36
6-rasm. Yuk ko`taruvchi devorli
konstruktiv sxemalar
Karkasli binolar yuk ko`taruvchi ramalarning joylashuvi va karkas tarkibiga ko`ra
ajratiladi.
7-rasm. Karkasli binolar konstrukiv sxemalari
Har qanday bino va inshootlar loyihasini bajarishda qurilish joyining iqlimi birinchi
navbatda etiborga olinadi. Qurilish issiqlik fizikasi bilan iqlimshunoslik bir-biri bilan uzviy
bog`langan. Iqlim, “klimat”, grek so`zidan olingan bo`lib (naklon) “qiyalik” degan manoni
anglatadi, yaniyer sathiga nisbatan quyosh nurlari qanday qiyalikda tushishini ko`rsatadi.
Demakyer sathidagi havoning harorati quyoshningyer sathiga nisbatan holatiga bog`lik.
Agar quyosh nurlariyer sathiga nisbatan perpendikulyar ravishda tushsa,yer sathidagi havo
harorati baland bo`ladi. Bundan tashqari havo haroratiga joyning jug`rofiy o`rni, relefi va okean
sathidan
balandligi ham tasir etadi
15
.
Iqlimshunoslik qadimiy fanlarning bir turi bo`lib, olimlar quruvchilar, sayohatchilar,
dengizchilar va tijoratchilar, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanib kelgan butun
insoniyat tomonidan qullanilib kelingan.
Eramizdan III-asr ilgari yashab o`tgan grek tarixchisi va geografi Gerodot Kavkaz iqlimi
bilan Gretsiya iqlimini solishtirgan. Eramizdan ilgari II-asrda yashagan grek olimi va faylasufi
15 David Littlefield METRIC HAND BOOK Planning and Design DataG‟ Elsevier Ltd, USA,
2008 – 851 p. (707 bet)
37
Aflotun (Aristotel) “Meteorologiya” kitobida atmosfera iqlimi haqida qimmatli ilmiy malumotlar
qoldirgan.
Entsiklopedik olim A.R.Beruniy “Hindiston” deb ataluvchi kitobida va boshqa asarlarida
iqlim to`g`risida avlodlar uchun bebaho malumotlar yozib qoldirgan.
Iqlimshunoslik insonlarning tabiiy ehtiyoji va yashash shart-sharoitlari talabi orqali vujudga
kelgan.
Bino xonalarida insonlarga yashash va ishlashi uchun mo`tadil iqlim sharoitini yaratish
uchun quyidagi tabiiy iqlim ko`rsat-kichlarini etiborga olish kerak: havo harorati va namligi,
shamol
tezligi va takrorlanishi, quyosh radiatsiyasi va yog`ingarchiliklar.
Binolarning tashqi hajmiy va rejaviyyechimlariga tashqi havo iqlimining tasiri kattadir.
Yil davomida 9-oy isitiladigan fuqaro binolarining eni, sarf bo`ladigan issiqlik miqdorini tejash
uchun, mo`tadil iqlimda loyiha qilinadigan binolar enidan katta qilib olinadi. Juda sovuq iqlim
mintaqalarda jamoat va turar joy binolarini loyiha qilishda erker, lodjiya va balkonlar ko`zda
tutilmaydi. Sanoat binolarida proletlar balandligi bir xil qilib olinib, yorug`lik bilan taminlovchi
fonarlar kam ko`llaniladi.
Asrlar bo`yi muzlikdan iborat mintaqalarda binoning birinchi qavati shamol esib turishi
uchun ochiq qoldiriladi. Aks holda binodan o`tadigan issiqlik muzlikni eritib, binoning
cho`kishiga olib keladi.
O`zbekiston hududida issiq iqlimning davomiyligi 3-4 oydan ortiqdir. Shu sababli bu
binolarda tabiiy shamollatish usuli qullanilib, xona havo harorati juda isib ketishdan saqlanadi.
Bundan tashqari ko`p qavatli binolarning devor va derezalariga quyosh radiatsiyasidan himoya
qilish uchun tusiqlar (ekran-jalyuz) loyiha qilinadi va yaxlit-chordoqli tomlarda tabiiy
shamollatish tadbirlari ko`riladi.
O`rta Osiyo mintaqalarining iqlimi keskin kontinental bo`lgan joylarida, binolarni
kechasi derazalar yordamida tabiiy shamollatish va kunduz kunlari-derezalar yopilib yuqori
haroratdan himoya qilinishi yuqori samara beradi. Boshqa tekislik, cho`l joylarda suniy sovutish-
konditsionerlar yordamida xonalarda mo`tadil iqlim yaratiladi. Bundan tashqari O`rta Osiyo
hududlarida xona balandligi 2,7 m. dan kam bo`lmasligi kerak.
Hozirgi paytda bir oilaga mo`ljallangan qishloq va shaharlarda bir va ikki qavatli binolar
ko`p qurilmoqda.
Buning qulayligi shundan iboratki ikki qavatli binolarning yuqori qismini tabiiy
shamollatish uslubi bilan quyosh radiatsiyasidan himoya qilinsa pastki qismidagi yuqori harorat
esayerga singadi.
Quyosh radiatsiyasidan himoya qilishning yanada samarali uslubi binoning atrofiga soya-
salqin havo beradigan ixota, mevali daraxtlar ekishdir.
38
Kuchli shamol va yog`ingarchilik birga kuzatiladigan joylarda, konstruktsiyalarning
tashqi sirti nam o`tkazmaydigan sopol-keramik va nam yuqmaydigan qatlam bilan himoya
qilinadi. Yog`ingarchilik kam kutiladigan joylarda binolarning devor sirti 2-4 sm qalinlikda
tsement-qumli qorishma bilan suvoq qilinadi.
Bino, yashash maskanlari va shaharlarni loyiha qilishda va qurishda qurilish mintaqasi,
shamol esishining takrorlanishi va tezligi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, sanoat va qishloq
xo`jalik binolarini loyiha qilishda, tabiatni va yashash massivlarini ekologik himoya qilishda
shamol esishi etiborga olinadi. Mintaqalarda shamolni jug`rofiy qutb tomonlaridan esishining
takrorlanishi va tezligi meterologik stantsiyalarda qayd qilinib boriladi.
Shamol esishining takrorlanishi va tezligini ko`rsatkichlari ixtiyoriy masshtabda chiziladi.
Bu chizma, “Shamol yulduzi” yoki “Shamol yo`nalishi” deyiladi. Shamol esishining
takrorlanishini va tezligini ko`p yillik kuzatish ko`rsatkichlari asosida yillik, fasliy va oylik
yulduzi chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: