O’zbekiston va Yaponiyaning o’zaro savdo aylanmasi 2018-yilda 707mln,2019-yil 413mln dollarni tashkil etmoqda


Bir qarashda Yaponiyaning mazkur mintaqadagi siyosati jo‘g‘rofiy uzoqligi nuqtai nazaridan istiqbolsiz ko‘rinadi



Download 28,85 Kb.
bet4/4
Sana11.04.2022
Hajmi28,85 Kb.
#542136
1   2   3   4
Bog'liq
Yaponiya

Bir qarashda Yaponiyaning mazkur mintaqadagi siyosati jo‘g‘rofiy uzoqligi nuqtai nazaridan istiqbolsiz ko‘rinadi. Ammo Yaponiya mintaqaviy tashabbuslarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, Yaponiyaning mintaqadagi siyosati bugungi kunning qisqa muddatli munosabatlariga emas, aksincha, ertaning uzoq muddatli istiqboliga qaratilgan.
Diplomatiyaning butun tarixi mobaynida Yaponiya hech qachon “bir martali” aksiyalar bilan cheklanib qolmagan, uning siyosati doimo uzoq muddatli choralarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Buning oqibatida yapon pragmatizmi Markaziy Osiyoga oid tashqi siyosatning asosiy tamoyillari bo‘ladigan uchta yo‘nalishni belgiladi: birinchidan, MOga uzoq muddatli istiqbolni hisobga olgan holda yondashuv, ikkinchidan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va ochiq mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, uchinchidan, mintaqada o‘zaro manfaatli sheriklikni qidirish.
Shu asnoda 2004 yilda ishlab chiqilgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasidagi tashabbus hamkorlikka va mintaqaviy o‘zaro harakatlarga ko‘maklashish uchun muntazam uchrashuvlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
Muloqotda hamkorlikning 5 ta yo‘nalishi belgilangan: siyosiy muloqot, ichki mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, biznesni rag‘batlantirish, intellektual muloqot, madaniy aloqalar va odamlar almashinuvi.
Bu siyosatning muntazamlik kasb etishi mintaqamizda yirik davlatlar raqobati o‘rtasida mutanosiblikning ta’minlanishiga, tinchlik va xavfsizlikning barqarorligiga xizmat qiladi.
Hozirgi kunga qadar imzolangan 160 dan ortiq shartnomalar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lmoqda.
Ayniqsa, iqtisodiy sohadagi hamkorlik O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mamlakatlar o‘z eksport salohiyatidan mashinasozlik, metallurgiya, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda samarali foydalanmoqda. Birgina 2019-yilning yanvar-oktabr oylarida o‘zaro savdo aylanmasi qariyb 360 million dollarni tashkil qildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Yaponiya sarmoyalari ishtirokida 10 dan ortiq qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda 15 ta yapon kompaniyasi vakolatxonalari ro‘yxatga olingan. Ular neft-gaz, neft-kimyo va kimyo tarmoqlari, energetika jihozlari va mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, transport-logistika xizmatini ko‘rsatish, savdo operatsiyalari va turizm sohalariga ixtisoslashgan.
O‘zbekistonda “Marubeni”, “Mitsubishi Motors”, “Japan Oil, Gas and Metals National Corporation (JOGMEC)”, “Toyota Tsusho”, “Itochu”, “Isuzu Motors Ltd.” va boshqa mashhur yapon kompaniyalari faol ish yuritmoqda.
O‘zbekistonda 1999-yildan boshlab turli loyihalarni amalga oshirishga, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va jamoatchiligi o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashayotgan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO)ning mintaqaviy ofislari, shuningdek, O‘zbekiston – Yaponiya markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yaponiyaning moliyaviy-texnik ko‘magi bilan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ta'lim, energetika, transport, telekommunikatsiyalar va boshqa yo‘nalishlarda bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik hamda infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirildi.
1999-yilda «O‘zbekiston – Yaponiya» do‘stlik jamiyati ta'sis etildi, uning asosiy sheriklari «Yaponiya – O‘zbekiston» do‘stlik assotsiatsiyasi va «Fukusima – O‘zbekiston» madaniy-iqtisodiy hamkorlik uyushmasidir. 2001-yilda Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasi hududida Yapon bog‘i ochildi. Bu yerda minglab sakura daraxtlari ekilgan bo‘lib, ular gurkirab o‘smoqda.
Albatta, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarning muhim tarkibiy qismi bu – parlamentlararo aloqalar hisoblanadi. Shu ma'noda, har ikki davlat parlamentlarining o‘zaro aloqalari ham tobora rivojlanib borayotganini alohida qayd etish zarur. Bir necha yildirki, Yaponiya parlamenti va Oliy Majlis parlamentlararo do‘stlik guruhi o‘rtasida sermazmun parlamentlararo muloqot yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, shu bilan birga, Yaponiyaning O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faoliyat yuritmoqda, “O‘zbekiston-Yaponiya” parlamentlararo forumi tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu kabi sa'y-harakatlar O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining yanada yangi bosqichlarga chiqishida mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
2019-yilning dekabr oyi boshlarida biz, bir guruh deputatlar va senatorlar Yaponiya davlatida bo‘ldik. Dastlab Yaponiya parlamenti a'zolari bilan uchrashdik. Hamkasblarimiz bilan O‘zbekiston — Yaponiya o‘rtasidagi parlamentlararo va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik. O‘zaro fikr almashish chog‘ida yapon deputatlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlarga yuqori baho berib, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida qilinayotgan ishlarni yaqindan kuzatib borayotganliklarini e'tirof etdilar. O‘z navbatida, yaponiyalik parlamentariylar ta'lim, turizm, transport infratuzilmasi va savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash istagida ekanliklarini ma'lum qilishgani ularning O‘zbekistonga katta qiziqish bilan qarayotganliklaridan dalolatdir.
Ular Yaponiyaning ko‘plab deputatlari O‘zbekistonga tashrif buyurishgani, mamlakat va uning xalqi barchalarida juda iliq taassurotlar qoldirgani, bu o‘lkadagi farovon hayot, hashamatli bozorlarni ko‘rib, mamlakat kattagina salohiyatga ega ekaniga amin bo‘lishgani, ikki davlat o‘rtasida savdo va investitsiya almashinuvini rivojlantirish, shuningdek, energetika, avtomobil sanoati, transport, telekommunikatsiyalar, infratuzilmani modernizatsiya qilish, fan, ta'lim, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash lozimligini alohida ta'kidladilar.
Yaponiyalik hamkasblarimiz O‘zbekiston islohotlarni o‘ziga xos yangi yo‘nalishlar bilan jadal sur'atlarda amalga oshirayotgani jahon hamjamiyatining e'tirofiga sazovor bo‘layotganini, mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqilsa, O‘zbekiston nafaqat Yaponiya, balki boshqa davlatlar uchun ham mintaqadagi eng ishonchli hamkor hisoblanishini qayd etishdi.
Uchrashuvda yana ko'plab masalalar, xususan, ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni ko‘paytirish, turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish, mamlakatimizda Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish, ta'lim tizimini taraqqiy ettirishga ko‘maklashish masalalarida ham kelishib oldik.
Deputatlarning barchalari Yaponiya bundan buyon ham O‘zbekistonni faol qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta'kidlashgani bizga mamnuniyat bag‘ishladi.
Shuningdek, Yaponiyaga safarimiz davomida dunyoga mashhur Soko universiteti Rektori, Yaponiya Adliya vazirining o‘rinbosari, Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi va boshqa qator davlat, nodavlat tashkilotlari mutasaddilari bilan uchrashuvlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash borasida fikr almashdik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil dekabr oyida Yaponiyaga tashrifi davomida siyosiy, parlamentlararo aloqalar, savdo va investitsiya, innovatsiya, kichik va o‘rta biznes, fan va ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik istiqbollari bo‘yicha qator kelishuvlarga erishilgani, qo‘shma bayonotning imzolangani ko‘p qirrali sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda navbatdagi muhim qadam bo'ldi.
So‘zim yakunida yapon va o‘zbek xalqlarining o‘xshash jihatlari ko‘p bo‘lib, milliy va axloqiy qadriyatlar, birdamlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat kabi fazilatlar ikki xalq uchun birdek xos ekanini alohida e'tirof etmoqchiman. Bu o‘xshash jihatlar, o‘z navbatida. mamlakatlarimizning do‘stligi va o‘zaro hamkorlik munosabatlarida o‘z aksini topib kelayotgani quvonarli holdir.
Download 28,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish