«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 5,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/85
Sana10.04.2022
Hajmi5,85 Mb.
#540945
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85
Bog'liq
elektrotexnika materiallari fanidan elektrotexnika materiallari.

2. Gazsimon dielektriklar 
Gaz holatidagi dielektriklarning normal atmosfera bosimidagi elektr 
mustahkamligi suyuq va qattiq dielektriknikiga nisbatan ancha kichikdir. Bir xil 
sharoitda bo‘lgan azot va havoning elektr mustahkamligi MV/m, elegaz (‗elektr‘ 
va ‗gaz‘ so‘zlaridan olingan)niki 7,5 MV/m bo‘lgan bu qiymat qattiq 
dielektriklarda 20-500 MV/m atrofida bo‘ladi. 
Gazlarning asosiy xususiyatlaridan biri razryad sodir bo‘lgandan so‘ng, ular 
o‘zining elektr mustahkamligini qayta tiklay olishidir. Gaz bosimini oshirib, uning 
elektr mustahkamligini ancha ko‘tarish mumkin. Aksariyat elektr apparatlari va 
uskunalarida, elektr uzatkichlari va podstansiyalarida asosiy izolyatsiya vazifasini 
havo bajaradi. Gazlarning elektr mustahkamlikni qayta tiklash xususiyatidan havoli 
va elegazli uzgichlarda va boshqa yuqori kuchlanishli elektr apparatlarida 
foydalaniladi
175

Gaz juda yengil va shu bilan birga juda yaxshi dielektrik xususiyatlarga
egadir. Gaz uzluksiz yuqori kuchlanish ta‘sirida bo‘lganida ham eskirmaydi va o‘z 
xossalarini o‘zgartirmaydi. Tabiatda uchraydigan va maxsus ishlab chiqarilgan 
gazlarning bir qismigina elektr texnikada qo‘llaniladi. Elektr texnikada 
qo‘llaniladigan gazlarning aksariyati qutbsiz bo‘ladi. Keng tarqalgan ayrim 
gazlarning asosiy xossalari 4-jadvalda keltirilgan. 
Ayrim gazlarning asosiy xossalari 
4-
jadval
Ko‘rsatkich 
Havo 
Azot 
N

Elegaz 
S F
6
 
Vodorod 
H

Geliy 
He 
Neon 
Ne 
Argon 
Ar 
Molekulyar massasi 
28,961 
28,013 
146,05 
2,016 
4,003 
30,183 

Qaynash harorati, K 
79,0 
77,4 
209,3 
20,4 
4,2 
27,2 
87,5 
Zichligi, kg/m
3
1,29 
1,25 
6,39 
0,09 
0,18 
0,9 
1,78 
Suyuqlik 
holatdagi 
zichligi, mg/m
3
0,92 
0,804 
1,91 
0,071 
0,125 
1,204 
1,4 
Issiqlik 
o‘tkazish 
koeffisienti mVt/(M∙K) 
24,0 
24,0 

166,0 
142,0 
45,5 
16,3 
Dinamik 
qovushqoq-
ligi, kPa-s 
10 
18 
15 
9,5 
19 
30 
21 

1,91 
3,07 
1,85 
1,12 

1,83 
175
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 
2009. 101-102 bet.] 


 Dielektrik 
singdiruv-
chanligi 
1,00059 
1,00058 1,00191 
1,00027 1,0007 

1,0005 
Tabiatda eng ko‘p tarqalgan gaz holatdagi dielektriklarga havo yaqqol misol 
bo‘la oladi. Barcha elektr uzatgich, uskuna va apparatlari asosan havo muhitida 
joylashadi. Bunda havo asosiy izolyatsiya vazifasini bajaradi. Azot gazining elektr 
mustahkamligi havoning elektr mustahkamligiga ega bo‘ladi. Azot gazi muhitida 
joylashgan materiallar ish mobaynida oksidlanmaydi. Shu sababli gazli
kondensatorlarda havo o‘rniga azot ishlatiladi. 
176
Yuqori molekulali gazlar tarkibida galogen moddalar ( ftor, xlor) bo‘lgan 
gazlarning elektr mustahkamligidan ancha ustundir. Masalan, elegaz 
(SF
6
)
ning 
elektr mustahkamligi havonikiga nisbatan 2,5 barobar yuqoridir. Elegaz zaharli 
bo‘lmagan, kimyoviy barqaror gaz bo‘lib, yuqori haroratda (800 
0
C ) ham 
parchalanmaydi. Yuqori bosim ostida bo‘lgan elegaz o‘z elektr mustahkamligini 
keskin oshiradi. Shu sababli, elegaz elektr energiyasining uzatish liniyalari, kabel, 
yzgich va kondensatorlarda keng qo‘llaniladi. 
Ba‘zi uglevodorodli gaz molekulalaridagi vodorod atomi bilan almashtirilsa, 
mazkur gazning (CF
4
–teroftormetan, C
2
F
8
–geksaftoretan, C
3
F
8
–perftorpropan) 
elektr mustahkamligi havonikiga nisbatan kamida 6 barobar ortadi. Ana shu 
xususiyat tarkibida ftor bo‘lgan ba‘zi suyuqlik bug‘lari bilan to‘yintirilgan muhitda 
ham kuzatiladi. Gazning elektr mustahkamligi uning molekula tuzilishiga bog‘liq 
bo‘ladi. Gazlarning ionlanish potensiali bir-biridan farq qiladi (5-jadval). Mazkur 
potensial qiymati qancha kichik bo‘lsa, gazning elektr mustahkamligi shuncha 
176
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 
2009. 103-104 bet] 


yuqori bo‘ladi va, aksincha, gazning ionlanish potensiali qancha yuqori bo‘lsa, 
uning elektr mustahkamligi shuncha past bo‘ladi
177

O‘zgarmas harorat va tekis elektr maydonidagi gazning teshilish kuchlanishi 
(U
t
)
shu gaz bosimi 
(p)
va elektrodlararo masofaning funksiyasidir: 
U
t
= f
(p, h).
Bu 
xarakteristika U ko‘rinishiga ega bo‘lib, Pashen qonuniga bo‘ysunadi. Agar gaz 
bosimi o‘zgarmas bo‘lsa, uning elektr mustahkamligi elektrodlar orasidagi masofa 
qisqarishi bilan ortadi. Gaz bosimi ko‘tarilsa, uning elektr mustahkamligi ham 
ortadi. Bu o‘z navbatida, gaz muhitida ishlaydigan konstruksiya va apparatlarning 
hajmini kichraytirish imkonini oshiradi. 
5- 
jadval

Download 5,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish