O`zbеkiston vazirligi rе


Mavzuning o’rganilganlik darjasi



Download 31,86 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2022
Hajmi31,86 Kb.
#598048
1   2   3
Bog'liq
maftuna kurs ishi

Mavzuning o’rganilganlik darjasi. Mustaqillik yillariga kelib Amir Temur shaxsini o’rganilishiga alohida e’tibor ko’rsatidi. Ko’plab kitoblar, maqolalar yozildi.Shulardan Abdulahad Muhammadjonov “Amir Temur va Temuriylar saltanati”, Bo’riboy Ahmedov “Amir Temur o’gitlari”, Hamidulla Dadaboyev “Amir Temurning harbiy mahorati”, Ibrohim Mo’minov “Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli”, Narzulla Ahmedov “Amir Temur va haqiqat”, Ozod Mo’min “Amir Temur yoquti”, Turg’un Fayziyev “Temuriylar shajarasi”, Yevgeniy Berezikov “Buyuk Temur”, Hayitmetov A. “Temuriylar davri o’zbek adabiyoti”, To’xtayev I. “Temur va Temuriylar tangalari” asarlari muhim ahamiyatga molik. Bu kitoblarda ulug’ sarkarda va davlat arbobi Amir Temur Sohibqiron ibn Tarag’ay Bahodirning hayoti va jangu jadallari, san’at, madaniyat va me’morchilikka oid qarashlari mujassam etgan.
O’rganishdan maqsad va vazifalar.

1.Temuriylar haqida Movorounnahrlik olimlar tomonidan yozilgan
manbalar.
Sohibqiron Amir Temur hazratlari- millatimizning suyangan tog’i, xalqimizningabadiy faxri va g’ururidir. U Turonzaminni mo’g’ulllar istilosi, asoratidan ozod etdi. Mamlakat va xalq daxlsizligini, osoyishtaligini va tinchligini, obodlikda va farovonlikda rivojlanishini to’liq va ishonchli kafolatlay oladigan markazlashgan qudratli davlatni vujudaga keltirdi, uning amru irodasi ostida bu yerda hayot har taraflama gullab yashnadi. Turonzamin Amir Temur davrida Buyuk Ipak yo’lining qaynoq, gavjum fayzli barakali go’shalaridan biriga aylandi.Amir Temur va temuriylar davri dunyo ilmiy tadqiqotlarida Markaziy Osiyo tarixidagi buyuk yuksalish davri deb baholanib kelinmoqda.Amir Temur-jahon tarixidagi buyuk siymolardan biri. Amir Temur hayotlik davrlaridayoq unga atab ko’plab asarlar yaratilgan. Jumladan Fors hokimi temuriyzoda Ibrohim sultonning topshirig’i bilan yozilgan, Sharafiddin ali Yazdiy qalamiga mansub “Zafarnoma” asari Sohibqiron Amir Temurning tavallud topishidan to Halil sultonning hukmronligiga chek qo’yilishigacha bo’lgan davrda Movorounnahr, Eron Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarda kechgan voqealarni o’z ichiga olgan. Sharofiddin Ali Yazdiy Taft (Eron) qishlog‘ida dunyoga keladi. 1415-1419 yillarda u hukmdor Ibrohim Sultonning saroyida, Ali Yazdiy Xuroson hukmdori Amir Temurning o‘g‘li Shohruhmirzoga xizmat qildi. Keyinchalik Shohruhmirzoning buyrug‘iga ko‘ra Ali Yunusxonning murabbiysi bo‘lgan. 1419-1425 yillarda o‘zining asosiy asari hisoblangan “Zafarnoma” (Fotihlar kitobi)ni yozdi, albatta bu asar sohibqiron erishgan g‘alabalari va harbiy yurishlariga bag‘ishlangan.
1442-1446 yillarda u Qozvana, Sulton, Roya, Qama (Eron) — Shohruhmirzo nevarasi Sulton Muhammad humdorlari qo‘llarida xizmat vazifasini o‘tadi. 1447 yil Samarqandga keldi, Mirzo Ulug‘bek bilan falakiyot ilmi tadqiqotlarini so‘nggi bosqichlarida ishtirok etdi. Shohruhmirzo vafotidan keyin ona Vataniga qaytib, umrining qolgan qismini shu yerda o‘tkazdi. 1454 yili Taft shahrida vafot etdi va o‘sha joyga dafn etildi.
Yazdiy 13 ta ilmiy ishi yaratib, ularning orasida “Zafarnoma” (Fotihlar kitobi) asari mashhurlikka erishgan.
Muallif o‘z ijodiy ishida turklarning kelib chiqish tarixi, Chingizxon tarixi, XIV asr boshlarida Markaziy Osiyo va qo‘shni mamlakatlardagi siyosiy ahvoli ichki urushlar va tarqoqlikning kuchayishi natijasida sohibqiron Amir Temur maydonga chiqqanini ta'kidlab o‘tgan. Ali Yazdiy Amir Temurning Movaraunnahr barpo etishini keng va to‘liq tushuncha berib o‘tgan.
Ali Yazdiyning tarixiy “Zafarnoma” asari orqali dunyoga tanilgan. Ushbu solnoma Amir Temurning hukmronlik davri voqyea-hodisalarini XIV- XV asrlarda tarixiy manba sifatida nafaqat O‘rta Osiyo, Oltin O‘rda, Eron va Afg‘onistonlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Ali Yazdiyning adabiyot va tilshunoslik, falakiyot, musiqa sohasida hamda so‘fizm nazariyasi muammolari bartaraf etishda hissa qo‘shishi yuqori baholanadi
Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnоma"si Tеmur saltanatiga оid ma’lumоtlarni ancha batafsil qamrab оlishi bilan bir qatоrda Amir Tеmurdan оldingi davr tariхidan ham bahs etadi (bu qism "Muqaddima" nоmi bilan adabiyotda mashhur.) "Zafarnоma" muallifi "Sharaf" taхullusi bilan yuritilgan Sharafiddin Ali Shayх Hоji Yazdiyning o`g`li bo`lib o`z askarlari tufayli zamоndоshlari оrasida katta shuhrat va оbro` qоzоngan edi.
Asar turk xonlarining shajarasi va Chingizxon tarixiga bag’ishlangan ulkan
(82 varoq) Muqaddima bilan boshlangan. Asar ko’pdan ko’p she’rlar bilan ziynatlangan bo’lib, Sharafiddinning ”yordami” bilan Temur ham, uning farzandlari, lashkarboshilari ham ba’zi voqealar munosabati bilan forsiy she’rlar aytadilar.
Yangi boshdin bo’ldi bir oy oshkor,
Bo’ldi zohir dunyoda bir nomdor.
Inson suratida har joni jahon ichra keldi,
Va olamni humoyun maqdami bila muzayyin qildi.2
Bu asar ko’plab tillarga tarjima qilingan bo’lsada, o’zbek tilida eng mukammal tarzda 1972-yili A.O’rinboyev tomonidan chop etilgan nusxaviy tanqidiy matn hisoblanadi.
Muhammad Ali tarjimasi yagona nodir nusxada mavjud bo‘lib, u Istanbulda, Nuri Usmoniya kutubxonasida 3268 raqam bilan saqlanadi. Bu erga u turk sultoni Mustafo Uchinchi tomonidan hijriy 1171/melodiy 1757 yili vaqf qilingan. Demak, qo‘lyozma u erga oldinroq borib qolgan. Qo‘lyozma hali teran o‘rganilmagan. U haqda faqat venger sharqshunosi Yanosh Ekman 1964 yili qisqagina ma’lumot keltirgan va vatandoshimiz Miyon Buzruk 1927 yiln «Maorif va o‘qituvchi» jurnalida xabar bergan. Biroq, qo‘lyozma sahifalarida bir turk o‘quvchisining lotin harfi bilan hozirgi turk tilida yozgan ayrim so‘zlari va qator belgilari ham bor. Shunga ko‘ra bu qo‘lyozma haqida turkcha biror tadqiqot bo‘lsa kerak deb taxmin qilish mumkin. Lekin o‘sha «turk o‘quvchisi» aslida Yanosh Ekman bo‘lganligi ehtimoli ham tug‘ildi. Qo‘lyozma asl matni sahifalari raqamlanmagan. Lekin o‘sha noma’lum turk, asar bnlan qisqa fursatda tanishibdi shekilli, uni raqamlaganiga ko‘ra qo‘lyozma 319 varaq bo‘lgan.
«Zafarnoma» faqat sohibqironning harbiy yurishlarnni maqtab ko‘klarga ko‘tarishdan iborat, desak xato bo‘lardi. Unda inson xarakterlari ham juda yaxshi tavsiflangan. Xususan, Temurning shaxsiy xarakteri Sharafuddin Ali tomonidan zo‘r mahorat bilan ko‘rsatilgan. Muhammad Ali esa o‘zbek tiliga ana shunday sahifalarni yuksak mahorat bilan akslantirgan. Ba’zi sahifalarda Temur qahrining qittiqligi tavsiflanib, uning bu boradagi faoliyati haqqoniy bayon qilingan va uni asoslashga urinishlar seziladi va uning mislsiz olamgirligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, boshqa sahifalarda, chunonchi, qizi Tag‘ayshohning va o‘gli Jahongir mirzoning vafotlariga taalluqli sahifalarda sohibqiron insoniy zaifliklarga ega bo‘lgan kishi ekanli ham ko‘rsatilgan. Lekin ikkala muallif Sharafuddin, Muhammad Ali ham Amir sohibqironning buyuk sherqalbliligi, mislsiz qahramonlign, dovyurakligi va bahodurligini katta haqqoniyat va mahorat bilan ko‘rsatgan. Bu sahifalar o‘quvchida zarracha shubha tug‘dirmaydi. Va Temur siymosi ko‘z oldimizda chekinmas, yengilmas va zabardast jangchi sifatida gavdalanadi. Bu xususida “Zafarnoma”da quydagicha jumla ketadi: “ Bu maldakim Temur Sohibqironning yoshi yigirma beshdan o’tmay erdi, ko’z kavkabi ko’nglida kechdikim, Hoji Barlosbek birla kengash qilg’aykim hadisda “ Va shovirhum fil –amri’ voqi turur. Temurbek kengashib Hojibekka aytdikim,” mamlakat agar hokimsiz qolsa, u mamlakatda yuz parishonliq voqi bo’lip va bo’lg’on el-ulus muxoliflardan xarob o’lg’on. Maslahat ul tururkim, siz xuroson sori borsangiz, men Kesh viloyati sari yong’aymen va el-ulusqa ko’ngul berib, kelgan beklar bilan yarashib xon xizmatig’a borg’aymenkim, viloyat xarob bo’lmag’ay va raiyatlarkim hazrat Parvardigorning bandalari tururlar, zahmat va tashvishda tushmag’aylar”3 .
XVIII asrdan boshlab “Zafarnoma”ning ayrim qismlari fransuz (Peti de la Kroa, 1713), ingliz (J.Darbi, 1723) va rus tiliga ham tarjima qilingan. Asarning forscha matni esa 1887-1888-yillarda Kalkuttada, 1958-yili Tehronda chop etilgan. Biroq bu nashrlarda asrning “Muqaddima” qismi hamda zaruriy ko’rsatkichlar berilmagan. 1972-yili Toshkentda asarning har ikki qismini qamragan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 4472-raqamli qo’lyozmaning faksimal nashri amalga oshirildi. Bunda tarixiy manbalar ilmiy nashri uchun zaruriy bo’lgan so’zboshi va turli ko’rsatkichlar bilan birga asar matnining har xil nusxalari va nashrlari orasidagi farqlar ham qayd etildi.
Keyingi yillarda Sharqshunoslik institutida”Zafarnoma”ni hozirgi o’zbek tilida ilmiy izohli tarjimasini nashrga tayyorlash ustida ishlar olib borilmoqda. Asarning kichik bir qismi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660-yilligi oldidan, 1994-yilda chop etildi.
Yazdiyning “Zafarnomasi” ko’tarinki uslubda bahodirlik qissasi tarzida yozilgan. Asar “Zafarnomayi Temuriy”, Tarixi jaxonkushoyi Temuriy”, “Fathnomai Sohibqironiy” nomlari bilan ham atalgan bo’lib, Nizomiddin Shomiy asari asosida yozilgan. Lekin Yazdiy asarida ko’plab dalil va hodisalar aniqlab yozilgan. Xalil Sulton hukmronligi yillari voqealarini ham o’z ichiga olgan. Asarning yana bir muhim jihati uning kata muqaddima qismi bo’lib, unda Jo’ji, Chig’atoy uluslari hamda Elxoniylar davlatining Amir Temurgacha bo’lgan tarixi qisqacha bayon etilgan. Muqaddima “Tarixi Jahongiriy” va “Muqaddimai Zafarnoma” nomlari bilan ma’lum. Amir Temur tarixi, uning tavallud topishidan (1336) to Xalil Sulton hukmronligi tugashigacha (1409) bo’lgan davrda Movorounnahr, Fors, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarda kechgan voqealarni o’z ichiga oladi.
Sharafiddin Ali asraining o’ziga xos xususiyati shundaki, u xassos yilnomachi sifatidagina emas, balki iste’dodli adib, mohir bayonchi sifatida ham namoyon bo’ladi. Keyinchalik ulug’ o’zbek shori Alisher Navoiy “Zafarnoma” ni eng mukammal yozilgan risolalardan biri ekanligini qayd etib o’tgan.
Bu davrda yaratilgan asarlarning yana bir go’zal namunasi Amir Temurning bevosita topshirig’i bilan mohir adib va tarixnavis Nizomiddin Shomiy tomonidan yozilgan “ Zafarnoma ” nomli asardir . Asar muallifi Nizomiddin Shomiyning hayoti va ijodi haqida o’rta asrlar va hozirgi zamon adabiyotida va hozirgi zamon adabiyotida ham ma’lumotlar juda oz . Tug’ilgan yili no’malum . Uning kelib chiqish joyiga nisbat berilib , Shomiy yoki Shanbiy ( Shanbi G’ozoniy ) ni sbasi bilan ham atalishiga qaraganda u aslida Tabriz chekkasidagi Shanbi G’ozon deb atalgan mavzedan bo’lgan, deb taxmin qilish mumkin. Muallifning o’zi haqida “ Zafarnoma ” da keltirilgan ma’lumotlari uning Amir Temur bilan uchrashuvlari va asarning yozilish tarixi haqidagi ayrim qisqa lavhalardan iborat4
Nizomiddin Shomiy “ Zafarnoma ” asarini yozish uchun qanday manbalardan foydalangan Afsuski , bu borada na muallifning o’zi asarida biror ma’lumot keltirgan va na zamondoshlari asarlarida bu haqida yozilgan. Lekin ‘’Zafarnoma ” asarini tadqiq etish natijasida Shomiy quyidagi manbalardan foydalanganligini taxmin qilish mumkin :
a) Amir Temurning munshiylar va kotiblari nazm hamda nasrda forsiy va turkiy tillarda yozgan kundaliklar va bitiklar . Bu manbalar bizning davrimizgacha yetib kelmagan;
b) Muallifning o’zi 1400-1404-yillar davomida Amir Temur yurishlarida shohidi bo’lgan va yozib olgan voqealar ;
c) Amir Temurning Hindistonga yurishi bilan bog’liq voqealar kundalik tarzida bayon etilgan G’iyosiddin Alining “ Ro’znomayi g’azovoti Hiasari .
“Zafarnomada “ Amir Temurning olijanobligi va adlu ehsoni bayonida shunday deyiladi:
“.. majlisda Amir sohibqiron bir guruh taniqli va diyonatli olimlardan tanlab, har birini de’vono a’lo tomonidan bir amin bilan mamlakat chekkalaridan biriga nomzod qildi, toki ular tayin etilgan tomonga jo’nab mamlakat ishlarining tagiga yetsinlar, agar bironta bir mazlumga zulm yetgan bo’lsa yoki biror ojizaga zo’ravnlik ravo ko’rilgan bo’lsa, zarar tikanini mazlumlar oyog’idan chiqarib, ulardan zo’rlik bilan olingan narsa hisobot qilinsa, o’sha tomonda bo’lgan xazina molidan ularga qaytarib bersinlar, bo’lgan ahvolni yozib olib qaytsinlar va arz izzatgohiga yetkazsinlar, toki bundan keyin u qoidalarini ulardan yiroqlashtirsinlar.”5
Shomiy “Zafarnoma”sining faqat ikki qoʻlyozma nusxasigina saqlanib qolgan. Birinchisi, Amir Temurga taqdim etilgan qoʻlyozmadan 1425 yilda qoʻchirilgan nusxasi boʻlib, u Istanbuldagi “Nuri Usmoniya” masjidi kutubxonasida, 3367-inventar raqami ostida mavjud. Ikkinchisi, muallif Amir Temurning nabirasi Mirzo Umar bahodir ibn Mironshoh (vafoti – 1409)ga taqdim etgan koʻlyozmadan 1434 yili koʻchirilgan nusxa boʻlib, u Londondagi Britaniya muzeyi kutubxonasida, 23980-inventar raqami bilan saqlanadi.
Taniqli matnshunos olim Feliks Tauer mazkur qoʻlyozmalar noqis boʻlganligi sababli, ularni Hofizi Abruning “Zubdat ut-tavorix” asari bilan solishtirib tadqiq etish asosida “Zafarnoma”ning ikki jilddan iborat ilmiy tanqidiy matnini nashr ettirgan. Birinchi jildiga faqat “Zafarnoma” ilmiy tanqidiy matni kiritilgan. Ikkinchi jildida esa nashrning soʻzboshisi, qoʻshimchalar, nusxalardagi farqlar berilgan.
Amir Temur va temuriylar davriga oid arab tilidagi yozma manbalar sirasida arab tarixchisi ibn Arabshohning (1389-1450) «Ajoyib ul maqdur fi tarixi Taymur» («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») nomli asari alohida o’rin tutadi. Asar ko’proq «Temur tarixi» nomi bilan keng tarqalgan. Saroy tarixchilarining ko’pgina asarlaridan farqli bu kitob qudratli, mustaqil, katta saltanat yaratgan Amir Temurning hayotini xolis va bir qadar tanqidiy ravishda yozilgan noyob yodgorlikdir. 6 n Arabshoh uzoq yillar Samarqandda yashagan (1401-1408), shu erda to’laqonli ma`lumot olgan va Amir Temur saroyiga yaqin bo’lgan. Hukmdorlarning unga munosabatini muttasil sezib turgan. Muallifning o’zi ma`lumot berishicha, bu asariga manba bo’lib uningmushohada va xotiralari, Amir Temurning yurishlarida ishtirok etgan arboblarning hikoyalari xizmat qilgan. 1436 yilda yozilgan Ibn Arabshohning bu asari Amir Temur va temuriylar davriga oid frantsuz, lotin, ingliz va g’oyatda qisqartirilgan holda turk tillariga tarjima qilingan. Afsuski ushbu tarjimalarning hammasi tegishli ilmiy izohlarsiz bajarilgani uchun ham ularni ilmiy jihatdan mukammal deb bo’lmaydi. Ibn Arabshohning asari U. Uvatov tomonidan, 1992 yilda Toshkentda 2 jildda keng tarzdagi ilmiy izohlar bilan o’zbek tilida nashr etildi. Ibn Arabshohning bu asari Amir Temurning hayoti va faoliyati haqidagi qimmatbaho ma`lumotlarni qamrabgina qolmay, unda o’sha davr madaniy hayoti to’g’risida ham muhim faktlar keltirilgan. Muallifning o’sha davrda yashab ijod qilgan mashhur olimlar, munajjimlar, muhaddislar, tabiblar, turli kasb va hunarmandlarning mohir ustalar, o’sha zamonda keng ko’lamda qo’llanilgan uyg’ur yozuvi haqidagi ma`lumotlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Ibn Arabshoh asarining maxsus bir bo’limi amir Temurning yuksak insoniy fazilatlari va alohida xislatlariga, sohibqironning tashqi siymosi va odatlariga bag’ishlangan bo’lib, bu tarzdagi ma`lumotlar o’sha davrga oid boshqa manbalarda uchramaydi shu jumladan kitobning ikkinchi qismida keltirilgan Temurning badoatli sifatlari va unga ato qilingab tug’ma xislatlari va tabiati haqida bo’limda quydagilar keltirib o’tiladi: “Temur baland bo’yli, tik qomatli, go’yo qadimiy pahlavonlar avlodidan bo’lib keng peshanali, kata boshli, g’yatda kuchli va salohiyatli, ajoyib bo’lalik, rangi oq-u qizil yuzli, lekin dog’siz, bug’doy rang emas, qo’l oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yog’on, poychalari semiz, qaddi- qomati kamoliga yetgan, sersoqol, o’ng oyoq va qo’li cho’loq va shol, ikki ko’zi bamisoli ikki sham bo’lsada, shodligi bilinas, yog’on ovozli edi;”7. Shu bilan birga XV asrda yashagan arab tarixchilarining ko’pgina asarida Amir Temurning faoliyati, uning misr mamlakatlari sultonlari azqZahir Barquq va nosir Faraj, shuningdek ularning Suriyadagi noiblari bilan o’zaro munosabatlari haqidagi ko’pgina ma`lumotlar keltiriladi. Ushbu asarlarda Amir Temur va turk sultoni Boyazid va Misr sultonlari o’rtasidagi munosabtlarga doir ko’p ma`lumotlar berilgan. Mana shu asarlar jumlasiga Ibn Xoldun (1372-1449), Badruddin al-Ayniy (1360-1451), Taqiyuddin al-Maqriziy (1364-1442), Shahobiddin al-Qalqashandiy (1355-1418), Ibn Xajar al-Asqaloniy (1372-1449), Shamsuddin as-Saxoviy ()1427-1497), ibn Tag’riberdi (1411-1469), Ibn ash-Shihna (1348-1412), Jaloluddin as-Suyutiy (1445-1505), Sarimuddin Ibn Duqmoq (1349-1406), Nosiruddin Ibn al-Furot (1336-1404), Ibn Iyos (1448-1524) va boshqa qator tarixnavislarning asarlarini ko’rsatish mumkin.


Download 31,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish