Guliston - Sirdaryo viloyatining markazi. Guliston shahri 1961-yilda tashkil etilgan. Shahar bir necha qismga boʻlingan: 1, 2,3,4,5 mavzelar, "Ahillik", "Maxalla", "Suvchilar", "Doʻstlik qoʻrgʻoni","Ulugʻobod qoʻrgʻoni"(1985-yilda qoʻshilgan), "Yangilik". Shaharda juda koʻp koʻngilochar joylar, maʼdaniyat va istirohat bogʻlari, Olim Xoʻjayev nomli drama teatr, Guliston markaziy stadioni, Alpomish sport majmuyi, suzish havzalari , bolalar sport markazlari,madaniyat va maʼrifat markazi faoliyati koʻrsatishadi.
Guliston (1923 yil va 1952-60 yillarda shahar, soʻngra shaharchaga aylantirilgan, 1961 y. 8 maydan yana shahar) — Sirdaryo viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mirzachoʻlning jan.-sharqida, 276 m balandlikda, "Doʻstlik" kanali sohilida. Toshkentdan 118 km. G.dan Toshkent—Xovos temir yoʻl oʻtgan. 1895 y.da endigina qurilayotgan Samarqand—Toshkent temir yoʻl yoqasida hozirgi G. oʻrnida dastlabki uylar qad koʻtargan edi. Keyinchalik u yerda ikkita qishloq paydo boʻlib, ularning birlashishidan Mirzachoʻl sh. (1961 yildan G. deb atalgan) vujudga keldi.
Termiz, O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatidagi shahar.
Viloyat markazi Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning janub qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Temir yoʻl stansiyasi. Toshkentdan 708 km. Maydoni 27,8 km². Aholisi 119,6 ming kishi (2004).
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning oʻziga xos oʻrni bor. Koʻxna Termizning qalʼa qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga koʻra shaharga mil. av. 1ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. T. Sugʻdiyona, Xorazm, Margʻiyona va Parfiya davlatlari bilan madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy boʻlgan.
Mil. av. 4–3-asrlarda 10 ga maydonni egallagan Termizning qad. qalʼasi oʻrnida aholi manzili boʻlgan. Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi "Taramastxa" (baqtriycha "narigi sohildagi manzil") soʻzidan olingan boʻlib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), 10-asrdan Termiz deb atala boshlagan.
Termiz mil. av. 3–2-asrlarga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Ashyoviy dalillarga koʻra bu davrlarda shaharda meʼmorlik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, YunonBaqtriya shohlari tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi.
Termiz shahrining gullab yashnagan davri Kushonlar hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda Termiz hududiy jihatdan kengayib, Shim. Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. Shaharda shu davrga oid meʼmorlik va hunarmandchilik binolari va namunalari, turli nafis sopol va shisha idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari kabi topilmalarning koʻplab qayd qilinishi buning dalilidir. Mas., Dalvarzintepadan topilgan va fil suyaklaridan yasalgan shaxmat donalari (fil va hoʻkizzebu shaklida) xrz. kunda yer yuzida aniqlangan eng qad. shaxmat donalari (mil. 2-asr) xisoblanadi. Oʻsha davrda Termiz Kushonlar davlatining muhim shahri va buddizmnint markazlaridan biri boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |