O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuriddinov ijodi Akmal Nuriddinov hayoti va ijodi Akmal Nur. Oshiq darveshning hayot tegirmoni


O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuriddinov (Akmal Nur)



Download 442,47 Kb.
bet5/6
Sana06.03.2021
Hajmi442,47 Kb.
#60904
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akmal Nur

O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuriddinov (Akmal Nur) bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA muxbirining suhbati shu mavzuda – mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlashda ijodkor mas’uliyati haqida bo‘ldi.

– Mustaqillik xalqimiz hayotidagi eng buyuk voqeadir, – deydi A.Nuriddinov. – Agar “kim edig-u, kim bo‘ldik?” degan savolni tasviriy san’at sohasiga, o‘zbekistonlik rassomlar taqdiriga nisbatan qo‘llaydigan bo‘lsak, men ijodkorlarga avvalo ma’naviy ildizlarimizga suyanib fikrlash va uni erkin ifoda etish baxti nasib etdi, deb javob beraman.

Bir misol: sobiq tuzum davrida beshik tasviri tushirilgan birorta suratimizni namoyish etolmaganmiz. “Beshik – eskilik sarqiti”, degan nayranglarning zamirida xalqimizni o‘z ildizlaridan ayirishga va manqurtga aylantirishga urinish, millat o‘zligini anglab qolishidan katta qo‘rquv mujassam edi. Shuning uchun o‘sha davrdagi ko‘plab suratlarda chakkasiga paxta chanog‘ini qistirganlarning yasama va zo‘raki tabassumi bo‘lardi. Bugun aksariyat musavvirlarimizda o‘zimizga xos va mos yo‘lni davom ettirish ishtiyoqi kuchli. Buning uchun yetarlicha imkoniyat mavjud.

Ilgari rassomlar badiiy ko‘rgazmasini o‘tkazishi uchun ming bir chig‘iriqdan o‘tishiga to‘g‘ri kelar, g‘oyaviy muammo va to‘siqlar kuchli edi. Hozir yosh iste’dodlar ravnaqi davlatimizning doimiy e’tiborida, yangi-yangi ta’lim maskanlari, muhtasham saroylar, ko‘rgazma zallari barpo etilmoqda. Muntazam ravishda o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlar, festival va anjumanlar yoshlarimizning ijodiy va ma’naviy yuksalishiga xizmat qilayotir.

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida xalqimiz ijodkor farzandlaridan munosib sovg‘a kutishi tabiiy. Bu borada Badiiy akademiya tomonidan amalga oshirayotgan loyihalar haqida gapirib bersangiz?

– Bu yil akademiyamiz tashkil etilganiga 15-yil bo‘ldi. Shu kunlarda rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, mahobatli va amaliy san’at, badiiy foto kabi ko‘plab yo‘nalishlarda ijod qilayotgan bir yarim ming nafardan ortiq uyushmamiz a’zosi bayramga katta hozirlik ko‘rmoqda. Joriy yilgi tadbirlarimiz, asosan “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan!” hamda “Oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqaror” ezgu g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan.

Ayni kunlarda xalqimizning istiqlol davrida erishgan yutuqlari, tinch-osoyishta hayotimiz, zamondoshlarimiz qiyofasi aks ettirilgan rangtasvir va fotoasarlarning mamlakatimiz bo‘ylab ko‘chma ko‘rgazmalari, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining fondida saqlanayotgan asarlarni ham keng namoyish etayotirmiz.

Avgust oyida xalqimiz tarixidagi mudhish sahifa – XX asrda o‘zbek ziyolilarining qatag‘on qilinishiga oid yangi rangtasvir asarlari ko‘rgazmasini tashkil etish rejalashtirilgan. Bular mustaqillik osonlik bilan qo‘lga kiritilmagani, bugungidek erkin va obod kunlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmagani haqida aholi, ayniqsa, yoshlarimizda keng tasavvur uyg‘otishga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.

Oila – taqdirimiz, baxtimiz. Har qanday islohot, yangilanish avvalo oiladan boshlanadi. Shu yilning o‘tgan davrida “Oila o‘chog‘in asrasin ayol”, “Baxtli oila”, “Oila – bolalar nigohida”, “Ona yurtim – ota makonim” kabi mavzularda ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Ularda namoyish etilgan asarlarning barchasida bir mazmun mujassam: O‘zbekiston – yagona va mustahkam oila, xalqimizning hayot tarzi va falsafasi necha-necha asrlarga tutash, shu bois ham bugunimiz barqaror, ertamiz yorug‘.


Download 442,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish