O‘zbekiston va mdh davlatlari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o‘zaro hamkorligi



Download 99.91 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi99.91 Kb.

Aim.Uz

O‘zbekiston va MDH davlatlari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o‘zaro hamkorligi

  • Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda, mintaqa ko‘lamida integratsiyani rivojlantirishda sobiq ittifoq tarkibida bo‘lib, endi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar ham alohida o‘rin tutadi.

  • Sobiq ittifoq barham topgach, 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida Rossiya federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya davlatlari tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga asos solindi.

  • 21 dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini jami 11 davlat imzolab, MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitmda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.

  • MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:

  • tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish;

  • umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, Yevroosiyo bozorini shakllantirish;

  • iqtisodiy islohot o‘tkazish;

  • bojxona siyosatini birga olib borish;

  • transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;

  • ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash.

  • uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.

  • O‘tgan yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o‘zaro foydali hamkorlik ishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlik hamdo‘stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog‘langanligina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar va mintaqaviy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo‘ldi.

  • Mintaqamiz xalqlarining yaqinlashuvi – tabiiy kechayotgan jarayon. Bu yaqinlik sobiq Ittifoq mavjud bo‘lganligidan qat’iy nazar hamma vaqt bo‘lib kelgan. Bu haqiqiy integratsiya bo‘lib, sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyadan farq qiladi. Unga sovetlardan keyingi davlatlarning birortasi qarshi emas, ayni chog‘da ularning birortasi ham o‘z mustaqilligidan voz kechmoqchi emas. Biz uchun masalaning mohiyati mustaqillik yoki integratsiyani tanlash emas, balki bu ikki yo‘nalishni uyg‘unlashtirishdan iboratdir. O‘zbekiston rahbariyati MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni istadi.

  • Biroq, dastlabki yillarda MDH a’zo davlatlari munosabatlarida bir qator muammolar ham bo‘lib turdi. Jumladan, bu tashkilot o‘z kengashlarida barcha a’zo davlatlar taraqqiyoti uchun muhim hujjatlar qabul qilar, biroq ularning bajarilishi sekin kechar edi. Ayrim kelishuvlar esa barbod bo‘lar edi. O‘zbekiston davlati doimo bu tashkilotning muntazam ishlab turishi, uning qabul qilgan qarorlarining bajarilishi tarafdori bo‘lib keldi. Prezident I.Karimovning bu tashkilot kengashlariga qatnashuv oldidan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida aynan shu muammolar o‘z ifodasini topdi.

  • O‘zbekiston Respublikasi MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikka kirishar ekan, doimo ularning mustaqilligiga dahl qilmaslikka intildi va bunga amal qildi.

  • 1992 yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1993 yil MDH davlatlari bilan imzolangan “Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

  • 1994 yil 21 oktyabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining kengashida 10 ga yaqin masalalar muhokama qilinib, asosiy e’tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalalarga qaratildi. MDH davlatlari o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Kengashda iqtisodiy ittifoqning davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi tuzildi. Mazkur kegashda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 50 yilligini tantanali nishonlash haqida kelishib olindi. MDHni mustahkamlashda bu uchrashuv muhim rol o‘ynaydi.

  • 1995 yil 10 fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. MDH davlatlari a’zolari bo‘lgan mamlakatlar chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. Ammo masalaning xarakteri va mazmuni haqida bir-biriga mos bo‘lmagan turli fikrlar bildirildi.

  • Mustaqillikning birinchi o‘n yilligi davrida MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlararo iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan imzolab, o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.

  • 2001 yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Moskvada MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit bo‘lib, unda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o‘zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko‘paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH tuzilganligining o‘n yilligi munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga doir “Bayonot”ga imzo chekdilar.

  • Bugungi kunda ham O‘zbekiston Respublikasi MDHga ko‘p tomonlama hamkorlik uchun shart-sharoit yaratishdan manfaatdor suveren mamlakatlar birlashmasi sifatida qaraydi.

  • Davlatimiz rahbari 2012 yil 15 may kuni Moskvada MDH davlatlari rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ham hamdo‘stlik ko‘p qirrali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarishi, u bevosita muzokara va davlatlararo muloqotlar, turli darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar maydoni bo‘lib qolishi lozimligini yana bir ta’kidladi.

  • 2002 yildan buyon MDH doirasida tuzilgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) ham o‘z faoliyatini olib bormoqda. O‘zbekiston bu tashkilotning ODKB davlatlari o‘rtasidagi va MDH makonidagi turli qarama qarshiliklar va mojarolarni hal etishda qatnashish emas, balki, avvalo Tashkilotlarga a’zo mamlakatlarni tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb hisoblaydi. Shuningdek, O‘zbekiston ODKBga a’zo u yoki bu davlatlar ichida “zo‘ravonlik xatti-harakatlari” yuzaga kelgan hollarda unga Tashkilotning aralashuvi yohud ta’sir ko‘rsatishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik zarur, deb hisoblaydi. Prezident I.A.Karimov 2010 yil 10 dekabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan ODKB Kollektiv xavfsizlik kengashi majlisida ham “u yoki bu mamlakat ichidagi “zo‘ravonlik xatti-harakatlari” turli ssenariylar bo‘yicha, tashqi kuchlarning bevosita aralashuvi va moliyalashtiruvi orqali yuzaga kelishi mumkinligini e’tiborga olish darkor”, deb ta’kidlagan edi. Bu pozitsiyaning to‘g‘ri va hayotiyligini 2010 yil 10-14 iyun kunlari Qirg‘iziston janubida ro‘y bergan voqealar ham tasdiqladi. I.A.Karimov Kengash yig‘ilishida Qirg‘iziston voqealarida O‘zbekiston tutgan yo‘lni to‘g‘riligini izohlab, agar aholimiz o‘rtasida osoyishtaligimizni saqlay olmaganimizda O‘zbekistonning qariyb 300 ming qirg‘iz millatiga mansub aholi yashaydigan Farg‘ona vodiysi hududida qanday fojeali voqealar ro‘y berishi mumkinligini ham isbotlab berdi. Shu bois ham, O‘zbekiston davlati ODKBning tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar to‘g‘risidagi bitimni va ODKBning Tinchliksevar kuchlari to‘g‘risidagi bayonotini imzolamadi.

  • 2012 yil 15 may kuni Moskva shahrida Kollektiv xafvsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xafvsizlik kengashining yubiley (10 yillik) sessiyasida ham Prezident I.A.Karimov ishtirok etib, yana bir bor O‘zbekiston ODKBning asosiy maqsadi, avvalo a’zo davlatlarning tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb bilishini ta’kidladi. Sessiyada ODKB faoliyatining samaradorligi va uning yanada rivojlanishini ko‘p jihatdan barcha a’zo davlatlarning hamjihatlik tamoyiliga amal qilishi hamda manfaatlar uyg‘unligiga bog‘liq ekani bayon etildi.

  • O‘zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarini parlament, ko‘plab amaldorlar ishlaydigan ma’muriy idoralar, harbiy siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. O‘zbekiston mustaqillik va integratsiyani uyg‘unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni xohlaydi.

  • O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish alohida o‘rin tutadi.

  • Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi (RF) bilan davlatlararo teng huquqli munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berayotganligi muhimdir. 1991 yil 26 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya Federatsiyasi (RF) Prezidenti B.Yelsin bilan ikki davlat o‘rtasida muxtor vakolatxonalar ochish, bir-birlarining suverenitetini va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, tashqi siyosat va iqtisodiy masalalarida hamkorlik qilishiga kelishib oldilar.

  • 1992 yil may oyida B.Yelsin O‘zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rishga ahdlashdi.

  • 1992 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shartnoma ikki davlat o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgach, elchixonalar ochildi.

  • Islom Karimov 1994 yil mart oyidagi Rossiya Federatsiyasiga qilgan rasmiy davlat tashrifi yakunida O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzoladi. Shuningdek, 1998 yil 12 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 1998-2007 yillarda iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida shartnoma ham imzolandi.

  • 1990 yillarning oxiri 2000 yilning boshlarida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. RF Prezidenti V.Putin qisqa muddatda O‘zbekistonga ikki marta – 1999 yil 10-11 dekabrda va 2000 yil 18-19 may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashish va boshqa masalalar muhokama etildi.

  • O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etib, ikki mamlakat o‘rtasida turli maqsadlarga yo‘naltirilgan 150 ta hujjatlar imzolandi.

  • O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 2000 yilda 1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonda – 520 ta O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari faoliyat ko‘rsata boshladi. Rossiyada esa O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 250 ga yaqin qo‘shma korxona mavjud edi. O‘zbekiston Rossiyadan mashina va jihozlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mollarini eksport qilayotgan edi.

  • 2004 yil 16 iyunda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi bilan “Lukoyl” neft kompaniyasi, OAJ hamda “O‘zbekneftigaz” milliy xolding kompaniyasi bilan, “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida Rossiya tomonidan O‘zbekiston yoqilg‘i-energetikasi sohasiga qariyb 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo yo‘nalishidagi hamkorlik hajmi 2003 yilda 1 mlrd. 149 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

  • O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bordi.

  • 2005 yil 14 may kuni davlatimiz rahbarining Rossiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida “Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida”gi shartnoma imzolandi. Shuningdek, ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasining Narkotiklar aylanishini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati o‘rtasida narkotik vositalarning, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamda prekursorlarni nazorat qilishda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

  • Ma’lumki, Islom Karimov va Vladimir Putinning oktyabr oyida Sankt-Peterbergda bo‘lgan uchrushuvida mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Rossiya ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatish uchun imkoniyatlar yetarli ekanligini va bunday munosabatlar ikki tomon manfaatlariga mos ekanligini ta’kidlagan edi. Prezidentimizning bu taklifi qisqa muddatda hayotda o‘z int’ikosini topdi. Bu O‘zbekiston va Rossiyaning maqsad va intilishlari mushtarakligiga yaqqol tasdiqdir. O‘zaro munosabatlarga bunday maqom berilishi O‘zbekiston bilan Rossiyaning hamkorligi strategik sherikchilikdan yuqori darajaga ko‘tarilganidan nishonadir.

  • Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomaning mantiqiy davomi bo‘lgan mazkur hujjat ikki mamlakat hamkorligining huquqiy asosini ittifoqchilik tamoyillari bilan mustahkamladi. Shu tariqa O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari o‘z tarixining mutlaq yangi davriga qadam qo‘ydi. Moskva uchrashuvi mamlakatlarimizni yangi, yanada mustahkam rishtalar bilan bog‘ladi.

  • O‘zbekistonning RF bilan har tomonlama hamkorligi bugungi kunda yana ham kengaymoqda. 2010 yil 31 mart kuni Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining o‘n ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

  • Majlisda tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarning bugungi ahvoli va istiqbollari, xususan, yoqilg‘i-energetika majmui, aviasanoat, mashinasozlik, transport va telekommunikatsiyalar kabi sohalardagi hamkorlik bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. O‘zbekiston va Rossiyaning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tovar ayriboshlash hajmini oshirish, qo‘shma korxonalar sonini va mahsulotlar turini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

  • Bugungi kunda tashqi siyosat, tashqi savdo, mudofaa mahkamalari o‘rtasidagi muloqot va maslahatlashuvlar ham izchil davom etmoqda.

  • O‘zbekiston va Rossiya BMT, SHHT, MDH kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida ham faol hamkorlik qilmoqda. Bu aloqalar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

  • Mamlakatlarimiz Afg‘oniston hududidagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlariga yordam ko‘rsatish borasida ham hamkorlik qilib kelmoqda.

  • 2010 yil 19-20 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning RF Prezidenti Dmitriy Medvedev taklifiga binoan RFga tashrifi va tashrif chog‘idagi kelishuvlar ikki o‘rtadagi munosabatlarning yanada chuqurlashuviga sabab bo‘ldi.

  • Islom Karimov va Dmitriy Medvedev savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Rossiya O‘zbekistonning ishonchli siyosiy, iqtisodiy va sarmoyaviy sherigidir. O‘zbekiston tashqi savdosining beshdan bir qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Gumanitar hamkorlik borasida ham aloqalar ko‘lami keng ekanini ta’kidlash joiz. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sayyohlik kabi ko‘plab sohalarni qamrab olgan.

  • Ikki davlat rahbarlari uchrashuvida yana bir masala ya’ni Markaziy Osiyodagi suv-energetika zahiralaridan oqilona foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

  • Umuman aytganda, davlat rahbarlarining o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga doir masalalar, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan nuqtai nazar va qarashlari o‘xshash va yaqinligi, xalqlarimizning do‘stligi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zaro munosabatlar turli darajalarda imzolangan 276 hujjatga asoslanadi.

  • Uchrashuvda mintaqaning transchegaraviy daryolarida gidrotexnika inshootlari qurishda qo‘shni mamlakatlar bilan maslahatlashish, bunday loyihalarni mustaqil xalqaro ekspertizadan o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

  • Dunyoda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hukm surayotganiga qaramay, 2009 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi qariyb 4,5 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilda 6688,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonning Rossiyaga eksporti tabiiy gaz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, transport va kommunikatsiya xizmatlari, transport vositalari, to‘qimachilik buyumlaridan iborat. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar Rossiyada eng xaridorgir transport vositalaridan ekanini alohida ta’kidlamoq joiz.

  • Rossiyadan O‘zbekistonga rangli va qora metallar, mexanik va elektr uskunalar, yog‘och va undan ishlangan buyumlar kabi mahsulotlar keltiriladi.

  • Sarmoyaviy hamkorlik rivoji qo‘shma korxonalar sonining oshganida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 944 ta O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi faoliyat yuritmoqda. Rossiyaning 135 ta firma va kompaniyasi mamlakatimizda o‘z vakolatxonasini ochgan. Rossiyada esa o‘zbekistonlik sheriklar ishtirokida tuzilgan 458 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

  • Muzokarada ta’lim, sog‘liqni-saqlash, ilm-fan va texnika sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

  • Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining qo‘shma bayonoti qabul qilindi.

  • Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida Harbiy-texnika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha 2010-2012 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga oid o‘zaro anglashuv memorandumi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmati o‘rtasida Oldindan xabardor etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi protokol, Madaniy-gumanitar sohada 2010-2012 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

  • O‘zbekiston va RF o‘rtasidagi kelishuvlar bugun o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ishga solinmayotgan imkoniyatlardan to‘laroq foydalanishga xizmat qila boshladi.

  • 2012 yilning 4 iyulida Prezident I.A.Karimov taklifiga binoan RF Prezidenti Vladimir Putinning rasmiy tashrifi ikki o‘rtadagi munosabatlar rivojida yana bir bosqichni boshlab berdi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha qabul qilingan “Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi deklaratsiyada hamkorlikni yangi bosqichidagi istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berildi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Rossiya bilan munosabatlarni yuksak qadrlab kelmoqda. Bu munosabatlar ikki mamlakat manfaatlarigagina emas, ayni bir paytda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

  • O‘zbekistonning MDH davlatlaridan – Ukraina bilan o‘zaro munosabat va hamkorliklari ham kengayib bormoqda.

  • O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lib, turli sohalardagi hamkorlikni qamrab oluvchi qariyb 150 hujjat bilan tartibga solinadi. Prezidentimiz Islom Karimovning 1998 yil fevral oyida Ukrainaga rasmiy tashrifi asnosida ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan Do‘stlik va har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnoma o‘zaro aloqalarni izchil taraqqiy ettirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

  • Erkin savdo tartibi o‘rnatilganining samarasi o‘laroq, yurtimizda ukrainalik sarmoyadorlar ishtirokida kimyo, yog‘ochni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati, qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi ellikdan ziyod korxona tashkil etilgan. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Ukrainadagi 15 yetakchi firma va kompaniyaning vakolatxonalari ro‘yxatga olingan.

  • O‘zbekistonning Ukraina va bir qator Kavkazorti davlatlari bilan aloqalarining mustahkamlanishiga 1996 yili Venada tuzilgan GUUAM tashkiloti ham muhim o‘rin tutdi. O‘zbekiston ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan bu tuzilmaga 1999 yil aprel oyida a’zo bo‘ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM, deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Yevropa transport yo‘lagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning Yaltada uchrashuvi bo‘lib, unda O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Bo‘lib o‘tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko‘rib chiqildi.

  • O‘zbekistonning Kavkazorti respublikalari bilan bugungi aloqalari ham qadimiy aloqalar bilan mushtarakdir.

  • 1995 yil 5 sentyabrda Gruziya davlat rahbari, respublika parlamenti raisi E.Shevarnadzening O‘zbekistonga rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar bo‘yicha bir qancha shartnomalar imzolandi. Ikki mamlakat rahbarlari tomonidan imzolangan O‘zbekiston Gruziya qo‘shma axboroti asosida ikki tomonlama aloqalar chuqurlashib, Markaziy Osiyo va Kavkazorti mintaqalari xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

  • O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida davlatlararo aloqalar ham yo‘lga qo‘yilib, rivojlanib bormoqda. 1996 yilning mayida I.Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasining Ozarbayjonda bo‘lib, ikki davlat rahbarlari kelishuvi asosida xalqaro “Trans Kavkaz yo‘li” barpo etildi, uning Ozarbayjondan o‘tadigan qismi shakllantirilib, O‘zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Yevropa tomon chiqarishga yo‘l ochildi.

  • O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatib, qo‘shnichilik tamoyillariga amal qildi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan qardoshlarcha do‘stlik aloqalarini mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi.

  • Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o‘ziga ruhan, urf-odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar o‘rnatish suveren O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun, ular orasida qadimiy do‘stlik va barqarorlikni mustahkamlash, o‘zaro iqtisodiy muammolarni yechish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit yaratib, kishilar qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg‘ularini uyg‘otib kelmoqda.

  • Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining birinchi uchrashuvi 1990 yil iyunda Almati shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda besh davlatning iqtisodiy tanglikdan chiqishi uchun resurslarni birlashtirish zarur degan xulosaga kelingan edi. Besh respublika rahbarlari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlariga murojaatnoma hamda respublika rahbarlarining Bayonotini imzolagan edilar. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi 1991 yil 13-15 avgustda Toshkent shahrida bo‘lib, uchrashuv yakunlari xususida Axborot qabul qilindi.

  • Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida muntazam ravishda mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvol, ko‘p tomonlama xalqlar o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorliklar, kredit-hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, bank va valyuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makon tashkil etish masalalari muhokama etib borildi.

  • 1994 yil 10 yanvarda Qozog‘iston Prezidenti N.Nazarboyevning O‘zbekistonga tashrifi Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga amaliy poydevor qo‘ydi. Unda ikkala mamlakat rahbarlari “Yagona iqtisodiy hudud” barpo etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bu shartnomada O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish ko‘zda tutildi. Fan, maorif, sog‘liqni saqlash yo‘lida imzolangan hujjatlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omil bo‘lib qoldi. Bu shartnomaga Qirg‘iziston, keyinchalik Tojikistonning ham qo‘shilishi Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy integratsiya jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. O‘zbekiston Qozog‘iston, Qirg‘iziston Prezidentlarining bu oliy darajadagi uchrashuvining yangi nuqtasi 1994 yil Almati shahrida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya tashkiloti, Bosh vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi kengashini ta’sis etdilar.

  • Kengashda qatnashgan mamlakatlar vakillarining Davlatlararo ijroiya qo‘mitasi Almati shahrida joylashdi.

  • 1995 yilning 15 dekabrida Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari Davlatlararo kegashining Jambul shahrida navbatdagi kengashi bo‘ldi. Mazkur kengashda Prezidentlar 2000 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyiha ishlab chiqildi.

  • 1997 yil yanvarida Bishkekda, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlat boshliqlarining kengashi bo‘lib unda uch qardosh davlatlar o‘rtasida shartnoma imzolandi. Bu hujjatda O‘zbek, Qozoq, Qirg‘iz xalqlarining orzu-niyatlari o‘z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga yo‘naltirilgan edi. Ulardan birining hududiy xavfsizligiga biror mamlakat xavf solsa, ular birgalikda xalqaro hamjamiyatni bundan ogoh etib, mudofaa uchun chora tadbirlar ko‘radi.

  • 1997 yil 12 dekabrda Qozog‘iston respublikasining yangi poytaxti Oqmola shahrida uch respublika Prezidentlarining Kengashi bo‘lib, unda uch mamlakat o‘rtasida energetika, suv zahiralaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat ta’minoti, kommunikatsiya hamda mineral xom ashyo zahiralarini o‘zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo‘yicha xalqaro birlashmalar tuzish to‘g‘risida muzokara olib borildi. Prezidentlar xalqaro bu birlashmalarni tuzish bo‘yicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari konsepsiyasini ma’qulladilar. Bunday Xalqaro birlashmalar tuzishdan maqsad mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, birgalikda amalga oshiriladigan tadbirlar orqali Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, mintaqadagi energetika, yer, suv, mineral xom-ashyo, mehnat va boshqa zahiralardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.

  • O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasida 1994 yilning 30 aprelida iqtisodiy sohada bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab turuvchi, yagona iqtisodiy makonda hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. Bu shartnomaning ahamiyati shunda ediki, uch mamlakat uchun erkin savdo tamoyillari jahon bozorida vujudga kelayotgan narx-navo, xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng iqtisodiy va huquqiy shart-sharoit, choralar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining umumiy bozorini barpo etish, ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, sarmoya, moliya, transport va ijtimoiy sohalarda birgalikda ish yuritish asosida hamkorlik qilishni amalga oshirishga imkoniyat ochib bera boshladi. 1998 yil 26 martda o‘tkazilgan Kengashda bu shartnomaga Tojikiston Respublikasi ham qo‘shildi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, tojik, turkman va mintaqada yashovchi barcha xalqlar o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib “Turkiston umumiy uyimiz” g‘oyasini ilgari surdi. Mintaqa ziyolilari, Turkiston zaminida yashovchi barcha xalqlarni yaqinlashtirish maqsadida yurgan sog‘lom kuchlar bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladilar. Aynan “Turkiston umumiy uyimiz” g‘oyasi nomi bilan jamoatchilik harakati ham tashkil topdi. Bu g‘oya ta’sirida “Turkiston xalqlari madaniyati Assambleyasi” tashkil etildi. Bir necha ilmiy-nazariy anjumanlar, simpoziumlar o‘tkazildi.

  • Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligida iqtisodiy masalalar bilan bir vaqtda Afg‘oniston masalasi, xalqaro terrorizm xavfini oldini olish masalalari ham muhim o‘rin tutdi.

  • 1999 yil aprelida Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo respublikalari Prezidentlari uchrashuvida I.A.Karimov yig‘ilish qatnashchilari hamda BMTni butun xalqaro hamjamiyatga tahdid solayotgan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi. Uchrashuvda Tojikiston Respublikasi rahbariyati va jamoatchiligi I.A.Karimovni tojik xalqining og‘ir kunlarida yordam beruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi haqiqiy birodari va do‘sti sifatida qabul qildi.

  • Kengashda mintaqaning suv resurslaridan samarali foydalanish, Saraz ko‘li toshish xavfining oldini olishda Tojikistonga yordam berishga e’tibor qaratildi. Bu hamdo‘stlik davlatchiligini qaror toptirish, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “bozor munosabatlariga o‘tishning murakkab davrida mintaqadagi mamlakatlarning kuch-g‘ayratlari va sa’y-harakatlarini jipslashtirishga qaratilgandir”.

  • O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi tinch hamkorlik aloqalariga Afg‘on mojarosi doimo tahdid solib turdi. Bu mojaro tufayli diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, korrupsiya va jinoyatchilik, narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog‘, odam savdosi kabi muammolar tahdidi kuchaydi. Prezident I.A.Karimov bu haqda: “Boshqacha aytganda, yuqorida sanab o‘tilgan tahdidlar, garchi turli mintaqalarda turli kuch bilan namoyon bo‘lsa-da, insoniyatda bir xil tashvish tug‘dirmog‘i darkor”, deb ta’kidlagan edilar.

  • Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda jipslashish masalasi 2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining kengashida yana ko‘tarildi. I.A.Karimov xalqaro terrorizmga qarshi kurash Xalqaro markazini tuzish haqidagi tashabbusi bilan chiqdi. To‘rt davlat rahbarlari mintaqada xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm va boshqa tahdidlarga qarshi birgalikda harakat olib borish haqidagi hujjatni imzoladilar. Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat – Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlari chegaralar masalasida ikkala davlat orasida erkin harakatlanish to‘g‘risida, yo‘lovchi va yuk tashish transportlarini kengaytirish to‘g‘risida kelishib oldilar.

  • Markaziy Osiyo davlatlarini birlashib harakat qilishlarida Orol dengizi muammosi muhim o‘rin tutadi. Bu muammo bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Qizil O‘rda (1993), Nukus (1994), Toshhovuz (1995) uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvlarda asosan bu muhim muammoga bag‘ishlangan chora-tadbirlarni ko‘rish belgilab olindi.

  • Respublika rahbariyati Orol muammosini hal etishda nafaqat Markaziy Osiyo, balki Osiyodagi bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, 2001 yil Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Tadao Chino O‘zbekistonga tashrif buyurib, O‘zbekiston hukumatining bu muammoni tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. U Yaponiyaning maxsus jamg‘armasidan beg‘araz grant ajratishni jadallashtirishini ta’kidlab o‘tdi.

  • (O‘zbekiston davlati rahbarining Orol muammosini hal etish borasida bugungi kundagi tashabbuslari, BMT sessiyalari, sammitlaridagi chiqishlari haqida “O‘zbekistonning BMT bilan hamkorlik aloqalari” masalalarini yoritishda to‘xtab o‘tganmiz.)

  • 2002 yil 28 fevral – 1 mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekildi va mazkur tashkilotning raisi etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov saylandi.

  • Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining tuzilishi ularning boshqa davlatlardan uzoqlashishini ko‘rsatmaydi, balki murakkab o‘tish davrida mintaqa mamlakatlarining o‘zaro yordam va hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgandir. Respublikaning geosiyosiy va geostrategik ahvoli, iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti va boshqa omillardan qat’i nazar davlatning tashqi siyosatidagi ustuvor prinsipi davlatlarning suveren teng huquqlilik prinsipi bo‘lib qoldi.

  • Markaziy Osiyo davlatlarini asrlar davomida yaqin ma’naviy qadriyatlar, til, din, tarix, urf-odat va an’analarga asoslangan mustahkam do‘stlik rishtalari va qo‘shnichilik bog‘lab turadi. Qardosh, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik xalqlari bir-birining adabiyoti, madaniyati va san’atini yaqindan biladi va hurmat qiladi. Ajdodlarimizning boy merosi bu mintaqa xalqlarining umumiy boyligidir.

  • Bu omillar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni jadal rivojlantirishdan mintaqa xalqlari birdek manfaatdor ekanligini tasdiqlaydi.

  • Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar yangi davr talablaridan kelib chiqib, ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama rivoj topib borayotganini ta’kidlamoq lozim. Masalan, dunyoda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hukmronlik qilayotganiga qaramay, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayriboshlash ko‘rsatkichi izchil o‘sib bormoqda. 2007 yildan buyon bu boradagi ko‘rsatkich 1 milliard AQSH dollaridan ziyod raqamni tashkil qilib kelmoqda. E’tiborli jihati shundaki, bunda xom ashyoning ulushi pasayib, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega sanoat mahsulotlarining salmog‘i ortib bormoqda.

  • Mamlakatlarimiz o‘rtasida 2006-2010 yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasi qabul qilingan. Bu hujjatlar savdo, suv-energetika majmui, sarmoya, moliya, transport, kommunikatsiyalar, bojxona va innovatsiya borasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan edi. Ularni hayotga to‘la tadbiq etilishi tovar ayriboshlash ko‘rsatkichini bir necha hissaga orttirdi.

  • O‘zbekiston ham, Qozog‘iston ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir.

  • 2009 yilda o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi 1,3 milliard AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 2006 yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pdir.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qozog‘istonga, Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga bir necha bor tashriflari ikki o‘rtadagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlamoqda. Jumladan, 2010 yilning 16 martida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N.Nazarboyevning rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelishi va ikki davlat rahbarlari tomonidan qo‘shma bayonotining qabul qilinishi ikki qo‘shni qondosh xalq istaklarini yana bir bor namoyon etdi.

  • O‘zbekistonda samolyotlar, avtomobillar, avtobuslar, yuk tashish mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, kabellar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi, paxta, pilla, meva va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Qozog‘istonda bularning barchasiga talab bor. Ayni paytda O‘zbekiston bozorida ham Qozog‘iston eksportchilari uchun keng faoliyat maydoni mavjud.

  • Energiya manbalarini qazib olish, uzatish, tranzit qilish ham hamkorlik uchun yaxshi sohadir. 2009 yilda Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston orqali Xitoyga tabiiy gaz yetkazib beradigan quvur ishga tushdi. Bu ko‘p tomonlama hamkorlik muvaffaqiyatiga yorqin misoldir. Mamlakatlarimiz yoqilg‘i manbaalarining yirik zahiralariga ega va bu sohadagi aloqalarni rivojlantirish uchun ikki tomonda ham imkoniyat yetarli.

  • Ikki mamlakatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyati birgalikda yuqori texnologiyali korxonalarni tashkil qilish, yuksak darajadagi qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun yaxshi zamin bo‘ladi. O‘zbekistonda ham, Qozog‘istonda ham katta miqdorda xom ashyo mavjudligini hisobga olib aytish mumkinki, ayniqsa, to‘qimachilik, kimyo, neft kimyosi kabi sohalarda qo‘shimcha qiymatni oshirish uchun yaxshi resurslar bor.

  • O‘zbekiston va Qozog‘istonning ilmiy va iqtisodiy salohiyati, suv zahiralaridan unumli foydalanish borasida ham yaxshi imkoniyatlar ochadi. Xususan, melioratsiya va irrigatsiya yo‘nalishidagi aloqalar muhim. Suv tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish, o‘zlashtirish bu borada tajriba va axborot almashish dolzarb masaladir. Bu bilan qator ekologik va ijtimoiy muammolarga barham berish mumkin.

  • Ikki davlat rahbarlarining 2010 yil martida Toshkentdagi uchrashuvida Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2010-2012 yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar sohadagi qabul qilingan hamkorlik dasturlari va ularning hayotga tadbiq etilishi ikki davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston bilan aloqalarida, bu aloqalarni mustahkamlashda asosan davlatimiz va uning rahbari I.A.Karimovning sa’y harakatlarini ko‘rishimiz mumkin. Bu qo‘shni davlatlar bilan aloqalarimiz istiqlolimizning dastlabki yillarida barqaror bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda Qirg‘izistondagi beqaror vaziyat, Tojikiston rahbariyatining uzoqni o‘ylamay qilayotgan harakatlari tufayli izchil rivojlana olmayapti.

So‘nggi yillarda Qirg‘izistonda davlat rahbarlarining o‘zgarib turishi, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlarda davlatning bosh islohotchi rolini o‘ynay olmayotganligi, bu holatlar mamlakatda millatlararo nizolarni keltirib chiqarayotganligi bizning tinch yashashimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ana shunday vaziyatda ham davlatimiz rahbarining oqil va odil siyosati bu ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini saqlab qolishga qilinayotgan harakatlarning ifodasidir.

2010 yilning 10-14 iyun kunlari Qirg‘iziston janubida mudhish voqealar sodir bo‘ldi. O‘sha fojeali kunlarda O‘zbekiston davlati rahbari I.A.Karimovning oqillik va vazminlik bilan ish tutishi bu fojealarning oldini olinishiga sabab bo‘ldi. O‘sha fojeali kunlarda yuz mingdan ziyod qochqinlarni boshpana, dori-darmon, oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar bilan ta’minlash kerak bo‘ldi. Bundan tashqari, mamlakatimizning aholi zich yashaydigan, ko‘p millatli Farg‘ona vodiysini xavfsizligini ta’minlash, chegaradagi vaziyatni qat’iy nazorat qilish zarur bo‘ldi. Aks holda, yanada katta ko‘lamdagi xunrezliklar ro‘y berishi mumkin edi.

Qo‘shni mamlakatlar Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalari rahbarlarining Amudaryo va Sirdaryo Markaziy Osiyo xalqlari uchun farovonlik, suv bilan ta’minlaydigan yaxlit manba ekanligini bilaturib, atayin daryolarning quyi qismida joylashgan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston manfaatlariga zid muammolar paydo qilayotganliklarini ham ta’kidlab o‘tmoq lozim. Bu ikki respublika rahbarlari qo‘shni respublikalar roziligisiz Amudaryo va Sirdaryo oqimlarida mega-GESlar qurishga kirishmoqdalar. Bunday obyektlarni qurishni tartibga soladigan qat’iy xalqaro normalar mavjud bo‘lsa-da, ular ushbu daryolar yuqori qismida joylashgan mamlakatlar tomonidan inkor etilmoqda. Biroq Qirg‘iziston ham, Tojikiston ham ushbu sohaga oid biron-bir xalqaro konvensiyani imzolamagan. Ammo o‘z milliy manfaatlarini xudbinlarcha himoya qilishdan boshqa narsani tushinishni istamayotgan va o‘z iqtisodiyotini qutqarishning birdan-bir chorasi sifatida GES loyihalariga yopishib olgan mazkur ikki respublika bu loyihalarni ko‘proq qarz olish hamda tashqi investorlar yordamiga tinimsiz ko‘z tikkan holda, yarim qo‘lbola usulda amalga oshirishni o‘jarlik bilan talab qilmoqda.

Norin-Sirdaryo va Amudaryodan Vaxshni ajratib bo‘lmasligi va ular aynan transchegara suv oqimlari ekanini hisobga oladigan bo‘lsak (buning uchun xaritaga qarashning o‘zi kifoya), Qirg‘iziston Qambarota GESini O‘zbekiston va Qozog‘istonning roziligisiz qurishga mutlaqo haqli emas. Tojikistonning esa transchegara daryo oqimi bo‘ylab joylashgan nafaqat O‘zbekiston va Qozog‘iston, balki uning quyi qismidagi Turkmanistonning ham roziligisiz GES qurishga hech qanday haqqi yo‘q. Vaxsh ichki daryo ekani haqida qanchalik ko‘p gapirilmasin, u Amudaryoning asosiy irmoqlaridan biridir va shu bois mazkur holatda transchegara daryolardan foydalanish bo‘yicha barcha xalqaro prinsiplarga rioya etilishi shart.

Bugungi kunda bu ikki davlat uchun tez-tez yer qimirlash sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zonalarda yangi GESlar qurish emas, balki, sobiq ittifoqdan meros bo‘lib qolgan Nurek (Tojikiston) To‘xtag‘ul (Qirg‘iziston) va ularning suv omborlarini tartibga solish dolzarb masala bo‘lishi lozim.

Qirg‘iziston va Tojikiston bunday ishlarni boshlashdan avval qo‘shni mamlakatlar bilan kelishmog‘i lozim. Aks holda, O‘zbekistonning Rog‘un va Qambar ota GЕSlarining ishini, agar ulardan birortasi qurilsa ham, hatto harbiy yo‘l bilan bo‘lsa-da, to‘xtatib qo‘yishga hech narsa monelik qila olmaydi. O‘zbekiston rahbariyati bunday harakatlar bilan nafaqat o‘zining o‘n millionlab aholisini, balki Qambarota loyihalari ta’sir doirasida joylashgan Qirg‘izistonning Farg‘ona vodiysidagi uch viloyati (O‘sh, Jalolobod va Botkent) va Tojikistonning bir viloyati (So‘g‘d) aholisining ham xavfsizligini ta’minlasa, u har tomonlama haq bo‘lib chiqadi.

Suv miqdori kamayib, taqchilligi ortib borayotgan bir paytda yangi to‘g‘onlarni qurish, jiddiy o‘rganib chiqmasdan turib ulardan energetika maqsadlarida foydalanish suv balansi hamda barqaror rivojlanish borasida o‘ta salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Mamlakat manfaatlariga va aholisi xavfsizligiga rioya qilish bo‘yicha O‘zbekiston ilgari surayotgan talablar to‘g‘ri va haqlidir.

Har bir mamlakat, albatta, o‘z milliy manfaatlarini ko‘zlaydi, shu sababli bu boradagi birdan-bir to‘g‘ri yo‘l – tomonlarning murosaga kelishi, biri-biriga yon berishidir. O‘zbekistonning bu boradagi pozitsiyasini do‘q-po‘pisa, deb qabul qilmaslik kerak, balki uning yuzaga kelgan holatdan jiddiy tashvishlanayotganini to‘g‘ri tushinish lozim. O‘zbekiston rahbariyati qayd etilgan har ikki loyihada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari hisobga olinmas ekan, ham Tojikiston, ham Qirg‘izistonga qarshi hozirdanoq eng qat’iy choralarni qo‘llash haqida o‘ylashga mutlaqo haqlidir.

Darhaqiqat BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham eslatib o‘tganidek, jahondagi hech bir mamlakat tabiatning balo va ofatlaridan to‘liq himoyalanmagan. Birgina 2010 yilda tabiiy ofatlar oqibatida dunyoda 20 ming kishi halok bo‘lgan.

O‘zbekistonning bunday oqilona yondashuvni qo‘llab-quvvatlash lozim, chunki faqat shu yo‘l orqali tabiiy sharoitlar bilan bog‘liq xavf-xatar va tahdidlarni bartaraf etish mumkin.

Sovet davrida bundan 40 yil muqaddam ishlab chiqilgan Rog‘un GESi loyihasi darhaqiqat, katta xavf tug‘diradi. Avvalo, bu loyihaning amalga oshirilishi Amudaryo suv oqimiga, shundoq ham yondosh hududlarning qishloq xo‘jaligi suv tanqisligi va kontinental iqlimidan katta zarar ko‘rayotgan bir sharoitda, ularga yanada fojeali ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda mintaqaning Orol dengizi qurishi ta’sirida kuchli inqirozga uchragan va zaiflashgan butun ekologik muvozanatni yanada katta halokatlarga duchor bo‘lishi mumkin.

Ko‘plab ekologik falokatlar oqibatida tegishli kompaniyalarning sayyoramizni asrab-avaylash o‘rniga, uni talon-taroj qilish va vayronaga aylantirishga sabab bo‘layotgani ochilib qolayotgan hozirgi paytda xalqaro tashkilotlar va jamoatchilik hamjihat bo‘lib, O‘rta Osiyodagi barcha mamlakatlar uchun katta zarar va xavf keltiradigan mazkur loyihani qoralashi lozim. Hayot uchun eng zarur manba bo‘lgan suvga o‘z qo‘shnilariga zarar yetkazish hisobidan xo‘jayinlik qilishga hech bir davlatning haqqi yo‘q. Hech bir mamlakatning turli bahonalar bilan ulkan, xavfliligi aniq-ravshan bo‘lib turgan qandaydir inshootlarni qurishga va tabiatning kutilmagan injiqliklari hamda oldindan aytib bo‘lmaydigan holatlar nuqtai nazaridan o‘z aholisi va qo‘shni davlatlar xalqini tahdid ostida qoldirishga ham haqqi yo‘q.

Ko‘rinib turibdiki, bu masalaning ma’naviy-ahloqiy jihatlari ham mavjud. O‘rta Osiyoda yirik gidroelektrostansiyalarni barpo etishga doir loyihalarni qayta ko‘rib chiqish yoki ulardan umuman voz kechish lozim. Sababi, mazkur loyihalar, bir tomondan, sovet mafkurasining chuqur o‘ylamasdan qabul qilgan qarorlari natijasi bo‘lsa, boshqa jihatdan, foyda ketidan quvishning navbatdagi manbaidir. Bu o‘rinda butun mintaqani ekologik halokat yoqasiga keltirib qo‘yishni oqlash uchun hech narsa sabab bo‘lolmaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, ayrim davlatlarning, qanday bo‘lmasin o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun o‘n millionlab odamlarning hayotini xavf ostiga qoldirishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari orasida Turkmaniston bilan mustahkam do‘stlik aloqalarini alohida ta’kidlamoq lozim.

O‘zbekiston va Turkmanistonni asrlar davomida yaqin ma’naviy qadriyatlar, til, din, tarix, urf-odat va an’analarga asoslangan mustahkam do‘stlik rishtalari va yaxshi qo‘shnichilik bog‘lab turadi. Qardosh o‘zbek va turkman xalqlari bir-birining adabiyoti, madaniyati va san’atini yaqindan biladi va hurmat qiladi. Ajdodlarimizning boy merosi o‘zbek va turkman xalqlarining umumiy boyligidir. Bu omillar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni jadal rivojlantirishdan O‘zbekiston ham, Turkmaniston ham birdek manfaatdor ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Mamlakatlarimiz mustaqillikka erishgach, ikki davlat o‘rtasidagi an’anaviy ishonch va do‘stlikka asoslangan aloqalar yangi zamon ruhida rivojlanib bormoqda. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishni ikki mamlakat ham ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida qaror topgan samimiy va ishonchga asoslangan munosabat, turli darajadagi muntazam siyosiy muloqotlar buning yaqqol dalilidir.

1991 yildan hozirgi paytga qadar ikki mamlakat rahbarlarining 11 marta oliy darajadagi tashriflari amalga oshirildi. Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistonga 6 marta kelgan bo‘lsa, O‘zbekiston Prezidenti 5 bor Turkmanistonga tashrif buyurgan. Mazkur tashriflar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam shartnomaviy-huquqiy asos yaratildi. 2010 yilning oktyabr oyida navbatdagi oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga binoan, rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Ikki mamlakat rahbarlarining muzokaralari yakunida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga bo‘lgan intilishlarini tasdiqladilar va ikki do‘st davlatning erishilgan kelishuvlari samarali amalga oshishiga qaratilgan davlatlararo va hukumatlararo munosabatlari mexanizimlarini rivojlantirishga intilishini ta’kidladilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikka oid dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olgan davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajada imzolangan 150 dan ortiq xalqaro shartnomalar ikki mamlakat munosabatlarining mustahkam huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Rasmiy Toshkent va Ashxobodning mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘oniston muammosini xalqaro tuzilmalar va ushbu mamlakat bilan qo‘shni davlatlar ishtirokida hal etish bo‘yicha muzokaralar jarayonini jadallashtirish, xalqaro terrorizm va estremizm, narkotrafik, uyushgan transmilliy jinoyatchilik kabi tahdidlarga qarshi hamkorlikda kurashish masalalarida qarashlari bir-biriga yaqin va o‘xshashdir. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi va ayniqsa BMT doirasidagi hamkorlik mamlakatlarimizning xalqaro maydondagi amaliy va samarali hamkorligiga misol bo‘la oladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston O‘rta Osiyodagi suv-energetika sohasidagi muammolarga oid masalalar bo‘yicha ushbu muammolarni xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va prinsiplari asosida, mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlari va roziligini inobatga olgan holda muhokama etish lozim, degan qat’iy umumiy pozitsiyani namoyon etmoqda.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lami ham keng. Joriy yilning fevral oyida navbatdagi, oltinchi majlisi o‘tkazilgan O‘zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining samarali faoliyati ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2010 yil yakunlari bo‘yicha qariyb 200 million AQSH dollarini tashkil etdi. Lekin bu hali O‘zbekiston va Turkmaniston imkoniyatlariga to‘la mos ko‘rsatkich emas.

O‘zbekiston va Turkmaniston tabiiy gaz qazib olish va uzatish borasida dunyodagi yetakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Energiya manbalariga talab yil sayin oshib borayotgan hozirgi sharoitda mamlakatimizning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Muhim strategik xom ashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini bergan va “Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy” transmilliy gaz quvurining qurilishi bo‘yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi.

Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim yo‘nalishdir. Mamlakatlarimiz muntazam yuk tashishda uchinchi davlatlar uchun tranzit vazifasini o‘tayotgani O‘zbekiston va Turkmanistonning katta transport salohiyatidan dalolatdir.

Bu haqda so‘z ketganda, Ashxobodda “O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-Qatar” yangi xalqaro transport-kommunikatsiya yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha imzolangan bitimning tarixiy ahamiyatini alohida qayd etish joiz. Ushbu transport-kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yilning oktyabr oyida Turkmanistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan edi. Mazkur ko‘p tomonlama loyihaning hayotga tatbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko‘paytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan O‘rta Osiyo va Fors ko‘rfazining barcha mamlakatlari foyda topadi.

Toshhovuzda 2010 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan yorqin va unitilmas voqealarga boy bo‘lgan O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarining do‘stlik festivali xalqlarimizning boy va o‘ziga xos madaniyati namoyishiga aylandi. Ushbu forum mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdagi mushtarak intilishlarining ifodasi, o‘zbek va turkman xalqlari azaliy do‘stligining yorqin ramzi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning 2011 yil 5 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lishi ikki davlat, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalarining yanada kengayishiga va mustahkamlanishiga hissa qo‘shdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlarining bu galgi Toshkent uchrashuvi oliy darajadagi samarali va faol muloqotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka suhbatida O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Turkmaniston rahbarining ushbu tashrifi o‘zaro ishonch, hurmat va manfaatdorlik, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari asosidagi ikki tomonlama hamkorlikka yangi sur’at baxsh etish borasida tomonlarning sa’y-harakat va intilishlari mushtarak ekanining tasdig‘i bo‘lgani ta’kidlandi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini turli sohalarda imzolangan hujjatlar hayotga samarali tatbiq etilayotganida ham ko‘rish mumkinligi qayd etildi.

Suhbat chog‘ida Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik kabi tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikka doir masalalarni ham muhokama etdilar.

Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilar ekan, bu mamlakatda faqat harbiy kuch ishlatish yo‘li bilan tinchilik o‘rnatib bo‘lmasligi yana bir bor qayd etildi.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari bilan munosabatlarga sovuqlik tushirayotgan suv-energetika zahiralaridan foydalanish masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Uchrashuvda suv-energetika sohasiga oid masalalar xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yor va tamoyillari asosida, mintaqadagi barcha davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda, xalqaro tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi. Transchegaraviy daryolarda gidroenergetik inshootlarini qurish masalalariga yondashishda BMTning Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo‘yicha va Xalqaro ochiq suv oqimlaridan kemalar qatnamaydigan turda foydalanish huquqi to‘g‘risidagi konvensiyalari talablariga rioya qilish zarurligi qayd etildi.

Muzokarada o‘zaro savdo nomenklaturasini O‘zbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar hisobiga kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Bu ikki mamlakat korxonalari va kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga, kooperatsion hamkorlikning yangi samarali shakllarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Muzokarada madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bu yo‘nalishdagi aloqalarni rivojlantirishda xalqlarimiz o‘rtasidagi ma’naviy yaqinlik, an’anaviy do‘stlik rishtalari muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd etish joiz.

Madaniy-gumanitar sohada 2011-2013 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi qabul qilingan bo‘lib, u ham ko‘plab madaniy dasturlarni o‘z ichiga oladi.

Muzokara yakunida ikki davlat rahbarlari ikki mamlakat va ikki xalq manfaatlarini ifodalashga xizmat qiluvchi O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma bayonotiga imzo chekdilar va bu hujjat ikki o‘rtadagi munosabatlar istiqbolini ham o‘zida aks ettirdi.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston qisqa fursatda xalqaro hamkorlik va aloqalarda, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvda muhim yutuqlarga erishdi va bu borada katta tajriba to‘pladi.

Respublikamizning BMTga, YEXHTga, Parlamentlararo ittifoqiga, Shanxay hamkorlik tashkilotiga, Xalqaro valyuta fondiga, Butunjahon banki, Xalqaro moliya Korporatsiyasi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Osiyo va Tinch okean mamlakatlari uchun BMTning iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasiga a’zo bo‘lib kirishi yurtimiz taraqqiyoti ufqlarini ochdi. YUNЕSKO bilan aloqalar esa Vatanimizning dunyo miqyosida yanada tarannum etilishiga turtki berdi.

Respublikamizning nufuzli davlatlar: Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Eron va Pokiston kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini kengaytirdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish alohida o‘rin tutdi. Ikki davlat o‘rtasidagi, ya’ni O‘zbekiston boshqa bir mamlakatlar bilan davlatlararo aloqalarning yo‘lga qo‘yish va chuqurlashtirish jarayonlari kuchaydi.

Ayniqsa Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalarning chuqurlashuvi ikki davlat o‘rtasida “ittifoqchilik shartnomasi”ning tuzilishiga olib keldi.

O‘zbekistonning AQSH bilan aloqalari kengaydi. Prezident I.Karimovning Amerika jamoatchiligi tomonidan Xalqaro miqyosdagi “Lider” mukofotiga sazovor bo‘lishi Amerika xalqining O‘zbekiston xalqiga hurmat-e’tibori ramzidir.



  • O‘zbekiston qisqa davr, yigirma bir yillik mustaqil taraqqiyot yillarida mustaqillik g‘oyalarini hayotga tadbiq etish asosida milliy davlatchilikni tiklashda quyidagi ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi:

  • istiqlol va suverenitetni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston o‘z taqdirini o‘zi mustaqil belgilash, barcha tabiiy, mineral-xom ashyo boyliklari, o‘z mamlakatining butun salohiyatidan xalqimizning manfaatlari va uning istiqboli yo‘lida foydalanish huquqiga ega bo‘ldi;

  • sobiq Ittifoqning ilgari mafkuralashtirilgan, mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berib, erkin bozor iqtisodi prinsiplariga asoslanuvchi demokratik davlatning konstitutsiyaviy va huquqiy negizlarini yaratishga muvaffaq bo‘ldi;

  • mamlakatning jahon hamjamiyatidagi manfaatlari, nufuzi va mavqeining ortishiga muvofiq keluvchi tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy aloqalarning mustaqil yo‘lini shakllantirishga erishdi;

  • jahon hamjamiyatining to‘laqonli a’zosi bo‘lib va ko‘p qirrali tashqi iqtisodiy faoliyat yuritib, O‘zbekiston dunyo integratsion jarayoniga ishonch bilan kirib bordi.

  • Bu yutuqlar xususida so‘z yuritganda, qayta tiklanayotgan o‘zbek davlatchiligining milliy rahnamosi bo‘lmish O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning chuqur o‘ylangan, ilmiy asoslangan g‘oyalari yotishini va u kishi ishlab chiqib, amalga oshirgan O‘zbekiston yo‘lining dunyo miqyosida tan olinganini ochiq-oydin e’tirof etmoq kerak.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa