Geosiyosiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasiga qiyinchiliklar tug‘diruvchi quyidagi omillar - O‘zbekiston o‘zining geosiyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimini o‘rnatishga intilayotgan, lekin bu jarayon hali izchil yo‘lga qo‘yilmagan O‘rta Osiyo mintaqasida joylashgan.
- Sobiq Ittifoq parchalangach, kommunikatsiyalar muammosi O‘zbekiston uchun yanada keskinlashdi. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat hisoblanadi. Mazkur holat katta sarf-harajat talab qilib, O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarini cheklaydi, yuk tashishini qimmatlashtirib, mahsulotlarni raqobatga bardosh berolmaydigan qilib qo‘yadi;
- Mustaqil O‘zbekistonning umuman hamma daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va undan ko‘p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, uning suv resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |