O‘zbekiston


Ekologik monitoringning tadqiqot tamoyillari va



Download 0,69 Mb.
bet5/18
Sana15.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#674569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ekologik monitoring majmua

1.3. Ekologik monitoringning tadqiqot tamoyillari va
usullari

Ekologik monitoring o‘z tadqiqotlarini, asosan, ekotizimlarda amalga oshiradi. Ushbu tadqiqotlar — kuzatish natijalari va olingan axborotlar tizimi tahliliga tayanadi (2-chizma).





2-chizma. Monitoring chizmasi


Ekologik monitoring abiotik va biotik monitoringlarni qamrab olgan holda tadqiqotlarda genetik, tizimli(siste­mali), landshaft, ekologik va iktisodiy tamoyil yondashuvlarga asoslandi. Genetik yondashuv tabiiy muhitni optimallashtirishda ekotizimlarning vujudga kelishi va rivojlanishida uning genezisini nazarda tutadi. Qachonki, ekotizimlarning genezis xarakteri va rivojlanishning muayyan tendensiyalari etarli darajada hisobga olinsa, qo‘llaniladigan tadbirlar samaradorligi yuqori bo‘lishiga erishiladi.



3-chizma. Atrof-muhit holatini baholash tizimida kuzatishning roli


Tabiatning o‘ziga xos xususiyatidan biri uning tizimli tuzilishga ega ekanligidir. Tabiatdagi barcha ekotizimlar sayyoraviy yaxlit ekotizim —biosferani hosil qiladi. Ekotizimlarni tashkil etgan tarkibiy qismlar va ekotizimlar o‘rtasida o‘zaro aloqa hamda bog‘liqlik mavjud. Ular o‘rtasidagi elementlardan birortasining o‘zgarishi uning boshqa qismlari o‘zgarishiga yoki bir ekotizimdagi o‘zgarishlar boshqa ekotizim- larning o‘zgarishiga ta’sir etishi muqarrar. SHu tufayli har bir ekotizim (cho‘l, tog‘, to‘qay va b.) uziga xos alohida tizim hisoblanadi. Ushbu tizimlarning har biri o‘zidan yuqori tizim tarkibiga kiradi.


Landshaft joy to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida aniq ifoda etadi. Landshaft va uning morfologik qismlari (fatsiya, urochisha) to‘g‘risida axborotlar ekologik monitoring uchun deyarli barcha ma’lumotlarni ifodalaydi. Boshqacha aytganda, landshaft morfologik qismlari undagi ekologik axvol to‘g‘risidagi aniq tasavvurlarga ega bo‘lishga yordam beradi.
Geografik qobiqning genetik jihatdan bir bo‘lgan tabiiy-hududiy majmualarga tabaqalashuvi, ulardagi barcha jarayonlar o‘zaro bog‘liq va bir-biri ta’sirida rivojlanishini bilish landshaft yondashuvlarining asosiy mag‘zini tashkil etadi.
Ekologik monitoring tadqiqotlaridagi yondashuvlaridan biri ekologik yondashuvdir. U ekotizimlarning sifat o‘zgarishlari, tabiat muhofazasi muammolarining optimal echimi va boshqalarni nazarda tutadi. YOndashuv tabiiy muhitni o‘zgartirishda nafaqat uning xolatini yaxshilash, balki ekotizim­larning mahsuldorligini oshirishga ham chog‘lanadi. Atmosfe­ra va suv xavzalariga chiqarilayotgan turli zararli chiqindilar miqdori ortib borayotgan, joylarda xaligacha kuchli pesti- sidlar qo‘llanishga chek qo‘yilmagan hozirgi bir vaqtda ekolo­gik yondashuvning ahamiyati borgan sari ortmoqda. Umuman, bu yondashuv organizmlarning o‘zaro va atrof-muhit bilan aloqada ekanligidan kelib chiqadi.
Iqtisodiy yondashuv, birinchidan, ekologik monitoring ta- dqiqotlar tizimining rivojlanishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Atrof-muhitni kuzatish, nazorat qilish, baholash va bashoratlash ishlari o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bu ko‘plab sarf-xarajatlar bilan bog‘liqligi ayon. Ikkinchidan, ekologik monitoring jarayonida ijobiy natijalarga erishilsa, uning iqtisodiy samaradorligi ham yuqori bo‘ladi. Ekologik monitoring natijasida ekotizimlarning barqarorligiga erishilishi ular mahsuldorligini oshiradi. Ekotizimlar mahsuldorligining oshishi iqtisodiyot uchun muhimligi sir emas.
Xullas, ekologik monitoring tizimidagi yuqoridagi yondashuvlar noma’qul ekologik oqibatlarni bartaraf etishga va natijada ekologik-iqtisodiy barqapop rivojlanishga ko‘maklashadi. Ekologik monitoring jarayonlarida havo, er usti suvlarining miqdori va sifati, iqlimdagi o‘zgarishlar, tuproq qoplamining xossalari, o‘simlik va hayvonot dunyosining xolati muhimdir. Ularni bilish qator tadqiqot usullari orqali amalga oshirishni taqozo etadi. Tadqiqotlarda ko‘proq kar­tografik, landshaft-giokimyoviy, kimyoviy, bioindikatsiya, xromatog­rafiya, aerokosmik kabi usullardan foydalaniladi.
Kartografik usul ichida landshaft kartalarining ahamiyati katta. Ushbu kartalar orqali nafaqat ekotizimlarning tuzilmasi to‘g‘risida, balki ekotizimning morfologik qismlarini baholash imkoni tug‘iladi. SHuningdek, landshaft kartasi yordamida ekotizimda iqtisodiyot tarmoqlarini oqilona joylashtirish va ulardan oqilona foydalanishga erishiladi.
Landshaft-geokimyoviy usul yordamida tuproqdagi sho‘rlanish jarayoni, er usti va er osti suvlarining gidrokimyoviy tarkibi o‘rganiladi.
Balans usuli ekotizim o‘zgarishlarini bashoratlashda keng qo‘llaniladi. Usul yordamida tabiiy-antropogen ekotizimlarda tuz kirim-chiqimi aniqlanadi. Tuproqlardagi ishqorlanish darajasini kamaytirishda kimyoviy usuldan foydalaniladi. Bunda ishqorlanish, ya’ni pH 5 dan kam bo‘lsa (o‘simliklar uchun rNning eng qulay me’yori 5-7), ohakli tuproq qo‘shiladi, pH 7,5 -8dan yuqori bo‘lsa ishqorlanishni kamaytiruvchi kimyo­viy moddalar qo‘llaniladi. Tuproqlarning ifloslanganligini ular tarkibidagi uglevodlar miqdori bilan aniqlash mumkin, bunda xromatografiya usulidan foydalaniladi.
Suvlarni ifloslanganligini tahlil qilishda atom-emis­siya, rentgen va xromatografiya usullari qo‘llaniladi.
Tabiiy ekotizimlarning turli ifloslanishlarga bardoshligi bioindikatsiya usulida aniqlanadi. Bioindikatsiya tirik organizmar va ular jamoasining antropogen ta’siriga sezgirligi orqali aniqlashidir. Masalan, igna bargli daraxtlar radiaktiv ifloslanishga, bnr qancha tuproq faunasi vakillari esa sanoat ifloslanishiga sezgir bo‘ladi.
Mal’lumki, ekologik monitoringni amalga oshirishda in­tegral (yaxlit) ko‘rsatkichlarning, xususan, yirik miqyosda o‘rtacha me’yorga keltirilgan tafsilotlarning ahamiyati muhimdir. Bu borada masofadan turib tadqiqot olib borish usuli amaliyligi bilan ajralib turadi. Bunda yirik miqyosda ekologik o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ishga imkon tug‘iladi.
Xozirda optik pa radiolakatsiya qo‘llanib, atmosferaning turli balandliklarida SO, SO2, SN , N0 bilan ifloslanish aniqlanmoqda.
Kosmik vositalardan foydalanish usuli keyingi vaqtlarda keng qo‘llanila boshlandi. Erning «Meteor», «Meteor-Tabiat» (Rossiya), «Landsayt» (AQSH) sun’iy yo‘ldosh tizimlari asosida XX asrning 70- yillaridan boshlab tadqiqotlar olib borilmoqda. «Mir» kosmik kemasidan ham turli ahborotlar olindi. Koinotdan ekologik monitoringni tashkil qilishda o‘rmonlar, qishloq xo‘jalik erlari, o‘simliklar olami, dengizlardagi fitoplanktonlar, tuproq qoplami, uning inson tomonidan o‘zgartirilishi, eroziya hodisasi, urbanizatsiya mintaqalaridagi o‘zgarishlar, atmosferaning ifloslanishi, quruqlik va dengizlarning ifloslanishi to‘g‘risida ahborotlar olinadi. Koinotdan olingan suratlar orqali suv omborlari, Orol dengizi qurigan qismining holati, Aydarko‘lning kengayib borishi, yirik kanallarning atrof-muxitga ta’siri, qumlarning vohalarga bostirib kirishi va boshqa hodisalarni samarali kuzatish mumkin.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish