O’zbekiston va Yaponiyaning o’zaro savdo aylanmasi 2018-yilda 707mln,2019-yil 413mln dollarni tashkil etmoqda



Download 28,85 Kb.
bet1/4
Sana11.04.2022
Hajmi28,85 Kb.
#542136
  1   2   3   4
Bog'liq
Yaponiya


O’zbekiston va Yaponiyaning o’zaro savdo aylanmasi 2018-yilda 707mln ,2019-yil 413mln dollarni tashkil etmoqda
O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi o’zaro aloqalar 1992 yildan boshlangan 1994 yil may , 2002 yil iyul va 2011 yil fevral oylarida Yaponiyada 2006 yilda esa O’zbekistonda bo’lib o’tgan davlat raxbarlari o’rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvlar ikki mamlakat o’rtasidagi manfaatli va do’stona aloqalarga yangicha mano mazmun bag’ishladi.Xususan 2015 yil oktabrda yaponiya bosh vaziri Sindzo abening O’zbekistonga tshrifi doirasida O’zbekiston va Yaponiya umumiy qiymati 8.5 mlrd dollardan ko’roq amalga oshirildi. 2017 yil prezidentimizning Yaponiyaga tashrifi ikki mamlakat ortasidagi o’zaro aloqalarni yangi bosqichga ko’tariladi. Shuningdek iqtisodiy madaniy ,gumanitar soxalarda yangi shartnomalar imzolandi.

O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlariga nazar tashlasak, o‘zaro oliy darajadagi tashriflar aloqalarni mustahkamlashga alohida hissa qo‘shgan.

2015 yil 24 oktabrda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashishga imkon berdi.


O‘zbekiston Yaponiyaga ulkan siyosiy, iqtisodiy, intellektual va investitsion salohiyatga ega, taraqqiy etgan davlatlardan biri, vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli sherik sifatida qaraydi.
Ana shunday ijobiy o‘suvchanlik mamlakatlarimizning parlamentlararo aloqalariga ham xosdir. Kunchiqar yurt qonunchilik organida “Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi” tuzilgan.
O‘z navbatida respublikamizda “Oliy Majlis — Yaponiya parlamenti” parlamentlararo guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar ham muntazam tus olgan. Mazkur maslahatlashuvlarning so‘nggi — o‘n oltinchi uchrashuvi 2016 yil 24 mart kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro tashkilotlar doirasida ham samarali o‘zaro hamkorlikni kuzatish mumkin. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik bo‘lgan dolzarb masalalar yuzasidan o‘xshash nuqtai nazarlarga tayangan holda ikki davlat bir-birining xalqaro tashabbuslarini hamda ko‘p tomonlama tizimlarning vakillik organlariga bir-birining nomzodlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
MARKAZIY OSIYo + YaPONIYa” ShAKLIDAGI ALOQALAR FAOLLIK BILAN RIVOJLANIB BORAYaPTI
O‘zbek va yapon xalqlarining o‘xshash jihatlari ko‘p. Milliy g‘urur, birdamlik, mehnatsevarlik, sadoqat, mehr-oqibat kabi fazilatlar ikki xalq uchun birdek xosdir.
Ikki mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanib bormoqda. Bu o‘zaro hamkorlikni barcha sohalarda kengaytirish uchun sharoit yaratadi. O‘zbekiston va Yaponiyaning ulkan iqtisodiy imkoniyatlari — tabiiy boyliklari va yuqori texnologiyalari, ilmiy salohiyati, moliyaviy va mehnat resurslari bir-birini to‘ldiradi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar 2002 yil iyul oyida imzolangan Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot ruhida izchil rivojlanib bormoqda.
O‘zbekiston bilan Yaponiya xalqaro tashkilotlar doirasida ham samarali hamkor. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiyalari o‘xshash yoki yaqindir.
O‘zbekiston Yaponiyaning mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash, yadro qurolini tarqatmaslik, ekologik muammolarni bartaraf etishga doir tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi, BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zoligiga Yaponiya nomzodini yoqlaydi.
Yaponiya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish borasidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan, O‘zbekistonning hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillariga asoslangan tashqi siyosatini yuqori baholab keladi. Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqot mexanizmi doirasida ham ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirmoqda.
O‘zbekiston bilan Yaponiya Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashda faol ishtirok etmoqda. Afg‘onistonda harbiy kuch ishlatish yo‘li bilan tinchlik o‘rnatib bo‘lmasligi, BMT shafeligida qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida siyosiy muzokaralar o‘tkazish va ichki kelishuvga erishish eng to‘g‘ri va yagona yo‘l ekanini har ikki tomon yakdillik bilan ta’kidlaydi.
Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-sotiq sohasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasida hukumatlararo majlislar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, yangi imkoniyatlarni izlash va qo‘shma loyihalar ishlab chiqishda muhim o‘rin tutmoqda.
O‘zbekiston-Yaponiya savdo aylanmasi tobora kengayib borayotgan bo‘lsa-da, ko‘rsatkichlar davlatlarimiz salohiyatiga mos emas. O‘zbekistonda kunchiqar mamlakatning 13 ta kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan, yaponiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 10 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ular orasida “Isuzu”, “Itochu”, “Toyota Tsusho”, “Marubeni”, “Mitsubishi”, JOGMEC (Japan Oil, Gas and Metals National Corporation) singari kompaniyalar bor.
Yaponiyaning respublikamizga ko‘rsatgan moliyaviy-texnikaviy ko‘magi bilan sog‘liqni saqlash, ta’lim, energetika, transport, telekommunikatsiya sohalari hamda boshqa yo‘nalishlarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator infratuzilmaviy loyihalar hayotga tatbiq etildi.
Hozirgi paytda “Qarshi-Termiz temir yo‘lini elektrlashtirish”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish. II bosqich”, “Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiyalash”, “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilishi”, “Elektroenergetika jabhasi salohiyatini oshirish” va “Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash” loyihalari amalga oshirilmoqda.

Download 28,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish