O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuriddinov ijodi Akmal Nuriddinov hayoti va ijodi Akmal Nur. Oshiq darveshning hayot tegirmoni


Akmal Nur. Oshiq darveshning hayot tegirmoni



Download 442,47 Kb.
bet3/6
Sana06.03.2021
Hajmi442,47 Kb.
#60904
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akmal Nur

Akmal Nur. Oshiq darveshning hayot tegirmoni

Dramatik noktyurn – taniqli va bugungi kunda asarlariga talab katta mo‘yqalam ustasi, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiya raisi, akademik Akmal Nur tanqidchilarning tasdiqlashicha, ana shunday dunyoqarash bilan tasviriy san’atga kirib kelgan. U asarlarida asosan, hayotdagi abadiy uyg‘onish davrlari orqali yo‘qlikka qarshi kurash, zamonlarni yengib o‘tish mavzularining o‘ziga xos kuychisidir. Bizning sirlar pardasi xiyol ko‘targan Akmal Vahobjonovich bilan suhbatimiz butun borliq ranglar yordamida tasvirlanadigan muqaddas joy, ya’ni ijodkorning - ustoz rassom ustaxonasida bo‘lib o‘tdi.
«Autograph» art-galereyasida rassomning oltmish yilligiga bag‘ishlangan shaxsiy «Yo‘llar va izlanishlar» deb nomlangan ko‘rgazmasida tomoshabinlar o‘tmish xotiralari va kelajak orzularini ko‘rishi mumkin. Bu yerda betakror va darrov tanib olish mumkin bo‘lgan uslubdagi muallif tafakkuri mahsuli namoyish etilmoqda. Ekspozitsiya ilgari ko‘rgazmalarga qo‘yilmagan va mo‘yqalam ustasining erkin izlanish rangi va shaklini topish yo‘lida qanday shakllana borgani va ularni umumlashtirganini yaxshirok anglashga yordam beruvchi 60 ta rassomlik ishini o‘z ichiga oladi.

Hech ikkilanmay tasdiqlash mumkinki, Akmal Nur – juda xilma-xil va uning ijodi ko‘lami taassurot qoldiruvchi. Uning asarlari juda chuqur ramziy ma’noga ega, ularda o‘tmish va hozir, haqqoniylik bilan xayolot o‘zaro bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan. Bu - san’atni o‘qiy va ko‘ra oladigan, tushunadigan kishilar uchun taassurotlar va fikrlarning o‘ziga xos labirinti hamdir...

– Eshitishimizcha, yoshligingizda tarix yoki adabiyot o‘qituvchisi bo‘lishni va she’rlar yozishni orzu qilgan ekansiz. Ehtimol, aynan shu sabab suratlaringizda mumtoz sharq she’riyati obrazlari ko‘p uchrar. Rasomlikni tanlashingizga nima turtki bergan?

– Maktabda bu fanlar chindan ham o‘zimga yoqardi va tez-tez ular bo‘yicha olimpiadalarga qatnashib turardim. Rassom tarixni bilishi kerak, deb o‘ylayman. Birgina ana shu mavzuda ishlash uchun emas, balki o‘z shaxsiy dunyoqarashini kengaytirish uchun ham. Adabiyotga kelsak, uni bolaligimdan yaxshi ko‘rganman va hozirda ham Navoiy, Bobur, Yesenin, Pushkin, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Shavkat Rahmon va Zebo Musayevaning she’rlarini ko‘p martalab qayta o‘qiyman.

Ba’zan suratni bo‘yoqlarda chiza olmay qolsam... oddiy so‘zlar yordamida tasvirlayman. Bu ruhiyatning o‘zgacha holatini muhrlash imkonini beradi. Ilhom kelganini his qilsam, she’rlar o‘qishga tushaman hamda o‘sha holat yana qaytadi va uni matoga ko‘chirishga tayyor bo‘laman.

Bu she’rlarni hamma birdan odatiy tushunadi, deya olmayman. Bu ko‘proq so‘zlarga o‘ralgan ichki ruhiy holat. Mo‘yqalamda shoir bo‘lishni istardim.

– Rassomlik siz uchun nima?

– Katta baxt, sen dunyoni boshqacha ko‘z bilan ko‘rasan. Rassomda qahr-g‘azab ko‘p bo‘lmaydi. Biron nimadan shikoyati ham yo‘q, u o‘z ichida izlanadi. Ijodda ham asosiysi, ruhiyat holatini ifodalashdir.

Bu ham ichki ehtiyoj sabab bo‘lsa kerak, keyingi paytlarda ranglardan ko‘proq foydalana boshladim. Negadir qandaydir bayramona, yorqin narsalar chizgim keladi. Ana shu narsa menga yetishmayapti. Oq tusni yaxshi ko‘raman. Ayni damda yangi surat ustida ishlayapman: ularning barchasi kabi farishta bo‘lgan bola suratini chizyapman. Boshini qo‘ygan stol – osmon, uning yuqorisida esa yuqoridan tushayotgan yozuvlar shaklidagi naqshlar. Bu bilan hayotda hech nima tasodifan bo‘lmasligini, hammasi oldindan yozib-belgilab qo‘yilgani haqidagi fikrni yetkazmoqchiman. Ehtimol, qachonlardir mening ham rassom bo‘lishim oldindan belgilangandir. Bunda mening diniy qarashlarim yo‘q, bu ko‘proq hayotiy kuzatuvlarim.

– Dunyoning ko‘pgina mamlakatlariga borgansiz va «Nur» taxallusi Hindistonga borgandan so‘ng paydo bo‘lgan ekan...

– Kasb taqozosi bilan chindan ham juda ko‘p sayohat qildim. Ayniqsa, shaxsiy ko‘rgazmam o‘tkazilgan Marokkodagi oppoq Rabat shahri yaxshi esimda qolgan. Havo kabi yengillik hislarini uyg‘otuvchi me’morchiligi, odatlari va an’analari, liboslari meni hayratda qoldirdi. Hindistonda ham shaxsiy ekspozitsiyam tashkillashtirilgandi, o‘sha damlar men uchun belgi beruvchi bo‘ldi, deyish mumkin. Bir oy vaqt ichida ko‘p narsani ko‘rishga ulgurdim va bu esa ichki holatda o‘z aksini topdi. Tasviriy san’atga bo‘lgan qarashim o‘zgardi: yorqin uslub va g‘oyaga chuqur kirib borish paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, hindistonlik tanqidchilardan biri ijodim bilan tanishgach, suratlarning o‘ziga xos yorug‘lik taratishini qayd etdi. Xuddi o‘shanda hozir ishlarimga «Nur» deb imzo qo‘yadigan taxallusim paydo bo‘lgan.

– Suratlaringizda go‘yoki butun dunyodan o‘z o‘rnini izlab darbadar kezayotgan darvish obrazi ham bor. Bunda siz va ijodingiz bilan hamohanglik bormi?

– Istalgan rassom o‘zini, ya’ni o‘z fikri va hislari, kayfiyatini chizadi. Darvishga kelsak, u borliqni boshqacha qabul qiluvchi, tafakkuri butunlay o‘zgacha olam vakili. Bugun zamonaviy odamlar qadrlaydigan pul, moddiy boyliklar uning uchun zig‘ircha ham qadrga ega emas, u dunyoviy zanjirlardan ozod, hamisha ezgulik va adolat, umid va ma’naviy izlanishlar yo‘lidan yuradi. Ruhan darvish bo‘lging kelib ketadi, negaki, ijodkor inson hamisha o‘zini izlaydi, jumladan, men ham.

– Ishlaringizda tez-tez muhabbat mavzusiga murojaat qilasiz, ikkita shaxsiy ko‘rgazmangiz – «Men muhabbat diniga e’tiqod qilaman» va «Muhabbat vodiysi» to‘liq ana shu mavzuga bag‘ishlangan. Ko‘pgina suratlaringiz ham ana shu hissiyot haqida. Zamonaviy dunyoda muhabbat bormi va siz, uni qanday timsollarda tasavvur qilasiz?

– Ushbu mavzu – ijodimning o‘zagini tashkil etadi. Qalbimning tub-tubida men romantikman, ana shu tushuncha bilan bog‘liq barcha narsani yaxshi ko‘raman. Xoh u insonlar o‘rtasidagi munosabat, xoh o‘zim ko‘pincha ilhom oladigan musiqa (ayniqsa, Botir Zokirov kompozitsiyasi, Pol Moria asarlari yoqadi) yoki deraza oldida gullagan daraxt, yengil ko‘klamgi shabada bo‘lsin. Ikki qalb munosabatlari ustiga butun hayot qurilishiga ishonaman. Sevib yashash va hamisha shu holatda bo‘lish kerak. Muhabbat hamisha qalbimda, zero bu hissiyot orzular bilan kesishadi. Orzu qilayotganingda yaxshi narsalar haqida o‘ylaysan, shuning o‘ziyoq go‘zal, shuning o‘ziyoq muhabat. Bunday holat rassom uchun havodek zarur, ma’naviy ozuqadir.

Biz bugun nimani kuzatamiz? Afsuski, muhabbat tushuncha sifatida hayotimizdan yo‘qolib bormoqda, hammasi pragmatikka aylanyapti. Agan chin dildan sevsang, barcha hisob-kitoblar chetga suriladi. Buni so‘z bilan tushuntirib o‘lmaydi.

Men tomoshabin qalbining tub-tubiga ko‘mgan hislarining yuzaga qalqib chiqishiga va boshqa ranglar bilan to‘lishiga, o‘z hayotini qayta o‘ylab ko‘rishga turtki beruvchi suratlar chizaman. Barcha narsada, har bir kasbda, yaqinlar, do‘stlar, ota-ona, yoru birodarlarga munosabatlarda, kindik qoning to‘kilgan va o‘sib-ulg‘aygan yurtga nisbatan muhabbat bo‘lishi lozim.

– Siz jamlagan boy ramzlar, akademik maktabga ko‘paytirilgan haqqoniy tasviriy san’at va o‘rta asrlar miniatyurasi an’analari suratlaringizda o‘ziga xos atmosferani yuzaga keltiradi. Bu ayniqsa, «Chegara», «Men ko‘rmagan tush», «Hayot tegirmoni» deb nomlangan ishlaringizda yorqin aks etadi...

– Bir olam qo‘llarning osmonga qo‘l uzatayotganlari aks etgan «Chegara» haqida gapirsak, inson o‘lmaydi, balki boshqa holatga o‘tadi, deb o‘ylayman. Biz hech qachon ko‘ra olmaydigan, ammo sezgilarimiz bilan his qiladigan qandaydir chegaralar mavjud. Oldindan his qilish degan gaplar bor. Bir yozuvchi aytganidek, taqdir bizga belgilarni jo‘natadi, ammo biz, ularni o‘qishni bilmaymiz. Aqlimiz, ongimiz yetadigan darajagacha bila olamiz, xolos. Ammo rassom ko‘prog‘ini ko‘rishi va juda boy tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Uning suratlarida farazlar ham, oxirigacha aytilmagan narsalar ham ishtirok etishi zarur.

– Zamonaviy san’atga munosabatingiz qanday? Ana shu tushuncha ortida iste’dodsizlik, iste’molchilar didiga mos kelishga intilish yashiringaniga ko‘pgina taqidchilarning ishonchi komil...

– Uning tarafdori emasman, ammo raqibi ham. Bu uning tagida nima yotganiga qarab-da! Axir, biz, bugun ijod qilayotgan ustalar mohiyatan zamonaviy san’atni yaratyapmiz. Afsuski, sohada ba’zan bu borada hech nimani tushunmasa-da, o‘z nuqtai nazarini atrofdagilarga o‘tkazishga harakat qiladigan odamlar paydo bo‘lib qoladi.

– Rassom bo‘lib yetishishadimi yoki tug‘ilishadi? Sohadgi ta’lim borasida nima deya olasiz?



– Bu qanchalik zid va g‘alati tuyulmasin kimgadir o‘qishning mutlaqo keragi yo‘qligiga, ishonchim komil. Negaki, ularda xudo bergan iste’dod bor, va men bunday odamlarga to‘sqinlik qilmaslikni yoqlayman. Afsuski, bugungi ta’lim keyin chiqish juda qiyin bo‘lgan bitta qolipga olib boradi. Mana, zamonaviy san’at haqida o‘zingiz gapirdingiz. Axir, u istalgan eskirgan qolip va aqidalardan voz kechishni nazarda tutadi. Buni ustalarning yangi avlodi yarata olarmikan? Ko‘ngildagidek hal etilmayotgan va tubdan o‘zgartirish kerak bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash ham ulkan muammo. Ijodkor – avvalo, u shaxs, betakror va individualdir. Buni saqlab qolishni ham bilish kerak.

Download 442,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish