«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/97
Sana13.09.2021
Hajmi13,86 Mb.
#173289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari.

Nazorat savollari 
1.      Arxitektura rivojlanishi inson jamiyati rivojlanishi orasidagi bog‟lik qanday? 
1.  “Arxitekturaviy uslub” nima? 
2.  “Arxitekturaning” zamonaviy ta‟rifini mohiyati nimada? 
3.  Qaysi arxitektura turlarini bilasiz? 
4.  Binonig hajm tarhiy va konstruktiv yechimlariga ta‟sir qiluvchi omillarni sanab uting? 
5.  Arxitekturaviy kompozitsiya vositalarini bilasiz? Tavsifini bering/ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
2 - MA’RUZA 
BINOLARNI LOYIHALASH ASOSLARI 
Reja: 
1.  Binolar klassifikatsiyasi. 
2.  Binolarning asosiy elementlari va ularning asosiy funktsiyalari. 
3.    Binolarga qo`yiladigan talablar. 
 
Barcha binolar o`z vazifasiga ko`ra uchta asosiy turlarga: turar joy binolari, 
 jamoat binolari va sanoat binolari hisoblanadi
2
 
 
 
1-rasm. Bino turlari 
 
Turar joy binolari- odamlarning doimiy va vaqtincha yashashi uchun mo`ljallanadi. 
Jamoat  binolari-odamlarning  muayyan  bir  vaqt  davomida  funktsional  jarayonlarni 
bajarishi uchun qo`llaniladi. 
Sanoat binolari-ishchilarni ishlab chiqarish jarayonlarni bajarishi uchun loyihalanadi. 
O`zbekiston Respublikasida binolarni loyihalash va qurish meyoriy hujjatlar tizimi asosida 
olib borilishi zarur.  
Ushbu  meyoriy  hujjatlar  tizimi  O`zbekistonda  amal  qiluvchi  “Davlat  standartlashtirish  va 
texnik  meyorlash  tizimini  tashkil  etish  kontseptsiyasi”  asosida  tashkil  etilgan.  Ushbu 
                                                 
2 Andrea Deplazes BUILDING CONSTRUCTION ADHESIVES, Birkhauser Constructing architecture materials 
processes structures / Bauhauz, Berlin, 2013 (211 – 212  betlar)
 
 



 
kontseptsiya  O`.R.  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  maqullangan  va  Davlatarxitektqurilish 
hamda  boshqa  mutasaddi  vazirlik  va  idoralar  tomonidan  tasdiqlangan  qonun  hujjatlaridan 
iboratdir. 
Tizimning asosini qurilish sohasiga taalluqli bo`lgan O`zbekiston  Respublikasi qonunlari va 
Prezidentining qaror va farmonlari tashkil etadi. 
Qurilish sohasidagi meyoriy hujjatlar tizimi ushbu sohani tartibga solishga qaratilgandir. 
Qurilish  sohasidagi  meyoriy  hujjatlar  tizimi  binolarni  loyihalash,  muhandislik  qidiruv  va 
qurilish,  binolarni  rekonstruktsiya  va  qayta  tamirlash,  hamda  texnik  qayta  jihozlash, 
ekspluatatsiya qilish  va tamirlash  ishlarini olib borish  uchun  ixtiyoriy va majburiy kuchga ega 
bo`lgan meyorlar yig`indisidan tashkil topadi. 
Meyoriy  hujjatlardagi  majburiy  kuchga  ega  bandlari:  odamlar  sog`lig`i  va  hayotining  
xavfsizligini,  loyihalanib  qurilayotgan  bino  va  inshootlar  mustahkamligi  va  ustuvorligini, 
muhandislik  tarmoqlarining  uzoq  muddat  chidamliligini  va  resurs  tejamkorligini  taminlashga 
qaratilgan talablarni o`z ichiga oladi 
3

 
2-rasm. Binoning asosiy konstruktivyechimlari 
  Poydevorlar – binoningyer ostki qismida joylashib, devorlardan tushadigan barcha 
yuklarni o`ziga qabul qilib oladi.  
  Tashqi devor –vertikal yuk ko`taruvchi va to`suvchi konstruktsiyalar, yukni o`ziga qabul 
qilib so`ng poydevorga uzatib beradi.  
  O`z yukini ko`taradigan devorlar – faqatgina o`z yukini poydevorga uzatib berish va 
tashqi to`siq vazifasini bajaradi.  
                                                 
2  Маклакова Т.Г., Нанасова С.М., Шарапенко В.Г., Балакина А.Е. Архитектура/Учебник – М.: Изд-во АСВ, 
2004 (27-28 bet) 


10 
 
  Yuk ko`tarmaydigan devor (osma panel) – o`z yukini pastda joylashgan konstruktiv yuk 
ko`taruvchi elementga uzatib beradi. 
  Parda devor – ichki yuk ko`tarmaydigan devorlar. 
  Orayopma – gorizontal yuk ko`taruvchi va to`suvchi konstruktsiya. Bunda o`zining 
xususiy yuki, odamlar, jihozlar va h.k. yuklarni qabul qilib vertikal yuk ko`taruvchi 
konstruktsiyalarga uzatib beradi.  Joylashuviga ko`ra: qavatlararo, tsokol qismidagi,yer to`ladagi 
va chordoqdagi panellarga ajratiladi
4

  Yopma  (tom yopmasi) – binoning ustqi qismi bo`lib, uni tashqi agressiv muhitdan 
himoya qilish uchun qo`llaniladi. Tom yopmasining yuqori qismi tom qoplamasi deyiladi.  
Agar binoda chordoq qismi bo`lmasa, bino tomi birlashtirilgan deb ataladi. 
 
 
3-rasm. Yuk ko`taruvchi devorli bino 
 
Binolarida  quyidagi  konstruktiv  yechimlar  qo‟llaniladi:  karkasli  (sinchli),  karkassiz  (yuk 
ko‟taruvchi devor) va aralash karkas.  
Karkasli  bino  -  bu  poydevorga  mahkamlangan  ustunlarga    biriktirilgan  to‟sinlar    hamda 
to‟sinlarga  tayantirilgan    orayopma  yoki  yopma  plitalardan  tashkil  topgan  tizim  bo‟lib,  ushbu 
elementlarning  barchasi  tizimning  geometrik  o‟zgarmasligini  va  ustivorligini  ta‟minlaydi  (4-
rasm). Bunda asosiy vertikal yuk ko‟taruvchi element bu ustunlar bo‟lsa, gorizontal yo‟nalishda 
yukni to‟sinlar qabul qiladi. 
                                                 
1  Andrea Deplazes BUILDING CONSTRUCTION ADHESIVES, Birkhauser Constructing architecture materials 
processes structures / Bauhauz, Berlin, 2013 (211 – 212  betlar)
 
 


11 
 
 
 
4-rasm. Karkas 
 
Odatda,  karkasli  binolarning  tashqi  devorlari  binoni  faqat  tashqi  muhitdan  himoyalovchi 
vazifani bajarib, o‟zini yukini o‟zi ko‟taruvchi yoki ustunga ilib qo‟yiladigan bo‟lishi mumkin.  
Karkas  -  binoga  tushadigan  yuk  va  ta‟sirlarni  o‟ziga  qabul  qiladi.  Karkasli  binolarni 
loyihalashda  binoning  hajmiy-rejaviy  yechimiga  mos  keladigan  unifikatsiyalashgan  parametrga 
ega bo‟lgan karkas elementlarini tanlash maqsadga muvofiq (5-rasm, a). 
Karkas  –  bu  poydevorga  qistirib  mahkamlangan  vertikal  yuk  ko`taruvchi  elementlar,  so`ng 
orayopma  yoki  yopma  plitalardan  hamda  bog`lovchilardan  iborat  bo`lgan  tizim  bo`lib,  ushbu 
elementlarning  barchasi  tizimning  geometrik  o`zgarmasligini  va  ustuvorligini  taminlaydi
2
.  
Karkas -binoga tushadigan yuk va tasirlarni o`ziga qabul qiladi. 
Karkassiz (yuk ko‟taruvchi devor) tizimidagi bino - bu o‟zaro bog‟langan tashqi devorlar va 
ularga  tayangan  qavatlararo  orayopmalardan  tashkil  topgan  bikir  va  mustahkam  qutidan  iborat 
bo‟lgan tizimdir. 
Bunda asosiy vertikal yuk ko‟taruvchi element sifatida tashqi va ichki yuk ko‟taruvchi 
devorlar qo‟llaniladi. Bunda  gorizontal yo‟nalishda joylashgan orayopma va yopma plitalar 
yukni qabul qilib yuk ko‟taruvchi devorlarga uzatib beradi. Odatda, o‟rta qavatli yuk ko‟taruvchi 
devorli tizimdan iborat bo‟lgan turar-joy binolari ushbu tizimda loyihalanadi (5-rasm, b).  
Shuningdek,  kam  qavatli  turar-joy  (hovli  uy-joy)  binolarining  aksariyati  yuk  ko‟taruvchi 
devor tizimida quriladi. Bunda yuk ko‟taruvchi devor qo‟l mehnati yordamida teriladigan mayda 
devor (g‟isht, mayda blok) materialaridan tashkil topadi.  
 
2  Maklakova T.G., Nanasova S.M., SHarapenko V.G., Balakina A.E. Arxitektura/Uchebnik – 
M.: Izd-vo ASV, 2004 (27-28 bet) 


12 
 
 
 
 
4-rasm. Turar-joy binolari konstruktiv yechimlari: 
 a) – karkasli bino; b) – karkassiz bino; v) – aralash karkas; 1 – tasmasimon poydevor; 2 – 
yuk ko‟tarib turuvchi tashqi devor; 3 – qavatlararo orayopma; 4 – yopma paneli; 5 – yuk 
ko‟taruvchi ichki devor; 6 -  karkas ustunlari; 7 – ustunsimon poydevor. 
 
Ushbu  konstruktiv  tizimda  loyihalangan  binolar  tashqi  devori  ham  yuk  ko‟taruvchi,  ham 
tashqi muhitdan himoyalovchi vazifalarni  bajaradi. 
Aralash  karkas    bu    karkas  va  yuk  ko‟taruvchi  devorlar    tizimlarini  mujassamlanishidan 
paydo bo‟lgan tizimdir. Bunda binoga tushadigan vertikal yukni tashqi tomondan yuk ko‟taruchi 
devorlar ichki tomondan esa ustunlar qabul qiladi. Gorizontal yukni esa ustunlarga biriktirilgan 
to‟sinlar va to‟sinlarga tayangan orayopma va yopma plitalar qabul qiladi (5-rasm, v). 
 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish