda o‘z aksini topishi ham uni davrga, odamlarga yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, hamyurtlarimiz orasida surat kolleksionerlari safi kengaymoqda. Bu ham san’atga qiziqish, fikrlashga intilish va tasavvur qudratidan zavq olishga katta ehtiyoj borligidan dalolatdir. Qolaversa, xalqimiz farovonligi oshayotganining bir belgisi!

Davr o‘tadi, avlodlar almashadi. Ehtimol, bugungi libos ertaga boshqasiga o‘rin bo‘shatib berar, lekin bobomeros tuyg‘ular hech qachon o‘zgarmaydi. Tasviriy san’atning auditoriyasi ana shu ma’naviy asos ruhi, bugungi zamondoshlarimiz qiyofasining asarlarimizda qay tariqa ifoda topishiga bog‘liq.

Ijod sirli olam, har qanday yuksak saviyali asar, tabiiyki, o‘z qulf-kalitiga ega. Uni oddiy odamlarga albatta sharhlab-tushuntirib berish kerak. San’at yo‘nalishlarining o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanishining milliy ma’naviyatimiz yuksalishidagi o‘rni va ahamiyati haqida nimalar deya olasiz?

– San’atning biror-bir yo‘nalishi o‘z holicha taraqqiy etolmaydi. Bugun mamlakatimizda san’atning barcha sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ammo ijodkorlarimiz o‘rtasida o‘zaro ijodiy muloqotlar kam, asarlarga munosabat bildirish hamon sust.

Aytaylik, bitta suratni shoir, artist yo haykaltarosh o‘ziga xos tushunadi. Bugun, afsuski, shoir asarlari taqdimotida rassomlarni, ko‘rgazmalarda esa artist yo yozuvchilarni kam uchratasiz. Shuning uchun ham Badiiy akademiyamizdagi yig‘ilishlarga imkon qadar san’atning barcha yo‘nalishlari vakillarini qamrab olishga harakat qilyapmiz.

Har bir asar – milliy mafkura va tarbiyaning kuchli vositasi. Ma’naviyatning yuksalishi ijodiy sa’y-harakatlarning qay tariqa birlashishiga bog‘liq. Bu cho‘qqiga erishish uchun, avvalo buyuk va muqaddas Vatanimizda tug‘ilish – baxt, ayni paytda juda katta mas’uliyat ekanini anglash lozim.

Yaqinda yangi suratlar chizib, ularga “Onaizor” va “Noqobil o‘g‘il” deb nom qo‘ydim. Ikkisida ham bir mazmun – farzandining diydoriga mushtoq ona (Vatan) va volidasi poyida tiz cho‘kkan o‘g‘il tasvirlangan. Inson yo‘lga chiqadigan va mangu talpinadigan manzil yagona – ona-Vatan. Ota-bobolarimiz uyi oldidagi quduqning suvi kamaysa, chashmani boshqa yerdan izlamagan. Bil’aks, o‘sha buloq ko‘zini yanada kengroq ochishga, oilasini har jihatdan mustahkam qo‘rg‘onga aylantirishga harakat qilgan.

Milliy immunitet ajdodlarimizga xos muqaddas yo‘lning davom ettirilishi, milliy ruhning sayqallanishi va tafakkurning tanazzul ustidan g‘alaba qozonishidir. Bu borada bizga o‘zimizdan boshqa hech kim ko‘mak berolmaydi.

Ota-onani, Vatanni tanlab ham, almashtirib ham bo‘lmaydi. Ma’naviyati butun avlodning tadbiri taqdiriga mos keladi. Ma’naviy jasorat ko‘rsatib yashashni hayot dasturiga aylantirgan avlodlar o‘z o‘rnini hamisha anglab, o‘zgalarga ham anglatib yashaydi.



Bu jarayonda kamolot va saodat manziliga eltajak yo‘lni ko‘rsatish – san’atning tayanch nuqtasi, ijodkorning mangu vazifasi. Zotan, Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida ta’kidlaganidek, “har kuni har soatda fidoiy bo‘lish, o‘zini tomchi va tomchi, zarra va zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay, tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish – haqiqiy qahramonlik aslida mana shu”.

.
Download 442,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish