2.Amir Temur jahon tarixchilari nigohida
Jаhоn аdаbiyotidа Аmir Tеmur оbrаzigа murоjааt Sоhibkirоnning tirikligidаyok bоshlаngаn. Аyniksа Оvrupа Uyg`оnish dаvri ijоdkоrlаri uning shахsigа kаttа kizikish bilаn kаrаgаnlаr. Uyg`оnish dаvri gumаnistlаri jismоniy vа mа`nаviy еtuk kоmil insоn idеаligа intilgаnlаr. Ulаr fаkаt ulkаn kudrаtgа egа bo`lgаn shахslаrginа аdоlаtsizlik, jаhоlаt vа bеbоshliklаrgа bаrhаm bеrа оlаdi, еr yuzidаn istibdоd vа zo`rаvоnlikni supurib tаshlаydi, dеb ishоngаnlаr. Аmir Tеmur shахsi ulаrning аnа shu idеаllаrigа muvоfik kеlgаn.
Sohibqiron Amir Temur hukmronlik qilgan XV asrdagi Movarounnahr va uning ba’zi shaharlari haqida yozilgan tarixiy-geografik manbalar ichida mashhur ispan sayyohi Rui Gonsales de Klavixoning Samarqandga qilgan safari kundaligi muhim o`rin tutadi. 1403-yilda Kastiliya qiroli Enrike III ning Amir Temur saroyidagi elchisi etib tayinlangan Klavixo Samarqand va uning atrofida qiziqarli kuzatishlarni olib borgan va ularni «Samarqandga - Temur saroyiga 1403-1406-yillardagi sayohat kundaligi» nomi bilan chop etilgan o`z esdaliklarida aks ettirgan. Klavixoning «Kundalik»lari uning 1403-1404-yillari Turkiya, Eron va Movarounnahrda, xususan, Amir Temur saroyida ko`rgan bilganlarini o`z ichiga olgan muhim asardir. Klavixoning tug`ilgan yili noma’lum. Ammo shunisi ma’lumki, u boy oilada tavallud topgan va yoshligida turli fanlardan yaxshi ta’lim olgan. Otasi va o`zi ham Kastiliya qiroli Enrike III ning saroyida amaldor lavozimida xizmat qilishardi. Qirol Klavixoni Amir Temur saroyiga elchi etib tayinlagan. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, XIV asrning 80-90-yillarida Amir Temur davlatining shon-shuxrati Yevropa mamlakatlarigacha borib yetgan. Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Genuya va Vizantiya singari davlatlarning hukmdorlari Amir Temur bilan siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlar o`rnatishga intilib, Samarqandga muntazam ravishda o`z elchilarini yuborib turganlar.
Kastiliyadan 1403-yilning 22-mayida yo`lga chiqqan ispan elchisi Klavixo 15 oydan keyin Samarqandga yetib kelgan. Klavixoning Samarqandga bu safari Amir Temurning 1402-yilda Ispaniyaga Xo`ja Muhammad qozi boshchiligida yuborgan elchiligiga qilingan javob edi.8
Klavixoning asari juda uzoq, mashaqatli va xavf –xatarga boy bo’lgan. Klavixo va uning sheriklari Termiz shahri yonida Amudaryodan kechib o`tishgan. Amudaryo to`g`risida Klavixo o`zining «Kundalik» larida shunday yozgan: «21-avgust payshanba kuni katta bir daryoga yetib keldik. Bu boshqa bir daryo bo`lib, Parapamisdan boshlanadi. U tekislikdan oqadi, ammo uning oqimi hayron qolarli darajada tez va suvi loyqa. Qishda uning suvi kamayadi, chunki bu vaqtda tog`da sovuq bo`ladi va qor erimaydi, aprel kelishi bilan esa uning suvi ko`payadi va bu hol to`rt oy davom etadi. Daryo Boku dengiziga quyiladi va Samarqand xonligi yerlarini Xuroson yerlaridan ajratib turadi... Shu payshanba kuni elchilar daryoni kechib o`tib, Termiz deb nomlangan katta bir shaharga yetib keldilar...» Klavixo shu yerda daryoning ikki tomonidagi aholi ikki tilda gapirishini, ammo ular bir-birini yaxshi tushunishi haqida yozib o`tgan.9
Do'stlaringiz bilan baham: |