O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlarining ijodiyotini o’rganish asoslari



Download 300 Kb.
bet1/4
Sana27.06.2017
Hajmi300 Kb.
#16900
  1   2   3   4
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
KUNDUZGI BO’LIM

MUSIQA NAZARIYASI, TARIXI VA AN’ANAVIY IJROCHILIK KAFEDRASI


Shodmonova Matluba O’ktamovna

O’ZBEKISTON XALQ HOFIZLARI VA BASTAKORLARINING IJODIYOTINI O’RGANISH ASOSLARI

“5141000-musiqiy ta’lim” yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun


BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: dots. Kiyamov N.
Bitiruv malakaviy ishi musiqa nazariyasi, tarixi va an’anaviy ijrochilik kafedrasida bajarildi.

Kafedraning 2011-yil 26-maydagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (bayonnoma № 10)


Kafedra mudiri: dots.Valixo’jayev N.

Bitiruv malakaviy ishi YaDAKning 2011-yil «____» _____dagi majlisida himoya qilindi va ____ ball bilan baholandi (bayonnoma №___).


YaDAK raisi: _______________________________
A’zolari: __________________________________________

__________________________________________

__________________________________________

__________________________________________


Samarqand – 2011


Kunduzgi bo’lim
«Musiqiy ta’lim yo’nalishi» musiqa nazariyasi, tarixi va an’anaviy ijrochilik kafedrasi


O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlarining ijodiyotini o’rganish asoslari
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Bajaruvchi: Shodmonova Matluba

Ilmiy rahbar: dots. Kiyamov N.S.
Samarqand - 2011


A.Navoiy nomidagi SamDU kunduzgi bo’lim musiqiy ta’lim yo’nalishi 4 kurs bitiruvchi talabasi Shodmonova Matlubaning “O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlarining ijodiyotini o’rganish asoslari” nomli mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishiga



M U L O H A Z A

Xalq ijodiyoti ulkan ummondir. U doimo ijodkor ahlining mahsuli bilan boyib, muntazam ulkanlashib boraveradi. Zotan, bu ummon tarkibidan joy oladigan har bir namuna o’zining siru-sinoatlari, milliy an’analar, milliy ruhiyat va milliy qadriyatlar bilan sug’orilgan mezoni bilan izohlanadi. O’zbek milliy musiqasi va adabiyotining shakllanib rivojlanishidagi asosiy poydevori ham shundadir.

O’tmishimizga bir nazar tashlar ekanmiz, musiqa san’ati naqadar qadimiy san’at ekanligini, uni avlodu-ajdodlarimiz hayotida oltin xazina bo’lib jahonga nom taratgan olimu-fozillar, mutafakkiru-allomalar, o’z davrining eng ilg’or kishilari hayotida, ularning o’lmas ijodi, izlanish va qarashlarida alohida bir nur taratib turuvchi o’rin tutganligini ko’ramiz.

Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobi “Hofiz va sozandalar piri Hoji Abdulaziz Abdurasulov, hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozovlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini o’ziga xos jihatlari” deb nomlansa, ikkinchi bobi “O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlari ijodiyotini o’rganishning tarixiy-nazariy asoslari” deb nomlanadi. Bitiruvchi Shodmonova Matluba o’zining bitiruv ishini yozishda O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlarining ijodiyotini o’rganish asoslari nechog’lik amaliy ahamiyatga egaligini yoritishga harakat qilgan.

Shu munosabat bilan Shodmonova Matluba tomonidan bitiruv malakaviy ish sifatida yozilganligi Yak. D.A.K ning barcha talablariga javob beradi.

Ish Shodmonova Matluba tomonidan mustaqil holda bajarilgan bo’lib, kirish, asosiy qism, 2 bob, 4 paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Men, Ilmiy rahbar sifatida Shodmonova Matluba tomonidan yozib to’liq tugallangan va mustaqil bajarilgan bitiruv malakaviy ishini Yakuniy D.A.K – yig’inida himoya qilishga tavsiya etaman.


Ilmiy rahbar: dots. Kiyamov N.S.

A.Navoiy nomidagi SamDU kunduzgi bo’lim musiqiy ta’lim yo’nalishi 4 kurs bitiruvchi talabasi Shodmonova Matlubaning “O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlarining ijodiyotini o’rganish asoslari” nomli mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishiga



T A Q R I Z

Prezidentimiz I.A. Karimov shaxs kamoloti masalasiga jiddiy munosabatda yekanligini quyidagicha tarifflaydi: “Mustaqil ozod O’zbekistonning kelajagi, istiqboli yoshlar qalbida, ravnaqi teran, bilimli, yuksak madaniyatli avlodarimiz qo’lida” deb takidlagan edilar.

Respublikamiz mustaqilikka erishgach yuz berayotgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o’zgarishalarning ko’lami kun sayin keng quloch yozayotgan bir davrda yurtimizning kelajak vorislari bo’lgan yoshlarni har tomonlama yetuk madaniyatli inon qilib tarbiyalash o’z dolzarbligi bilan alohida o’rin tutadi.

Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobi “Hofiz va sozandalar piri Hoji Abdulaziz Abdurasulov, hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozovlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini o’ziga xos jihatlari” deb nomlansa, ikkinchi bobi “O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlari ijodiyotini o’rganishning tarixiy-nazariy asoslari” deb nomlanadi. Bitiruvchi Shodmonova Matluba o’zining bitiruv ishini yozishda O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlarining ijodiyotini o’rganish asoslari nechog’lik amaliy ahamiyatga egaligini yoritishga harakat qilgan.

Shu munosabat bilan Shodmonova Matluba tomonidan bitiruv malakaviy ish sifatida yozilganligi Yak. D.A.K ning barcha talablariga javob beradi.

Ish Shodmonova Matluba tomonidan mustaqil holda bajarilgan bo’lib, kirish, asosiy qism, 2 bob, 4 paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



Men, taqrizchi sifatida Shodmonova Matluba tomonidan yozib to’liq tugallangan va mustaqil bajarilgan bitiruv malakaviy ishini Yakuniy D.A.K – yig’inida himoya qilishga tavsiya etaman.

Samarqand shahri Hoji Abdulaziz

Abdurasulov nomidagi

San’at kolleji o’qituvchisi: To’xtayev O’.

MAVZU: “O’ZBEKISTON XALQ HOFIZLARI VA BASTAKORLARINING IJODIYOTINI O’RGANISH ASOSLARI”.
R E J A :
Kirish

Asosiy qism
I-BOB: Hofiz va sozandalar piri Hoji Abdulaziz Abdurasulov, hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozovlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini o’ziga xos jihatlari.

1.1. Yoshlarda O’zbekiston xalq hofizi H.A.Abdurasulov hayoti va ijodiyotini o’rganishning bugungi holati.

1.2. Yoshlarning xalq sevgan hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozov hayoti va ijodiyotini o’rganishga bo’lgan qiziqishlari.
II-BOB: O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlari ijodiyotini o’rganishning tarixiy-nazariy asoslari.

2.1. Yoshlarda O’zbekiston xalq hofizi Orifxon Hotamovning hofizlik, ustozlik, bastakorlik haqidagi fikrlarini o’rganishning o’ziga xos xususiyatlari.

2.2. O’zbekiston xalq hofizi Orifxon Hotamovning hayoti va ijodiyoti haqida chizgilar.
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Nota ilovalari

MAVZU: “O’ZBEKISTON XALQ HOFIZLARI VA BASTAKORLARINING IJODIYOTINI O’RGANISH ASOSLARI”.
M U N D A R I J A :
Kirish

Asosiy qism
I-BOB: Hofiz va sozandalar piri Hoji Abdulaziz Abdurasulov, hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozovlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini o’ziga xos jihatlari.

1.1. Yoshlarda O’zbekiston xalq hofizi H.A.Abdurasulov hayoti va ijodiyotini o’rganishning bugungi holati.

1.2. Yoshlarning xalq sevgan hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozov hayoti va ijodiyotini o’rganishga bo’lgan qiziqishlari.
II-BOB: O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlari ijodiyotini o’rganishning tarixiy-nazariy asoslari.

2.1. Yoshlarda O’zbekiston xalq hofizi Orifxon Hotamovning hofizlik, ustozlik, bastakorlik haqidagi fikrlarini o’rganishning o’ziga xos xususiyatlari.

2.2. O’zbekiston xalq hofizi Orifxon Hotamovning hayoti va ijodiyoti haqida chizgilar.
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Nota ilovalari

Kirish.

Bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligi. O’tmishimizga bir nazar tashlar ekanmiz, musiqa san’ati naqadar qadimiy san’at ekanligini, uni avlodu-ajdodlarimiz hayotida oltin xazina bo’lib jahonga nom taratgan olimu-fozillar, mutafakkiru-allomalar, o’z davrining eng ilg’or kishilari hayotida, ularning o’lmas ijodi, izlanish va qarashlarida alohida bir nur taratib turuvchi o’rin tutganligini ko’ramiz. O’rta asrlarda o’z ilmlari, kashfiyotlari bilan Sharqni jahonga tanitgan Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Umar Xayyom, Kavkabiy, Changiy kabi ajdodlarimiz qatorida musiqiy san’atimiz solnomalarini davom ettirgan ko’plab hofizlarimiz Abdulaziz hofiz, K.Jabborov, J.Sutonov, F.Sodiqov, T.Jalilov, N.Hasanov, I.Ikromov, G’.Toshmatov, M.Muratozoyev, Yu.Rajabiy, F.Mamadaliyev, M.Muhamedovlar qatori O.Hotamov va K.Otaniyozov kabi davrimiz hofiz san’atkorlarining nomlarini sharaf bilan tilga olish, ularning hayoti va ijodini o’rganish biz yoshlarning vazifamiz ekanligi bugungi kunda dolzarbligi bilan qimmatlidir. Shu nuqtai-nazardan bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini buyuk hofizlarimiz Orifxon Hotamov va Komiljon Otaniyozovlarning hayoti va ijodiyotini o’rganishga bag’ishladik.

Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi: O’zbekiston xalq hofizlari O.Hotamov va K.Otaniyozovlarning hayoti va ijodiyotini o’rganish, yig’ilgan materiallar asosida umumlashtirish bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi qilib belgiladik.

Bitiruv malakaviy ishimizning obyekti: O’zbekiston xalq hofizlari O.Hotamov va K.Otaniyozovlarning hayoti va ijodiyotini o’rganish jarayoni.

Bitiruv malakaviy ishimizning predmeti: O’zbekiston xalq hofizlari O.Hotamov va K.Otaniyozovlarning hayoti va ijodiyotini o’rganishning mazmuni, shakl va uslublarini ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalari quyidagilardan iborat:

1. O’zbekiston xalq hofizlari O.Hotamov va K.Otaniyozovlarning hayoti va ijodini nazariy o’rganish.

2. Ularning yozgan va kuylagan asarlariga tavsif berish.

3. Oliy va o’rta maxsus va xalq talimi tizimidagi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, umumtalim maktablari musiqa madaniyati darslari yuqori sinf o’quvchilarida tizimli o’rganib borish.

4. Ular tomonidan kuylangan mumtoz asarlarni o’quvchi-yoshlar qalbiga singdirib borish, shu bilan birga musiqiy merosimizni o’rganish va havas kabi his-tuyg’ularni shakllantirish bitiruv malakaviy ishimizning asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy farazi:

- agar buyuk O’zbekiston xalq hofizlari O.Hotamov va K.Otaniyozovlarning hayoti va ijodi talaba-yoshlarning musiqiy talim yo’nalishlarida chuqur o’rganilsa;

- ularning kuylagan, ijro etgan qo’shiqlari umumtalim maktablari musiqa mdaniyat darslarida va musiqiy talim yo’nalishidagi Oliy va o’rta maxsus talim tizimida fanning dasturiy o’quv rejasiga mavzu sifatida kiritilsa;

- ularning ijro etgan va kuylagan mumtoz kuy va qo’shiqlari to’garaklarda, fakultet va o’rta maxsus talim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan ansambllarda yoshlarimiz tomonidan ijro etilib kuylanib borilsa, yoshlarda xalq hofizlarimiz ijodini o’rganib borish ishlarining qimmati, ularning ongida shakllanishi hamda kasbiy va ma’naviy tarbiyalanganlik darajasi ortib boradi deb hisoblayman.



Bitiruv malakaviy ishimizning metodlari: O’zbekiston xalq hofizlari O.Hotamov, K.Otaniyozovlar tomonidan ijro etilgan musiqiy asarlarni, ularning hayoti va ijodiga taalluqli adabiyotlarni to’plash. Shu orqali yig’ilgan materiallarni tahlil qilish, umumtashtirish, tinglash, kuzatish, ijodiy mashq qilish, suhbat kabi pedagogik metodlaridan foydalanish, targ’ib qilish bitiruv malakaviy ishimizning metodlarini tashkil etadi.

Bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asosini Prezident asarlari, san’atimizning rivoji chiqarilgan farmonlar va qarorlar, sohaga oid olimlar, musiqashunoslar, pedagogik va amaliyotchilarning fikr va mulohazalari, mutaxassislarning risola, maqola va adabiyotlarida bildirgan xulosalari hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishimizning tarkibiy qismi: Kirish, ikki bob, to’rt paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va nota ilovalaridan iborat.

I-BOB: Hofiz va sozandalar piri Hoji Abdulaziz Abdurasulov, hofiz va bastakor Komiljon Otaniyozovlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini o’ziga xos jihatlari.
1.1. Yoshlarda O’zbekiston xalq hofizi H.A.Abdurasulov hayoti va ijodiyotini o’rganishning bugungi holati.

Xalq ijodiyoti ulkan ummondir. U doimo ijodkor ahlining mahsuli bilan boyib, muntazam ulkanlashib boraveradi. Zotan, bu ummon tarkibidan joy oladigan har bir namuna o’zining siru-sinoatlari, milliy an’analar, milliy ruhiyat va milliy qadriyatlar bilan sug’orilgan mezoni bilan izohlanadi. O’zbek milliy musiqasi va adabiyotining shakllanib rivojlanishidagi asosiy poydevori ham shundadir. Qaysi-ki, istedod egasi milliy an’analarga asoslangan holda ijod qilar ekan, yaratgan asarlari milliy madaniyatimiz ravnaqidagi yorqin namunalar sifatida muhrlanadi. Davrlar o’tishi davomida esa, ular, avloddan-avlodga o’tib, ulkan ummon tarkibidan joy oladi va merosga aylanadi. Zamonamizning otaxon xofizlaridan biri, taniqli bastakor, Orifjon Xotamov, Xoji Abdulaziz Rasulov, Komiljon Otaniyozov, ham ana shunday ijodkorlardan hisoblanadi.

Orifjon Xotamov, Xoji Abdulaziz Rasulov, Komiljon Otaniyozov – O’zbekiston xalq hofizlari, zabardast bastakorlar, mumtoz musiqa ijrochiligida o’ziga xos ijrochilik maktabini yaratishga erishganlar, musiqa merosimiz xazinasini 500 dan ortiq mumtoz uslubdagi ashulalar bilan boyitgan asrimizning ustoz san’atkorlaridandir.

Malumki, o’zbek mumtoz musiqa san’ati o’tmish xonandayu sozanda va bastakorlarning ijodiy mahsuli. XX asrda ana shunday sharafli ijodiyotni bir qator ustoz san’atkorlar davom ettirganlar. Jumladan, K.Jabborov, J.Sultonov, F.Sodiqov, T.Jalilov, N.Hasanov, I.Ikromov, G’.Toshmatov, M.Murtazoyev, Yu.Rajabiy, F.Mamadaliyev, M.Muhamedov, O.Hotamov kabi davrimiz san’atkorlarining nomlarini sharaf bilan xalqimiz dilidan va musiqa merosimiz tarkibidan munosib joy olishga erishgan davrimizning ustoz bastakorlaridirlar. Ularning bizga qoldirgan musiqiy merosi biz uchun har tomonlama qadrli va kelajak avlod uchun namunadir. Uzoq o’tmishdan milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, ruhiyatimiz asosida shakllangan ma’naviyatimizni munosib zamonaviy davomchilari desak adashmagan bo’lamiz. Zamondosh bastkorlarimiz, avvalo bilimdon, milliy meros ilmidan xabardor bo’lganlar. Shu bois ular tomonidan yaratilgan asarlar har tomonlama mukammal va xalqimiz ruhiyatini inikos etuvchi milliy ohanglar majmuidan tashkil topgan. Bastakorlarimizning musiqiy merosida nafaqat yangi musiqiy namunalar yaratish, balki o’tmish ijodkorlarining turli amallariga savtlar bog’lash, musiqiy turkumlarni yangi qismlar bilan to’ldirish kabi mumtoz an’analar ham o’z ifodasini topgan.

Ustoz san’atkor Orifxon Hotamov ham atoqli bastakorlarning an’analarini munosib davom ettirib kelayotgan ijodkordir. Xalqimizga o’nlab, yuzlab mumtoz yo’lidagi asarlar yaratib taqdim etgan, ijrochilik amaliyotida esa ustozlar an’anasidan kelib chiqib muayyan ijro uslubiga ega bo’lishga erishgan. Ijodi jarayonida ellikka yaqin o’tmish va hozirgi zamon forsiy hamda turkiyzabon shoirlarining g’azal, ruboiy va she’rlariga murojaat etgan. Ayniqsa, Alishe’r Navoiy, Maxtumquli, Yassaviy, Mashrab, Xaziniy, Lutfiy, Ogahiy, Huvaydo, S.Abdullo, Salohiy kabi g’azal bo’stoni namoyondalarining asarlariga O.Hotamov qayta-qayta murojaat etganining guvohimiz.

Bastakorning ijodida zamondoshi, safdoshi, do’sti hamda ustozi bo’lgan Chustiy domlaning ijodiy namunalari alohida ahamiyat kasb etgan.

Nabixon Xo’jayev Chustiy domla, mutafakkir shoir, g’azal bo’stonining sultoni Alishe’r Navoiy boshlab sarbonlik qilgan o’zbek g’azaliyotidagi zabardast namoyandalar – Sobir Abdullo, Habibiy, Charxiy domlalar qatoridan joy olgan XX asr o’zbek she’riyatining yorqin namoyandasi – so’z san’atkoridir. U kishi o’zining xalqona va betakror ijodiyoti bilan ma’naviy merosimizga ulkan hissa qo’shgan, g’azalnavis shoirlar an’analari XX asrda davom ettirishga muyassar bo’lgan kamtarin insondir. Domlaning ijodkorlaridan bahramand bo’lmagan insonni o’zini topish ancha mushkul. Ayniqsa, hofizu-bastakorlar orasida shoir g’azallarini kuylamagan yoki kuy bastalamagan ijodkorlar bo’lmasa kerak. Chunki, Chustiyning har bir g’azalida go’yoki, musiqiy ohang mujassamlangan. G’azalni qiroat bilan o’qishingizni o’zida yashiringan ohang o’zini namoyon etadi. Shu bois shoir ijodiyotiga yosh va keksa avlod namoyondalari muntazam murojaat etadilar.

Bastakor hozirgacha Chustiyning 30 dan ortiq g’azal va ruboiylariga musiqa bastalagan. Chustiy domlaning sirli ohanglar bilan sug’orilgan g’azallarini mavzuidan kelib chiqqan holda, mumtozona uslub asosida, an’anaviy xususiyatlar doirasida hofizlar ijrochilari uchun moslab ashulalar bitgan. Vatanparvarlik, insoniylik, do’stlik, mehr-muhabbat, samimiylik va oliyjanoblik kabi mavzularga xos g’azallar o’ziga xos musiqiy ohanglar tarannumida o’zgacha tarovatini topgan.

Sizga taqdim etilayotgan to’plam ana shu ikki atoqli namoyondalarning ijodiy merosini uyg’unlashuvi natijasida yuzaga kelgan so’nmas asarlar majmuidan iborat. Yani zamonamizning otaxon bastakori Orifxon Hotamovning atoqli shoir Chustiy domla g’azallari asosida yaratgan mumtoz ashulalar to’plamidir. Shu bilan birga kitobxon, ijodkorning hayoti, ijodi, faoliyati, ustozlari va shogirdlari haqida bayon etilgan ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.

To’plam o’ziga xos ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida, bastakorning hayoti va ko’p yillik samarali ijodi, zamonamizning ustoz san’atkorlari bilan hamkorligi bayon etilgan. Shu davrda yuzaga kelgan vohalar aro madaniy aloqalar, ularga xos muayyan janrlarning keng ommalashuvi xususida ham ayrim ma’lumotlardan san’atsevarlar bahramand bo’lishlari mumkin. Qolaversa, bastakorning O’zbekiston davlat radiosi “oltin fondi”ga turli hofizlar ijrosida yozilgan asarlarning ro’yxati keltirilgan. Shu bilan birga bastakor ijodining ilk nota namunalari o’z ifodasini topgan. O’ylaymizki, bu kelajakdagi katta-katta ishlar uchun debocha bo’lib qoladi. Chunki, undagi 16 musiqiy namuna, mumtoz ashula ijodiyotimizning yorqin namunalari sifatida zamonaviy ijrochilik amaliyotida tanilgan. O’rta va oliy o’quv tizimlarida, an’anaviy xonandalar va hofizlik amaliyotini o’zlashtirayotgan san’atkorlar uchun qo’llanma sifatida xizmat qilishi mumkin.

Hoji Abdulaziz 1852 yilda Samarqand shahrida tug’ildi, uning otasi Abdurasul juda yoshligida o’z ukasi Abdulfayz bilan birgalikda Tojikistonning tog’lik tumani – Qorategindan kelib, Samarqandda turib qolgandi.

Malumki, u vaqtlarda Abdurasul singari o’nlab va yuzlab tog’lik tojiklarni Samarqanddan boshqa shahar va tumanlarda ham uchratish mumkin edi. Tog’lik joylarning tez-tez o’zgarib turadigan iqlim sharoiti aholi yashashi uchun har doim qulay emasdi; kutilmaganda jala quyilishi, qattiq seldan keyin uy-joy, ekin, qo’y-qo’zilarning suv toshqini ostida qolib ketishi kabi tabiiy ofatlar tog’liklarni ko’p qiyin ahvollarga solib qo’yardi. Bundan tashqari, kuz tamom bo’lishi bilan tog’ yo’llarini qalin qor bosib qolardi, bunday hollarda qorlar erib yo’llar ochilguncha, bozor u yoqda tursin, yaqin qo’shni qishloqqa borish ham amri mahol edi.

Bunday og’ir sharoit tog’lik rayonlardagi ko’pgina kambag’allarni vohaga tushib tirikchilik o’tkazishga majbur qilardi. Darvoz, matchoh, qorategin singari tog’li rayonlardan shaharlarga kelgan kishilar 3, 4 ta bo’lishib arra, bolta, pona ko’tarib, shahar va qishloqlarda o’tin yorish, mardikorlik qilish, hodimlik va boshqa yumushlarni bajarish bilan kun kechiradilar. Odatda bu kishilar hayotga, odamlarga katta ishonch bilan qarardilar, ular soddadilligi, mehnatsevarligi, qora mehnatdan jirkanmasliklari tufayli hamma bilan qovushib keta berardilar. Barvasta, qora ko’z, qora qosh, qirra burun, jasoratli tojik yigitlar paxta xirmonlarida og’ir paxta toyni orqalab, liqillab turgan ensiz ingichka taxta norvondan yuqoriga botirlik bilan tikka chiqib borib, hammani hayratda qoldirardilar.

Kunlarning birida bu muloyim tabiat, xushsuhbat, ochiq chehrali mehnatkash yigit – Abdurasul bir keksa kambag’al kosib cholga yoqib qoladi. Kosib uni uyiga olib borib mehmon qiladi va o’zining qarib qolganligini, bori-yo’g’i bitta qizi borligini, o’g’ri yo’qligini, agarda istasa uni shogird qilib olib, o’z kasbini o’rganmoqchi ekanligini aytadi.

Abdurasul kosib otaning taklifini sevinch bilan qabul qilib, ukasi bilan cholning uyida hayot kechira boshlaydi, uning to’quvchilik kasbini o’rganadi. Kosib ota sevimli qizi Maryamni holi yetganicha kichkina to’y qilib Abdurasulga nikohlab beradi va bir yil o’tar-o’tmas vafot etadi.

Abdurasul ukasi va xotinining yordami bilan marhum kosibning to’quvchilik do’konini bir oz kengaytirib ozroq pul orttiradi, qaynatasining shahar chekkasidagi hovlisini sotib, shahar bozori yaqinidagi Ko’kmasjid mahallasidan kichik bir hovlini sotib oladi.

Oradan ikki yil o’tgandan keyin Abdurasul o’g’il ko’radi. Unga Abdulaziz deb ot qo’yadi, keyin yana bir qiz ko’radi.

Abdurasul o’g’li Abdulazizning kelajak taqdiri to’g’risida, uning tzq va tinch yashashini taminlash ustida bosh qotiradi va bu yo’lda hyech narsani ayamasdi. Abdulaziz 6-7 yoshga kirib, to’quvchilik do’koni ichida u-bu narsalarni olib berishga qurbi yetadigan “dastyor” bo’lganida, otasi uni bir qancha sovg’a-salom bilan eski boshlang’ich maktab domlasiga “Go’shti sizniki, suyagi bizniki”, deya yalinib-yolvorib o’qishga beradi.

Abdulaziz tez vaqt ichida arab tilidagi bir necha duolarni, keyin “Haftiyak” ni yod oladi. U tojik tilida yozilgan “Chorkitob”ni boshqa maktabdoshlaridan ancha oldin yodlab oladi. Zehni o’tkir va ziyrak Abdulaziz sakkiz-o’n yillik darslarni to’rt yilda puxta bilib oladi. Buni ko’rgan domlasi o’zining qo’lidan kelgani shu ekanligini, bolaga bundan ortiq o’rgatadigan hyech narsani yo’qligini otasiga aytib, bolani madrasada o’qitishga maslahat beradi.

Shundan keyin Abdurasul o’g’lini Samarqanddagi madrasalardan biriga beradi. Besh yil davomida Abdulaziz madrasada arab tilida yozilgan “Muzziy”, “Zanjoniy” kitoblarini, Abdurahmon Jomiyning “Shahri mullo” nomli kitobini o’qib o’zlashtiradi.

U mana shu davrda, ya’ni 17-18 yasharligida Umar Xayyom, Xo’ja Hofiz, Shayx Sadiy, Abdurahmon Jomiy, Alishe’r Navoiy, Mirzo Bedil va boshqa atoqli shoirlarning asarlari bilan tanisha boshlaydi.

Shunday qilib, Abdulaziz, o’zining diliga yaqin bo’lgan she’riy asarlarni bemalol o’qib tushunadigan bo’lgach, otasiga ozim bo’lgan ma’lumotni olganligini va qolgan diniy madrasada o’qishni to’xtatadi. Abdulaziz madrasada boshqa mullavachchalardek faqat qozi yoki muftiy bo’lish uchungina o’qimadi, albatta.

Abdulazizning ziyrakligi, har narsani bilishga qiziqishi, ayniqsa muziqa mashg’ulotlariga bo’lgan zo’r ehtirosi ibtidoiy maktabda o’qib yurgan chog’laridayoq sezila boshladi. Uning otasi hovlisidagi kichkina bostirmada joylashgan to’quvchilik do’konida ishlab turib, yurti Qorateginni, qarishdosh-urug’larini eslab qo’shiqlar aytardi. Otasi bu qo’shiqlarda ko’pincha yurtining xushmanzara tog’larini, doim yashnab turadigan yam-yashil archazorlarini, shovullab oquvchi tog’ daryosining so’lim sohillarini kuylar edi. Mana shu mungli qo’shiqlarni 8-9 yashar Abdulaziz kechalari churq etmasdan eshitib o’tirardi.

Bolani musiqaga qiziqtirgan asosiy narsa, bir tomondan, otasining qo’shiqlari bo’lsa, ikkinchi tomondan, bolalarning eng yaqin do’sti qo’g’irchog’bozlarning o’yinlari edi. Bordi-yu Ko’kmasjid mahallasidan qo’g’irchoqbozlarning surnaychi yoki doirachilar to’dasi o’tiradigan bo’lsa, Abdulaziz eshik berk bo’lsa, tuynukdan chiqib ketardi.

Hoji Abdulaziz Abdurasulov rivoyat qilishicha Hoji Abdulaziz Abdurasulovni o’z davridagi zamonasining o’ziga to’q boy insonlari hofizni hurmat qilar va u ularning davralarida hofizlik va soz chalib qo’shiqlar ijro etardi. Kunlardan bir kuni katta hurmat va ezozga sazovor bo’lgan Abdulazizni haj safariga birga borish taklif etiladi. Lekin u moliyaviy ahvoli kam bo’lganligi uchun borishga rozilik bermadi. Badavlat, o’ziga to’q insonlar Abdulazizni puli bo’lmasa ham o’zlari bilan birga olib ketishga rozilik bildirishdi. Xullas haj safari yo’lida, cho’lu-biyobonlar o’tishda ularga otliq qaroqchilar to’satdan hujum qiladilar va ham safariga boruvchilarni o’rab oladilar. Shunda haj safariga boruvchilar nima qilishlarini bilmay qolgan bir davrda Abdulaziz qo’liga sozini olib mungli, inson ruhiyatiga keskin ta’sir etuvchi kuy va ashulani aytadiki, qaroqchilar sardori Abdulazizni oldiga kelib hur, hur yig’lab, Abdulazizning yelkasini qattiq siqib va o’z otliq qaroqchilariga ishora qilib “Hyey” deb orqaga qaytib, uning qo’shiq sehridan ta’sirlangan holda orqaga qaytib ketgan ekan. Shunda barcha haj safariga boruvchilar eson-omon borib kelgan ekanlar. Bu esa Hoji Abdulaziz Abdurasulovning qanchalik xudo tomondan berilgan qo’shiqning sehri, kuchi ekanligi ayni haqiqatdir. Shuning uchun ham yurtboshimiz Hoji Abdulaziz Abdurasulov hayoti va ijodini mehr bilan o’rganib, uning yozgan asarlarini dildan kuylab keladilar. Bugungi kunda uning hayoti va ijodiyotini xalqimiz doimiy o’rganib bormoqda. Uning nomini abadiylashtirish uchun Respublikamizdagi ko’plab maktablar, musiqa va san’at maktablari hamda san’at kollejlari hofiz va bastakor Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomi bilan nomlanishi xalqimiz, san’atga ixlosmand yoshlar o’rtasida o’rganib borilishi muhim ahamiyat kasb etilishi bilan qimmatlidir.

Abdulaziz ikki marta Makkaga haj safariga boradi va safar davomida turli millat kuy va qo’shiqlari bilan tanishadi. Hoji Abdulaziz tanburni juda yaxshi chertsada, ashulalarni ko’proq duetlar jo’rligida ijro etardi. Uning dasturlaridan yuzlab ashulalar o’rin olgan bo’lib, hofizlikdan tashqari bastakorlik bilan ham shug’ullanardi. U yaratgan «Gulzorim» «Bozurgoniy», «Beboqcha» «Qurbon o’lam» ashulalari el orasida mashhur ijro sanaladi. 1909 yilda uning ijrosida Riga «Gramafon» firmasi «Iroq», «Nasrulloyi», «Ushshoqlar»ni yozib olgan. 1928 yilda Samarqand musiqa va xareografiya institutiga ishga olinadi va u yerda bo’lg’usi mashhur san’atkorlar M.Ashrafiy,       T. Sodiqov, M.Burxonov, D.Zokirov va boshqalar uning ijodidan bahramand bo’ladilar. Ustoz san’atkor maqom ijrolarini boyitib, jumladan «Ushshoq»ni «Samarqand ushshoqi», «Qashqarchai ushshoq» yo’llarini va yana bir necha ijrolarini yaratadi. Ustoz juda ko’p shogirdlar yetishtiradi. Mashhur san’atkor Yunus Rajabiy shunday eslaydi: - Poytaxt Camarqand shahridagi paytlarda, Rizqi Rajabiy, Imomjon Ikromov, yana bir qancha san’atkorlar Hoji akaning uylarida yashab qo’shiq o’rganardik. Men Hoji aka aytgan qo’shiqlardan ta’sirlanib ertalabgacha uxlay olmasdim. Va birorta kuyni dilimga joylash uchun sekin xirgoyi qilib takrorlardim. Bordi-yu, biror joyni xato qilsam bormi, Hoji aka yotgan joyida menga qayrilib, «Hoy Yunusvoy, undoq emas mana bundoq bo’ladi» deb o’zlari aytib berardilar. Hoji Abdulaziz Abdurasulov ijrosida qator qo’shiqlar gramplastinkalarga, radio tasmalariga yozib olingan. Ustoz hofiz sakson yoshda ham 1933 yil fevral oyida bo’lgan O’zbekiston san’atkorlarini birinchi slyotida qo’shiq aytish baxtiga muyassar bo’lgan. Shu kuni hoji Abdulaziz Abdurasulov va domla Halim Ibodovga «O’zbekiston xalq hofizi» faxriy unvoni berildi. Ustozning tabarruk nomi mustaqillik yillarida ham eozozlandi Prezidentimiz farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi. Uning nomida Samarqand shahrida yosh xonandalarning respublika ko’rik tanlovi o’tkazib turiladi. 


Download 300 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish