Nazorat savollari:
23.
Lazer nur texnologiyasining fizik asoslarini ayting?
24.
Kogerent yorug‗lik nur texnikada qanday nomlanadi?
25.
Sublimatik bug‗lanish nima?
26.
Lazer nurning texnologik afzalliklarini sanab о‗ting?
Adabiyotlar
1. T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil
edition. USA, 2009. 90-98 bet
170
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009.
96-98 bet]
171
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 97-98 bet.]
15-MA’RUZA
DIELEKRTIK MATERIALLAR
Reja:
1.
Asosiy tushunchalar
2.
Gazsimon dielektriklar
1. Asosiy tushunchalar
Izolyatsiya materiallari majmuidan iborat elektr texnika tuzilmasi elektr
izolyatsiyasi deb ataladi. Elektr texnikaga oid biror-bir uskuna, asbob va
tuzilmalarni izolyatsiya materiallarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Eng oddiy
hisoblangan elektr zanjirini ham elektr o‘tkazgich va izolyatsiya materiallarisiz
yig‘ib bo‘lmaydi. Elektr izolyatsiyasi tok oqimining kerakli yo‘nalishi bo‘yicha
o‘tishini ta‘minlaydi
172
.
Elektr izolyatsiya materiallari (dielektriklar) agregat holatiga ko‘ra gaz, suyuq
va qattiq turlarga bo‘linadi. Ularning ichida qattiq holatdagi materiallar eng ko‘p
uchraydi. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra izolyatsiya materiallari organik va anorganik
turlarga bo‘linadi.
Dielektriklarning fizik va kimyoviy xossalariga baho berishda ularni qutbli va
qutbsiz turlarga ajratiladi. Qutbli dielektriklarda molekulaning doimiy elektr
momenti noldan farqli, qutbsiz dielektriklarda esa nolga tengdir
173
.
172
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 99-100 bet.]
173
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 99-100 bet.]
Odatda, dielektriklarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi o‘tkazgich yoki
yarim o‘tkazgichlarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligiga nisbatan juda ham
kichik bo‘lganligi sababli, ular elektr tokini o‘tkazmaydi, deb hisoblanadi.
Vaholanki, dielektr elektr maydoniga joylashtirilsa, yoki elektr maydoni ta‘siri
ostida bo‘lsa, u o‘zidan qandaydir kichik miqdorda elektr tokini o‘tkazadi. Bu tok
qiymati, asosan, elektrikning solishtirma qarshiligi va kuchlanish qiymatlariga
bog‘liq bo‘ladi. Odatda, dielektriklarning solishtirma qarshiligi 10
7
Om
m dan
yuqori bo‘lib, yaxshi dielektriklarda bu qiymat 10
8
Om
m gacha yetadi.
174
Elektr izolyatsiya materiallari sim va kabel izolyatsiyasida, elektr mashina va
apparatlarida, izolyator, shuningdek elektr texnikasiga oid boshqa asbob-uskunalar
ishlab chiqarishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Dielektriklardan xalq xo‘jaligida tobora ko‘proq foydalanilmoqda. So‘nggi
paytlarda ular chastota kuchaytirgich xotira tuzilmasi, datchiklar ishlab chiqarishda
qo‘llanilmoqda.
174
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 99-100 bet]
Do'stlaringiz bilan baham: |