Geografik o’rni.
Markaziy Osiyo Yevroosiyoning markazidagi juda katta ichki o’lkadir. Markaziy Osiyo joylashgan geografik kengliklarda Yevropadagi O’rta yer dengizi mamlakatlari - Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gresiya, Bolgariya, Albaniya hamda qisman Afrikadagi Marokash, Tunis kabi mamlakatlar ham xuddi shu kenliklar orasida joylashgan. Ularning hammasi tipik subtropik mamlakatlar hisoblanadi. Biroq Markaziy Osiyo ma'lum geografik omillar ta'sirida vujudga kelgan o’ziga xos kompleks tabiiy sharoiti tufayli O’rta yer dengizi subtropik mamlakatlaridan farq qiladi. Chunki Markaziy Osiyo iliq okean va dengizlardan juda uzoqda, buning ustiga u Hind okeanidan baland toІlar bilan to’silib qolgan materik ichidagi berk havzadir. Aksincha, Markaziy Osiyo hududining shimol tomoni ochiq bo’lganidan unga Shimoliy muz okean tomonidan sovuq havo massalari bemalol kirib kela oladi. Shu sababli Markaziy Osiyoga (Turkistonga) iliq okeanlardan nam va iliq havo massalari kamdan-kam yetib keladi. Shuning uchun uning ko’p yerlari quruq cho’llardan iboratdi.
Demak, O’rta yer dengizi mamlakatlari tipik subtropik o’lkalar bo’lsa, Markaziy Osiyoning ayrim mintaqalaridagina (janubiy qismlari) subtropik xususiyatlar, shakllangan va bu o’lka asosan quruq cho’l zonasiga kiradi, unda chala cho’l va toІ landshaftlari mavjud.
Markaziy Osiyo o’lkasining asosiy tabiiy-geografik xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Okeanlardan uzoqda va berk havzada joylashgan.
2. Iqlimi keskin kontinental.
3. Sharq va janub tomonlari toІlar bilan o’ralgan bo’lsa, shimoli vag`arbi ochiqdir.
4. Tekisliklarida kenglik, toІlarida balandlik mintaqalari xosdir.
2.4. Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti va resurslari
Tog`lar asosan denudatsiya tekislilar esa akumuliatsiya jarayonlari natijasida hozirgi ko`rinishni olgan. Bir vaqtlar Markaziy Osiyo mintaqasida foydali qazilma turlari va ularning zahirasi kam deb aytilgan bo`lsa, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o`tkazilgan geologik qidiruv ishlarining natijasida ko`plab foydali qazilma konlari ochildi va bu mintaqaning turli foydali qazilmalarga boyligi asoslanildi. Ayniqsa, neft va gaz zaxiralari bo`yicha Fors qo`ltiq bo`yi, hamda g`arbiy Sibir hududlaridan keyinda turuvchi uchunchi mintaqa hisoblanadi.
Neftning eng katta zaxiralari Kaspiy dengizi bo`yida uning shel`fida jumladan Chelekenda , Nebitdog`da, Qoturtepada, Mang`ishloqda, Atrek daryosining qo`yi qismida shuningdek Tengizda, Ko`k dumaloqda, va Mingbuloqda mavjud. Tojikistonning tog` oralig`i botiqlarida Surxondaryo vodiysida ham neft konlari bo`lib, ularning zaxirasi kamroq.
Neft bor joyda tabiiy gaz ham uchraydi. O`zbekistonda Jarqoq, Uchqir , Gazli , Muborak, Sho`rton konlari, Turkmanistonda Achak, Gugurtli, Shodlik konlari mavjud.
Markaziy Osiyoda toshko`mir, qo`ng`ir o`mir konlari, Qozog`iston, O`zbekiston Respublikalari hududlarida topilgan. Qarag`anda toshko`mir havzasi zahirasining ko`pligi, sifatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ekibastuz ko`mir havzasida ko`mir qatlamlari 8 m gacha yetadi va ochiq usulda qazib olinadi.
Qirg`izistonda Jirg`ali, Ko`kyong`oq, toshko`mir konlarida, Toshko`mir, O`zbekistonning Ohangaron, Qozog`istonning Ubagan, Makyuben va boshqa konlarida qo`ng`ir ko`mir qazib olinadi.
Yangi ko`mir konlar Mang`ishloqda (q`ong`ir ko`mir) To`rg`ay platosida (qo`ng`ir ko`mir) Tuakirda (toshko`mir) ochilgan. Farg`ona vodiysida Issiqko`lning sharqida, ichki Tyanshan, G`arbiy Tyanshanda , Hisorda, Qazog`istoning past tog`larida ko`mir konlari mavjud.
Markaziy Osiyo hududida rudali rangli nodir va qimmatbaho metal konlari bor. Olmaliq, Qo`ng`irot, Jejqazganda mis, Qoramozor va Qoratov tizmalarida polimetall, Qozog`iston past tog`larida, Oloy, Hisor, Zarafshon va Nurota tog`larida nodir metall konlari mavjud.
Yirik oltin konlari Nurota tog`larida, Qozog`iston past tog`larida, Darvez tizmasida Qizilqumda mavjud bo`lib, oltin qazib olish dunyo ahamiyatiga ega. Temir ruda konlarining asosiy qismi Qozog`istonda Sokolov –Sarbay, Ayat, Lisakovsk va boshqa konlar.
2.4.1-rasm. Navoiydagi Muruntov oltin koni
Markaziy Osiyo mintaqasida kimyo xom ashyolaridan osh va kaliy tuzlari, oltingugurt, glouber (mirabilit) tuzi shuningdek natriy sul`fat, yod, brom tuzlarining katta zahirali konlari bor. Qorabo`g`ozgo`l turli xil tuzlarga boy. G`arbiy Qozog`istondagi va Xo`jaikon (O`zbekiston) tuz konlari muhim ahamiyatga ega. . Shuningdek fosforit Qaratov va Aktyuba viloyatida (Qozog`iston), hamda Navoiy viloyatlarida konlari bor.
Hududda binokorlik materiallari hamma Respublikalarda bor. Shuningdek, simob, su`rma, konlari Qirg`iziston va Qozog`istonda mavjud.
Markaziy Osiyo hududidagi yirik daryolar - Amudaryo,Sirdaryo , Zarafshon, Ural, Irtish, Tobol, Ishim va ularning irmoqlari (Panj, Vaxsh, Norin, Qaradaryo va boshqa) katta gidro energetik resursga ega. Markaziy Osiyo gidroenergetika resurslari bo’yicha MDH da Rossiyadagi Sharqiy Sibir va Uzoq sharq rayonlaridan so`nggi o’rinda turadi.
Markaziy Osiyo gidroenergetika resurslarning 55% dan ortig`i Tojikistonga to`g`ri keladi. Mintaqa boshqa tabiiy resurslarga jumladan, iqlim, yer, o`rmon, rekreatsiya resurslariga boy. Ularning miqdoriy taqsimlanishi, geografik joylashuvi regionning geografik o`rni xsusiyatlari bilan bog`liq. Hozirgi kunda ulardan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan .
Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti xilma – xil, keskin kontraslikga ega . Janubdan – shimolga, sharqdan – g`arpga brogan sari bu xilma – xillik ko`zga yaqqol tashlanib turadi. Tabiiy resurslar ham hududda bir tekisda taqsimlanmagan va joylashmagan.
Tabiiy resurslar ham hududda bir tekisda taqsimlanmagan va joylashmagan. Markaziy Osiyo davlatlari xo`jalik tarmoqlarini shakllantirish, joylashtirish va rvojlantirishda ularni hisobga olish , ijobiy va salbiy tomonlarini ilmiy – amaliy jihatdan baholash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |