Fargʻona (1907-yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907—1924-yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M.D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iktisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi (2004, Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining jan. qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan.
izzax — Oʻzbekiston Respublikasining Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi.
Sangzor daryosi boʻyida, 460 m balandlikda joylashgan. Toshkent–Samarqand temir yo'l va Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Maydon 0,7 ming km2. Aholisi 132,5 ming kishi (2000; 1939 yil–9 ming, 1959 yil–15 ming, 1970 yil–35 ming kishi), asosan oʻzbeklar; rus, tatar, ukrain, eroniy va boshqalar ham yashaydi. Toshkentdan 203 km.
Jizzax Oʻrta Osiyodan oʻtgan bir necha qad. karvon yoʻlining tutashgan joyida vujudga kelgan. Yozma manbalarda ilk bor arab geograf olimlari va sayyoxlaridan Ibn Havkal va Muqaddasiplarning asarlarida Ustrushonaning Faknon viloyatidagi shahar deb tilga olinadi. Shahar arablar istilosidan oldin ham mavjud boʻlgan.
Jizzax 9–10-asrlarda somoniylar, 11–13-asr boshida Qoraxoniylar, Xorazmshohlar davlati, 14–15-asrlarda Temuriylar davlati, 16–18-asr 1-yarmida Buxoro xonligi, 18-asr 2-yarmidan 1866 yilgacha Buxoro amirligiga tobe boʻlgan.
Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta tiklangan. 16–17-asrlarda aholi hoz. eski bozordagi Oʻratepaga koʻchgan. 19-asr 60-yillarida u ham harobaga aylangan. Keyinchalik yana tiklangan. 19-asr 2-yarmidan Turkiston general gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. Jizzaxda tegirmon, juvozxona, temirchilik ustaxonalari, kulolchilik korxonalari va boshqalar ishlab turgan. Shahar 16–19-asrlarda koʻpgina tarixiy voqealarning guvohi boʻlgan. 1571 yilda Abdullaxonning Dashti qipchoq xoni Boboxon va Toshkent hokimi Darveshxon bilan Jizzaxdagi toʻqnashuvi shaharga koʻp talafot yetkazgan. 1866 yil 12–18 oktabrda Jizzax qalʼasi rus bosqinchilari tomonidan toʻpga tutilib, vayronaga aylantirilgan. 1916 yildagi Jizzax qoʻzyulonits, shahar rus mustamlakachilari tomonidan yana vayron qilinib, aholi shafqatsiz qirilgan.
Jizzaxda 1920 yillardan boshlab yangi korxonalar qurilgan. 1930 yil mahalliy xom ashyo bilan ishlaydigan ohak zavodi, 1932 yil shahar elektr stansiyasi, 1942 yilda paxta zavodi, 1943 yilda qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlaydigan zavod, 1949 yilda yogʻ-pishloq zavodi, 1960 yilda Oʻzbekistonda eng yirik binokorlik materiallari kombinati ishga tushdi. Mirzachoʻl va Qarshi choʻllarini sugʻorish uchun polietilen quvurlar va polixlorvinil mahsulotlari ishlab chiqariladigan kimyo kombinati (1969), elevator, un zavodi va aralash yem ishlab chiqariladigan sexdan iborat un kombinati qurildi (1970). 1971 yilda gʻisht zavodi va Toshkent trikotaj firmasi filialining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi.
Urganch (1929 yilgacha Yangi Urganch) — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shim. va janubiy qismlarga ajratgan. Shim. qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, jan. qismida esa i.ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil birbiri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 136,8 ming kishi (2004).
Do'stlaringiz bilan baham: |