Oʻzbekiston viloyatlari Oʻzbekiston Respublikasi



Download 113,5 Kb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi113,5 Kb.
#259582
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
узб вил

Namangan — Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi Aholi soni boʻyicha Fargʻonadan oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik shaharlaridan biri. Fargʻona vodiysining har jihatdan peshqadam viloyati. Vodiyning shim.da, Shim. Fargʻona kanali bilan Namangansoy kesishgan yerda, 450 m balandlikda joylashgan.

Fargʻona vodiysining qad. poytaxti Axsikat (Axsikent) 1620 yildagi qattiq zilzila natijasida vayron boʻlganligi sababli, uning aholisi hozirgi Namangan shahri hududiga koʻchib oʻtgan. Namangan tuz koni ("Namak kon") yaqinida vujudga kelgan boʻlib, shahar nomi oʻrta asrlarga oid tarixiy qujjatlarda birinchi marta tilga olinadi. Zahiriddin Bobur oʻzining "Boburnoma" (16-asr) asarida Namangan qishlogʻi haqida gapirib oʻtgan. V. P. Nalivkinning ("Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi", Qozon, 1886) yozishicha, Namangan 1643 yilga mansub vaqf hujjatlarida uchraydi. 18-asrda Namangan Qoʻqon xonligiga tobe boʻlgan. Biroq viloyatni boshqaruvchi bek qarorgohi sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. U faqat shahar aholisigina emas, balki atrofdagi tumanlar aholisiga ham xizmat qiluvchi hunarman-dchilik markazi boʻlgan. Dehqonlar Namangan bozorlarida ip va gazlamalar, mis idishlar, zargarlik buyumlari va mehnat qurollarini sotib olishgan. Shaharda meʼmorlik sezilarli darajada taraqqiy etgan.
Navoiy — Navoiy viloyatidagi shahar (1958 yildan). Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon daryosi vodiysida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Avtotransport yoʻllarining muhim tuguni, Toshkentdan 509 km.

N. Zarafshon vodiysidagi tez oʻsayotgan, yosh industrial shahar, buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy nomiga qoʻyilgan. Zarafshon daryosining yaqinligi, yirik qishloq xoʻjaligi hududning markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi taʼminlanganligi shaharning tez oʻsish omili boʻldi. Navoiy Oʻrta Osiyoda yirik elektr energiya va kimyo sanoati markazi hisoblanadi. Navoiyda 21 yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining koʻp qismi Navoiyda ishlab chiqariladi. Shahar sanoat tarmoqlarida elektr quvvati, mineral oʻgʻitlar, ip hamda ipak gazlamalar ishlab chiqariladi. "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasi, Elektr-kimyo zavodi, Navoiy Kon-metallurgiya kombinati (NKMK), Un kombinati, Non konbinatlari, Navoiy Issiqlik elektr stansiyasi (Navoiy GRES), "Qizilqumsement" korxonasi, Paxta tozalash zavodi, Mashinasozlik zavodi, (NMZ) sut, pak qurti zavodlari, "Sintepon" korxonasi, oziq-ovqat va mahalliy sanoat muassasalari bor. Shaharda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan 18 dan ortiq qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.
Qarshi (Naxshap, Navtaka, Nasaf, Behbudiy — 1926—1937-yillarda) — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926-yildan), viloyat markazi (1943-yildan).

Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Maydoni 7,5 ming gektar. Aholisi 275 ming kishi (2021). Qarshi Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshap, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, XIV asrdan Qarshi deb atala boshlagan.

Qarshi nomining kelib chiqishi toʻgrisida turli fikr va taxminlar mavjud. V. V. Bartold shaharning nomi moʻgʻul xoni Kepakxon qurdirgan Qarshi (qadimiy turkiychada saroy maʼnosini anglatgan) bilan bogʻliq deb taʼkidlaydi. Qutadgʻu bilig (Saodatga eltuvchi bilim) dostonida Qarshi atamasi saroy va qarama-qarshi turish maʼnosida qoʻllangan. Boburnomada ham bu nom moʻgʻul tilidan olinganligi taʼkidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning qarshi — saroy, qasr maʼnolari koʻproq qoʻllanadi.

Dastlabki shahar Qashqadaryo vohasida Naxshab (suv obod qilgan, suv naqsh bergan manzil) nomi bilan miloddan avvalgi VII asrda Yerqoʻrgʻon oʻrnida vujudga kelib, uning atrofi qalʼa devori bilan oʻrab olingan (ushbu qalʼa devorlarining qoldiqlari arxeologlar tomonidan 1999-yilda oʻrganilgan). Naxshab soʻzi ilk bor hozirgi Afgʻoniston hududidan topilgan, miloddan avvalgi 328-yilda bitilgan, oromiy tilidagi hujjatda tilga olingan. Unda Xulma Bagavand hokimining Niksap (Naxshab) va Kish (Kesh, Shahrisabz) himoya devorlarini tuzatish uchun oʻz askarlarini joʻnatganligi xabar qilingan.



Nukus (qoraqalpoqcha No'kis) — Qoraqalpogʻistondagi shahar (1932 yildan). Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti, Respublika hududining markaziy qismida, Amudaryoning oʻng sohilida, 109 m balandlikda. Janubiy va sharqda Kizilqum choʻli bilan oʻralgan, shim,da Amudaryo deltasi bilan tutashgan.

Nukusdan Toshkentgacha 1265 km. Kizketgan kanali shaharni kesib oʻtadi. Maydoni 200 km². Aholisi 271 ming kishi (2010; 1974 yilda 88 ming; 1959 yilda 39 ming; 1939 yilda 10 ming); aso-san, qoraqalpoqlar; qozoq, oʻzbek, rus, koreys, tatar va boshqa ham yashaydi.

Hozirgi Nukus shahri oʻrnida 19-asrning 60-yillarida Nukus ovuli mavjud boʻlgan. 1870-yillardan Nukusda savdo-sotiq, hunarmandchilik, baliq ovlash birmuncha rivojlandi, Amudaryoning suv rejimini nazorat qiluvchi gidrologik post qurildi. Rus mustamlakachilari Nukusda 1500 kishilik garnizonni joylashtirdi. 1877 yil rus-tuzem maktabi ochildi. 20-asrning boshlarida Nukus ovuli Amudaryoningoʻng so-hilidagi eng yirik aholi punktlaridan biriga aylandi. 1930 yil 12 noyabrda Qoraqalpogʻiston Muxtor Respublikasining markazini Toʻrtkoʻl shahridan Nukus ovu-liga koʻchirish haqida qaror qabul qilindi. 1932 yildan Nukusda yangi maʼmuriy binolar qurilishi boshlandi. 1939 yil Respublika maʼmuriyati Nukus shahriga koʻchib oʻtdi.

Shaharning yirik avtomagistrallar tu-gunida joylashgan-ligi unda koʻp tarmoqli sanoatining tez rivojlanishiga sabab boʻldi. Nukus— Toshhovuz, Nukus — Gʻuzor avtomagistrallari xalqaro ahamiyatga ega. 345 km li Navoiy — Nukus temir yoʻli, Nukus bilan Xoʻjay-lini bogʻlaydigan koʻprik. 243 km uzunlikdagi Tuyamoʻyin — Nukus, 112 km uzunlikdagi Nukus, Taxtakoʻpir suv uzatish tarmoutari qurildi. Respublika sanoati umumiy mahsulotining 20% ni Nukus shahar sanoat korxonalari beradi. Shaharda 50 dan ziyod sanoat korxonasi bor. Metallsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik va poligrafiya sanoati tarmoklari mavjud. Nukusda yurilish materiallari sanoati yaxshi rivojlangan, yirik panelli uysozlik va silikat-beton zavodlari, qurilish materiallari kombinatlari, gʻisht, kabel zavodlari, marmar ishlab chiqarish boʻyicha Qoraqalpoq—Italiya qoʻshma korxonasi bor. Non, goʻsht, sabzavot-konserva, tegirmon va aralash yem kombinatlari, sut-yogʻ, vino-araq va pivo-limonad zavodlari, bozorlar ishlab turibdi. Nukusda shirinmiya dorivor oʻsimligi ildizini yigʻadigan va presslaydigan tibbiy korxona mavjud. Bu korxonaning mah-suloti AQSh, Kanada, Yaponiya, shuningdek, Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi. Yengil sanoat korxonalariga Oʻzbekistonda yagona oʻtov-kigiz kombinati, tikuv va trikotaj fabrikalari, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati kiradi. Shaharda oʻzbek, qoraqalpoq. va rus tillarida gazeta-kitoblar bosadigan matbaa kombinati, mebel fabrikasi bor. Nukusdan turli yunalishlarda avtobuslar qatnaydi. Nukus havo yoʻllari orqali Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston, Yevropa mamlakatlari shaharlari, Moskva, Mineralniye Vodi, Kiyev, Volgograd, Boku, Ostona, Kiziloʻrda, Toshkent va Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlari bilan bogʻlangan.



Download 113,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish